🍉ᴍʏ ᴍɪɴᴅ
35 subscribers
1.88K photos
568 videos
14 files
246 links
𝘖𝘤𝘩𝘪𝘭𝘨𝘢𝘯 𝘴𝘢𝘯𝘢:
𝟚𝟠.𝟘𝟟.𝟚𝟘𝟚𝟘

𝓜𝔂 𝓽𝓱𝓸𝓾𝓰𝓱𝓽, 𝓜𝔂 𝓹𝓪𝓰𝓮 💬


https://t.me/with_Abendrot
https://t.me/m_musicoo
Download Telegram
Forwarded from Venetsiyaliklar (Rustam 🇺🇿)
Twitter zo'rta baribir 😂
... Odamning qanday yolgʻon soʻzlayotganini kuzatib oʻtirishning oʻzi qiziq.)
Sochlari qorlarga havasim kelar,
Tolei yorlarga havasim kelar.
Hamma-hammasidan ishonavering,
Otasi borlarga havasim kelar.
Ellikka kirsa ham boladek yurar,
Kutadi, oshga qo‘l uzatmay turar.
Muammo nimaye, tortinmay so‘rar,
Otasi borlarga havasim kelar.
Uyidan baraka ketmas nariga,
Rozidir dasturxon yo‘g‘u boriga.
Yuragi og‘rimas, chopmas doriga,
Otasi borlarga havasim kelar.
...Kimlargadir tuyulasiz kattalar,
Sizga ta’rif asli ne deb atalar,
Bolaligi tugamagan otalar...
Otasi borlarga havasim kelar.

© Xayrulla Hamidov

@menimcha_shu
No comment...

@menimcha_shu
KEL, EY KO'NGLIM,
BIZNING HAYOT
EMAS EKAN JOVIDON,
BU DUNYODA IZLA NAJOT,
YASHA FAQAT SHODUMON.
BU HAYOTNING
YARMI ROHAT,
YARMI G'AMDIR, SHUKUR QIL.
UMRING UZUN BO'LSA-RAHMAT,
AGAR KAMDIR,
SHUKUR QIL
!

P.S: Men yoqtirgan va hurmat qiladigan adibimiz Erkin Vohidovning "Ruhlar isyoni" asarini qayta o'qiyotib ushbu go'zal misralarni sizga ham ilingim keldi #hayrli_kech

@menimcha_shu
Ko‘zlarim ochdimu shukrona aytdim,
Yana bir tong yurak urmoqda dukur.
Tushimda qaylarga borib qaytdimu,
Ollohim, sog‘-omon uyg‘otding shukur...

@menimcha_shu
Kelajagim uchun boshlang‘ich maktabda o‘qidim.
Keyin: «Kelajaging uchun o‘rta maktabda ham o‘qi», deyishdi.
Keyin: «Kelajaging uchun liseydayam o‘qi», deb aytishdi.
Keyin: « Kelajaging uchun bakalavriatda ham o‘qi», deyishdi.
Keyin: «Kelajaging uchun bir yaxshi ish top», deyishdi.
Keyin: «Kelajaging uchun oila qur», deyishdi.
Keyin: «Kelajaging uchun farzandlarni ko‘paytir», deyishdi.
Mana, yoshim 77 ga yetganda ushbu so‘zlarni yozyapman. Men hamon o‘sha kelajakni kutib yashayapman. Endi bilsam, o‘sha kelajak buqani quvlab yetish uchun uning boshiga qo‘yilgan bir parcha qizil latta ekan.
Ammo unga yetib bo‘lmas ekan. Chunki kelajakka yetib borilsa, hozirga aylanar ekan. Hozir esa o‘tmishga aylanar ekan. So‘ngra yangi kelajakka to‘qnash bo‘linar ekan.

©Alloma Shayx Ali Tantoviy rohimahulloh

@menimcha_shu
Chindan g‘alat erur dunyo ishlari,
Miyang g‘ovlab ketar o‘ylagan sari,
Diyonat, xiyonat aralash bari,
Boqib bu savdoga, hayron o‘tdik biz.

Ko‘rdik inson fe’lin o‘ru qirini,
Baham ko‘risharlar avval sirini.
So‘ngra nimta qilar biri birini,
Boqib bu savdoga, hayron o‘tdik biz.

Goho sendan aziz ostingda oting,
Goh bir g‘alamisga bog‘liq hayoting,
Yaxshiyam qatorda bordir bayoting,
Boqib bu savdoga, hayron o‘tdik biz.

Sen deysan, dilim pok, rashkdan yiroqman,
Sen unding, men esa hanuz tuproqman.
Yo‘q, do‘stim, men sendan bechoraroqman,
Boqib bu savdoga, hayron o‘tdik biz.

Ne qilay, yomonga o‘qiymi la’nat,
Yo shodon qo‘shiqlar aytaymi faqat.
Birovda mehr mo‘l, birovda nafrat,
Boqib bu savdoga, hayron o‘tdik biz.

Har qalay baxtlimiz - tirikmiz magar,
Qolgan gaplar esa o‘tarda ketar.
Bamisli karnayga ishqi tushgan kar,
Boqib bu savdoga, hayron o‘tdik biz.

© Abdulla Oripov

@menimcha_shu
Balki yigitlarga atirgul yoqar, ammo oila qurish arafasida qo'l tegmagan kaktusni tanlaydi. Fosiqlar qo'lida arzon bo'lma...☝️

©Empty Note
@menimcha_shu
#negadir_yozdim

Hardoim ham sen kutgan kunlar seni kutib turmas ekan, goh undan ilgarilab, gohida esa orqada qolib ketarkansan, unga yetganingda esa bazi narsalarni qadri yo‘qolar ba'zilarini qadri ortib ketarkar.

@menimcha_shu
Har bir gulning egasi bor, avaylashga aqlingiz yetmasa uni bog'da qoldiring)
©someone
@menimcha_shu
#bilib_qoygan_yaxshi

❗️Kiyim yoki buyum olayotganimizda ko‘pincha unda ingliz yoki boshqa tilda har-xil yozuvlar aks etgan bo‘ladi.
Ko‘p holatlarda bunga ahamiyat ham bermaymiz.
Ammo ulardagi so‘zlar har doim ham ijobiy bo‘lavermaydi.

Ulardan ba’zilari:

Flirt -- noz - karashma qilmoq, o‘ynashmoq,(yomon ma'noda)

Christianity- nasroniylik dini

Hussy--qo‘pol, qo‘rs qiz

Madonna--fohisha, zinokor ayol

Vicar--cherkov bosh ruhoniysi

Croix--xoch (fr.)

Gross--axloqsiz, uyatsiz, sharmanda, nomussiz,

Atheist--dahriy

Gospel--injil

Nike--yunonlarda g‘alaba xudosi

Nude--yalang‘och

Eros--sevgi xudosi

Cupid--Rimliklarda bola timsolidagi sevgi xudosi (kamondan o‘q otadigan)

Whore--fohisha

Tippler--alkash

Lustry--shahvatparast

Adulterer--fosiq, zinokor

Bitch--fohisha, zinokor ayol

Bawdy--qo‘pol, shahvat va gunohga zinoga moyil

Buy me--meni sotib ol

Dram--bir qultum spirtli ichimlik

Crux- burj, xoch

Bad boy-yomon xulqli bola

Vixen-yomon xulqli ayol

@menimcha_shu
Soya kabi bo'l,
Yaqinlaringdan boshqalarga umuman hissiyotlaringni oshkor qilma...!!!
UZR!.
"Menga yo‘liqqaningizda ranggim o‘chiq bo‘lsa meni ma’zur tuting!
Agar menga xabar jo‘natsangiz va men javob qilmasam meni ma’zur tuting!
Goho mashaqqatda bo‘laman, hech bir ish qilishga qodir bo‘lmayman.
Gohida sizga qarab tabassum qila olmasam meni ma’zur tuting!
Agar yoningizdan o‘tib ketsam va sizni ko‘rmasam meni ma’zur tuting!
Gohida siz u haqda bilmaydigan boshqa bir olamda bo‘laman...".

@menimcha_shu