🍉ᴍʏ ᴍɪɴᴅ
35 subscribers
1.88K photos
567 videos
14 files
246 links
𝘖𝘤𝘩𝘪𝘭𝘨𝘢𝘯 𝘴𝘢𝘯𝘢:
𝟚𝟠.𝟘𝟟.𝟚𝟘𝟚𝟘

𝓜𝔂 𝓽𝓱𝓸𝓾𝓰𝓱𝓽, 𝓜𝔂 𝓹𝓪𝓰𝓮 💬


https://t.me/with_Abendrot
https://t.me/m_musicoo
Download Telegram
Rasmga zo'r olibmanmi😎☺️🙈
Haa aytgancha, bot ga shunchaki zerikishdan start bosib ko'ryapsizlarmiyey tushunmadim😒. Gapingiz bo'lsa yozing va kuting, 24 soat online emasman har holda, vaqtim bo'lganda albatta javob qaytaraman. Agar kutishga "dux" ingiz yetmasdan botni o'chirib yuboradigan bo'lsangiz yaxshisi yozmang hech narsa🤨
#hotirjamlik

Agar hozir sizdan insonga eng birinchi nima kerak deb so'rasam ko'pchilikning javobi - "sog'lik" bo'lishi turgan gap. Bunga men ham qo"shilaman albatta. Xo'sh, unda sizga yana bir savol: inson uchun ikkinchi o'rinda nima zarur!?... Javoblar turlichami..? Unda mening javobimni eshting. Bu ICHKI HOTIRJAMLIKDIR. ( aslida bu mening emas filosof, magistrant, shoir, ingliz tili o'qituvchimning javobi. U menga nafaqat chet tili balki hayotdan ham dars bergan. Uning bu javobiga o'sha paytda unchalik tushunmagan bo'lsamda hozr bu fikrga to'laqonli qo'shilaman)
Nima uchun boylik emas, muhabbat emas... aynan Hotirjamlik? Gap shundaki, u bo'lmasa sizda bor boshqa hech narsa sizga huzur bag'ishlamaydi. Masalan deylik siz ishxonangizdan berilgan chiptani oldingiz-u oldin siz bo'lmagan qaysidir mashxur davlatga jo'nadingiz, borish majburiy bo'lgan albatta. Ammo uyingizda qari ota onangiz, yosh bolangiz yoyingki tugallanmagan aancha ishlaringiz bo'lishi mumkin. Siz o'sha davlatga yetib bordingiz ehtimol bu Fransiya, Parijdir balki. Shunday holatda siz Efelning go'zalligidan, ovqatlangan restaraningiz mashxurligi-yu, yegan ovqatingiz ta'midan chinakamiga rohatlana olarmidingiz? Axr bolangizga qanday qarashyapti? oyingiz betob bo'lmadimi? shu kabi savollar tinch qo'ymagandan keyin.. javob albatta "yo'q" bo'ladi. Shuning uchun nima bo'lsin Hotirjamlik albatta.
Ishingizdan haydalsangiz hotirjamlik yo'qoladi uyda fayz bo'lmaydi, Qaysidir ma'noda boylar ham hotirjam deyolmaymiz chunki ular ham daromadini yanada oshirishni o'ylayverib hotirjam bo'la olishmaydi....

Bunga ko'plab misollar keltirish mumkin. Aslida fikrimni ikki gap bilan izohlamoqchi edim-u, buyog'i cho'zilib ketti. Hullas, shunaqa, Hotirjamlik bu juda kerak narsa🤪
Men esa sizlarga ichki hotirjamlik tilagan holda hayrli tun deyman😴

(Keyingi postlarimda men asl hotirjamlikni qayerdan topishimni yozishga harakat qilaman😉Hozrcha xayr)

@MENIMCHA_SHU
😂😂😂😂
P/s:bittasini profilidan o'marib keldim😜(sevgilisini topolmay yurgala uchun🤪)
🍉ᴍʏ ᴍɪɴᴅ
😂😂😂😂 P/s:bittasini profilidan o'marib keldim😜(sevgilisini topolmay yurgala uchun🤪)
Bir sirni ochaman faqat hech kimga aytmang🤫😉
Negaligini bilmadimu Shu Oppog'oy multifilmidagi mana shu elf menga ko'proq yoqadi😁. Balki sodda va beg'ubor tasvirlangani uchundir🤷‍♀
@menimcha_shu
Diqqat💥 Bugun 19-noyabr "Xalqaro erkaklar" kuni ekan
(@kungilkundaligi admini sal avval faqqat qizlani kuni bo'lovirarkandaa deb noliyotgandi😒 Mana bugun sizzi kuningiz mazza qilib nishonlang😁)
Hamma yigitlarimizni bugungi kun bilan tabriklimiz🥳 Har doim mart, jasur, g'ururli va asosiysi singlingizga qalqon, ota onangizga suyanchiq va boshqa qizlarga hurmatda bo'lib yuring😉
@menimcha_shu
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'sha kuchlilardan biri men ekanman unda😌☺️
Juma muborak aziz dindoshim🌛

@menimcha_shu 🖤
Mehr istab sarg‘ayarman jonim halak,
Qahrlardan to‘yib ketdi sho‘rlik yurak,
Shodon bo‘lib kularmanmi bir borgina,
Taqdir menga tuhfang bormi g‘amdan bo‘lak???
•┈┈┈┈┈┈••✦∞♡∞✦••┈┈┈┈┈┈•

@menimcha_shu
Yaqinda baa'zi birovlarni kantaklarim ro'yhatidan o'chrib tashagandim, keyin bilsam uyam meni o'chrivoribdi😏😂
(Maylida kimgadir yoqsa, yoqmasa,
Ularga qo'shilib yig'lasharmidik,
Men baxtli bo'laman hudo hohlasa,
Hudo hohlamasa tug'ilarmidim😌)
Ba'zan shunaqa, siz juda qadrli deb bilgan insoningizni kun kelib oddiy kontaktga o'xshab hayotingizdan ham "o'chirivorkansiz".
@menimcha_shu
Sukutdaman...
Tilim lol, yuragim esa parvona.
Koʻzlarimda izsiz bir parishonlik.
Qaysi tarafga yuzlansam chegarasi koʻrinmagan ummon.
Ummonda gʻoyib boʻlgan, vayrona bir yurak...
Muhtojman bir ogʻiz duoyingga, bir nafas marhamatingga, bir tomchi muhabbatingga.
Ey Sohib!
Meni eshitmoqdasan, shunday emasmi?! Qalamimdan chiqayotgan soʻzlarni emas,
Yuragimdan toʻkilayotgan satrlarni...

©Jaloliddin Rumiy

@menimcha_shu 🕊
Omadingiz bor ekan...

Agar bugun ertalab sog‘-salomat uyg‘ongan bo‘lsangiz, dunyodagi 330 million insondan baxtliroq ekansiz!

Agar bu tongni tanda dardsiz kutib olgan bo‘lsangiz, ayni damda 1 milliard insondan omadliroq ekansiz!

Urush tahlikasi va xavf-xatarsiz, hayotingizga tahdidsiz kun kechirayotgan bo‘lsangiz, 500 million insondan toleliroq ekansiz!

Muzlatgich va javonlaringizda oziq-ovqat, egningizda kiyimingiz va tunda uxlash uchun uyingiz bo‘lsa, dunyodagi 3 milliard inson sizga havas qiladi!

Cho‘ntagingizda yoki hisob raqamingizda pulingiz bo‘lsa, dunyodagi omadi kulgan 1 milliard insondan birisiz!

Ushbu maqolani o‘qiy olyapsizmi, demak, dunyodagi 2 milliard savodsizning biri emassiz!

Ota-onangiz, turmush o‘rtog‘ingiz va farzandlaringiz yoningizda, oilangiz ahil bo‘lsa, Siz dunyodagi juda noyob insonlar qatorida o‘z o‘rningizga egasiz!

Shunday ekan, nega jimsiz Alhamdulillah deng. @menimcha_shu
🎉 Happy international hello day! 🙋🏻‍♂🙋‍♀

🗓 BUGUN: 21-noyabr "Xalqaro salomlashish" kuni.

📌 P.s: 😜 Qo'l berib salomlashmang.🤝

@menimcha_shu
​​Nima uchun biz maxsus kunni kutib yashaymiz?

Ko‘p e’tibor beraman, biz nimagadir juda ko‘p narsalarni maxsus kunga olib qo‘yamiz. Chiroyli idishlar yillar davomida servantda chang bosib yotadi, o‘zimiz ishlatmaymiz mehmon kelsa ishlatishimiz mumkin.

Zo‘r kostyum yoki ko‘ylakni alohida kunlar uchun olamiz, to‘y, birorta tadbir uchun kiyamiz xolos.

Olivye yoki vinegret salatini yangi yil dasturxoni uchun qilamiz, tortni tug‘ilgan kunlarda sotib olamiz.

Senga ham tanishmi shu holatlar? Unda ushbu odatlardan voz kech. Sen yangi asr odamisan! Hech qachon hech qanaqa maxsus kun bo‘lmaydi. Chiroyli kiyimni o‘zingni xursand qilish uchun kiyaver kimnidir ko‘ziga chiroyli ko‘rinish uchun emas!

Mehmonlar uchun asrab qo‘ygan noyob narsani farzandlaring bilan yevoror, ular kelib qolsa do‘kon yaqin.

Hindistondan do‘stlaring olib kelgan choyni o‘zing uchun damlab mazza qilib ich, baribir mehmonlaring buni tushunmaydi va oddiy do‘kondagi choydan damlab bersang ham ular uchun buni farqi yo‘q. Birovlar uchun yashashdan zerik!

Qimmat va zo‘r sifatli narsalar ulardan foydalanish uchun chiqarilgan. Kimnidur kutib turish yoki maxsus kun uchun emas! U kun keladimi yo‘qmi hali?

Tak chto, kompot ichging kelyaptimi? Qor yog‘ishini kutmasdan podvalga tushda, bir bonkani olib chiqib ichib yotaver. 😁

Kanalga qo‘shiling 👉 @nurbekalimov