🍉ᴍʏ ᴍɪɴᴅ
35 subscribers
1.88K photos
568 videos
14 files
246 links
𝘖𝘤𝘩𝘪𝘭𝘨𝘢𝘯 𝘴𝘢𝘯𝘢:
𝟚𝟠.𝟘𝟟.𝟚𝟘𝟚𝟘

𝓜𝔂 𝓽𝓱𝓸𝓾𝓰𝓱𝓽, 𝓜𝔂 𝓹𝓪𝓰𝓮 💬


https://t.me/with_Abendrot
https://t.me/m_musicoo
Download Telegram
​​Mark Levining “Osmon va yer orasida” kitobida shunday deyiladi:

Har kuni uyqudan uyg‘onganingda senga 86400 dollar beriladi, yagona shart esa sen ularni kun davomida sarflab tugatishing zarur, qoldiqni uxlashga yotganingda sendan olib qo‘yishadi – bu ana shunday in'om, ushbu o‘yin istalgan vaqtda tugashi mumkin.

Savol: sen bu pullarni nimaga sarflagan bo‘larding?
U har bir dollarni o‘zining shaxsiy o‘yin-kulgusi, shuningdek, sevimli insonlari uchun ko‘plab sovg‘alar sotib olish uchun ishlatishini aytdi.

U mazkur sehrli bankning har bir sentini o‘zi va atrofdagilar hayotiga baxt olib kelish uchun ishlatgan bo‘lar edi, “hatto bilmagan insonlar uchun ham, chunki o‘zimga va yaqinlarimga kuniga 86400 dollar ishlata olarmidim; biroq nima uchun buni so‘rayapsan?”

Ushbu sehrli bank har birimizda bor, bu — vaqt! Mo‘l-ko‘llik manbaidan doimiy ravishda soniyalar oqib tushadi... Har kuni ertalab uyg‘onganimizda biz kuniga 86400 miqdoridagi kreditga ega bo‘lamiz, kechqurun uxlashga yotganimizda esa zaxira tugaydi, kun davomida nima sodir bo‘lganiga qaramay – tugab bitadi.

Har kuni tongda sehrgarlik qaytadan boshlanadi, bizga yana 86400 soniya kreditga beriladi. Chetlab o‘tish mumkin bo‘lmagan qoida asosida o‘yin o‘ynaymiz: bank hisobni istalgan onda ogohlantirishlarsiz yopib qo‘yishi mumkin; hayot istalgan soniyada to‘xtab qolishi mumkin.

Ps: Umrning har bir dollarini unumli sarflash kerak

@farkhadovich_n
🔥1
I read a post that said: "I wasn't myself for months and nobody noticed".

I felt that.
Sevmasam ham atrofimda gir yugurib
Rahmat deyman mudom koʻnglim olganlarga
Hayolida mening bilan turmush qurib
Rahmim kelar meni sevib qolganlarga..))
1
Naryog'i yo'q (Official Music Video)
Sardor Tairov
Sevgiga arz qilay desam ijtimoiy tarmog'i yo'q..)
АЁЛЛАР ЎҚИМАСИН!

• Кеча ишхонамизда қизиқ бир воқеа бўлди. Сизлар учун қизиқ бўлмаслиги мумкин ўзим учун жуда қизиқ. Ҳуллас, кеча  бизни ишхонамизга ишга кириш учун бир Япон қиз келди. Бошлиғимиз ишга кириш сухбатини менга топширди.

• Ишга олиш сухбатини унчалик хушламасамда, чиройли Япон қизни кўриб, бажонидил ишга киришдим😀 Ўзига қараган, қош-кўзлари попукдек, чиройликкина қизча. Бошқа миллатлар ишга унчалик жиддий қарамаса ҳам, Японлар жуда жиддий қарайди. Иш берувчини салкам, подшоҳ даражасига чиқариб юбориб, хурмат қилади. У қизни  ўзини тутиши, гапиришлари ҳам ҳудди шундай эди.
• Ўзини таништирди. Нимага ишга кирмоқчилиги ҳаммасини гапирди. Мен хам иш жараёнларини таништирдим
Сухбат тугади ва ҳужжатларни расмийлаштириш учун шахсни тасдиқловчи хужжат ва банк картасини копия қилиш учун сўрадим. Не кўз билан кўрайки, салкам севиб қолмоқчи бўлган, гап отворишимга сал қолган "Қизча" мендан нақд 19 ёш катта экан. 😀🤦‍♂️

• Японлар ёш кўринишига кўникиб кетган бўлсам ҳам бу сафаргиси қаттиқ таъсир қилди. Бундан кейин ҳеч қайси Япон аёлини ёшини тахмин қилмасликка қарор қилдим))

• Япон аёллари бизнинг аёллардан ёки кўплаб бошқа миллат вакилларидан тахминан 10 ёшга ёш кўринади. Масалан, сиз кимнидир кўриб, "Мана бу қиз 25 ларга кирган бўлса керак" деб ўйласангиз, у қиз ё 35 ёки 45 бўлиб чиқади.

• Узоқ изланишлар, кузатишлар натижасида шуни аниқладимки, Япон аёлларининг ёш кўринишига сабаб, сиз ўйлагандек денгиз ҳавоси, ўта сифатли ва қиммат Япон кремлари, "Уход"лар, косметика воситалари эмас экан. Шунинг учун ўзингизни "Еманг" хурматли аёллар. "Борлигимча севасан" деган ўзингизга бўлган ишончни йўқотманг😀

• Уларнинг ёш кўринишига 9 та сабаб бор экан:

1- Мижғов эри йўқ. Бўлса ҳам жа биздагидек хурмати йўқ!
2- Умрини ейдиган қайнонаси йўқ!
3- Аламзада қайнисингил ва қайниопаси йўқ! Бўлса ҳам бир тийинга олиш йўқ!
4- "Одамлар нима дейди" деган ўй фикри йўқ!
5- Сигир соғиш, таппи қилиш, ўтин ёриш, уйни иситиш деган ташвиши йўқ.
6- "Болаларимни боқай" деган ғами йўқ! Кўпчилигида шу болани ўзи ҳам йўқ.
7- "Қиз бола нарса" деб босим берадиган ота-онаси, ака-укаси йўқ.
8- "Уй қурайлик" , "тўй қилайлик", "Дугоналаримни ичида энг зўри бўлай" деган фикри йўқ!
9- "Эрим биров билан юриб кетмасмикан, ишқилиб" деган ғами йўқ. Юрса юраверсин дейди кўпчилиги.
10- Энг муҳими ўзидан бошқа дарди йўқ. Спорт билан шуғулланади, ишга боради, уйга келади, ўзига қарайди. Шоппинг қилади, яйраб яшнайди. Бунақа ҳаёт бўлгандан кейин "Конешно" қаримайди-да😀

• Хуллас, шунақа гаплар. Хурматли эркаклар, яхшилаб кўпчилик миллатларни кузатсангиз, энг яхши аёллар ўзимизни аёллар эканлигига шубҳа қилмайсиз. Шунинг учун постимни ўқишингиз билан аёлингизга " Сен дунёдаги энг яхши аёлсан, сени яхши кўраман!" деб қўйингчи нима бўларкан!

• Ўзбек аёллар "номер один"😀

©Bahodir Iskandarov

#twitterdan
🔥1
Kst, Bayram bilan)
😁3
Sen football o'ynasang men muxlislik qilsam..❤️
1
Бугун, 22 октябрь – бутунжаҳон эркакларнинг асаб тизимини асраш куни.

XD
Ba'zan chekkada kuzatish ham yoqimli, munosabatlar kutganingdek bo'lmasa azob chekmaysan..)
TILINGNI TIY

U 1915 yili tug‘ildi. Uyida yig‘lagani qo‘yishmadi. Onasi qo‘lini bigiz qilib tahdid qildi:
– Ovozingni o‘chir!
Kulish ham, yig‘lash ham mumkin emasdi. Otasi ham zug‘um qilardi:
– Jim bo‘l!
Agar uyda mehmonlar bo‘lsa, uni ogohlantirishardi:
– Jimgina o‘tir, shovqin solma!
Agar onasi uyda yolg‘iz qolsa, qulog‘iga quyardi:
– Baqirma, bir pasgina tinchlik bo‘lsin!
Shu tariqa u yetti yoshga to‘ldi.

U maktabga qatnay boshladi. Dars paytida endi og‘iz ochgan ham ediki muallim o‘shqirib qoldi:
– Gaplashma!
Uni doskaga chaqirishganda doimo uqtirishardi:
– Sendan nimani so‘rashsa, faqat shu haqda gapir. Ortiqcha javrama.
Shu tariqa o‘n ikki yoshga to‘ldi.

U o‘rta maktabga qatnay boshladi. Endi gapirmoqchi edi, og‘ziga urishdi:
– Sendan so‘rashayotgani yo‘q.
Direktor unga « Tilni tiygan boy bo‘lar» degan maqolni eslatib qo‘ydi.
Turk tili muallimi shunday dedi:
– Ikki marta eshitib, bir marta gapir. Odamning ikkita qulog‘i, bitta og‘zi bor.
– Jim bo‘l!
– Ovozingni o‘chir!
– Javrama!
Shu tariqa o‘n besh yoshga to‘lib qoldi.

U litseyga qatnay boshladi. Birinchi eshitgan gapi shu bo‘ldi:
– Gapirgandan ko‘ra jim o‘tirgan yaxshi!
– Ko‘p javrama!
– Og‘zingni yum!
– Jim bo‘l!
Shu tariqa o‘n to‘qqiz yoshga to‘ldi.

U universitetga o‘qishga kirdi. Uyda shunday nasihat qilishdi:
– Kattalar gapirganda kichiklar jimgina quloq soladilar.
Onasi tayinladi:
– So‘z – kattadan, suv – kichikdan.
Professor bir kuni shunday dedi:
– Tilingni tiyib yur!
Shu tariqa yigirma uch yoshga to‘ldi.
Harbiy xizmatga chaqirildi. Bo‘linma komandiri buyurdi:
– Jim bo‘l, itvachcha!
Serjant :
– Javrashni bas qil!
Kapitan:
– Og‘zingni ochma!

Uni mirshabxonaga chaqirishdi:
– Sendan so‘ralayotgani yo‘q!
Komissar do‘q urdi:
– Jim!

U ishga kirdi. O‘rtoqlari barmoqlarini og‘ziga bosib shivirlashdi:
– Tss!
– Xudo haqqi, og‘zingni yum! Boshingga bir baloni orttirib olma. Ehtiyot bo‘l!
Boshliqlar ogohlantirib qo‘ydi:
– Har narsaga burningni tiqma!
– Buning senga dahli yo‘q!
– Nima ishing bor?
– Aralashma!

Uylandi. Xotini tayinladi:
– Sendan iltimos, har baloga burningni suqma!
Farzandlar tug‘ilib, voyaga yetishdi. Ular aytishdi:
– Ota, bu ishga aqling yetmaydi. Aralashib o‘tirma!

Bu odam – qisman men, qisman siz, qisman hammamiz!
Rivoyat qilishlaricha, o‘tmishda xotinlar pishirayotgan ovqatiga erkaklarning tilini qirqib qo‘yadigan bir og‘u qo‘shib qo‘yarmish. Bizning yemishimizga ham shunaqa og‘u qo‘shilganga o‘xshaydi. Bir qarab ko‘ringchi, tilingiz bormikin? Biz tilimizni yutib qo‘yganmiz! Og‘zimiz boru ammo tilimiz yo‘q.

Mana endi o‘sha qisman menga, qisman sizga o‘xshaydigan odam so‘z erkinligini talab qilib yuribdi. Uning gapirgisi kelyapti.
Ammo unga buyurilyapti:
– Tilingni tiy!
Mening unga shunday degim keladi:
– Gapir! Gapir! Gapirsang-chi! Ammo nima deysan? Qanday gapirasan? Tilimiz bormi o‘zi?..

Aziz Nesin
Turk tilidan Shodmon Otabek tarjimasi

Manba: ziyo.uz
🔥1
#shunaqa

Hamisha ko'z oldingda bo'lgan narsalarni, qadri bilinmaydi. Makkada, zam-zam bulog'i oldida Coca-cola ichib yurgan arablarni ko'p ko'rganman.

©️Mahmud Usmon
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kuz keldi sen kelmading )