🍉ᴍʏ ᴍɪɴᴅ
35 subscribers
1.88K photos
568 videos
14 files
246 links
𝘖𝘤𝘩𝘪𝘭𝘨𝘢𝘯 𝘴𝘢𝘯𝘢:
𝟚𝟠.𝟘𝟟.𝟚𝟘𝟚𝟘

𝓜𝔂 𝓽𝓱𝓸𝓾𝓰𝓱𝓽, 𝓜𝔂 𝓹𝓪𝓰𝓮 💬


https://t.me/with_Abendrot
https://t.me/m_musicoo
Download Telegram
#Kulishamiz

— Biz amerikaliklarda eng kam oylik ikki ming dollar. Bizda shundan ming dollarini ishlatishadi, qolganini nima qilishadi bilmayman.
— Biz O'zbeklarda boshqacha: eng kam oylik ikki yuz ellik ming so'm. Biznikilar oyiga besh yuz ellik ming ishlatadi, qolganini qayerdan oladi bilmayman. 😂

©Xojiboy Tojiboyev
Bugun qolgan umrimizning birinchi kuni..!

@menimcha_shu
Muammolar aqlli odamlarni harakat qilishga majbur qilsa, ahmoq odamlarni esa tushkunlikga tushiradi.

© Yuliy Syezar

@menimcha_shu
Kuz kunlari

Juda xotirjamman bu kuz kunlari,
Sokin g’ussalarga yurak yo’liqqan.
“Oh”larsiz dardlarga yetgan munglarim –
Juda to’liqqanman, juda to’liqqan.

Xazonli suhbatda ketmayman yonib:
Shukr, Tangri kuzni uch oyga cho’zdi…
Menga ham, kuzga ham oqibat aniq:
Faqat anglamoqqa baxsh etdik o’zni.

Namiqqan bog’lardan tumanday ko’chib,
Bevazn boramiz – umr ruhga jam:
So’ngbarglar tushadi bandidan uchib,
Ammo xotirjammiz, juda xotirjam!

Mana, ustimizga jim-jit qo’ndi qish,
Besanoq kumushrang vujudi bilan…
Yaxshi ish boshladi, juda yaxshi ish–
Bahorni yaratmoq boshlandi bizdan!

Falakka intilmay, bedor toqatda,
Yerga qorishmoqdan topib chin ma’ni –
Cho’kib borayapmiz faqat tuproqqa,
Ildizga, ildizga yetib borgani…

- Usmon Azim

@menimcha_shu
MENING MUVAFAQQIYATIM HAM MAG'LUBIYATIM HAM FAQAT ALLOH TOMONIDANDIR.☝️
@menimcha_shu
#about_me
Yiqilganimni ko'rib ko'p ham quvonmang toki yuksalishimni ko'rish sizga og'ir kelmasin.
@menimcha_shu
Istasang mingta imkon bor, istamasang mingta sabab.

🤨🤨🤨🤨
@menimcha_shu
Inson qasidasi
Ozodbek Nazarbekov
P.S kecha shu qo'shiqni sevimli tv dan ko'rib qolgandim. Bir nechta millat vakillari bilan aytilgan ekan, unga ishlangan klip ham juda ajoyib, insonni o'ziga chetdan nazar solishga undaydi...
@menimcha_shu
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎬Inson qasidasi

P.S :like bosgan yaxshilar uchun video klipini ham joyladik (mabodo ko'rib ulgurmagan bo'lsangiz marhamat ko'ring)
@menimcha_shu
#RUXIYAT

🔖Yaxshi koʻrish boshqayu, mehr berish boshqa ekan

🗯Mehrning izhorida gap koʻp ekan. Yaratgan biron insonga nisbatan yuragingizga tuygʻu joylasa, bilingki, uni ulashish kerak. Mehr ulashilganda ortadigan, yashirilganda soʻnadigan narsadir.

🗯Otamisiz, farzandingizga mehr bering, taltayib ketadi demang, mehr buzmaydi bolani, eʼtiborsizlik va kibr buzadi.

🗯Ermisiz, ayolingizga mehr bering, taltayadi demang, mehrsizlikdan qurib yoki boshqalardan mehr tilanib yurgandan koʻra, jufti halolining mehridan taltayib yashnasin.

🗯Farzandmisiz, ota-onangizga mehringizni izhor qiling, koʻp-koʻp izhor qiling, shundogʻam biladilar demang, bilish koʻngilga taskin bermaydi, koʻngilga tuyish taskin beradi. Mehringizni doim his qilib tursinlar.

☝️🏼Izhor etilmay ketgan mehrning uvoli bor.
#tonggi_motiv
Omadsizlikni ham yaxshilikka deb biling!

Siz xato qilmasdan, toʻsiqlarni oshib oʻtishga urinmasdan va sinovlarga bardosh bermasdan turib, aʼlo natijaga erisha olmaysiz. Har doim bir narsani yodda tuting, ogʻriq - bu ustoz, omadsizlik esa - omad tomon boshlaydigan yoʻl boʻsagʻasidir.

Tashvishlaringizni saboq deb biling. Axir, har xil notoʻgʻri ohanglar chiqarmay turib, gitarani yaxshi chalishni oʻrganib boʻlmaydi.
Shunday emasmi?!😉
@menimcha_shu
#about_myself
Hech kim eshitmagan so'zlarim bor, Dunyo ko'tara olmaydigan g'amlarim bor,Hech qayerga sig'maydigan shodligim, baxtim bor, Hech kim tushuna olmaydigan hislarim bor...
@menimcha_shu
HALI BU KUZLARNING BAHORI HAM BOR. INSHAALOH🙂
@menimcha_shu
#Assalomu_alaykum_kuningiz_hayrli_va_barokatli_bolsin

BILMAM, BU DUNYODA BIR SOHIBI DIL
MEN KABI ZORMIKIN SAMIMIYATGA...

@menimcha_shu
"Ha" mi "Yo'q" mi
"Yo'q" mi "Ha" 🤪😁
​​​​AFSUS

Kimningdir qoʻlida,
kimningdir oyogʻida,
kimningdir yoʻlida,
kimningdir koʻzida,
kimningdir yuragida,
kimningdir soʻzida,
kimningdir choʻntagida,
kimningdir taqdirida,
kimningdir umrida,
kimningdir oʻlimida –
hech narsa yoʻq.

©Usmon Azim

@menimcha_shu