๐Ÿ‰แดส แดษชษดแด…
35 subscribers
1.88K photos
568 videos
14 files
246 links
๐˜–๐˜ค๐˜ฉ๐˜ช๐˜ญ๐˜จ๐˜ข๐˜ฏ ๐˜ด๐˜ข๐˜ฏ๐˜ข:
๐Ÿš๐Ÿ .๐Ÿ˜๐ŸŸ.๐Ÿš๐Ÿ˜๐Ÿš๐Ÿ˜

๐“œ๐”‚ ๐“ฝ๐“ฑ๐“ธ๐“พ๐“ฐ๐“ฑ๐“ฝ, ๐“œ๐”‚ ๐“น๐“ช๐“ฐ๐“ฎ ๐Ÿ’ฌ


https://t.me/with_Abendrot
https://t.me/m_musicoo
Download Telegram
#yana__Mashadan

Orzular qilyapmiz, rejalar tuzyapmiz, maqsadlar qo'yyapmiz..
Yillar daqiqadek o'tib boryapti. O'sha, biz kutgan kun keladi. Ammo biz kutgan natija bo'lmaydi har doim ham. Ko'rishni, tanishishni uzoq vaqtdan beri istagan isoningiz bilan uchrashasiz, ushrashasiz-u u siz o'ylagandek mehribon, oliyjanob emasligini ko'rasiz. Uni tanishni istagan o'zingizdan nafratlanib ketasiz.
Maqsadga erishish muddati keladi ammo erisholmaysiz, yana ancha mahnat qilishga majbur bo'lasiz, charchaysiz va taslim bo'lasiz. Hech narsa yoqmay qoladi gapirish, kim bilandir ko'rishish va hatto orzu qilishdan ham bezor bo'lasiz. Chunki siz ko'p harakat qildingiz,.. bo'lmadi hammasi havoga uchdi-yu ketdi. Endi hammasini o'z holiga tashlaysiz va poda ichida qolib ketaverasiz. Sizga berilgan muddat tugab, bu dunyoni tashlab ketasiz, hech qanday izsiz, sas-sadosiz. Hech kim sezmaydi ham yo'qligingizni.
Ammo azizim, shuni bilingki Siz bo'lsangiz ham bo'lmasangiz ham quyosh yana chiqadi, yer o'z o'qi atrofida aylanaveradi, bahor yana keladi, gullar ochiladi...
Shunday ekan "qo'y podasi bo'lmang" "cho'pon" bo'ling. Izsiz ketmang. Sizni unutishmasin, unuta olishmasin hech qachon!
@menimcha_shu
P/s:Maqsadingizga erishishda qiynalayotgan, ikkilanayotgan bo'lsangiz o'zingizga shu savolni bering๐Ÿ‘‡

MEN BO'LMASAM KIM?!
HOZR BO'LMASA QACHON?!
ยฉEmma Watson

@menimcha_shu
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hayot bir nafasdir, olganing qadar,
Hayot bir qafasdir, qolganing qadar,
Hayot bir havasdir, borliging qadar...

โœ๐Ÿฝ Rumiy


@menimcha_shu
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
๐Ÿ’™๐Ÿ’™๐Ÿ’™
Hammasini ko'rmasdan oldin meni jonimni olib qo'yma Yaratgan egam!

@menimcha_shu
Kimda shu ikkita videoni mp3 si bo'lsa @Mening_mitti_dunyoyim_bot ga tashavoringlar ๐Ÿฅบplease
Qaylardasan mendek o'ylovchi
Qaylardasan meni anglovchi..
Hozrgi mening holatim...
HAYOT MENGA HAR KUNI BIR NARSANI O'RGATYAPTI - KUCHLI BO'LISHNI.
Qandaydir bir qahvaxona, unchalik mashxur emas ammo odam gavjum, deyarli hamma stol band, kun botar payt, tashqari sovuq, men esa o'sha qahvaxonaning deraza oldida joylashgan shinam stolda o'tiribman ammo ichkari issiq, yoqimli... bilmadim bu isitish pechi bo'lgani uchunmi.. Balki odamlar taftidir, balki samimiyligi, narigi stoldagilarning beg'ubor kulishlari, atrofimda ko'nglida zarracha kiri bo'lmagan, yaxshi insonlar jamlangani uchundir...
Men ularni tanimayman, begona shaxar bu, ular ham meni tanishmaydi, ammo men bir chekkada oldimda issiqqina cofe, sevimli kitobim bo'lgani holda zavq bilan kuzatayotgan insonlar huddi ana shunday... - samimiy, ko'ngilga yaqin, huddi avvaldan taniydigandekman.
Derazadan tashqariga qarayman, ko'zni qamashtirmaydigan, qizarib botayotgan quyosh nurlari ko'zlarimga tushib menga huzur bag'ishlamoqda, u go'yo qaytib chiqmaydigandek botishidan oldin eng so'nggi nurlarini zo'r berib tabiatga sochmoqda... Bag'oyatda go'zal manzara.
.
.
.
Bu ayni damda men bo'lishni hohlagan "atmosfera". Qisman tasvirlashga va sizlar bilan bo'lishishga harakat qildim.
Agar hayolan bo'lsada o'sha yoqimli vaziyatga sizni ham olib kira olgan bo'lsam juda hursandman. Hayrli kech๐Ÿ˜Š

@menimcha_shu