๐Ÿ‰แดส แดษชษดแด…
35 subscribers
1.88K photos
568 videos
14 files
246 links
๐˜–๐˜ค๐˜ฉ๐˜ช๐˜ญ๐˜จ๐˜ข๐˜ฏ ๐˜ด๐˜ข๐˜ฏ๐˜ข:
๐Ÿš๐Ÿ .๐Ÿ˜๐ŸŸ.๐Ÿš๐Ÿ˜๐Ÿš๐Ÿ˜

๐“œ๐”‚ ๐“ฝ๐“ฑ๐“ธ๐“พ๐“ฐ๐“ฑ๐“ฝ, ๐“œ๐”‚ ๐“น๐“ช๐“ฐ๐“ฎ ๐Ÿ’ฌ


https://t.me/with_Abendrot
https://t.me/m_musicoo
Download Telegram
#anglash
O'tgan kuni (9-dekabrda) kech soat 17:30 lar artofi kursdan qaytayotganimda qor endi yog'ishni boshlayotgan edi.๐ŸŒจ Mashinaga minishim uchun 10 daqiqacha piyoda yurishim kerak va men bunday ob havoda quloqchinni taqib soatlab haqiqiy go'zallikdan bahramand bo'lishga rozi edim. โ˜‚
Qor yog'ishi shu qadar maftunkor ediki, ๐ŸŒจuning har bir parchasi parishonxotirlik bilan aylana aylana sekin yerga qo'nishi uni yanada maftunkorlashtirardi.โ„๏ธ(Men shunchaki chiroyli so'zlar gapirayotganim yo'q, haqiqiy go'zallikka intiladigan har bir qalb egasi gaplarim qanchalik haqiqat ekanini juda yaxshi biladi.)
Mashinaga minib atayin oyna yonidan joy oldim. 40 daqiqalik yo'l qanday o'tgani sezmay ham qolibman hatto, artof ancha qorong'ulashgan edi-yu, yerni qoplashga ulgurgan oppoq qorda bu uncha sezilmasdi.๐ŸŒจ Manzilimga yetganimda mashinadan tushdim va ishonasizmi yo'qmi haqiqiy mo'jizani ko'rdim.... ๐Ÿ’ซโ„๏ธ
Katta yo'l bo'ylab o'rnatilgan qator chiroqlar yorug'ida osmondan tushayotgan har bitta parcha shunaqangi jilovlanardiki buni ta'rif etish uchun lug'atda so'zlar topilmaydi.. โœจYerga qo'ngan-u, har mashina o'tganida ortidan qayta osmonga uchib to'zg'igan qor...โ„๏ธ Bu shu qadar maftunkor, shu qadar g'aroyib va benazr edi.โœจ Huddi yerga dur, inju yoyilgandek,โœจ uni oyoq osti qilish ham ayb tuyiladi..โœจ
Qorni "mo'jiza"๐Ÿ’ฅdeyishim balki kimlargadir erish tuyilar ammo uning qo'lingizga qo'ngan parchasiga yaqindan diqqat bilan e'tibor bersangiiz aslida bundanda yaxshiroq ta'rifga loyiqligiga amin bo'lasiz.) ๐ŸŒจโ„๏ธ
Bu qor ertasi kuni kechgacha yog'di va yerni taxminan 20sm qalinlikda qor qopladi. ๐ŸŒฌAytish mumkinki poytaxt taraflarda allaqachon 4, 5 martalab qor yog'gandir๐ŸŒจ ammo biz tarafda bu birinchisi ya'ni anchadan beri ko'prooq yog'gan birinchi qorโ˜ƒ๏ธโ„๏ธ. Chunki oldingilari juda oz muddat yog'gan va tezda erib yo'q bo'lib ketardi.
Hullas, bugun eertalabdan ko'chaga otildim. Va bu maftunkor manzarani tarixga muhrab qo'ydim ya'nii fotosessiya qildim๐Ÿ“ธ๐Ÿ˜ naq yarim soat (๐Ÿ™ˆ)
Keyin hayolimga kelgan ish- qorbobo yasasha kirishdim,โ˜ƒ๏ธ orada yasayotgan qorbobomga gap topgan akam bilan qorbo'ron ham o'ynadimโ„๏ธ Oyim esa videochilik qilibdi, sezdirmasdan๐Ÿ“นโ˜บ๏ธ๐Ÿค—
Nima ham derdim oxrlab borayotgan โŒ›๏ธ2020-yilning qish kunlaridan biri men uchun unutilmas lahzalarga boy o'tdiโœจ๐Ÿฅฐ Bir oz muddat bo'lsada bolaligimga qaytdim.๐ŸŽž Yaqinlashib kelayotgan tug'ilgan kunimda ham shunaqa qor yog'ishini juda hohlardim๐Ÿ˜Œโ˜บ๏ธ๐ŸŽŠ๐ŸŽ
O'sha men sevgan R.Sharmaning "O'lsang kim yig'laydi?" kitobida aytilganidek, baxtli bo'lish uchun ayni bir muddatni kutish shart emas, juda kichkina narsalardan ham baxt topish mumkin.โœจ Va yana Sharma quyidagilarni aytadi:
"Buyuk ishlar bo'lmaydi, buyuk muhabbat bilan amalga oshirilgan mayda ishlar bo'ladi". โœจ
"Hayotni anglash-bu qadr qimmat va ezgulikka to'la uy yumushlardir"โœจ
Shunday ekan azizim, har narsaga asabiylashmasdan jilmayib yashashni o'rganing, atrofga qarang, hayot siz ko'rishni istagan go'zalliklarga to'la! ๐ŸŒจโ„๏ธโ˜ƒ๏ธ

#
Bugattiiโค๏ธ๐Ÿ˜
P/s: kim aytti qizlar mashinalarga qiziqmaydi deb, mana menda-uu qiziquvchan๐Ÿ˜. O'zi shunaqa qimmat narsalarni yoqtiraman-da๐Ÿ˜Œ๐Ÿคซ

@menimcha_shu
Kelib qolar qaydandir shoshib.
Bizni intiq qilgan o'sha BAXTโ„๏ธโค๏ธ
@menimcha_shu