#баҳор_тонги
Bahor senikidir,
Yugur entikib,
Yugur adirlarning lolazoriga.
Men esa quvonay ko‘zimni tikib,
Tog‘larning hayotbaxsh, toza qoriga.
Bahor senikidir,
Tolma yelishdan,
Yugur sochlaringga bargaklar taqib.
Men esa quvonay qaxraton qishdan,
Omon chiqa olgan ildizga boqib.
✍Abdulla Oripov, 1971 yil.
Assalomu alaykum, bahorga intiq bo‘lganlar, xayrli tong!
Umrimizning yana bir ko‘klamiga yetkazganiga shukur. Boshlangan yangi fasli, yangi tong barokatli va sermazmun bo‘lsin.
Yangi kun sizga va yaqinlaringizga yaxshilik, mehr, sabr, insof, qadr olib kelsin...
Sizni yaxshi ko‘ruvchi insonlar uchun bor bo‘ling, qadrlang, bahorim.
@menimcha_shu

#Donolardan
Kun kelib, qarshingda shunday eshiklar ochiladiki, avval yopilgan har bir eshik uchun robbingga shukrlar aytasan.
Mavlano Rumiy
Kun kelib, qarshingda shunday eshiklar ochiladiki, avval yopilgan har bir eshik uchun robbingga shukrlar aytasan.
Mavlano Rumiy
Aslida to‘g‘rimas, tanlab xos kunda,
"Xotin-qizlar kuni" deya nishonlash.
Aksincha, ayolni butun umrida
Shart erur, sha’nini ko‘tarib yashash.
☆ ★ ☆
Axir, er kishiga – omonat ayol,
Omonatni e’zoz etar bu ummat.
Mo‘minalar, sizga dunyo ahli lol,
O‘tgan har kuningiz "sakkizinchi mart."
✍ Akmal Ajib
@menimcha_shu
"Xotin-qizlar kuni" deya nishonlash.
Aksincha, ayolni butun umrida
Shart erur, sha’nini ko‘tarib yashash.
☆ ★ ☆
Axir, er kishiga – omonat ayol,
Omonatni e’zoz etar bu ummat.
Mo‘minalar, sizga dunyo ahli lol,
O‘tgan har kuningiz "sakkizinchi mart."
✍ Akmal Ajib
@menimcha_shu
Donishmanddan so‘rashibdi:
⸺ Yo‘lovchining yo‘lidan qora mushuk chiqib qolsa, bu ko‘ngilsizlik alomati ekani rostmi?
Donishmand javob beribdi:
⸺Rost! Agar o‘sha yo‘lovchi sichqon bo‘lsa!
P.S
Har qanday irim-sirimlarga ishonavermang. 😒

O‘ylar dilni yemirmas zinhor,
Gʻam ustiga yog‘ilmaydi g‘am.
Chindan sevgan sevolmas takror,
O‘tni yoqib bo‘lmas qaytadan.
© Sergey Yesenin
@menimcha_shu
Gʻam ustiga yog‘ilmaydi g‘am.
Chindan sevgan sevolmas takror,
O‘tni yoqib bo‘lmas qaytadan.
© Sergey Yesenin
@menimcha_shu
Ketgisi kelmayapti sira qishning,
Rashki kelayapti, balki bahorga.
Shundan bo‘lsa kerak bizdan qizg‘onib,
Chiroyin yashirmoq istaydi qorga.
O‘kinma, chekma hech afsus, nadomat,
Yana quyosh yoyar nurin olamga.
Muhimi, qish zahri yetmasa bo‘ldi,
Ko‘nglimizni bezab turgan ko‘klamga.
© Jahongir SHAROFBOYeV.
@menimcha_shu
Rashki kelayapti, balki bahorga.
Shundan bo‘lsa kerak bizdan qizg‘onib,
Chiroyin yashirmoq istaydi qorga.
O‘kinma, chekma hech afsus, nadomat,
Yana quyosh yoyar nurin olamga.
Muhimi, qish zahri yetmasa bo‘ldi,
Ko‘nglimizni bezab turgan ko‘klamga.
© Jahongir SHAROFBOYeV.
@menimcha_shu