🍉ᴍʏ ᴍɪɴᴅ
35 subscribers
1.88K photos
567 videos
14 files
246 links
𝘖𝘤𝘩𝘪𝘭𝘨𝘢𝘯 𝘴𝘢𝘯𝘢:
𝟚𝟠.𝟘𝟟.𝟚𝟘𝟚𝟘

𝓜𝔂 𝓽𝓱𝓸𝓾𝓰𝓱𝓽, 𝓜𝔂 𝓹𝓪𝓰𝓮 💬


https://t.me/with_Abendrot
https://t.me/m_musicoo
Download Telegram
Qaysi sheva😂
😁1🤣1
Shunaqamiz)
🫡1
Nima ham deya olaman: men yolg'izlik saltanatining qirolichasiman. Oxirgi paytlarda shuni tushundimki, insonlar yolg'izlikdan juda ham qo'rqishar ekan, ammo aslida yolg'izlik sizga o'zligingizni kashf etishingizga yordam beradi. Yolg'iz qolmaslik uchun hayotingizga kirib kelishni istagan har kimsaga izn beraversangiz, ichingizdagi go'zalliklar o'zingizga ham sezdirmasdan, asta-sekin tugab, yemirilib yo'qolib ketaveradi. Chunki hayotingizga kirib kelgan har bir yangi inson sizdan o'zi bilan nimalarnidir olib ketadi.
Hayotingizga munosib bo'lgan inson o'z vaqtida keladi va sizni topadi.

©️Songul
U
1
Manu yerda qizla bollaga ochiqchasiga hushomad qilishyaptiyu, man kimgadir bitta reply stiker yuvorsam tanishlarim talpa qilishni boshlashadi: "Ha tinchlimi, ha sevib qopsanmi, ha kim bilan yozishyapsan, ha bilibqollim"

Veey, Menam yashasam maylimi😂
1🥰1🤣1
Sevadigan ko‘p, ammo sevishni biladiganlar kam. Ayniqsa, bugungi davrda sevgi inqirozini boshdan kechirmoqdamiz. Sevgining nomi hamma joyda bor, ammo uning o'zi yo’q.

©️Sema Marashli
🤔1🎉1
❤‍🔥1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
KORRUPSIYA

Tugʻilganingda tugʻruqxonada korrupsiya bilan tugʻilasan, korrupsiya bilan guvohnoma olasan, korrupsiya bilan maktabga kirasan, korrupsiya bilan universitetga kirasan, korrupsiya bilan magistr, doktor, akademik, korrupsiya bilan mansab, xuddi shu yoʻldan bolangni yetaklaysan, korrupsiya bilan pensiyaga chiqasan. Umring faqat korrupsiya qurshovida...

12 yoshdanoq ishtiyoqi singan minglagan yoshlar oʻsmirlik paytida qilingan bu adolatsizlikni eslab ketvormasa meni aytdi deysizlar.

Tushunish uchun oʻqing: https://kun.uz/04065306
Yoʻldagi hayot
Konsta
Konsta — Yoʻldagi hayot!
Ishqdan bahra olishni bilmaydiganlar uchun u doimiy azobdir)

©
1🍾1
Sleep wouldn't help when your soul is tired
Siyohim qora, mendan kamalak chizishimni so'ramang.

©
11
Sukutlarim teshsin qulog'ing..
🥰1
Hayollarimiz - Norvegiya tabiati
Haqiqat- o'zimizning Mirzacho'l )

©
Olti yoshdan ortadi, yetti yoshdan yetadi(mish)

O'zbek psixologiyasidagi absurd, "zombi" tushunchalardan yana biri deb qizlarning SEP yig'ishi va yig'ishga chaqilirilishi, deb bilaman... Bu haqdagi maqollar aytilaverib ongimizga singib ketganki, haligacha yirtiladigan etakni qo'yib yuborgimiz kelmayapti: "Olti yoshdan yig'sang ortadi(ortib qoladi), yetti yoshdan yig'sak yetadi"...

Maktabga bormasimdan hamqishloqlar tilidan shu maqolni eshitib kelganman va hamon eshitib kelishayotganlar ham bor.
Go'yoki, sep yig'gan qiz uyim-joyim deydigan, "erini boy qiladigan" kabi tiplar ham yaratilgan. Balki, shundaydir, ammo ochlikni boylik deya olamizmi?..

Nima topsang sepingga sol...

Yaqinda ishxonamiz bug'li dazmol sovg'a qilgandi. Shunaqa ajoyib narsaki, chiziq tushirmasdan, ortiqcha kuch sarflamasdan kiyimlaringga chiroy qo'shadi. Anchadan buyon olaman deb yurgan narsamni sovģa qilishgach uni maqtanib Onamga rasmlarini, videolarini xursand bo'lib tashladim.
Ayam esa "zo'r, sepingga olib qo'y" desalar bo'ladimi? 😂 kamdan-kam hollarda bunaqa deydilar, hayron qoldim...
- Albatta, sepimga bundan ham zo'rlarini olaman, dedim-u qutildim...
Bunaqa hollar eng mayda narsadan tortib, muhim detallarga nisbatan ham qo'llansa kerak. "Axir o'zbekmiza-yu". Masalan,

- AYA, Qizil diplom bilan bitirdim!
- Zo'r, sepingga olib qo'y 👍

tarzida 😂😂😂...

Sep yig'ishning absurdligi shundaki, menga kiyim dazmol, soch dazmol, etagi burama ko'ylak kabi buyumlar hozir kerak, judayam zarur... Tushunyapsizmi, HOZIR..

U narsalarni sandiqqa solib, o'zim bu yoqda bor narsamdan foydalanmay, qiynalib yuramanmi?
G'alati-ku...
Rostan yo'q bo'lsa, xo'p deysan, ammo bor bo'la turib yo'qdek yurish bu o'zingga nisbatan XASISLIKdir...
nega hayotimni qachondir ishlataman deya, qiyinlashtirishim kerak, deb ham o'ylab ko'rish kerak-ku axir...

Bu psixologiyaning buzilishini ham ko'rsatadi, menimcha:

Birinchidan, O'zini qiynash, o'ziga hayot lazzatini vaqtida ravo ko'rmaslik mazoxistlik alomati, biz jamiyatda mazoxist onalarning voyaga yetishiga hissa qo'shyapmiz...

Ikkinchidan, ich-ichimizdan kelajakka ishonchni kamaytiramiz: "Ha rostan, sepimga olay, ertaga nima bo'lib nima qo'yadi, balki Uchinchi Jahon urushi boshlanib qolar 🫨" ! Ongostiga "Qora kun" chaqirig'i!... Miya yanada yaxshi yashash uchun emas, kun kelib boshga tushadigan baloga himoya o'ylab topish uchun ishlaydi... Ana noto'g'ri energiya sarfi.

Uchinchidan, boylikdek ko'ringan hamma narsalarni qo'njiga urib, sandig'ida sarg'aytirib yurgan qizlar ONA bo'lib jamiyatni tarbiyalar ekan bizda OCHKO'ZLIK, ALS HAYOT LAZZATINI ANGLAMASLIK, PULGA OLAYOTGAN NAFAS deb qaraydiganlar ko'payadi... Bunday jamiyat yigitlari chiroyli qizga go'zallik deb emas "bosishga zo'r narsa ekan", qizlari esa yigitlarga mardlig-u aql timsoli emas "sog'ishga zo'r sigir" deb qaraydi... Bu jamiyat bolalari ilmni foydalanaman deb emas, maqtanaman deya oladi: "Zato, bitirdi degan diplomim bor"... Nega "Mona Liza" kerak, nega butun dunyo uni sevadi, nega she'r o'qiyman, nega yashayapman kabi savollarga javob topish u yoqda tursin, bu savollarni o'ziga berib ham ko'rmaydi...
barchasi "Eski hammom, eski tos".

Xullas, sepingga ol, sandiqqa sol deyavermanglar, men ham Usmon Azimga o'xshab ninachining yoniga ketganman...

@Xolida_Musulmon
Be with someone who says "let's fix this" whenever you have an argument  instead of ignoring you like a child.

©