DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
30K subscribers
10.3K photos
1.57K videos
1 file
6.13K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.me/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
▫️Huquqiy bilim soati▫️

◻️ Bugun, Davlat kadastrlari palatasida "Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqidagi Vazirlar Mahkamasining 71-son qarorining "Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali berish tartibi" to‘g‘risida o’quv-seminar tashkil etildi.

◻️ Unda, Yerlarni auksionga qadar dasturga joylashtirish, kelishish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘limi mutaxassisi Sh.Shomansurov mazkur tartib mazmun-mohiyati bo’yicha o’quv-seminar qatnashchilariga tushunchalar berdi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_bilim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
▫️Huquqiy bilim soati▫️

◻️Bugun, Davlat kadastrlari palatasida "Davlat kadastrlarini yuritish sohasini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida" gi Vazirlar Mahkamasining 389-son qarori bo'yicha huquqiy dars soati tashkil etildi.

◻️Unda Rejalashtirish va iqtisodiy tahlil bo'limi mutaxassisi B.Ishmirzayev mazkur qarorning mazmun-mohiyati, uning ijrosi yuzasidan yig'ilganlarga atroflicha ma'lumot berdi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_bilim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
▫️Hududlar uchun seminar▫️

◻️ Bugun Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparatida Vazirlar Mahkamasining 389, 535 hamda 1060-sonli qarorlari va unga kiritilgan qo‘shimcha o‘zgartirishlar, yaqinda Oliy Majlis va Senat tomonidan ma'qullangan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qonun loyihasining mazmun-mohiyatiga bag'ishlangan o'quv seminar tashkil etildi.

◻️ Palataning hududiy boshqarmalari xodimlari bilan Zoom platformasi orqali jonli muloqot tarzida bo'lib o'tgan ushbu seminarda Koʼchmas mulk huquqlarini davlat roʼyxatidan oʼtkazish boshqarmasi boshlig’i S. Abdurazzoqov tomonidan mazkur qarorlar mohiyati, sohaga oid o‘zgarishlar, yangi qabul qilingan qonun-qoidalar to'g'risida atroflicha ma'lumot berib o'tildi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_bilim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
#Huquqiy_bilim

🟢 Bugundan "Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni rasman kuchga kirdi

➡️Ushbu Qonunning maqsadi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

➡️Qonun ko‘chmas mulkning quyidagi turlariga bo‘lgan huquqlarni, yaʼni yer uchastkalariga, binolarga, inshootlarga, shu jumladan qurilishi tugallanmagan obyektlarga, ko‘p yillik dov-daraxtlarga hamda mulkiy majmua sifatidagi korxonaga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga nisbatan tatbiq etiladi.

➡️Mazkur qonun bilan Kadastr agentligi - ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasida maxsus vakolatli davlat organi etib, 🌟Kadastr agentligining 👍Davlat kadastrlari palatasi - ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ etib belgilangan.

➡️Unda 👍Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalaridagi ko‘chmas mulklarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi mutaxassislar tomonidan ko‘chmas mulklarga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi yoki Davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni mazkur qonundagi asoslarga ko‘ra rad etadi.

➡️Shuningdek, Davlat xizmatlari markazlari, notarial idoralar, rieltorlik tashkilotlari, tijorat banklari hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi – vositachilar etib belgilandi.

➡️Ushbu Qonun bilan ko‘chmas mulklarga oid nizolarni sudgacha hal etish komissiyasi va apellyatsiya komissiyalarini tashkil etilishi va ish yuritish tartibi belgilab qo‘yildi.

➡️Ko‘chmas mulklarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga asos bo‘luvchi 60 dan ortiq huquqiy hujjatlarning aniq ro‘yxati qonunda keltirilgan, yaʼni barcha davrlarda, 2021-yil 1-avgustdan keyingi davrdagi, O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi qabul qilingan davrdan keyingi va undan oldingi davrlarda asos bo‘luvchi hujjatlarning aniq ro‘yxati ko‘rsatilgan.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy targ'ibot soati

🌟 Kuni kecha, Davlat kadastrlari palatasida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.08.2023 yildagi "Ko'chmas mulkni bo'lish va uning yangi chegaralarini belgilash bo'yicha davlat xizmatlari ko'rsatishning Ma'muriy reglamenti" to'g'risidagi 424-son qarori bo'yicha huquqiy dars soati tashkil etildi.

📃 Unda Bino va inshootlar davlat kadastrini yuritish boshqarmasidan S.Muhitdinov mazkur qarorning mazmun-mohiyati hamda uning ijrosi yuzasidan yig'ilganlarga atroflicha ma'lumot berdi. Shu o'rinda, yig'ilish so'nggida ishtirokchilarda mazkur Qaror bo'yicha tug'ilgan savollarga tegishlicha javoblar berildi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_bilim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy bilimlar oshirilmoqda

🌟 Kuni kecha, Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati xodimlari uchun navbatdagi huquqiy targ'ibot soati o'tkazildi.

Unda Davlat Yer kadastrini yuritish va UzKAD dasturiga 8ta yer fondi toifalari bo'yicha yerlarni hisobga olish holati, davlat yer kadastrini yuritishni takomillashtirish bo'yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati haqida o'quv soati o'tkazildi.

💠 Yig'ilishda Markaziy apparat xodimlari hamda ZOOM platformasi orqali ulangan hududiy boshqarma mas'ullari ishtirok etib, mavzu doirasida tegishli tushunchalarga ega bo'lishdi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_bilim_soati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy bilimlar soati

🌟 Xabaringiz bor, Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati tashabbusi bilan qabul qilingan normativ-huquqiy va idoraviy hujjatlar mazmun-mohiyati bilan xodimlarni tanishtirish va huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida hududiy boshqarma xodimlari ishtirokida huquqiy bilimlar soati tashkil etib kelinmoqda.

◼️Navbatdagi huquqiy seminar Yerlarni auksionga qadar dasturga joylashtirish, kelishish ishlarini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 15-noyabrdagi “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi 728-sonli qonunining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida” o'tkazildi.

🫥 Yig'ilishda Markaziy apparat mutaxassislaridan tashqari hududiy boshqarma mas'ullari ham ZOOM platformasi orqali ishtirok etishdi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_bilim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy bilimlar mustahkamlanmoqda

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati tashabbusi bilan qabul qilingan normativ-huquqiy va idoraviy hujjatlar mazmun-mohiyati bilan xodimlarni tanishtirish va huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida huquqiy bilimlar soati tashkil etib kelinmoqda.

◼️Bugungi seminarda Kadastr muhandislarining faoliyatini muvofiqlashtirish bo'limi mas'ul xodimi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2023-yi 22-avgustdagi "Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni keng jalb etish doirasida kadastr sohasida davlat xizmatlari ko'rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 411-sonli qarori mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berildi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_bilim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM