DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
30.4K subscribers
10.3K photos
1.57K videos
1 file
6.11K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.me/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
▫️Dronlar shousi Saratovda ▫️

🌫Kadastr agentligi "Geoinnovatsiya markazi" davlat unitar korxonasi boshqa davlatlarda ham dronlar shousini o'tkazishni boshladi. Joriy yilning 3-sentabr kuni Saratovdagi Volga daryosi ustiga 400 ta dron ishtirokida dronlar shousi o'tkazildi.

▫️Hayratlarga boy shou yerning birinchi kosmonavti Yuriy Gagarin xotirasiga bag'ishlandi.

#DavKadastrPalata #Geoinnovatsiya #xalqaro_hamkorlik

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #xalqaro_hamkorlik

👍 Kadastr agentligi hamda 🇷🇺 Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti (МИИГАиК) birgalikda “Hududlarni rivojlantirish uchun geofazoviy texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha eng yaxshi amaliyotlar” mavzusida ilmiy-amaliy anjumanning to'liq tafsilotlari quyidagi lavhada.

Telegram 📸 Instagram 📹YouTube 🌐 Facebook 🌐Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MDH #xalqaro_hamkorlik #idoralararo_tajriba_almashinuv

Жорий йилнинг 24 октябрь куни Ереванда Арманистон Кадастр қўмитаси мезбонлигида МДҲ давлатларининг геодезия, картография, кадастр ва Ерни масофадан туриб зондлаш бўйича “Давлатлараро кенгаши”нинг 44-сессияси иш бошлади.
Тадбир Арманистон Республикаси Бош вазир ўринбосари Мгер Григорян томонидан очиб берилди.
Кун тартибидан:
- МДҲ Картография ва геодезия хизматлари вакилларининг Фазовий маълумотларнинг миллий тизимларини яратиш соҳасида тажриба алмашиш ҳамда Давлатлараро кенгаш Котибияти ва ишчи гуруҳларининг сессиялараро даврдаги фаолияти якунларини;
- МДҲга аъзо давлатлар ўртасида геодезия, картография, геоахборот технологиялари, Ерни масофадан туриб зондлаш, кадастр ва ҳуқуқларни рўйхатга олиш соҳасида 2025 йилгача ҳамкорлик қилиш Дастури лойиҳаси муҳокамаси
Давлатлараро Кенгашнинг 44-сессиясининг якуний ҳужжатларини қабул қилишда иштирок этиш ўрин олган.

Маълумот учун: Тадбир жорий йилнинг 26 октябрига қадар давом этади.
▫️Jahon banki missiyasi Buxoroda▫️

«Koʻchmas mulkni roʻyxatga olish va kadastr tizimlarini modernizatsiya qilish» investitsiya loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishish maqsadida Jahon banki missiyasi Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalariga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida missiya a’zolari yer uchastkalari va koʻchmas mulk obyektlarini roʻyxatga olish, kadastr pasportini shakllantirish jarayonlarida bevosita ishtirok etib, Davlat xizmatlari markazida bo‘ldilar.

Shuningdek, Jahon banki missiyasi vakillari ishtirokida Davlat soliq qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish, Investitsiya va tashqi savdo hamda Qurilish vazirliklarining hududiy boshqarmalari ma’sullari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

#DavKadastrPalata #Jahon_banki #xalqaro_hamkorlik

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
Photo
▫️Turkiya bilan hamkorlik▫️

🇺🇿🇹🇷Bugun O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar bo‘yicha Hukumatlararo komissiyasi bayonida ko‘zda tutilgan hamkorlik doirasida Turkiya Respublikasi Yerni ro‘yxatga olish va kadastr bosh direktorati delegatsiyasi Kadastr agentligi bilan bo‘lib o‘tgan hamkorlik uchrashuvidan so‘ng Davlat kadastrlari palatasiga tashrif buyurishdi.

⚪️Tashrif doirasida mehmonlar Davlat kadastrlari palatasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, delegatsiya vakillari hamda Markaziy apparat xodimlari mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, Milliy geoaxborot tizimi va kelajakda amalga oshiriladigan rejalar bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida o‘zaro muzokara olib bordilar.

#DavKadastrPalata #xalqaro_hamkorlik

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
▪️Kadastrchilar Belarusiyada▪️

⚡️ Bugun Kadastr agentligi tizimi mutasaddilari, shu jumladan, Davlat kadastrlari palatasi mutahassislari Belarus Respublikasi Davlat mulk qo‘mitasining “Kadastr milliy agentligi”ning 25 yilligi munosabati bilan Minsk shahrida “Ko‘chmas mulk, Aloqalar, Innovatsiyalar” mavzusida 18-19-may kunlari tashkil etilgan xalqaro konferensiyasida ishtirok etmoqda.

🌐 Ushbu konferensiyada Belarusiya Respublikasida kadastr rivojlanishining 25 yilligi: tarix va istiqbollari, Rossiya Federatsiyasida ko'chmas mulkni ro'yxatga olish tizimini rivojlantirish yo'nalishlari, Belarus Respublikasining ko'chmas mulk reyestri va shu kabi mavzularida mutaxassislar ma'ruzalari tinglandi.

🫥 Shu qatorda, kunning ikkinchi qismida respublikamizdan tashrif buyurgan soha mutaxassislarining Oʻzbekiston Respublikasida fazoviy maʼlumotlar infratuzilmasi boʻyicha ishlarning holati va ularni rivojlantirish istiqbollari, Koreyadagi integratsiyalashgan geofazoviy platforma misoli hamda qishloq xoʻjaligi yerlarini raqamlashtirish mavzularida ma'ruzalari tinglanmoqda.

#DavKadastrPalata #xalqaro_hamkorlik

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
▪️Kadastrchilar Belarusiyada▪️ ⚡️ Bugun Kadastr agentligi tizimi mutasaddilari, shu jumladan, Davlat kadastrlari palatasi mutahassislari Belarus Respublikasi Davlat mulk qo‘mitasining “Kadastr milliy agentligi”ning 25 yilligi munosabati bilan Minsk shahrida…
▪️OAV biz haqimizda▪️

✔️ 2023-yilning 18-19-may kunlari Minsk shahrida Milliy kadastr agentligi tashkil etilganining 25 yilligiga bag‘ishlangan “Ko‘chmas mulk, Aloqalar, Innovatsiyalar” mavzusida anjuman boshlangani haqida xabar bergandik.

🌱 Anjumanda 9 davlatdan: Belarus, Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Tojikiston, shuningdek, geodeziya, kartografiya, yer kadastri va boshqa fazoviy ma’lumotlarni yaratish sohasida faoliyat yurituvchi tashkilotlarning 150 dan ortiq vakillari ishtirok etishdi.

▫️ Belarus - Milliy kadastr agentligi sayti
▫️ Belorusiya yangiliklari - БЕЛТА

#DavKadastrPalata #xalqaro_hamkorlik

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik #FIG_2023

Xalqaro geodezistlar haftaligi-2023 ochilish marosimi haqida qisqacha 🎬video lavha.

Federetion Internationale des Geometres haqida:

Xalqaro geodezistlar federatsiyaga 1878 yil 18-iyulda Parijda 7 ta milliy assotsiatsiya — Belgiya, Frantsiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Italiya, Ispaniya va Shveytsariya delegatlari tomonidan asos solingan va xalqaro geomatiklar federatsiyasi sifatida tanilgan.

XGF BMT tomonidan tan olingan tashkilot bo'lib, unga dunyoning 120 dan ortiq mamlakatlari a'zo bo’lgan.

XGF butun dunyo geodezistlari manfaatlarini himoya qiluvchi va o’zaro tajriba almashishni tashkil qilib beruvchi yetakchi
xalqaro tashkilot hisoblanadi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik #FIG_2023

🇺🇸Amerika Geodeziyasi Tarixi ko’rgazmasi.

🌐Survey'ors Historical Society tashkilot tomonidan Xalqaro geodezistlar haftaligi-2023 da tarixiy o'lchash uskunalari, artefaktlar, kitoblar va jurnallar, geodezistlar hamda kadastrchilar uchun joriy qilingan medallar, ko’krak nishonlari va belgilar shuningdek yana bir qancha yo’nalishdagi eksponatlar ko’rgazmasi o’tkazildi. Ushbu ko’rgazma barcha mehmonlarda yuqori qiziqish uyg’otdi.

🗣Qisqa ma’lumot: Survey'ors Historical Society tashkiloti 1977 yilda Kaliforniyadagi bir guruh tadqiqotchilar tomonidan tashkil etilgan. Ularning maqsadi geodeziya, kartografiya va kadastr tarixini saqlab qolishdir.

🌐 Telegram   |  🌐 Instagram    |  🌐YouTube    | 🌐 Facebook       | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik #FIG_2023

🇺🇸 AQShning Florida shtati Orlando shahrida Xalqaro geodezistlar haftaligi-2023 doirasida geodezistlar ko'rgazmasi bo'lib o'tmoqda.

🎞 Batafsil videoda

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_seminar #xalqaro_hamkorlik

🌟Kadastr agentligi mutaxassislari 🇨🇳 Xitoy Xalq Respublikasi Savdo vazirligi tomonidan tashkil etilgan malaka oshirish seminarlarida ishtirok etishdi.

🟢 Joriy yilning may-iyun oylarida 🌟Kadastr agentligi xodimlari 🇨🇳 Xitoy Xalq Respublikasi Savdo vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Geoaxborot tizimlari”, “Fuqaro aviatsiyasi yo‘nalishida maxsus ICAO ingliz tili darajasi” hamda “Muzokara san’ati” yo‘nalishlarida tashkil etilgan bir qator onlayn seminar-terninglarda, shuningdek, "Davlat xususiy sherikchilik" yo‘nalishida oflayn tashkil qilingan seminarlarda ishtirok etdilar.

➡️Seminar Xitoyning mazkur yo‘nalishlarda bosib o‘tgan yo‘li, rivojlanish tendensiyasiyalri hamda o‘ziga xos tajribasi mavzularini qamrab oldi. Kurs yakuniga ko‘ra ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlandi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik

🇺🇿O‘zbekiston — 🇰🇬Qirg‘iziston: ko‘p qirrali hamkorlik aloqalari yanada rivojlanadi.

14 iyul sanasida Namangan viloyatida o‘zbek-qirg‘iz Davlat chegarasini demarkatsiya qilishning tashkiliy-huquqiy masalalarini kelishish bo‘yicha tomonlar hamkorligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston va Qirg‘iziston tomonlarining tegishli vazirliklari vakillari, Kadastr agentli direktorining o‘rinbosari Abdullayev To‘lqin Mansurovich hamda qator soha vakillari ishtirok etdilar.

Ikki qardosh el hamkorligi so‘nggi besh yilda yangi darajaga chiqdi. Samarali hamkorlik zamirida mamlakatlar milliy manfaatlari hamda davlat rahbarlarining o‘zaro ishonchga asoslangan doimiy muloqoti mujassam bo‘lmoqda.

Yig‘ilishda tashkiliy-huquqiy masalalar muhokama etildi. Ushbu muloqot ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, transport, mintaqalararo, madaniy-gumanitar aloqalarni yanada kengaytirishga ijobiy turtki beradi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Geoinnovatsiya #xalqaro_hamkorlik

⚡️ “UzEnergyExpo-2023” Xalqaro ko'rgazmasida hamkorlik aloqalari mustahkamlandi.

🟢 Bugundan Toshkent shahridagi "O'zekspomarkaz" milliy ko'rgazmalar pavilonida “UzEnergyExpo-2023” ko‘rgazmasi namoyish etilmoqda. Unda qayta tiklanadigan energiya manbalari va ulardan qurilishda foydalanish texnologiyalari sohasidagi ilg‘or ishlanmalar namoyish etilmoqda.

Mazkur ko'rgazma doirasida "Geoinnovatsiya markazi" DUK 🇨🇳 Xitoy xalq Respublikasining LONGi korxonasi o'rtasida o'zaro tomonlarga manfaatdor bo'lgan sohalarda hamkorlikni mustahkamlash maqsadida 🖋AHDLASHUV MEMORANDUMI imzolandi.

Eslatib o'tamiz, 🇨🇳 Xitoyning eng yirik quyosh panellari ishlab chiqaruvchilaridan biri sanalgan LONGi korxonasi Xitoy bozorida 1-o`rinda, dunyo bozorida esa birinchi 5-lik kompaniyalaridan hisoblanadi. Ushbu kompaniya bilan "Geoinnovatsiya markazi" DUK joriy yil boshidan buyon o'zaro quyosh panellari yetkazib berish bo'yicha hamkorlik munosabatlarini o'rnatgan.

🟣Mazkur ahdlashuv memorandum esa, quyosh panellarini texnik jihatdan to'liq ta'minlash, ularni ta'mirlash uchun zarur bo'ladigan ehtiyot qismlarini yetkazib berish asosida imzolandi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM