#кичик_ҳикоя
SILLULYAR
Yigit hali juda yosh edi. Ammo tug‘ma yurak nuqsoni bor bo‘lib, murakkab va qimmat amaliyotni taqozo etardi. Shunga qaramay, taqdir ekan, o‘qishni tamomlab, ma’naviyat sohasiga ishga kirdi. Hartugul qo‘li yupqa ota-onasiga boqimanda bo‘lmadi – o‘zini-o‘zi epladi. Baxtiga ishxonasidagilar hojatbaror chiqib qoldi: majlis o‘tkazishib, inson manfaatlari uchun hamma narsaga tayyormiz degan hamkasblari yurak amaliyoti uchun 10 ming AQSH dollari ajratilishi to‘g‘risida qaror qabul qilishib, qo‘l ko‘tarishdi. Yigit behad sevindi. Kasal yuragi hapqirdi. Ammo ish pulni berishga kelganda unmay turib oldi.
Bu orada yigitning yuragi yana bir xuruj qildi. Shoshilinch majlis chaqirilib, endi amaliyotga 15 ming AQSH dollari kerakligi to‘g‘risida kelishib olindi, qo‘llar ko‘tarilib, bir ovozdan tasdiqlandi. Lekin bu gal ham ishxona kassasidan pul chiqmadi. Fursat o‘tib, yigit butunlay yotib qoldi. Galdagi majlisda amaliyotga 20 ming AQSH dollari zarurligi aytilganda ovoz berish uchun hamma qo‘llar ko‘tarildi. Ammo ayni lahzalarda shaharning narigi chekkasida yigitning tobuti ham ko‘tarilgan, u aldamagan – chindan o‘lgandi...
Ulug‘bek Hamdam
@menimcha_shu

Go‘ngqo‘ng‘iz onasiga aytdi: «Kimning oldidan
o‘tmay, menga tupurib ketadi». Onasi: «Ey
farzandim, chiroyli bo‘lganing uchun ko‘z
tegmasin, deyishadida», deb javob berdi))
©Oiz Qarniy ( Tabassum qiling ) asaridan
@menimcha_shu
o‘tmay, menga tupurib ketadi». Onasi: «Ey
farzandim, chiroyli bo‘lganing uchun ko‘z
tegmasin, deyishadida», deb javob berdi))
©Oiz Qarniy ( Tabassum qiling ) asaridan
@menimcha_shu
Qanday yaratilgan bo‘lsangiz, o‘shanday yashang. Ovozingizni, ohangingizni o‘zgartirmang... Borlig‘ingizni yo‘q qilib, hurriyatingizni barbod qilmang. O‘zingizning xos ta’mingiz, xos rangingiz bor. Biz sizni o‘z rangingizda va o‘z ta’mingizda bo‘lishingizni xohlaymiz. Chunki siz shunday yaratilgansiz va biz sizni shundayligingizcha taniymiz. Taqlidchi bo‘lmang. Odamlar tabiatlarida nabotot olamiga o‘xshashadi. Shirini, nordoni, uzuni va kaltasi bor. Sizlar ham shunday bo‘linglar. Agar banan bo‘lsangiz, behiga aylanib qolmangda. Chunki chiroy va qiymatingiz bananligingizdadir. Albatta, rangimiz, tilimiz, iqtidorimiz, quvvatimizning har turli bo‘lishi Alloh moʻjizalaridan biridir. Siz endi bu moʻjizani inkor qilmang!
📚"O‘kinma"
Doktor Oiz Qarniy
📚"O‘kinma"
Doktor Oiz Qarniy
#Таъсирли_шеър
ONANGIZ ASRANG!!!
Onangiz yonida bir zum o‘tirib,
Mehrli ko‘zlarga bir to‘yib qarang,
Dunyo ishlarini bir chetga surib,
Onasi hayotlar, onangiz asrang!
Hayotdan ketganda qadri bilinar,
Tomoqqa hattoki suv ham ilinar,
Pushaymon bo‘larsiz, bag‘ir tilinar,
Onasi hayotlar, onangiz asrang!
Qalbini g‘am alam qamrab olmasin,
Yo‘lingizni kutib ko‘zi tolmasin,
Keksaygan ko‘nglida armon qolmasin,
Onasi hayotlar, onangiz asrang!
Onasin holidan xabarsiz kishi.
Mazmunsizdir umri, bahoru qishi,
Hech qachon tugamas bu dunyo ishi,
Onasi hayotlar, onangiz asrang!
Onalar poyida bo‘lsa gar jannat,
Ne uchun onaga qilmaysiz xizmat,
Onadan ayrilmoq eng og‘ir qismat,
Onasi hayotlar, onangiz asrang!
Biz uchun hadisdur aytgan har so‘zi,
Dunyoda onaday zot bormi o‘zi,
Faqat quvonch bilan yoshlansin ko‘zi,
Onasi hayotlar, onangiz asrang!
Yaxshi she’r ekan, yaxshilarga ilindim...!!!😊
☝️ALBATTA O‘Z YAQINLARINGIZGA HAM TARQATING!!!

#hayrli_tong
Inson asli pichoq misoli,
Yashab yurar, o‘tkazadi kun.
Hayot uni charxlaydi doim,
So‘ng yemrilib ketadi bir kun.
✍ Xusan Saidiy
@menimcha_shu
Inson asli pichoq misoli,
Yashab yurar, o‘tkazadi kun.
Hayot uni charxlaydi doim,
So‘ng yemrilib ketadi bir kun.
✍ Xusan Saidiy
@menimcha_shu