DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
30.4K subscribers
10.3K photos
1.57K videos
1 file
6.1K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.me/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
#kadastr #seminar

🌟 Kadastr agentligi tashabbusi bilan o'tkazilayotgan “Davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlashda jamoatchilik bilan aloqalar texnologiyalari” mavzusidagi seminar-trening Samarqandda o'z ishini boshladi.

🧊 Seminar 27-29 iyul kunlari bo'lib o'tadi.

➡️Unda 🌟Kadastr agentligi hamda 💫Davlat kadastrlari palatasining Samarqand, Jizzax, Navoiy va Namangan viloyati tuman, shahar filiallari rahbarlari ishtirok etmoqda.

🗣Seminar davomida tinglovchilarga:

Tashkilot rahbarining individual imiji va korporativ imij komponentlari;
Hududiy media pul yaratish va ular bilan samarali ishlash imkoniyatlari;
Zamonaviy media muhit va axborot isteʼmoli;
Maqsadli auditoriyani aniqlash va u bilan ishlash usullari;
Provakatsion savollar va holatlarga qanday javob berish va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilimlar beriladi, shuningdek, kadastr faoliyati bilan bog‘liq keyslar tahlil qilinadi.

➡️Ma'lumot uchun: mazkur seminar-trening 12-14 iyul kunlari Farg'ona viloyatida boshlangan va butun respublika bo'ylab o'tkazilishi rejalashtirilgan.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #seminar

🟢 Bugun Toshkent shahridagi Inha universitetida Jahon banki loyihasi doirasida “Davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlashda jamoatchilik bilan aloqalar texnologiyalari” mavzusidagi seminar-trening 1-kuni boshlandi.

Seminar 16-18 avgust kunlari bo'lib o'tadi.

Unda
🌟Kadastr agentligi markaziy apparati hamda tizim tashkilotlari xodimlari, shuningdek, Kadastr agentligi va 💫Davlat kadastrlari palatasining Sirdaryo, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahar tuman, shahar filiallari rahbarlari ishtirok etmoqda.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😂😁〽️🔸

Buxoroda davlat tili va geografik obyektlarni nomlash masalalari bo‘yicha
seminar tashkil etildi

💠 Buxoro viloyatida Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda Buxoro viloyati hokimligi hamkorligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimlarining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilari uchun amaliy seminar tashkil etildi.

◼️Mazkur seminarda Davlat tili haqidagi qonunlar bilan bir qatorda Geografik obyektlar masalalari ijrosi bo'yicha ham hisobotlar tinglandi. Seminarda Davlat kadastrlari palatasidan Geografik obyektlar nomlari ekspertizasi bo'limidan mas'ullar ishtirok etib Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalarida ma'lumotlar berdi.

#DavKadastrPalata #seminar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy bilimlar soati

Yurtimizda yangi islohotlar ko'paygani sari qonunchilikda o'zgarishlar ham ko'paymoqda. Bu esa har bir davlat xizmatichisining qonunchilikda ro'y berayotgan yangiliklardan muntazam ravishda boxabar bo'lib borishini talab etadi.

🌟 Shu munosabati bilan, Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati tashabbusi bilan qabul qilingan normativ-huquqiy va idoraviy hujjatlar mazmun-mohiyati bilan xodimlarni tanishtirish va huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida hududiy boshqarma xodimlari ishtirokida huquqiy bilimlar soati tashkil etilmoqda.

⚡️ Bugun Bino va inshootlar davlat kadastrini yuritish boshqarmasi mas'ullari boshchiligida "UZKAD tizimida ko'p qavatli uylarga tutash hududlarni mulkdorlar nomiga kadastr pasporti tayyorlash va davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibi" mavzusida huquqiy o'quv seminari bo'lib o'tdi. Unda hududiy boshqarma mas'ullari masofadan "ZOOM" platformasi orqali ishtirok etdilar.

🗓 Shu kabi o'quv seminarlari haftada bir marotaba reja-grafik asosida o'tkazilishi belgilangan.

#DavKadastrPalata #seminar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yangi Qonun yuzasidan huquqiy
seminar

🇺🇿Xabaringiz bor, O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024 yildagi “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonuni e'lon qilingandan so'ng keng jamoatchilikka targ'ib qilish ishlari jadallik bilan davom etmoqda.

🌟 Qonunning mazmun-mohiyatini to'liq tushuntirish, ijrosi yuzasidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalardan xabardor qilish va Qonun kuchga kirgunga qadar fuqarolarga sifatli xizmat ko'rsatish tizimini tashkil etish yuzasidan bugun Davlat kadastrlari palatasida huquqiy seminar o'tkazildi.

🇺🇿 Markaziy apparat mutasaddilari tomonidan o'tkazilgan seminarda hududiy boshqarma mas'ullari ham ZOOM platformasi orqali ishtirok etdilar.

#DavKadastrPalata #seminar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hududlarda geografik obyektlarni nomlash bo'yicha

🫥 Hududlarda geografik obyektlarni nomlash masalalariga mas'ul bo'lgan xodimlarning bilim va malakasini oshirish maqsadida o'quv seminarlari o'tkazildi. Ushbu o'quv seminarlarda tuman, shahar hokimlarining maslahatchilari hamda Davlat kadastrlari palatasi mutaxassislari ishtirok etdilar.

◼️Seminarda xodimlarga geografik obyektlarning nomlari, ushbu sohadagi qonun hujjatlari ijrosi, mavjud muammolar va ularning yechimi, shuningdek, geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash bo'yicha hududiy komissiyalar faoliyatini samarali yo'lga qo'yish bo'yicha tavsiyalar berildi.

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Geografik obyektlar nomlari ekspertizasi bo'limi xodimlari tomonidan o'quv seminarlari quyidagi hududlarda tashkil etildi:

▫️Farg'ona viloyati
▫️Samarqand viloyati
▫️Qashqadaryo viloyati

#DavKadastrPalata #seminar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yangi qonun yuzasidan huquqiy-targ'ibot seminarlari


⭐️🌟Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati va hududiy boshqarma mutasaddilari tomonidan O'zbekiston Respublikasining “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonunini keng jamoatchilikka targ'ib qilish, xodimlarning huquqiy ongini oshirish va fuqarolarga ko'rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida huquqiy seminarlar o'tkazib kelinayotgani haqida xabar bergan edik.

🇺🇿 O'tgan bir hafta davomida quyidagi hududiy boshqarmalarda seminarlar tashkil qilindi:

▫️Qashqadaryo viloyati
▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi
▫️Sirdaryo viloyati
▫️Toshkent shahri
▫️Andijon viloyati
▫️Namangan viloyati

#DavKadastrPalata #seminar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hududlarda rahbariyat boshchiligida seminarlar


⭐️🌟 Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalarida Markaziy apparat mutasaddilari tomonidan O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024 yildagi O'RQ 937-son Qonuni yuzasidan targ'ibot seminarlari o'tkazib kelinmoqda.

🇺🇿 Ayni damda, Davlat kadastrlari palatasi raisi Moxir Valiyev Qashqadaryo viloyatida bo'lib, Muborak tumani hokimligida yig'ilgan Muborak, Koson, Kasbi va Mirishkor tumanlarining xodimlari e'tiboriga ushbu qonunning e'tiborli jihatlari, fuqarolarga uning mazmunini tushunarli talqin etish masalalarida tushunchalar berdi. Ayni shunday tadbir kunning birinchi yarmida Surxondaryo viloyati boshqarmasida ham o'tkazilgandi.

📃 Shuningdek, Markaziy apparat mutasaddilari tomonidan Qonunning mazmun-mohiyatini to'liq tushuntirish, ijrosi yuzasidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalarni belgilash va Qonun kuchga kirgunga qadar fuqarolarga sifatli xizmat ko'rsatish tizimini tashkil etish yuzasidan huquqiy savodxonlik soatlari quyidagi hududiy boshqarmalarda ham o'tkazildi:

▫️Farg'ona viloyati
▫️Samarqand viloyati
▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi
▫️Andijon viloyati

#DavKadastrPalata #seminar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Qonun yuzasidan huquqiy targ'ibot seminarlari


🌟 Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalarida Markaziy apparat mutaxassislari boshchiligida Yangi Qonun yuzasidan huquqiy targ'ibot seminarlari o'tkazib kelinayotgani haqida xabar bergan edik.

◼️Navbatdagi seminarlar quyidagi hududiy boshqarmalarda o'tkazildi:

▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi 1,
2
▫️Namangan viloyati
▫️Navoiy viloyati
▫️Qashqadaryo viloyati

#DavKadastrPalata #seminar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yangi qonun yuzasidan huquqiy-targ'ibot seminarlari


🫥 Xabaringiz bor, O'zbekiston Respublikasining “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonunini targ'ib qilish ishlari jadallik bilan davom etmoqda.

Bu galgi seminarlar quyidagi hududiy boshqarmalar tomonidan tashkil etilib, unda Qonunning mazmun-mohiyatini to'liq tushuntirish, ijrosi yuzasidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalardan xabardor qilish va Qonun kuchga kirgunga qadar fuqarolarga sifatli xizmat ko'rsatish tizimini tashkil etish yuzasidan tushunchalar berildi:

🇺🇿 Xorazm viloyati 1, 2
🇺🇿 Andijon viloyati
🇺🇿 Qoraqalpog'iston Respublikasi
🇺🇿 Farg'ona viloyati

#DavKadastrPalata #seminar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yangi Qonun yuzasidan joylarda huquqiy seminarlar


⚖️⭐️🌟Adliya vazirligi hamda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi mas'ul xodimlari tomonidan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan joylarda reja-grafik asosida seminarlar tashkil etilmoqda.

◼️Tadbirdan ko'zlangan maqsad davlat idoralari vakillari hamda fuqarolar va tadbirkorlarga Qonunni to‘g‘ri qo‘llash, yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan egalik huquqlarini tartibga solish bo‘yicha tushunchalarni kengaytirishdan iborat.

Bu kabi tadbirlar shu kunga qadar Samarqand, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida hamda Qoraqalpog'iston Respublikasida o'tkazildi.

🗓 Bugun esa uchrashuvlar Toshkent shahrining Yashnobod tumanida soat 11:00da va Chilonzor tumanida soat 16:00da o'tkaziladi. Shuningdek, reja-jadvalga asosan navbatdagi seminarlar Andijon, Toshkent, Farg'ona, Namangan, Sirdaryo, Jizzax, Surxondaryo hamda Qashqadaryo viloyatlarida o'tkazilishi rejalashtirilgan.

#DavKadastrPalata #seminar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Qonun targ'iboti yuzasidan seminarlar

🖥 Avval xabar berganimizdek, Adliya vazirligi hamda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi mas'ul xodimlari tomonidan joylarda O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonuni mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan reja-grafik asosida seminarlar bo'lib o'tmoqda.

◼️Hozirga qadar shu kabi tadbirlar quyidagi boshqarma filiallarida o'tkazildi:

▫️Toshkent shahri 1, 2
▫️Farg'ona viloyati 1, 2
▫️Xorazm viloyati
▫️Samarqand viloyati
▫️Surxondaryo viloyati
▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi
▫️Namangan viloyati

#DavKadastrPalata #seminar

jtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

"Rahbar va yoshlar" uchrashuvlari


⭐️🌟Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari rahbariyati tomonidan tuman, shahar bo'lim hamda filiallarida faoliyat olib borayotgan 30 yoshgacha bo'lgan xodimlar ishtirokida yoshlarning muammo va takliflarini o'rganish va yangi fikr va g'oyalar almashishga qaratilgan davra suhbatlari tashkil qilinmoqda.

◼️Tadbirlarda yosh xodimlarning sohaga oid savollari hamda ish faoliyatini yanada samarali tashkil etish borasidagi takliflari tinglanib, yechimi yuzasidan mutasaddi xodimlarga topshiriqlar berilmoqda.

◼️Shuningdek o'z bilim va salohiyatlarini ayamasdan xizmat vazifalarini o'z vaqtida va sifatli bajarib, tengdoshlari orasida namuna bo'layotgan xodimlar "Tashakkurnoma" va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanmoqdalar:

▫️Qashqadaryo viloyati 1, 2
▫️Namangan viloyati
▫️Navoiy viloyati
▫️Buxoro viloyati
▫️Samarqand viloyati
▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi

#DavKadastrPalata #seminar #rahbar_va_yoshlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ilmli ayol - jamiyat ko'zgusi

💠 Kuni kecha, Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi, Geoinnovatsiya davlat markazi, Kartografiya davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi hamda Toshkent geodeziya va kartografiya texnikumida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar ishtirokida "Ilmli ayol - jamiyat ko'zgusi" mavzusida seminar va sayyor qabul bo'lib o'tdi.

💸 Tadbirda Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Kadastr agentligi Oila va xotin-qizlar masalalari bo'yicha boshlang'ich tashkilot rahbarlari shuningdek vrach-pediatr va psixologlarning ma'naviyatli ayol, sog'lom ayol-sog'lom kelajak, internetdan to'g'ri foydalanish, xotin-qizlarimizning sharqona odobi, tashkilotda odob-axloq qoidalari mavzularida ma'ruzalari tinglandi hamda yo'nalishga oid viktorina va savol-javoblar o'tkazildi.

🫥 Ko'tarinki ruhda o'tgan uchrashuv yakunida har bir tashkilotdagi faol ayol-qizlar "Tashakkurnoma" va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar hamda sayyor qabul tashkil etilib, ishtirokchilarning muammo va savollari, ayollarning huquq va manfaatlarini ta'minlash yuzasidan taklif va mulohazalari tinglanib, maslahatlar berildi.

🕌 Kunning ikkinchi yarmida kadastr ayollari Toshkent viloyatidagi "Zangiota" ziyoratgohiga sayohat qilishdi.

#DavKadastrPalata #seminar #ayollar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Qonun yuzasidan huquqiy targ'ibot tadbirlari


⭐️🌟Kadastr agentligi, Davlat kadastrlari palatasi hamda hududiy boshqarmalarning mas'ul mutaxassislari tomonidan tizimdagi barcha xodimlarga “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-sonli Qonuni haqida batafsil ma'lumotlar berish maqsadida o'quv seminarlari tashkil etilmoqda.

◼️Uchrashuvlarda qonun ijrosini amalga oshirish bosqichlari, mexanizmi, shuningdek, reja-jadval asosida mahallalarning hudud xaritasini va ko‘chmas mulklar ro‘yxatini tayyorlash, topograf va kadastr muhandislarini taqsimlash, joylarda dastlabki xatlov ishlarini boshlash hamda avtomatlashtirilgan axborot tizimida ishlash tartibi to'g'risida tushuntirishlar olib borilmoqda.

◼️Shuningdek, xodimlarning xatlov jarayonlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammoli vaziyatlar va muhim jihatlar bo‘yicha savollariga huquqiy asosli javoblar berilmoqda.

▫️Namangan viloyati 1, 2
▫️Samarqand viloyati
▫️Andijon viloyati
▫️Sirdaryo viloyati
▫️Jizzax viloyati
▫️Farg'ona viloyati
▫️Qashqadaryo viloyati
▫️Xorazm viloyati

#DavKadastrPalata #seminar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Sifat sohasidagi bilimlar mustahkamlanmoqda


🌟 Bugun, Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparatida Integrallashgan boshqaruv tizimi bo'yicha ma'sul mutaxassis B.Axmedov tomonidan barcha xodimlar ishtirokida Xalqaro standartlar mavzusida seminar o'tkazildi.

Mazkur uchrashuvda Davlat kadastrlari palatasining 2024-yilga mo'ljallangan sifat sohasidagi siyosati va muvofiqlashtirilgan maqsadlari haqida suhbat olib borilib, barcha boshqarma va bo'limlarning hisobotlari o'rganib chiqildi hamda ISO 9001 va ISO 37001 talablariga muvofiqligi muhokama qilindi.

◼️Shuningdek joriy qilingan Integrallashgan boshqaruv tizimi, ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatni yanada takomillashtirish masalalarida kelgusida belgilangan vazifalar va ko'rsatmalar haqida tushunchalar berildi.

#DavKadastrPalata #seminar #ISO

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM