🍉ᴍʏ ᴍɪɴᴅ
36 subscribers
1.88K photos
567 videos
14 files
246 links
𝘖𝘤𝘩𝘪𝘭𝘨𝘢𝘯 𝘴𝘢𝘯𝘢:
𝟚𝟠.𝟘𝟟.𝟚𝟘𝟚𝟘

𝓜𝔂 𝓽𝓱𝓸𝓾𝓰𝓱𝓽, 𝓜𝔂 𝓹𝓪𝓰𝓮 💬


https://t.me/with_Abendrot
Download Telegram
— Hech qachon umidsizlikka tushmang❗️

• Chunki bizni bir on bo'lsa ham tashlab qo'ymaydigan mehribon Robbimiz bor🫀
Нодон шогирд бугун яна пири комилдан сўрабди:
- Устоз, спорт мамлакатни дунёга танитармуш?
- Қандай қилиб?
- Ғолиб бўлса, дунё кўз олдида юрт байроғи кўтарилур!
- Неча минут кўтарилур?
- Тахминан 3 минут...
- Шу 3 минутда сени дунё таниб қоладими? Таниб хам қолди дейлик, кейин нима бўлади? Сенинг ютуғингни, байроғингни умрбод эслаб юрадими?

Нодон шогирднинг боши хам бўлибди. Пири комил эса савол беришда давом этибди.
- Куба деса хамманинг кўз олдига бокс келади. Бокс орқали Кубани дунё танийди. Аммо бундан Кубага қандай фойда бор? Халқи зўр яшаяптими? Инвестеция оқиб боряптими? Дунёга таниқли Кубанинг бугунги ижтимоий-сиёсий ахволига маймунлар йиғлагудек... Футбол деса, одамлар "о, Бразилия!" деворади. Аммо дунёнинг ярим жиноятчиси Бразилиядан етишиб чиқади. Спорт билан танилиш бу мамлакатларга нима фойда келтирган?
- Устоз, сиз спортга қаршимисиз?
- Асло! Бироқ ўйиннинг илмдан олдинга қўйилишига рози эмасман. Чемпион бугун бор, эртага йўқ! Илм хар доим халқ хизматида...
- Бирон нарса дейишга ожизман, устоз... "Билаги зўр "Chevrolet Tahoe" йиқар, билими зўр "Фахрий ёрлиқ"! Буни марди майдон дейдилар, устоз...
P.s Achchiq haqiqat🤦‍♀
@menimcha_shu
DUO

To'lib ketar o'pkamga yig'i,
Dunyo sendan arazlab oldim.
Xudo dedim yarashamizmi?
Bismillahir rahmanir rohiym.

Qoldirsangda o'zimsiz tangrim,
O, o'zingsiz qoldirmasang bas,
Salovat chun zabon yaratding,
Yolg'izingni qo'yma bir nafas.

Dard berursan suyganinga sen,
Shukur menman o'sha suyukli,
Jazoing ham qutlug'dur sening,
Va senga xos yolg'iz-buyuklik.

Qaddim bukma, bandang oldida,
Sinib ketsin tuxmatning toshi.
Ya Allohim! jannatga yo'lak-
Joynamozga egilsin boshim.

Haqni tanib yarim yuragim,
Butunlashib boradi Haqdin.
Lablarimdan yoshdek yurakka,
Oqib borar surayi Yasin...

Xonzodabegim JAMALOVA
"Qaytganimda telegramda bo'l"
"Ba'zilar WiFi dan kirarlar"
"Megabaytga qaramay kirdik"
"To svyaz topgunimcha"
"Telegramga oid 40 qoida"
Renault "Login paroling haqida so'zlab ber menga"
"To'ydan keyin ham megabayt bo'lsin"
"Alvido tik tok"
"Internet aybdormi"
"Tik tokni sog'indim"
"Instagramda qolgan hislarim"
"2020"
"Internetda kechgan umrlar"
"Covid bo'lma"
"Gʻarbiy Tik-tokda oʻzgarish yoʻq"
"Komentdagi bitiklar"
"Ikki lichka orasi"
"Zulmat ostonasidagi tik tok"
"Imomning instagramchi qizi"
"Wi fi ulashing"
"Facebookda qolgan postlarim"
"Gruppadagi haloskor"
"Tik tokchiga atalgan layklar"
"Instagram kelini"
"Wi-fili qal'a"
"Dorian Greyning glavniysi"
"Paynet azobi"
"Tiktoknoma"
"Bloger bo‘lish qiyin"
"Umidlar lichkada o‘ladi"
"Telegram biosidagi bitiklar"
"Altiktoker"
"Internetning nozik san‘ati"
"Men Tiktokerman"
"Tik tok haus xo‘jaligi"
"Asrga tatugulik megabayt"
"Facebookni yayov kezganda"
"O‘z profilini sotgan rohib"
"Qorqinchli tiktok"
"Cho‘rniydagilar gapirmaydilar"
"Megabaytni tugatgan kun"
"Aka uka pubgchilar" (Dostoevskiy))
"Zuckerberg aybdor"
"Facebook ham sado beradi", "Instagram ortidan yugurib"
"Wi fi lar mangu yonadi"
"Garry Potter va instagram mahbusi"
"Telegramga kirmagan kim bor"
"Morrining onlayn darslari"
"Sarvqomat iphonim"
"Layklar
hukmdori"

Barchagaga
yuboring!
@menimcha_shu
#talab_va_takliflarga_binoan
Inson yaxshilikka nisbatan hamisha aks-sado bo'lishi kerak, yomonlikka esa qisman(😜)
#experience
Yaqinda bir postga ko'zim tushib qolgandi : "Tushuntirishni istamayman, ammo tushunishlarini hohlayman.."
Huddi men uchun yozilgandek, ko'p hollarda ichingda gaplar to'lib ketadi, qizig'i uni hech kimga aytmasdan, seni tushunishlari va tasalli berishlarini kutasan..
#mutolaa
Qiziq🤔kitob o'qiganing sari, yozuvchilikka bo'lgan moyilliging ortib borarkan. Gohida ajoyib fikrlar, tasvirlar miyyamga quyilib keladi, baxtga qarshi shu paytda yo ko'chada bo'laman yo qandaydir ish bilan mashg'ul bo'laman yozib qo'yishga qog'oz qalam topilmaydi, ha mayli keyinroq deyman-u, shu bilan esdan chiqib ketadi

P/s:Eh, shu dangasaligim meni buyuk odam bo'lishimga g'ov bo'lyaptimi deyman-da🤦‍♀

@menimcha_shu
Dunyo o'zgargan, odamlar o'zgargan, urf-odatlar, kiyinishlar o'zgargan, munosabat o'zgargan....
Va Men ham... qarashlarim ham o'zgarmoqda..

@menicha_shu
I just wanna sit in front of the ocean and listen to the waves..
Shu paytgacha juda ko'p narsadan afsuslanganman, qilgan va qilolmagan ishlarim, aytgan va aytolmagan so'zlarim, yo'qotgan vaqtim, ulgurmaganlarim...
Shukrki, shular sababli har qanday muvaffaqiyatsizlikdan keyin ham o'zimni qo'lga olishni, qayta boshlashni o'rgandim.
Agar sizda ham shunday holatlar bo'lgan bo'lsa ushbu so'zlarni o'qib turing: "HAR YAXSHINING BIR YOMONI, HAR YOMONNING BIR YAXSHISI BORDIR! HAYOT FAQAT TUND RANGLARDAN IBORAT EMAS AZIZIM, UNDAN KAMALAK YASASH O'Z QO'LINGIZDA) @MENIMCHA_SHU
Hamma narsaning chegarasi bor. Chegaradan oshmang.
Avgustning so'nggi kunlari..

Susaymoqda Quyoshning tafti,
Yastanadi choʻlga saraton.
Ishqab oppoq, sovqotgan kaftin,
Huv olisdan boqar qahraton.

Barglar hazin - yashashdan tolib,
Ilinj ila moʻltillab turar,
Xazonlikni boʻyniga olib,
Toʻshalishga taraddud koʻrar.

Samo koʻz yosh toʻkishga tayyor -
Yoʻqotgandek salomatligin,
Va nihoyat his qilar ilk bor
Tabiat ham omonatligin..

Xayrulla Hamidov
O'zingni yolg'iz his qilish yoqimsiz tuyg'u va u ko'p hollarda yoqtirmagan insonlaring bilan ham suhbatdosh bo'lishingga majbur qiladi.)
Ilgari " Qancha ko'p bilsang, yashash shunchalik qiyinlashadi!" - degan gapni eshitsam hayron qolardim. Nega endi(!) axr ko'p bilsang kam xato qilasan va kam qoqilasan-ku, nega yashash qiyin bo'ladi, deb o'ylardim... Aslida bu bor gap ekanligini asta - sekin anglayapman.. Demoqchimanki, seni ko'zingizga qarab aldashyotganini , shunchaki, bajarilmaydigan "va'da" berishlarini, ular yuzi, so'zidagi soxtaliklarni yaqqol sezib turganingdan keyin kimgadir ishonishing ham yashashing ham qiyinlashishi turgan gap, afsuski.
Na ustoz, na ota ona o'rgatadigan emas balki yashaganing sari hayotning o'zi uqtiradigan darslar bor.. Bosh omon bo'lsa ko'raverarkanmiz..

@menimcha_shu