๐Ÿ‰แดส แดษชษดแด…
35 subscribers
1.88K photos
567 videos
14 files
246 links
๐˜–๐˜ค๐˜ฉ๐˜ช๐˜ญ๐˜จ๐˜ข๐˜ฏ ๐˜ด๐˜ข๐˜ฏ๐˜ข:
๐Ÿš๐Ÿ .๐Ÿ˜๐ŸŸ.๐Ÿš๐Ÿ˜๐Ÿš๐Ÿ˜

๐“œ๐”‚ ๐“ฝ๐“ฑ๐“ธ๐“พ๐“ฐ๐“ฑ๐“ฝ, ๐“œ๐”‚ ๐“น๐“ช๐“ฐ๐“ฎ ๐Ÿ’ฌ


https://t.me/with_Abendrot
https://t.me/m_musicoo
Download Telegram
#rivoyat

Alqissa, bir donishmand oโ€˜gโ€˜liga nasihat qilibdi:
โธบ Uch narsaning eng sarasini, eng afzalini ixtiyor et: shirin taom, yumshoq toโ€˜shak va goโ€˜zal uy-joy.
โธบ Agar bunga qurbim yetmasa-chi, kambagโ€˜allik yoโ€˜l bermasa nima qilaman? โธบ ajablanibdi oโ€˜gโ€˜li.
Shunda donishmand:
โธบ Faqat qorning ochganida tamaddi qil, mana shu eng shirin taom. Astoydil qilingan mehnatdan soโ€˜ng miriqib damingni ol, eng yumshoq toโ€˜shakda yotganday his etasan oโ€˜zingni. Odamlar bilan yaxshi muomala qilsang, ularning qalbidan joy olasan, bu esa yer yuzidagi eng goโ€˜zal oshyondir, โธบ deb javob bergan ekan...
Xayrli tun.

@menimcha_shu
Ba'zan o'zim yo'q dunyoni osmondan kuzatgim keladi..
***
Hali yorilmagan 
Yangi peshonam, 
Jim turgin โ€“
Devorlar uraversin do'q. 
Qancha peshonamni, axir, yorganman, 
Ammo 
Biror devor qulagani yo'q...

ยฉUsmon Azim

@menimcha_shu ๐Ÿ•Š
โ€‹โ€‹Afsuski,yashash huquqi odam bolasiga bir marta berilgan.Hech qachon hayot ortga qaytmagan.Hamma vaqt oldinga qarab ketavergan .Yanglishgan yanglishib qolaveradi,yo'lni to'g'ri olgan hayot jomini oxirigacha sipqorib yashadim,armonsiz yashadim,deb ketadi.Hayotning yaltiroq, jilvali,aldamchi o'yinlari ko'p.Bu aldamchi jilvalar sarobdek aldab bag'riga chaqiradi-yu, kimsasiz cho'l o'rtasida bir qultum suvga zor qilib tashlab ketadi. Tanni tilka-pora qilib, qo'llarni tilib, baland cho'qqiga chiqqanlargina o'tloqlarni ,olis ufqlarni ko'radi. Mana, buni yashash deb aytadilar.

ยฉSaid Ahmad (Ufq) asaridan
@menimcha_shu
#10_daqiqadan_keyin

Ertangi kun qanday boshlanishi o'zingga bog'liq: yangi kun yoki yangi hayot. ๐Ÿ˜‰
@menimcha_shu
Bilaman to'g'ri yo'ldaman.. Chunki hayot qiyinlashyapti.

@menimcha_shu
Hech kimga quloq solmang. O'zingizning g'oyalaringiz, fikrlaringizga suyaning. O'zingizning fikrlaringiz, o'ylaringizga tayaning. Hech kimni ortidan yurmang. Bu hayot. Hech kim sizning baxtingizni qurib bermaydi. Ko'pchilikni hasad boshqaradi. Quloq solmang. O'zingizning yo'lingizdan yuring va ortingizdan gapirayotganlarga ahamiyat bermang. Ular gapirishdi, gapirishyapti va gapirishda davom etaverishadi. Sizni bular tashvishga solmasligi kerak.

Seving. Harakat qiling. Orzu qiling.

Va, har doim kuchli bo'ling !!!

โ“’ Arnold Shvartsnegger

@menimcha_shu
Yomg'ir sharros quyishni boshladii๐Ÿ˜๐Ÿฅณ๐ŸŒง
Tavba, kulgu eng ajoyib shifo ekanligini ko'p eshitgandimu, ayni damda buni his qildim๐Ÿ˜Š
Yaqinda uyga bir kichkina kuchukcha olib kelgandik hozr kayfiyatim unchalik yo'qligi va kun davomida biroz charchaganim uchun uning yoniga chiqqandim. Kuchukcha bo'lsa huddi holatimni sezganday kayfiyatimni ko'tarish uchun turli o'ynoqi qiliqlar qildi. Uning bu ko'rinishidan mazza qilib kuldim va huddi ichimdagi g'amginlik quyosh chiqqanda erib ketgan qor kabi yo'q bo'ldi. Chunki ko'pdan beri bunchalik samimiy kulmagandim.โ˜บ๏ธ

Hullas, azizlarim har zamonda hursand bo'lish uchun, kulish uchun, o'zingiz uchun ham vaqt ajratib turing. Hayrli kech๐Ÿ™‚

@menimcha_shu
Baxtingizdan baxt topar yurak,
Siz bor dildan yiroqlar g'amlar.
Kulib turing hamisha, har vaqt,
Men yoqtirgan yaxshi odamlar!

TABASSUM BILAN BOSHLANG KUNINGIZNI, ISHLARINGIZ BARORIDAN KELSIN!
XAYRLI TONG!
@menimcha_shu
Agar meni so'rasalar orzulari tomon ketdi deb ayting. @menimcha_shu
โ€‹โ€‹Tuyg'ular o'lish xususiyatiga ega...

Yomg'ir...๐ŸŒง
Ko'chaga chiqasan-u o'zing sevgan yomg'ir og'ishudasan... Faqat yomg'irga nisbatan tuyg'ularim sof, so'nmagan๐ŸŒง Faqat ugina taskin, sokinlik va iflosliklarni yuva oluvchi... Xoh ko'ngilning, xoh tashqi olamning. Qiziq yomg'irning o'zi bilarmikin qancha qalblarga taskinligini...

Tuyg'ular... Siz biror musiqani yaxshi ko'rasiz va uni tinmay eshitasiz natijada esa, musiqaga bo'lgan sevgi tuyg'usi bora-bora zerikishga aylanadi. Bu xuddi "Bisyor bo'lsa gar bol ham beqadr" degan gap. Vaqt o'tib o'sha musiqani eshitganingizda esa, endi faqat "nostalgia" tuyg'usini xis qilasiz... Boshqa hech narsa yo'q. Oddiy bir paytlar yaxshi ko'rgan musiqangiz...

Insonlar orasida ham shunday vaziyatlar bo'ladi. Sizni sevgan va siz unga azob beravergan odam vaqti kelib, bu azoblardan shunchaki charchaydi va endi unda sizga nisbatan hech narsa qolmaydi. Bo'm-bo'sh...
Mukammal unutish bo'lmaydi, xuddi mukammal umidsizlik bo'lmagani kabi. Shuning uchun ham hayot sizga bergan har insonga kulib boqing, vaqti kelib nimadir sizni unga eslatganda yuzida tabassum bilan: "Ajoyib edi-da!" deya oladigan darajada unga baxt sovg'a qiling๐Ÿ˜Š



P.s: Bu shunchaki hayollar... Matnning menga hech qanday aloqasi yo'q) Har qanday o'xshashlik tasodif)
@MENIMCHA_SHU
๐Ÿ‰แดส แดษชษดแด…
โ€‹โ€‹Tuyg'ular o'lish xususiyatiga ega... Yomg'ir...๐ŸŒง Ko'chaga chiqasan-u o'zing sevgan yomg'ir og'ishudasan... Faqat yomg'irga nisbatan tuyg'ularim sof, so'nmagan๐ŸŒง Faqat ugina taskin, sokinlik va iflosliklarni yuva oluvchi... Xoh ko'ngilning, xoh tashqi olamning.โ€ฆ
#Yomgir_haqida_gap_ketganda_men_ham_bir_post_joylay_๐Ÿ˜Œ

Orzu.
Ha yomg'ir ni ko'pchilik yoqtiradi. Qiziq nega?! Shu savol sizning ham hayolingizga kelganmi hech?
Men buning sababini shunday ta'riflagan bo'lardim:
Chunkii... Yomg'ir yog'gandan keyin, daraxtlar bargidagi g'ubor, uylar tomidagi chang yuviladi, havo musaffolashadi. O'pkang to'lib nafas olasan va bu o'zgacha huzur bag'ishlaydi..
Beixtiyor o'yga tolasan.. Shunday yomg'ir bo'lsa-yu: insonlar razolatga botganda, yaxshilik qolib yomonlikni kasb qilganda, o'zgalar hayotini, ko'nglini o'yinchoq qilganda, hissiz bo'la boshlaganda... yog'sa va ularning qoraygan qalbini ham yuva olsa va qaytadan "Inson" bo'lishga imkon yaralsa..
Qanday ajoyib bo'lardi to'g'rimi?!
Ha, bu orzu men ham bir orzu qildim-da๐Ÿคทโ€โ™€.
Balki aytmoqchi bo'lganlarimni biroz badiiylashtirib to'g'ri ifodalay olmagandirman ammo, orangizda meni anglaganlar bo'lsa bundan hursandman.
Hayrli kun๐Ÿ˜Š

@MENIMCHA_SHU