DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
30.4K subscribers
10.3K photos
1.57K videos
1 file
6.1K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.me/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
▫️Ko‘chmas mulk ijara shartnomasi faqat elektron shaklda hisobga qo‘yiladi▫️

✍️ Hukumat qarori (150-son, 02.04.2022-y.) bilan Ko‘chmas mulk ijara yoki tekin foydalanish shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

🔰 Reglamentga ko‘ra, ijaraga beruvchi ko‘chmas mulk shartnomasini tuzilganidan 3 kundan kechiktirmay soliq organida hisobga qo‘yishi shart.

#DavKadastrPalata #Qonunchilikdagi_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
▫️Hududiy yangiliklar▫️

Fuqarolarning murojaatlarini joyida, bevosita o'rganish maqsadida muntazam sayyor qabullar, fuqarolar bilan jonli muloqotlar tashkil etilmoqda.

Bugun Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi mutasaddilari ishtirokida Zarbdor tumanida sayyor qabul o‘tkazildi.

Shuningdek, Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani fuqaro hamda tadbirkorlari uchun sayyor qabul - joriy yilning 7-aprel kuni soat 10-00 da o'tkazilishini ma'lum qilamiz.

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
Халқ таълими соҳасидаги ислоҳотлар натижадорлигининг таҳлили юзасидан видеоселектор йиғилиши ўтказилди.
Мактаб ўқитувчиларини янги методика асосида қайта тайёрлаш бўйича умуммиллий лойиҳа бошланиши эълон қилинди. Мактабларда маънавий муҳитни тубдан яхшилаш бўйича янги концепция ишлаб чиқиш вазифаси қўйилди. Ўқувчи сони кўп бўлган мактабларда шароитни кенгайтириш, директорларни сертификатлаш тизимини жорий этиш бўйича кўрсатмалар берилди.

Состоялось видеоселекторное совещание, посвященное анализу результативности реформ в народном образовании.
Объявлено о старте общенационального проекта по переподготовке школьных учителей на основе новых методик. Поставлена задача разработать новую концепцию кардинального улучшения духовной обстановки в школах. Дано указание расширить условия в школах с большим количеством учащихся, ввести систему сертификации директоров.

#Mirziyoyev #videoselektor #xalqtalimi #islohotlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
🗓 06.04.2022
🌙Mohi Ramazonning saharlik va iftorlik vaqtlarini biz bilan bilib boring!

Muqaddas oyning bugun 5-kuni

☀️Saharlik vaqti – 04:37
🌛Iftorlik vaqti – 18:56

#DavKadastrPalata #RamazonMuborak

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
🔹Fazoviy ma’lumotlarning milliy infratuzilmasi 🔹

💠 Fazoviy ma’lumotlarning milliy infratuzilmasi — tashkiliy tuzilma, ilmiy-texnika siyosati, texnik va dasturiy vositalar, bazaviy va sohaga oid fazoviy ma’lumotlar, metama’lumotlar hamda metama’lumotlar bazalarini, fazoviy ma’lumotlar servislarini, normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni, xalqaro standartlarni o‘z ichiga oladi.

💠 Milliy Infratuzilma O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanilishi mumkin bo‘lgan fazoviy ma’lumotlarni ishlab chiqish, yangilash, ularga ishlov berish, ularni saqlash, berish, integratsiyalash hamda ulardan foydalanish masalalariga doir O‘zbekiston Respublikasi davlat standartlarini o‘z ichiga oladigan tizimdir.


#DavKadastrPalata #kadastr_atamalari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
💠Davlat kadastrlari palatasi boshqarmalari💠

🔷 Loyihamiz orqali har bir viloyatlardagi boshqarmalarimiz va ularning filiallari haqida to‘liq ma’lumotlarni taqdim etishda davom etamiz!

📹 Navbatdagi ma’lumot Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi haqida...

#DavKadastrPalata #Surxondaryo #boshqarmalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#Kadastr #Geodeziya_nazorati

🔰Kadastr agentligining Geodeziya nazorati boshqarmasi tomonidan 2022-yilning o‘tgan davri mobaynida geodeziya va kartografiya faoliyatiga oid 55 ta texnik loyiha hamda 36 ta texnik hisobot ekspertizadan o‘tkazildi.

♦️Geodeziya va kartografiya materiallarni Davlat geodeziya va kartografiya fondidan olish uchun yil boshidan 18 ta ruxsatnoma rasmiylashtirilib, 4 011 ta kartografik materiallar Davlat geodeziya va kartografiya fondi orqali foydalanuvchilarga taqdim etilishi ta’minlangan.

♦️Joriy yilda licenses.uz xabardor etish tizimi orqali 45 ta geodeziya va kartografiya faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga ruxsat berildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
▫️Hududiy yangiliklar▫️

Farg'ona viloyatida boshqarmasi tomonidan kadastr sohasidagi ishlar tahliliga bag'ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi.

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
🗓 07.04.2022
🌙Mohi Ramazonning saharlik va iftorlik vaqtlarini biz bilan bilib boring!

Muqaddas oyning bugun 6-kuni

☀️Saharlik vaqti – 04:37
🌛Iftorlik vaqti – 18:56

#DavKadastrPalata #RamazonMuborak

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
⚜️Sohaga doir huquqiy ma'lumot⚜️

🔰 Yer servituti - O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) — qo‘shni bo‘lgan bir yoki bir necha yer uchastkalaridan cheklangan tarzda foydalanish huquqidir.

🔰 Servitut - o‘zganing yer uchastkasi orqali piyoda yoki transportda o‘tish, yer uchastkasida drenaj ishlari o‘tkazish, elektr uzatish, aloqa liniyalari va truboprovodlar, irrigatsiya, muhandislik va boshqa liniyalar hamda tarmoqlar o‘tkazish va ulardan foydalanish, ekinzor va mollarni sug‘orish uchun suv olish, qidiruv, tadqiqot va boshqa ishlarni bajarish uchun vaqtincha foydalanish, ihota daraxtlari ekish va tabiatni muhofaza qilishga taalluqli boshqa ob’ektlar barpo etish maqsadlarida belgilanishi mumkin.


#DavKadastrPalata #huquqiy_malumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▪️Korrupsiya - taraqqiyot dushmani!▪️

💠 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy matbuot xizmatlari korrupsiyani oldini olishga qaratilgan choralar qatorida mulohazaga chorlovchi ijod namunalarini yaratishda davom etmoqda.

🎞 "Korrupsiya taraqqiyot kushandasi" nomli videorolikini Davlat kadastrlari palatasining Xorazm viloyati boshqarmasi matbuot xizmati tayyorlagan.

#DavKadastrPalata #hududlar #korrupsiyaga_qarshi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
▫️Mulk va ijara huquqi muhokamasi▫️

◻️ Amudaryo tumanida yer uchastkalarini mulk va ijara huquqi asosida savdoga chiqarish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.

◻️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanida Vazirlar Mahkamasining 71-son hamda 709-son qarorlari bo‘yicha o‘quv-seminar tashkil etildi. Mazkur o‘quv-seminarda Davlat kadastrlar palatasining hududiy boshqarma vakillari, tuman qurilish bo‘limi, qishloq xo‘jaligi bo‘limi, va boshqa mutasaddi tashkilot xodimlari ishtirok etishdi.

#DavKadastrPalata #auksion #seminar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
▫️Arxiv ma’lumotlarini onlayn oling!▫️

🔷 Arxiv ma’lumotlari (Mavzuli so‘rovlarni ijro etish) xizmatini my.gov.uz va uning mobil ilovasi orqali onlayn olish mumkin.

🌐 My.gov.uzda ushbu xizmat (https://my.gov.uz/uz/service/517) orqali yer va uy-joy ajratish, xususiylashtirish, aholi va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha hokimlik qarorlari, turarjoy, meros, vorislik, 1941-1945 yillarda O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan shaxslar haqida ma’lumotlar olish va boshqalar qamrab olingan.

🔷 Xizmatlar narxi turiga qarab quyidagicha:

▪️Turarjoylar bo‘yicha ma’lumotnomalar tayyorlash – 135000 so‘m;

▪️Mulk huquqini aniqlash (tasdiqlash) bo‘yicha so‘rovlarga arxiv hujjatidan nusxa berish – 135000 so‘m;

▪️Evakuatsiyani aniqlash (tasdiqlash) bo‘yicha so‘rovlarning arxiv ma’lumotnomasini berish – 270000 so‘m.


Xizmatdan foydalanishda hech qanday hujjat talab etilmaydi. Barchasi oddiy va oson.

#DavKadastrPalata #onlayn_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
Kadastr agentligi organlari tomonidan maʼmuriy amaliyot sohasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida MAʼLUMOT

🔰Kadastr agentligi organlari tomonidan joriy yil 1-choragida yer va kadastr nazorati sohasida aniqlangan huquqbuzarliklar bo‘yicha jami 8 998 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan.

📌Xususan:

💠ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaganlik uchun 4 828 nafar shaxs;
💠yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olganlik uchun 910 nafar shaxs;
💠o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasida qurilish ishlarini amalga oshirganlik uchun 683 nafar shaxs;
💠yer tuzish loyihalaridan o’z boshimchalik bilan chetga chiqqanlik uchun 2 440 nafar shaxs ma’muriy jazoga tortilgan.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt