๐Ÿ‰แดส แดษชษดแด…
35 subscribers
1.88K photos
567 videos
14 files
246 links
๐˜–๐˜ค๐˜ฉ๐˜ช๐˜ญ๐˜จ๐˜ข๐˜ฏ ๐˜ด๐˜ข๐˜ฏ๐˜ข:
๐Ÿš๐Ÿ .๐Ÿ˜๐ŸŸ.๐Ÿš๐Ÿ˜๐Ÿš๐Ÿ˜

๐“œ๐”‚ ๐“ฝ๐“ฑ๐“ธ๐“พ๐“ฐ๐“ฑ๐“ฝ, ๐“œ๐”‚ ๐“น๐“ช๐“ฐ๐“ฎ ๐Ÿ’ฌ


https://t.me/with_Abendrot
https://t.me/m_musicoo
Download Telegram
Qattandir qishni hidi kelyaptida๐Ÿงโ„๏ธ๐Ÿฅฐ
Shu dekabr oyini jaa yaxshi ko'raman.
Qiziq nega ekan? Balki yangi yil bayrami bo'lgani uchundir๐ŸŒฒ๐ŸŽ„(balki shu oyda tug'ilganim uchundir-a๐Ÿ˜œ)
MEN SHUNAQA..

Ko'zidagi yosh bilan ham kulaoladigan

Karantinda 10+ kgga semirgan

Kerakliligini bila turib kerakmas deydigan

Ertadan parxez qilaman deb ertasini har kun kutadigan

Bitta kitobni o'qib bo'lib boshi katta bo'lib ketganday xis qiladigan

100talab rasmga tushib, tomosha qilayotib 90tasini o'chiradigan

Ertalab uyg'onibla telefoniga qaraydigan

O'ylanib-o'ylanib bir qarorga kelolmaydigan

Bir maskani 4 soat emas 4 kun taqadigan

Qorni to'q bo'lsada birnimalarni og'zida kavshab yuradigan

Ranjisa ham hech narsa bo'lmaganday kulib turadigan

Yoshi katta bo'lsa ham hayitlik kutayotgan

Mushuklardan qo'rqadigan

Jo'jalardan qo'rqadigan

Ich-ichidan raqib tarafni gaplari to'g'riligini xis qilsada tan olmaydigan

O'zini men baxtman deya ataydigan

Ikki sevishganni ko'rib, "rostdan bir-birini sevarmikin?" deb o'ylovchi

Supurgini nega tik qo'yib bo'lmasligiga tushunmaydigan

Mastava qilaman deb shovla qilib qo'yadigan

Tunda telefoni bilan uyquga ketib, tongda yana telefoni bilan uyg'onuvchi

Kayfiyati yo'qligida qo'shiq tinglovchi

Musiqa bilan yolg'iz qolishni sevuvchi

Hayollari bilan yolg'iz qolishni sevuvchi

Yolg'izlikni sevuvchi

Telefonidagi mbni avaylab ishlatadigan

Kitob sovg'alarni so'rab oluvchi

Menga kitob bering deydigan

Menga gullar bering deydigan

Muzqaymoqqa to'ymaydigan

Bezbetman deb uyalmay gapiradigan

Qani edi daryoni yonida uyim bo'lsa, deb o'ylaydigan

Qani edi daraxtlar bilan gaplasha olsam, deb o'ylaydigan

Qani edi bulutlarni qucha olsam, deb o'ylaydigan

Olov kabi yonib, tez o'chadigan

Ko'ngil so'rab, so'roqsiz qoladigan

Kechasi uhlamaydigan

Jim keta biladigan

Jim turaolmaydigan

Tavakkal qilishdan qo'rqadigan

Soatlab hayollarga beriladigan

Arzimasligin bilib turib achinadigan

Qoqila-qoqila o'ziga dalda bo'lishga o'ringan

O'zi uchun yelkadosh

O'zini sevuvchi

Yur desa yurmaydigan, qol desa qolmaydigan

O'zinigina gapimini ma'qullaydigan

Kayfiyati tez o'zgaradigan

Qitmirliklar uchun shay turuvchi

Katta bo'lishni xohlamaydigan

Yuzida kulgichi bor

So'roqsiz savollar beruvchi

"Yo'q" deya javob berishga qiynaladigan

Judda vahimachi

Judda asabiy

Judda maqtanchoq

Judda qizg'onchiq

Judda samimiy

Aqli va yuragi o'rtasida qolgan darbadar

Quyoshday nurga o'ralgan

Quyoshday sariqqina

Quyoshday tafti issiq

Quyosh kabi kulib turadigan

Qalbi to'fon, ko'zi daryo

Sevgiga ta'rif topaolmaydigan

Dangasa

Aqlsiz

Noshud

Nodon

Tentak

Telba...

@menimcha_shu
โค๏ธโค๏ธโค๏ธโ„๏ธ๐ŸŽ„โ„๏ธ๐Ÿฅฐ๐Ÿฅฐ๐Ÿฅฐ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Eshik taqilladi
Bemahal tunda,
Turli oโ€˜y-xayollar oโ€˜tdi birma-bir.
Eshikni ochdimu angladim shunda,
Meni yoโ€˜qlab kepti bugun dekabr.

@menimcha_shuโ„๏ธ๐ŸŽ„
Yoqtirmagan faslimiz kelmasligini hohlaganimizda kelmasa, Yomon odamlar bo'lmasligini hohlaganimizda bo'lmasa, G'amgin kunlarimizni eslashni hohlamganimizda hotiradan o'chib ketsa....
Qanday ajoyib bo'lardi to'g'rimi!?
Ammo bunday bo'lmaydi, chunki hayot bizga uni yaxshi va yomon kunlari bilan sevishni va har qanday holatimizga shukur qilishni o'rgatishi kerak ;)
#shunchaki_ayttimda
https://t.me/KungilKundaligi/1030
Hamma gapiryapti atrofda biroq,
Dilda asraganim o'sha inson jim...

)
- Og'riqlarim yana nechchi kun davom etadi, Porto?
- Qirq kun.
- Qirqa kundan so'ng to'xtaydimi?
- Yo'q, o'rganib qolasan.

Vaskonselos
Bobil kutubxonasi

@menimcha_shu
Qish haqida hikoya o'qimizmi?
Anonymous Poll
77%
Yaxshi bo'lardi
23%
Shart emas
โ„๏ธโ„๏ธโ„๏ธโ„๏ธQishโ„๏ธโ„๏ธโ„๏ธโ„๏ธ

O'zimizning zamonda, qaysidir bir tomonda tashqi hayotga aloqasi bo'lmagan o'z dunyosida orzularga ko'milib yashovchi bir qizcha bo'lgan ekan. Kuzning salqin kunlari oxrlab, qish kirib kelgan dastlabki kunlarning birida o'sha qizaloq o'qishdan qaytayotib, o'zi har doim yolg'iz o'tirib odamlarni kuzatishni yoqtiradigan yo'l bo'yidagi o'rindiqdan turib, endi yog'ishni boshlagan va ajib go'zallik kasb etayotgan birinchi qor ostida yaxshi kayfiyatda yuzida nim tabassum bilan yurib kelardi. Bu hush kayfiyatning birinchi sababi qor yog'ishi bo'lsa keyingi sabab yangi yil yaqinlashayotgani va unga tayyorgarlik qilish haqida o'ylayotgani edi. Yaqin atrofdagi qahvaxonadan olgan qo'lidagi issiqina kokteldan bir ho'plagan ko'yi, bu safargi yangi yil bayramini o'zgacha tarzda nishonlash fikri hayolidan yarq etib o'tdi va yurishdan biroz sekinlashdi, ichidagi quvonch hissi yanada ortdi va yuragida qandaydir orziqish paydo bo'ldi. Avtobusga minishdan ko'ra, piyoda tabiat go'zalligini tamosha qilib ketishni ma'qul ko'rgan qizaloq, tig'iz qilib atrofiga archalar ekilgan, ish, yumushlar bilan u yoqdan bu yoqqa shoshayotgan odamlar bilan gavjum ko'chaga burildi. Tobora quyuqlashib yog'ayotgan qor archa yaproqlarini oqartirishni boshlagan va unga ertaknamo ko'rinish bag'ishlardi. Qizaloq uyida oilasi issiqqina ovat ustida uni kutayotgani haqida o'ylab biroz tezlashdi. Quyosh ham sovuqdan qochgandek tezroq botishni hohlardi. Kun botdi. Ko'cha bo'ylab joylashgan, mo'risidan tutun chiqayotgan uylarning chirog'i, va derazaga yaqin borib e'tibor berib qaralsa uy ichidagi endi bezatilgan yoki hali hamma o'yinchoqlari ham ilib ulgurilmagan, asosan televizor yonidan joy olgan sun'iy archalar ko'zga tashlanardi.Atrof qorong'ulashgani sayin yerni qoplab ulgurgan oppoq qor yaqqol ko'rinar uning g'irchillashi esa kishiga o'zgacha kayfiyat ulashardi.
Eshikni ochgan oyisini yuzidan bir o'pip qo'ygan qizaloq issiq uyga kirishga shoshildi. U ovqatlanib bo'liboq yangi yil "reja" sini tuzish uchun o'z xonasiga kirdi va bayramni qanday qilib har yilgidan farqli, esda qolarni qilib nishonlash haqida bosh qotirdi.. Har bitta oila a'zosiga sovg'a ulashish, mazali bayram tortini o'z qo'li bilan pishirib hammani hayron va hursand qilish, oilaviy tushilgan suratni katta ramkaga solib bayram archasi yoniga ilib qo'yish, hullas juda ko'p variantlarni o'ylab ko'rdi ammo hayoliga ma'niliroq fikr kelmadi. Shu alpozda ko'zi uyquga ilindi.. Ertasi ertalab chala qolgan uy bezatish ishlarini kichkintoy ukasi bilan tamomlab qo'ydi. Daqiqalar soatlarga, soatlar kunlarga kunlar esa haftalarga ulanib yangi yil kirib kelishiga ham bir necha soatlar qoldi. Vaqt oz qolyotgani sayin, hech qanday o'zgarish qilolmaganidan biroz kayfiyati tushgani holda bayram dasturxoni bezatayotgan qizaloq tekevizordagi yangliklarda boshpanasi bo'lmagani uchun qor ostida, sovuqda vafot etgan ona va bola topilgani haqidagi habarni ko'rib qoldi.. Ko'rdi-yu turgan joyida harakatsiz jim holatda biroz turidi..
...
Soat 00:00 ga bong urganda qizaloq ko'zlarini qattiq yumdi va Allohga o'sha ona bola o'rnida bo'lmaganiga, bu yil ham bayramni o'z oilasi bilan issiq uyida, to'kin dasturxonda o'kazishni nasib qilgani uchun hamdlar aytdi..!
Ha, qizaloq avval e'tibor bermagan eng katta o'zgarish bu- yangi yilga ko'nglida shukronalik va o'zida bo'lganlar uchun rahmat hissi ila qadam qo'yish ekanligini anglab yetgandi!

@menimcha_shu

##bir_nimalar_demoqchi_boldimda_hullas
Noto'g'ri o'ylabsiz dardga tashnamas,
Aytganingiz yozsa qilmasin alam.
Dard, qayg'u, xasratda xafaroq, lekin,
Baxt so'zini quvnab yozadi qalam...๐Ÿ–Œ