🍉ᴍʏ ᴍɪɴᴅ
35 subscribers
1.88K photos
567 videos
14 files
246 links
𝘖𝘤𝘩𝘪𝘭𝘨𝘢𝘯 𝘴𝘢𝘯𝘢:
𝟚𝟠.𝟘𝟟.𝟚𝟘𝟚𝟘

𝓜𝔂 𝓽𝓱𝓸𝓾𝓰𝓱𝓽, 𝓜𝔂 𝓹𝓪𝓰𝓮 💬


https://t.me/with_Abendrot
https://t.me/m_musicoo
Download Telegram
Sukutdaman...
Tilim lol, yuragim esa parvona.
Koʻzlarimda izsiz bir parishonlik.
Qaysi tarafga yuzlansam chegarasi koʻrinmagan ummon.
Ummonda gʻoyib boʻlgan, vayrona bir yurak...
Muhtojman bir ogʻiz duoyingga, bir nafas marhamatingga, bir tomchi muhabbatingga.
Ey Sohib!
Meni eshitmoqdasan, shunday emasmi?! Qalamimdan chiqayotgan soʻzlarni emas,
Yuragimdan toʻkilayotgan satrlarni...

©Jaloliddin Rumiy

@menimcha_shu 🕊
Omadingiz bor ekan...

Agar bugun ertalab sog‘-salomat uyg‘ongan bo‘lsangiz, dunyodagi 330 million insondan baxtliroq ekansiz!

Agar bu tongni tanda dardsiz kutib olgan bo‘lsangiz, ayni damda 1 milliard insondan omadliroq ekansiz!

Urush tahlikasi va xavf-xatarsiz, hayotingizga tahdidsiz kun kechirayotgan bo‘lsangiz, 500 million insondan toleliroq ekansiz!

Muzlatgich va javonlaringizda oziq-ovqat, egningizda kiyimingiz va tunda uxlash uchun uyingiz bo‘lsa, dunyodagi 3 milliard inson sizga havas qiladi!

Cho‘ntagingizda yoki hisob raqamingizda pulingiz bo‘lsa, dunyodagi omadi kulgan 1 milliard insondan birisiz!

Ushbu maqolani o‘qiy olyapsizmi, demak, dunyodagi 2 milliard savodsizning biri emassiz!

Ota-onangiz, turmush o‘rtog‘ingiz va farzandlaringiz yoningizda, oilangiz ahil bo‘lsa, Siz dunyodagi juda noyob insonlar qatorida o‘z o‘rningizga egasiz!

Shunday ekan, nega jimsiz Alhamdulillah deng. @menimcha_shu
🎉 Happy international hello day! 🙋🏻‍♂🙋‍♀

🗓 BUGUN: 21-noyabr "Xalqaro salomlashish" kuni.

📌 P.s: 😜 Qo'l berib salomlashmang.🤝

@menimcha_shu
​​Nima uchun biz maxsus kunni kutib yashaymiz?

Ko‘p e’tibor beraman, biz nimagadir juda ko‘p narsalarni maxsus kunga olib qo‘yamiz. Chiroyli idishlar yillar davomida servantda chang bosib yotadi, o‘zimiz ishlatmaymiz mehmon kelsa ishlatishimiz mumkin.

Zo‘r kostyum yoki ko‘ylakni alohida kunlar uchun olamiz, to‘y, birorta tadbir uchun kiyamiz xolos.

Olivye yoki vinegret salatini yangi yil dasturxoni uchun qilamiz, tortni tug‘ilgan kunlarda sotib olamiz.

Senga ham tanishmi shu holatlar? Unda ushbu odatlardan voz kech. Sen yangi asr odamisan! Hech qachon hech qanaqa maxsus kun bo‘lmaydi. Chiroyli kiyimni o‘zingni xursand qilish uchun kiyaver kimnidir ko‘ziga chiroyli ko‘rinish uchun emas!

Mehmonlar uchun asrab qo‘ygan noyob narsani farzandlaring bilan yevoror, ular kelib qolsa do‘kon yaqin.

Hindistondan do‘stlaring olib kelgan choyni o‘zing uchun damlab mazza qilib ich, baribir mehmonlaring buni tushunmaydi va oddiy do‘kondagi choydan damlab bersang ham ular uchun buni farqi yo‘q. Birovlar uchun yashashdan zerik!

Qimmat va zo‘r sifatli narsalar ulardan foydalanish uchun chiqarilgan. Kimnidur kutib turish yoki maxsus kun uchun emas! U kun keladimi yo‘qmi hali?

Tak chto, kompot ichging kelyaptimi? Qor yog‘ishini kutmasdan podvalga tushda, bir bonkani olib chiqib ichib yotaver. 😁

Kanalga qo‘shiling 👉 @nurbekalimov
"SEN BAXTLI BO'LASAN, LEKIN AVVAL SENI KUCHLI QILAMAN"- dedi Hayot!
😎✌️🤞
@menimcha_shu
🤦‍♀😂😂😂🤫
https://t.me/KungilKundaligi/934
Aqlli odam tanqidni toʻgʻri qabul qiladi. Sizni kimdir tanqid qilyaptimi diqqat qiling: u oʻrinli tanqid qilib gapiryaptimi YOKI sizni yerga urish maqsadida gapiryaptimi. Sizni yerga uruvchilar doim topiladi. Ularga ahamiyat bermang. Ular tanqid qilmasa yashay olmaydiganlardan.

Tanqidni butunlay rad etish yaxshi emas. Doim oʻzingizni haqman deb hisoblab yuraversangiz, hayotdan hech nima oʻrganmaysiz. Ikkinchi tomondan, har qanday tanqidni oʻziga olish undanda yomon. Siz goʻyoki boshqalarni koʻngliga qarab yashayapsiz. Hammaga birdek yoqa olmaysiz, bunga urinish ahmoqlik.

@menimcha_shu
#aytib_qoyay

Kanalga oxrgi paytlarda negativ postlar ko'proq yozib yuborganimga ko'pchilik bu qiz juda tushkunlikka tushib qolibdi, hayotdan zerikibdi deb o'ylayapsiz shekilli🤦‍♀
Ha, to'g'ri biroz asabiy kunlarim ham bo'ldi. Lekin bu meni qayg'uga botib qolganimni ifodalamaydi, aksincha meni hayotda yaxshi tanidiganlar hayotga real qariydigan, doim kulib yuruvchi, hazilkash ekanimni juda yaxshi bilishadi.
Kanalni "qora kundalik" ga aylantirib yozgan g'amgin, umidsiz postlar nima unda?.. dersiz balki. Chunkiii hammaning hayoti mutloq shodlikdan iborat emas, mabodo kuzatuvchilarimizdan bir yarimtasining boshi ustiga qora bulutlar kelgan bo'lsa shularni o'qib yolg'iz emas ekanman deb taskin topishi uchun edi. Va yana bir tarafi :e'tibor bergan bo'lsangiz motivation gaplarni ham yozib turaman, shularni o'qib yana oyoqqa tura olishi uchun....
(Balki, umuman kanalga vaqt ko'p ajratib xato ham qilayotgandirman) )
Hullas, anashunaqa gaplar✌️
@menimcha_shu
MENI YIQILDI DEB BAYRAM QILMOQCHI BO'LIB YURGANLA DIQQATIGA 🗣
BIROZ SHOSHMANG, HALI SHUNDAY KUN KELADI O'ZIM SIZNI BAZMIMGA TAKLIF QILAMAN😎🤞(kelolsangiz albatta😂)
@menimcha_shu
Siz hech qachon 1 marta muvaffaqiyatsizlikka uchrab, 10 marta omadga erisha olmaysiz.

Muvaffaqiyatsizliklar soni doimo muvaffaqiyatlar sonidan koʻp boʻladi. Shunchaki yiqilganlaringiz boshqalarga koʻrinmaydi. Omadga erishganingizda esa hamma sizni koʻradi. Bu oddiy.

@menimcha_shu😎
Forwarded from Muxbir Daliev
Челленж. Профилингиз суратини алмаштиринг! Бирлаша олинг!

Каналга уланиш учун:👇
http://t.me/muxbir1
Forwarded from TentakMinds
​​Бугун соат 19:00 да барча блогерлар ушбу суратни аватаркага қўйиб халқимизга солидарлик намоён этишлари таклиф этилади.

Ҳамма тенг ва бир пайтда челленж қилса, балки аҳвол сал бўлса-да яхшиланар...

Халқимизни дардига бефарқ бўлмаганингиз учун раҳмат!

Шунингдек, бу ҳолатга бефарқ бўлмаган фуқароларни ҳам ўз профил расмларини мана шу расмга ўзгартириш сўралади.

Бефарқ бўлманг, айнан сизнинг овозингиз кўп нарсани ҳал қилиши мумкин.

P.S. Расмдаги қора фон халқнинг ранги.

Максимал репост.

@tentakminds #blackxalq
Shaxsan o'zim ham qo'yvoldim profilimga
Ochdim buyuklarning hikmat sandig‘in,
Do‘stman deganning ham ag‘yori bordir.
Hayot tushuntirar buyuk mantig‘in:
Hatto fidolikning me’yori bordir.

Masofa saqlamoq yo‘l oxiridir,
Ko‘plab xato o‘tdi, endi oqilmiz –
Muhammad Yusufning gapi to‘g‘ridir:
Qancha uzoq bo‘lsak, shuncha yaqinmiz...

- Xayrulla Hamidov @menimcha_shu