DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
30.4K subscribers
10.3K photos
1.57K videos
1 file
6.1K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.me/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
#Hududiy_boshqarmalar #Qashqadaryo_viloyati #Huquqiy_asoslar


🔹O‘zbekiston Respublikasi. Prezidentining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6243 sonli Farmoniga ko'ra, Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga olis va chekka hududlarda joylashgan yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini auksionga qo‘yishda ularning boshlang‘ich narxini 50 foizgacha kamaytirish vakolati berilgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar Kengashlariga esa yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini auksionga qo‘yishda boshlang‘ich narxga chegirma belgilanadigan olis va chekka hududlar chegaralarini belgilash vakolati berilgan.

Batafsil— https://telegra.ph/-06-18-1911
#Huquqiy_asoslar #Bino_inshootlar

Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish axborot tizimlari orqali quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

🔹1-bosqichbinolar va inshootlarning texnik ko‘rsatkichlarini o‘lchash vositalari orqali aniqlash va axborot tizimida hisobga olish;

🔹2-bosqich obyektlarni chizmada joylashtirib, raqamli kadastr rejasini tuzish;

🔹3-bosqicholdingi bosqichlarda olingan maʼlumotlarni hisobga olgan holda, maʼlumotlarni axborot tizimiga kiritish yoki mavjud maʼlumotlarni yangilash.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 22 iyun saanasidagi 386-son qarori

Davlat kadastrlari palatasining rasmiy sahifalari 👇👇👇

Telegram | Facebook | Instagram
#Huquqiy_asoslar #Yer_kadastri #xizmatlar

Yer uchastkasining kadastr
yig‘majildini tayyorlashda
bajariladigan ishlar

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining VM-389-son qarori 22.06.2021

Davlat kadastrlari palatasining rasmiy sahifalari 👇👇👇

Telegram | Facebook | Instagram
#Huquqiy_asoslar

🏢 DAVLAT KADASTRLARI PALATASI HUDUDIY BOSHQARMALARINING ASOSIY VAZIFALARI

🔹Davlat kadastrlari palatasi, hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallariga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini taʼminlash;

🔹ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

🔹hududlar davlat kadastrining yuritilishini tashkil etish va amalga oshirish;

🔹foydalanuvchilarni belgilangan tartibda kadastr axborotlari bilan taʼminlash.
#Huquqiy_asoslar #ko_chmas_mulk

Ko‘chmas mulk obyektlarini bir davlat tashkilotidan boshqasiga berish tartibi

Hukumat qarori bilan (355-son, 08.06.2021 y.) Respublika ko‘chmas mulk obyektlarini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida beg‘araz berish tartibi to‘g‘risidagi nizomiga muvofiq:

☑️ Respublika ko‘chmas mulk obyektlari bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga tegishli kadastr hujjatlari mavjud bo‘lgan taqdirda (qurilishi tugallanmagan obyektlar bundan mustasno), operativ boshqaruv huquqi asosida beg‘araz beriladi.

➡️ Respublika ko‘chmas mulk obyekt(lar)i – davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi bilan tegishli bo‘lgan mulkiy kompleks (korxona), binolar va inshootlar, qurilishi tugallanmagan obyekt(lar) va u(lar)ning qism(lar)i hisoblanadi.

🔰 Shuningdek, respublika ko‘chmas mulk obyekt(lar)ini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida beg‘araz berish uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

👉 respublika ko‘chmas mulkning bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida beg‘araz berilishi to‘g‘risida Prezident va (yoki) Hukumatning tegishli topshirig‘i nusxasi (agar mavjud bo‘lsa);

👉 manfaatdor davlat tashkilotining (topshiruvchi va qabul qiluvchi tashkilot yuqori turuvchi organlarining) respublika

ko‘chmas mulkni bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida beg‘araz berish to‘g‘risidagi kelishilgan takliflari bayon etilgan murojaatlari (topshiruvchi hamda qabul qiluvchining yuqori turuvchi organlarining roziligi).

👉 Mazkur murojaatlarda respublika ko‘chmas mulkni qabul qiluvchi tomonning qabul qilingan obyekt(lar)dan foydalanish maqsadlari aniq ko‘rsatilishi shart;

👉 respublika ko‘chmas mulk obyekt(lar)ining kadastr hujjatlari nusxalari;

👉 obyektlarning pasporti (ppt formatda) va fotosuratlari.