🍉ᴍʏ ᴍɪɴᴅ
35 subscribers
1.88K photos
567 videos
14 files
246 links
𝘖𝘤𝘩𝘪𝘭𝘨𝘢𝘯 𝘴𝘢𝘯𝘢:
𝟚𝟠.𝟘𝟟.𝟚𝟘𝟚𝟘

𝓜𝔂 𝓽𝓱𝓸𝓾𝓰𝓱𝓽, 𝓜𝔂 𝓹𝓪𝓰𝓮 💬


https://t.me/with_Abendrot
https://t.me/m_musicoo
Download Telegram
Forwarded from Venetsiyaliklar (Rustam 🇺🇿)
#kechkimutolaa

99/1 paradigmasi

Bir podshoh o‘tgan ekan. Juda ham noshukr, doimiy bezovta inson ekan. Atrofidagi qolganlarni ham bezdirib yuboribdi. Bir kuni o‘zi ham injiqligini aytib vaziriga hasrat qilib qolibdi. Shunda vazir bir qo‘riqchini ko‘rsatibdi. U juda ham mamnun ekan hayotdan.

Vazir podshohga 99/1 qoidasini bilasizmi debdi. Keling, amalda ko‘rsatay deb idishga 100 tillo deb yozibdi va 99ta solibdida, soqchini eshigini taqillatib qo‘yib ketibdi. Soqchi chiqsa, tillolar. Qarasa 100ta yozilgan, lekin 99ta tanga. 1 ta yo‘q. Asabiylashishni boshlabdi, qani 1 tillo? Ertasi kuni podshox qarasa soqchi bezovta, hech ochilmasmush.

Vazir: ko‘rdingizmi podshoh? Sizda 99 ta narsa borku, 1 yo‘q deb siqilyapsiz. 1 tanga siqilishga arzimaydi degan ekan.

Bu rivoyatni shunchaki ibrat uchun yozdim. Siyosiy ma’no yo‘q. Hech qachon siqilmang, jon Berganning qulimiz. Mahzun bo‘lmang! "1 tanga" bunga arzimaydi😉

Bahodir Ahmedoff

@KungilKundaligi
Don't trust everyone, because sugar and salt both have same.

👇👇
@menimcha_shu
Yozayotganlarning (postlar) hammasi ham, ularni aynan kimdir o'qiyotganligi uchun yozmaydilar. Shunchaki, yozadilar. Ko'ngildan kelayotganlarni muhrlash uchun. Uni kim o'qiydi, kim o'qimaydi, qanaqa qabul qilinishi umuman muhim bo'lmaydi hatto. Uni qanday qabul qilinishi emas, ammo, yozish yoki yoza olmasliklari o'ziga muhimligi uchun yozishadi. Bu ham bir ehtimol. Ko'p narsani anglatmaydi.
Menga juda kerak boʻlgan odam shuni oʻrgatdiki, menga hech kim kerak emas ekan.

@menimcha_shu
#about_me
KUNLAR SANAB KUTGAN KUNIM KELGANIDA, KUTGANLARIM KUTGANIMDEK BO'LMADI..!
😔
Allohga omonatsiz
Noshukur emasman.
Menda yo'q ammo boshqalarda mavjud bo'lgan narsalar bilan birga, menda bor va boshqalar uchun orzu bo'lgan narsalarni ham ko'ra olaman. Shunchaki, har zamonda bir nolib qolaman)
O'zi kechirsin.
.... Rahmat o'rniga imkoniyat bo'lganda 3 ta odamga yaxshilik qiling va ularga ham 3 tadan insonga yaxshilik qilishini ayting, shunda dunyo butunlay o'zgarib ketadi..

P.s "Yashasin Jey" Salmon Khan ijrosidagi badiiy filimdan. Hozr qaysidir Tv kanalda bo'lyotgan ekan

@menimcha_shu
#kechinma

Mening hozirgi holatim huddi qattiq betob bo'lib endi endi tuzalayotgan, nimjon, chalajon odamnikiga o'xshaydi....
G'am meni yengadi, holdan toyib yiqilaman, turishga majolim bo'lmaydi. Biroz muddat shu alpozda bo'laman. Motivation kitoblar, aforizmlar o'qiyman musiqa eshtaman va sekin kuch topip o'rnimdan turaman va oldinga yurishni boshlayman ammo tezlik past chunki boya aytganimdek endi tuzalayotgan bemorga o'xshab jonsarakman.
...
Yana nimadir bo'ladi-yu yana tushkunlik girdobiga g'arq bo'laman.. Ammallab kuch to'playman va odimlay boshlayman. Sira yugurolmayabman, sira iloji bo'lmayapti, mag'lubiyatlarim meni orqaga tortyapti sira qo'yib yubormayapti, uni unutishimga yo'l qo'ymayabdi...Bo'lmayapti

@menimcha_shu
Shuncha yil yashab, qo'rqmasdan dardimni ayta oladigan andisha qilmasdan oldida yig'lay oladigan, yelkasiga boshimni qo'yib biroz tin oladigan do'stim yo'q ekan. Hozir sezdim buni(
@menimcha_shu
Telfeonim 13%. Baribir zaryadkaga qo'yib ham ishlatayotgan edim. Ana endi svet ham o'chdi 🤦‍♀ na telfon kavlab bo'ladi na kitob o'qib. Majbur yotib uxlaymiz😁🤪
#MOTIVDOZA

BAʼZAN SABR HAM HARAKATNING BIR QISMI.

@menimcha_shu