🍉ᴍʏ ᴍɪɴᴅ
35 subscribers
1.88K photos
568 videos
14 files
246 links
𝘖𝘤𝘩𝘪𝘭𝘨𝘢𝘯 𝘴𝘢𝘯𝘢:
𝟚𝟠.𝟘𝟟.𝟚𝟘𝟚𝟘

𝓜𝔂 𝓽𝓱𝓸𝓾𝓰𝓱𝓽, 𝓜𝔂 𝓹𝓪𝓰𝓮 💬


https://t.me/with_Abendrot
https://t.me/m_musicoo
Download Telegram
"Bir kun" asariga keladigan bo'lsak, nimalar oldim!?

Odatda romantik asar deyarli o'qimayman, aytganimdek sovg'a to'plami sifatidagi kitoblar orasida qo'limga tushgani sabab bajon-u dil o'qidim.

Tushunarli, xalqchil yozilgan. Voqealar rivojidagi keskin burilishlar va men taxmin qilganimdan umuman boshqacha bo'lgan yakun asar va yozuvchiga nisbatan hurmatimni oshirdi. Chunki o'quvchi hammasini oldindan bilolsa, asar o'z jozibasini yo'qotadi va bu ijodkor yetarlicha iqtidorga egamasligidan darak degani ( Huddi o'zbek kinolariga o'xshab xD)

Devid Nikollsning "Bir kun" ("One Day") romani 2009-yilda chop etilgan va tez orada bestsellerga aylangan asar hisoblanadi. Unda sevgi, do'stlik va vaqtning o'tishi kabi mavzular o'rganiladi.

Asarda asosiy e'tibor ikki asosiy qahramon — Emma Morley va Dekster Meyhyuga qaratilgan bo'lib, hikoya ularning hayotini 20 yil davomida har yilning bitta kuni orqali tasvirlaydi. Ularning hayoti va munosabatlari har yili 15-iyul kuni qanday rivojlanganini ko'rish orqali, o'quvchi ularning o'zaro munosabatlarini chuqurroq anglash imkoniga ega bo'ladi.

Roman orqali yozuvchi o'quvchilarga hayotning nozikliklari, o'tmish, hozirgi va kelajak orasidagi bog'liqlikni ko'rsatishga intiladi. U vaqtning o'tishi bilan insonlarning o'zgarishi, qarorlar va xatti-harakatlarning uzoq muddatli ta'siri haqida o'ylashga majbur qiladi.

Asardan o'rganish mumkin bo'lgan asosiy g'oyalardan biri hayotda muhim bo'lgan narsalarni qadrlash va ularga e'tibor berishdir. Shuningdek, o'quvchi insoniy munosabatlarning murakkabligi, vaqti-vaqti bilan noto'g'ri qarorlar qabul qilish, lekin o'sha qarorlarning o'ziga xos ahamiyatga ega ekanligi haqida chuqur o'ylar olib borishi mumkin. Roman sevgi va do'stlikning kuchi, hamda bu tuyg'ularning vaqt o'tishi bilan qanday rivojlanishi haqida ham ko'p narsani o'rgatadi.

P/s:Munosabatlar borasidagi, kanaldagi oxirgi ba'zi postlar shu asar ta'siri o'laroq yozilgan bo'lishi ham mumkin.

Mahkamov kitobi borasidagi fikrlarimni esa tugatganimdan keyin, bugungidek uzun post yozishga hafsala topolsam, bo'lishishga harakat qilaman
Shunaqa gaplar)
👍21❤‍🔥1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1
Another spot in my house that helps me to relax spiritually)
1🔥1
Koʻpincha, ayniqsa qishloqdaligimda, ko'z bilan köriladigan kichkinagina, lekin haqiqiy gözallik lahzalarini rasmlarga muxrlash uchun professional fotoapparatim yo'qligi alam qiladi 🥲

Barbir qachondir olaman uniyam)
❤‍🔥1🕊1🌚1🍓1😇1🆒1
Obbo biz yomonlare)
🤔1🤨1
Kadi barak)
🔥1🤩1😇1🆒1
Шароб ҳаром, шинни ҳалол,
Иккиси ҳам узум суви...
Кибр ҳаром, виқор ҳалол,
Иккиси ҳам инсон хулқи...
Қобил золим, Ҳобил мазлум,
Иккиси ҳам инсон насли...
Жаннат ҳақ, жаҳаннам ҳақ,
Иккиси ҳам йўл охири...
2❤‍🔥1
My biggest goal in life is to be calm in every situation.
I am sick of anger, jealousy, rage, irritation and sadness.
1🕊1
Toshkentdagi maktablardan birida 1-sinf o‘quvchisi shunday she’r aytmoqda:

Ko‘paysa changlar, gardlar,
Kamayib ketsa mardlar,
Kesilsa dov-daraxtlar
Ko‘rib ko‘nglim to‘lmaydi,
Hokim bo‘lgim kelmaydi


Ko‘zimga negadir yosh kelyapti.
Biz uchun tadbirda she‘r ayta olish sharaf edi.
Birinchi sinfligim boshlanishida sahnada aytgan she’rim yodimga tushdi:

Yurtim senga she’r bitdim bu kun,
Qiyosingni topmadim aslo.
Shoirlar bor o‘z yurtin butun
Olam aro atagan tanho.

Abdulla Oripov qalamiga mansub bu she’rni yoddan aytganimda shunday faxr, shunday gʻururni his qilardimki, tasavvur ham qilolmaysiz.
Chunki men ishonardim: Vatanim dunyodagi tengsiz diyor ekanligiga,
Podshohim adolatpesha, vijdon kishisi va o‘z xalqini, xususunan meni sevishiga…

Ehh bolagina qalbim, ehhh murgʻak shuurim🥹 Naqadar begʻuborlik.

Oradan yillar o‘tdi. Gardi dun aylandi. Bugun Toshkentdagi 1-sinf o‘quvchisi “Yurtim senga she’r bitdim bu kun” deya maktabni boshlamadi.
U har kuni mitti o‘pkasi changga to‘layotganidan yozgʻirdi, Vatanini sevadigan mardlar kamayib ketgani ro‘yi-rost aytdi, jar soldi.
Dov-daraxtlarni kesib oddiy o‘zbek hech qachon yashay olmaydigan qo‘sha-qo‘sha binolar uchun xalq yuragiga gard qo‘ndirgan “Vatanpar”ga tik boqdi va dedi:

“Mening ko‘nglim to‘lmaydi,
Hokim bo‘lgim kelmaydi!”

Oooo, bolakay, buncha jasoratni qaydan topding?
Sening jarangdor ovozing,mitti yuraging to‘ralarda yo‘qolgan uyat hissini uygʻota olarmikan?
Bir zum bo‘lsa-da sening haqqing haqida o‘ylarmikan-a?

Ha, azizlar, zamon rivojlanyapti.
Bolalar tez o‘syapti, aqlli va zamonaviy bo‘lib bormoqda. Endi ularni aldash qiyin.
Ha, bolakay, hokim bo‘lma, bo‘lma, ilohim.
Sen kelajakda ham asl mardlar Vatanini qanday sevishi kerakligini hozirgidek ko‘rsatib qo‘y.

@Xolida_Musulmon
💔1😐1
Raxshona Ahmedova “Soyab...
Mikrofon ko'targan ayol
Raxshona Аhmedova. Soyabon ostida (hikoya)

P/s: eshtib ko'rish kerak menimcha)
Negaligini izohlagim kelmadi.
❤‍🔥1👍1😢1💔1