🍉ᴍʏ ᴍɪɴᴅ
35 subscribers
1.88K photos
568 videos
14 files
246 links
𝘖𝘤𝘩𝘪𝘭𝘨𝘢𝘯 𝘴𝘢𝘯𝘢:
𝟚𝟠.𝟘𝟟.𝟚𝟘𝟚𝟘

𝓜𝔂 𝓽𝓱𝓸𝓾𝓰𝓱𝓽, 𝓜𝔂 𝓹𝓪𝓰𝓮 💬


https://t.me/with_Abendrot
https://t.me/m_musicoo
Download Telegram
#rivoyat_sizga_ham_ilindim

HAQORAT

Kunlarning birida donishmand o‘z shogirdi bilan qishloq yoqalab borayotib, nogahonda yo‘lda g‘azab otiga mingan, afti bo‘g‘riqib ketgan yo‘lovchiga duch keldi. U og‘ziga kelgan so‘zlarni aytib, kimdandir domangir bo‘layotgan edi.
-Nima bo‘ldi, birodar, tinchlikmi?-yo‘lovchi erkakni to‘xtatib, so‘radi donishmand.
-E, siz so‘ramang, men aytmay,-shang‘illadi yo‘lovchi,-bir bezori menga shunday yaramas so‘zlar aytib, haqoratladiki, hali o‘zimga kelganimcha yo‘q. Tavba, u ahmoqning arpasini xom o‘rgan bo‘lmasam?..
Donishmand jabrdiydaga termilib turib, shunday dedi:
-Yanglishyapsiz, u sizni haqorat qilmagan, siz shu yo‘sinda qabul qilgansiz, xolos.
-Nima-nima, haqorat qilmagan, deysizmi? -ajablandi yo‘lovchi donishmandning ko‘zlariga tikilib qolarkan.-Uning kimligini bilmaysiz, ko‘rmagansiz ham. Axir, meni ham birinchi bor ko‘rib turibsizku? Ko‘rmay, bilmay turib, xulosa qilganingizni qarang.
Donishmand yo‘lovchiga ortiq so‘z qotmadi. Tevaragiga razm solib, allanimaga ko‘zi tushdi-da, borib, qo‘liga ildi va tag‘in joyiga kelib, yopiq kaftini yo‘lovchiga cho‘zdi.
-Buni oling, sizga asqotishi mumkin.
Yo‘lovchi hayronu lol bo‘lib, donishmandga kaftini tutdiyu, ammo birdan u bergan narsa kichkinagina qo‘ng‘iz ekanini ko‘rib, afti bujmayib ketdi. Darhol qo‘ng‘izni irg‘itib yubordi.
-Bu nima qilganingiz,-norozilandi yo‘lovchi.
-Uzr, do‘stim. Sizni bunchalar xafa bo‘lishingizni kutmagandim. Mayli, bu gapni qo‘ya turaylik. Shogirdimning to‘rvasida sizga kerakli narsa bor, shuni olaqoling, bo‘lmasa.-shunday deya donishmand yonidagi o‘spirin yigitga yuzlandi,-bu do‘stimizga bog‘da dam olayotib, topib olgan narsani ber.
-Bu yana qanaqa o‘yin bo‘ldi? Meni mayna qilyapsizlarmi?-yo‘lovchi donishmand boyagidek hasharot yo shunga o‘xshash jirkanchli narsani bersa kerak deb o‘yladi.
Shogird yelkasiga ilgan yo‘lxaltasini qo‘liga olib, avaylabgina uning og‘zini ipdan bo‘shatdi-da, ichiga qo‘lini tiqib, ustozi buyurgan narsani oldi. Yo‘lovchi yigitcha qulida silliq, g‘arq pishgan qip-qizil olmani ko‘rib, yutinib qo‘ydi. Ammo u shuncha undasa ham mevani baribir olmadi.
-Nega olmani rad etyapsiz?-qiziqsindi donishmand.-Qo‘ng‘izni tap tortmay olgandingiz-ku?
-Bu kutilmaganda bo‘ldi. Qo‘lingizdagi qo‘ng‘iz ekani xayolimda ham yo‘q edi. Olma esa menga kerakmas.
Donishmand kulimsiradi. Ko‘zlari porlab, yuzlarida tabassum o‘ynoqladi, so‘ng salmoqla so‘z qotdi:
-Endi quloq soling, birodar. Hayot qonuni shunday: shunday hollar bo‘ladiki, bizga umuman keragi yo‘q narsalarni ham beixtiyor qabul qilamiz, u zararimizga bo‘lsa ham. Berishadi-olamiz. Ammo olish ham ikki xil bo‘ladi: beixtiyor qabul qilasiz, ko‘ngil amringiz buyursagina olasiz. Mana, men sizga bergan hasharotni ham beixtiyor oldingiz. Ammo olmani ko‘nglingiz amr etmagani uchun ham olmadingiz. Endi sizni haqoratlagan kimsaga kelsak, bu hol ham xuddi sizga qo‘ng‘izni uzatganimdek bo‘lgan. Beixtiyor uning so‘kinishlarini «qabul qilgansiz», ya’ni uning sizni haqoratlashiga yo‘l qo‘yib bergansiz... Demak, ayb o‘zingizdan o‘tgan, to‘g‘rimi?
Yo‘lovchi tushundi, chog‘i, xiyol boshi egildi.
Donishmand shogirdi bilan yo‘lida davom etishdi.

Hulosa o'zingizdan😊
@menimcha_shu
Har bir kun mening bir qismimni olib, o‘tib ketadi.
Qalbda hasrat qoldirib, o‘zi bedor ketadi...

© Abu Ali Daqqoq

@menimcha_shu
Mandatim senga she'r bittim bu kun
Qiyosingni topmadim aslo
Dtmi bor uz yurtin butun
Olam aro atagan tanho
Ular vadasi uchdi kup yiroq
Qanotida javoblar varaqasi
Bir mandat bor dunyoda biroq
E'lon qilinmagan dostondir bori
Faqat ojiz abiturendim manim
DTM, MANDATIM MANIM
📌 Hurmatli obunachilar!

Iltimos bizdan mandat qachon chiqishini so'ramanglar. Mandatni qachon chiqishini hatto DTM ham bilmaydi.

😂😂😂
Atrofingizdagi odamlardan aytaylik, oʻtgan oy davomida nima qilganligi va nimalarga erishganligini soʻrab koʻring. Sizga kafolat berib aytamanki, 99% odamlar shu davr ichida oʻzlarining nimalarga erishganligini aytib bera olishmaydi va hatto shu vaqt ichida nimalar bilan mashgʻul boʻlganliklarini eslay olishmaydi ham. Buning sababi odamlar oʻzlarining haqiqiy niyatlarini anglashmaydi va ularning asosiy maqsadi navbatdagi kunni yashashdan iborat boʻlib qolgan. Bizning boshimizdagi va atrofdagi shovqinlar ichimizdan kelayotgan kuchsiz va past tovushni koʻmib yuboradi.

— Mardon Masharipov

@menimcha_shu
DUNYODAN QOCHIB QAYGA BORAYIN...
DUNYONING BOSHI HAM OXIRI HAM O'ZIM

@MENIMCHA_SHU
Inson bugun yo ertaga o'lishini anglab yetsa, har daqiqadan unumli foydalanishni boshlaydi
©Jek Li

@menimcha_shu
😊😊DTM kunsayin yangi ijotkorlarni kashf qilyapti
Mana yana bir shoir
Yomon qiz sheriga parodiya😊😊



Qorayib yo'qalar megabaytlarim,
Dtm saytida bedor yuraman.
Bir mandat bor uziyam daxshat
Men shu mandatni kutaveraman.

Saytga kiraman, yonib kiraman
Dunyoni chekkaga surib kiraman.
Chiqmasligin bilib turib kiraman
Men shu mandatni kutaveraman.

O'ziham qotib qoladi har kun,
Hatto chiqmasligin aytadi har kun,
Va'da berib yana qaytadi har kun,
Men shu mandatni kutaveraman.

Saytga kiraman, yonib kiraman
Dunyoni chekkaga surib kiraman.
Chiqmasligin bilib turib kiraman
Men shu mandatni kutaveraman.


Ovoza qilay deb adminlar bilsin,
Tish tirnog'i bilan qarshilar bilsin,
Menga nima hamma yaxshilar bilsin
Men shu mandatni kutaveraman.

Saytga kiraman, yonib kiraman
Dunyoni chekkaga surib kiraman.
Chiqmasligin bilib turib kiraman
Men shu mandatni kutaveraman.

😂😂😂😂😂😂
Sizlar uchun maxsus
@menimcha_shu
— Keling xizmat? Nima dori izladingiz?
— Kayfiyat necha pul?
Bizga yana ne kerak mehrdan bo'lak.. 😔
Atrofga qaraganimda doim nimanidir o'rganaman. Bularning barchasi o"zligimcha qolish, o'z fikrimni bayon etish va asosiysi o'zimga ishonish uchun..
@menimcha_shu
​​Agar biror narsada zarar berish uchun hammalari yig‘ilib kelishsa ham, Alloh yozgandagina zarar bera oladilar.

©Mubashshir Ahmad
@menimcha_shu
Musibat sening musibating boʻlmaganida “sabr” haqida gapirish muncha ham oson-a!

Menga “sabr”dan dars oʻtmang. Avvalo mening oʻrnimga keling-da va bir sabr qilib koʻring!

@menimcha_shu
Hech qisi yo'q emish, bundan ortiq nima ham deyolardi bu telba ko'ngil...