Assalom alaykuum, o'zi uzoq, qalbi yaqin qadirdonlariim☺️. Abiturentchilik tufayli kanalimiz faoliyati biroz to'xtab qoldi buning uchun uzr so'raymiz. Bugun imtihon toshirdik endi sizlar uchun yaxshi narsalarni joylashga harakat qilamiz.. Bizni tark etmaganlarga esa katta rahmat😙
@menimcha_shu
@menimcha_shu
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hammalarizga sudentlik baxti nasib qilsin😊😊🤲🤲
#She’riyat
MEN YO‘GʻIMDA
Men yo‘g‘imda:
Gullar ochilar,
Tashna bo‘lib salqin yellarga.
Mayin, tiniq bo‘ylar sochilar
Yolg‘izoyoq,
sokin yo‘llarga.
Men yo‘g‘imda:
Tikilib yo‘lga
Xo‘rsinmoqda yalang qoratol,
Xotirlardan faromush bo‘lgan
Buloqlarning ko‘zida malol.
Men yo‘g‘imda:
Yovqur shamollar
Og‘ushida rayhon kuladi.
Guzarlarda mudragan chollar
Bir kechada g‘oyib bo‘ladi.
Men yo‘g‘imda:
Fig‘on etarmish
Ko‘kka qarab karnay-surnaylar.
Men yo‘g‘imda tashlab ketarmish
Farg‘onani oppoq turnalar.
Shavkat Rahmon
@MENIMCHA_SHU
MEN YO‘GʻIMDA
Men yo‘g‘imda:
Gullar ochilar,
Tashna bo‘lib salqin yellarga.
Mayin, tiniq bo‘ylar sochilar
Yolg‘izoyoq,
sokin yo‘llarga.
Men yo‘g‘imda:
Tikilib yo‘lga
Xo‘rsinmoqda yalang qoratol,
Xotirlardan faromush bo‘lgan
Buloqlarning ko‘zida malol.
Men yo‘g‘imda:
Yovqur shamollar
Og‘ushida rayhon kuladi.
Guzarlarda mudragan chollar
Bir kechada g‘oyib bo‘ladi.
Men yo‘g‘imda:
Fig‘on etarmish
Ko‘kka qarab karnay-surnaylar.
Men yo‘g‘imda tashlab ketarmish
Farg‘onani oppoq turnalar.
Shavkat Rahmon
@MENIMCHA_SHU
Sabr qilasan va g‘alabaga erishasan. Sabr – sening qurolingdir. Sen sabrsan. Sabr sening jannatingdir. Sabr sen intizor kutgan maqsadning aynan o‘zidir. Shunga qarab harakat qil va o‘rningdan tur, qizim. Seni Allohga omonat qoldiraman.
📚"Bu ummatning qizi"
Nuriddin Yildiz
📚"Bu ummatning qizi"
Nuriddin Yildiz
Tug‘ilsang baxt bilan kamol o‘shadir,
Tark etsang olamni zavol o‘shadir.
Oxir chog‘ tuprog‘ing ustiga kelib,
Kimdir yod aylasa, iqbol o‘shadir.
✍️ Abdulla Oripov @MENIMCHA_SHU
Tark etsang olamni zavol o‘shadir.
Oxir chog‘ tuprog‘ing ustiga kelib,
Kimdir yod aylasa, iqbol o‘shadir.
✍️ Abdulla Oripov @MENIMCHA_SHU