Aslida to‘g‘rimas, tanlab xos kunda,
"Xotin-qizlar kuni" deya nishonlash.
Aksincha, ayolni butun umrida
Shart erur, sha’nini ko‘tarib yashash.
☆ ★ ☆
Axir, er kishiga – omonat ayol,
Omonatni e’zoz etar bu ummat.
Mo‘minalar, sizga dunyo ahli lol,
O‘tgan har kuningiz "sakkizinchi mart."
✍ Akmal Ajib
@menimcha_shu
"Xotin-qizlar kuni" deya nishonlash.
Aksincha, ayolni butun umrida
Shart erur, sha’nini ko‘tarib yashash.
☆ ★ ☆
Axir, er kishiga – omonat ayol,
Omonatni e’zoz etar bu ummat.
Mo‘minalar, sizga dunyo ahli lol,
O‘tgan har kuningiz "sakkizinchi mart."
✍ Akmal Ajib
@menimcha_shu
Donishmanddan so‘rashibdi:
⸺ Yo‘lovchining yo‘lidan qora mushuk chiqib qolsa, bu ko‘ngilsizlik alomati ekani rostmi?
Donishmand javob beribdi:
⸺Rost! Agar o‘sha yo‘lovchi sichqon bo‘lsa!
P.S
Har qanday irim-sirimlarga ishonavermang. 😒

O‘ylar dilni yemirmas zinhor,
Gʻam ustiga yog‘ilmaydi g‘am.
Chindan sevgan sevolmas takror,
O‘tni yoqib bo‘lmas qaytadan.
© Sergey Yesenin
@menimcha_shu
Gʻam ustiga yog‘ilmaydi g‘am.
Chindan sevgan sevolmas takror,
O‘tni yoqib bo‘lmas qaytadan.
© Sergey Yesenin
@menimcha_shu
Ketgisi kelmayapti sira qishning,
Rashki kelayapti, balki bahorga.
Shundan bo‘lsa kerak bizdan qizg‘onib,
Chiroyin yashirmoq istaydi qorga.
O‘kinma, chekma hech afsus, nadomat,
Yana quyosh yoyar nurin olamga.
Muhimi, qish zahri yetmasa bo‘ldi,
Ko‘nglimizni bezab turgan ko‘klamga.
© Jahongir SHAROFBOYeV.
@menimcha_shu
Rashki kelayapti, balki bahorga.
Shundan bo‘lsa kerak bizdan qizg‘onib,
Chiroyin yashirmoq istaydi qorga.
O‘kinma, chekma hech afsus, nadomat,
Yana quyosh yoyar nurin olamga.
Muhimi, qish zahri yetmasa bo‘ldi,
Ko‘nglimizni bezab turgan ko‘klamga.
© Jahongir SHAROFBOYeV.
@menimcha_shu
Odamlarning fikri
Bir kuni o'ylab, kollejdagi do'stlarimga taklif berdim:
-Men sizlarni 100$ ga Turkiyaga olib borib aylantirib kelaman. Ya’ni 90% xarajatni o’zim qoplayman. Faqat bitta sharti bor. Rasmga umuman tushmaysiz, hech kimga borganingiz haqida gapirmaysiz va instagramga ham rasm qo’ymaysiz.
Guruhda 12ta do'stimdan nechtasi rozi bo’ldi deb o’ylaysan?
Hech kim rozi bo’lmadi.
Xulosa: Juda ko’p ishlarni o’zimiz uchun emas, “odamlar nima deydi?” deb qiladigan bo’lib ketganmiz.
Biror qarorni o’zing uchun, yoki odamlarning fikri uchun qabul qilyapsanmi bilib olishing kerak.
Buni ajratib olishni oddiy usuli bor. Yuqoridagi ekperimentni o’zingda o’tkazib ko’r. Yangi iPhone olmoqchisan, lekin uni hech kimga ko’rsatolmaysan, senda ayfon borligini aytib maqtana olmaysan. Haliyam olging kelyaptimi? Demak bu sening haqiqiy xohishing, jamiyat tomonidan o’rnatilgan fikr emas.
Lekin aksi bo’lsa, qaroring haqida yana bir marta o’ylab ko’r.
P.S
Rasmdagi kaptardek ko'p o'ylama lekin.👆🙄