DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
11.1K subscribers
9.6K photos
1.43K videos
5.72K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.me/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
📧SAVOL: Hovlimiz 23 sotix. Kadastr hujjatlarimiz joyida. Lekin 11 sotixi qizil maydon qilib belgilab qo‘yilgan. O‘sha qizil maydonga uy qursam bo'ladimi?

🧾JAVOB: Qonunchilikka ko'ra, Bino va inshootlarning ixtisoslashishini o‘zgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentida asosan yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli yer uchastkalarining oldin qurilgan bino va inshootlardan bo‘sh qismida ularga tutashgan holda va (yoki) alohida turadigan yangi bino va inshootlarning barpo etilishida joy muhandislik va transport kommunikatsiyalari, irrigatsiya inshootlari, daryo va suv havzalari, ishlab chiqarish ob’ektlari, qabristonlar muhofaza zonalari, qishloq xo‘jaligi ekinlariga ishlov berish uchun zaharli kimyoviy moddalarni qo‘llash zonalari hududida joylashmaganligidan kelib chiqib ruxsat berilishi mumkin.
БМТ Бош Ассамблеяси Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёевнинг навбатдаги муҳим ташаббусини қўллаб-қувватлади. Ташкилотга аъзо барча давлатлар Ўзбекистон томонидан 40 та мамлакат ҳаммуаллифлигида ишлаб чиқилган Марказий ва Жанубий Осиё ўртасидаги ўзаро боғлиқликни мустаҳкамлаш тўғрисидаги махсус резолюцияни бир овоздан маъқуллади.

Ушбу резолюцияни ишлаб чиқиш ва унда икки минтақа мулоқотининг умумий ёндашувлари, асосий принциплари ва йўналишларини мустаҳкамлаб қўйиш ташаббуси давлатимиз раҳбари томонидан 2021 йил июль ойида ўтказилган «Марказий ва Жанубий Осиё: минтақавий ўзаро боғлиқлик. Таҳдидлар ва имкониятлар» мавзусидаги Тошкент конференциясида илгари сурилган эди.

Шунингдек, ҳужжатда Президентимизнинг 2022 йилни Иқтисодий ҳамкорлик ташкилоти доирасида "Ўзаро боғлиқликни мустаҳкамлаш йили" деб эълон қилиш таклифи юқори баҳоланган.

Генеральная Ассамблея ООН поддержала очередную важную инициативу Президента Узбекистана Шавката Мирзиёева. Все государства-члены организации единогласно одобрили специальную резолюцию об укреплении взаимосвязанности между Центральной и Южной Азией, разработанную Узбекистаном в соавторстве с 40 странами.

Инициативу о принятии этой резолюции и закреплении в ней общих подходов, основных принципов и направлений диалога между регионами Центральной и Южной Азии глава нашего государства выдвинул на Ташкентской конференции «Центральная и Южная Азия: региональная взаимосвязанность. Вызовы и возможности», состоявшейся в июле 2021 года.

В документе также дается высокая оценка инициативе Президента нашей страны о провозглашении 2022 года в рамках Организации экономического сотрудничества «Годом укрепления взаимосвязанности».

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
🔹Bosh qomus muhokamasida🔹

🔷“O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining umumxalq muhokamasi mazkur infografikada.

🔷Ushbu ma’lumot Konstitutsiyaviy komissiya Matbuot xizmatining rasmiy telegram kanalida e’lon qilindi.

#DavKadastrPalata #konstitutsiya

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
⚜️Ibrat onlari⚜️

🌍 Insonga, bu dunyoda hech qachon tugamaydigandek tuyilgan narsalar ham bir kun kelib nihoyasiga yetadi... Ne’matlarni qadriga yeting azizlar, shukronasini qiling!

#DavKadastrPalata #ibratli_so_zlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tezkor #Foydali

Kadastr qilish uchun nima qilish kerak?

🎥 Ushubu videoda ko’pchilikni qiziqtiradigan savollarga javob berilgan.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
▫️Auksion savdolariga taqdim etilgan yerlar savdosi▫️

🔳 Tadbirkorlik uchun mulk va ijara huquqi bilan savdoga chiqarilgan yer uchastkalarini respublika miqyosida tanishing!

Bugungi kunda e-auksion.uz 70 mingdan ortiq yer uchastkalarini taklif etmoqda:

📧 45230 ta dehqon xo'jaligi uchun yerlar (ko'rish)
📧 28380 ta tadbirkorlik uchun yerlar (ko'rish)
📧 809 ta qishloq xo'jaligi uchun yerlar (ko'rish)
📧 376 ta ko'p qavatli turar joy uchun yerlar (ko'rish)
📧 702 ta yoshlar sanoat zonalaridagi yerlar (ko'rish)
📧 558 ta kichik sanoat zonalaridagi yerlar (ko'rish)
📧 55 ta erkin iqtisodiy zonalardagi yerlar (ko'rish)
📧 9 ta Yangi O'zbekiston massivlari uchun yerlar (ko'rish)

#DavKadastrPalata #auksion

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
▫️Hududlardan yaxshi tashabbus▫️

Toshkent viloyati boshqarmasining Axborot xizmati bo‘limi eshigiga "English zone" yozuv taxtasi ilindi.

🔷Har sohada bo‘lgani kabi Kadastr tizimida ham ingliz tilini bilguvchi mutaxassislar yo‘q emas. Biroq, amaliyotsiz har qanday til ham unutilishi hech kimga sir emas.

🔷Tajriba orttirish, til imkoniyatlarini oshirish, bilmaganlarga esa o‘rgatish maqsadida boshqarmaning mazkur bo‘limiga tashrif buyurgan har qanday xodimdan imkoniyati darajasida ingliz tilida so‘zlashishi talab etiladi. Rahbarlar ham bundan mustasno emas.

🔷Davlat kadastrlari palatasi ushbu tashabbusni qo‘llab quvvatlaydi, zero qo‘shimcha til bilish, sohani xorij bilan hamkorligida va uning natijasida tizimning rivojida alohida ahamiyat kasb etadi.

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔹Davlat ro‘yxatidan o'tgan 🔹

🖥 Davlat kadastrlari palatasi hududlar bo‘yicha 2022 yil 7-13 iyul kunlaridagi ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish yuzasidan jami ma’lumotlarni taqdim etadi.

📊 Ushbu ma’lumotda siz, ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

📝 O'tgan vaqt oralig'ida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 8 788 tani tashkil etdi.

#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
▫️Huquqiy savodxonlik oyligi▫️

❗️ "Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik -

🔰 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organga yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik - fuqarolarga eng kam ish haqining o‘n baravari, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. ".

#DavKadastrPalata #yer_kodeksidan_moddalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
🔹Auksion savdolariga taqdim etilgan yer uchastkalarining haftalik hisoboti🔹

📧
Respublikamizning barcha hududlari bo‘yicha 06-13 iyul kunlari auksion savdolariga taqdim etilgan 1 683 ta yer uchastkalarining statistik ma’lumotlari bilan tanishing.

📧 Davlat kadastrlari palatasi taqdim etgan ma'limotlar asosida e-auksion.uz da qatnashing va shaffof, ochiq yo'l bilan yer uchastkalarini sotib oling!

#DavKadastrPalata #auksion #info

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
▫️Ko‘chmas mulk savdosi▫️

Ko‘chmas mulk bozorida narxlarning o‘sishi keskin sekinlashdi- deya ma’lumot bermoqda Spot.uz -biznes va texnologiyalar saytida.

◻️ Markaziy bankning so‘nggi hisobotiga ko‘ra, 2022-yilning ikkinchi choragida ko‘chmas mulk bozoridagi faollikning o‘sishi tezlashdi.

◻️Aprel-iyun oylarida ko‘chmas mulk bilan bog‘liq 81,9 mingta bitimlar ro‘yxatga olingan, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,2 foizga ko‘pdir.

◻️Uy-joy bozoridagi faollik deyarli barcha viloyatlarda, asosan Xorazm (+27,8 foiz), Qoraqalpog‘iston (+17,2 foiz), Navoiy (+17 foiz) va Jizzax (+16,8 foiz) viloyatlarida o‘sdi. Bir oz pasayish faqat Toshkent viloyatida kuzatildi - har chorakda -2,8%.

#DavKadastrPalata #ko_chmas_mulk #narxlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔹Hududiy yangiliklar🔹

💠 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilgan.

💠 Masalalarning hal etilishi, ko‘rsatmalar va murojaatlarning ijobiy yechimlari Parkent tuman kadastri misolida ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
▫️Huquqiy savodxonlik oyligi▫️

❗️Tabiiy resurslarga egalik huquqini buzish

🔰 Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash bo‘lgan va tutash bo‘lmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish, —fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravari, mansabdor shaxslarga esa — uch yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

⚜️ O‘zbekiston Respublikasi 
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks
60-modda.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
▫️Hududlarda matbuot anjumani▫️

💠 Kuni kecha Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarlari rahbar va mutaxassislari tomonidan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda 2022-yil boshidan 6 oy davomida amalga oshirilgan ishlar hamda ishchi-xodimlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi keng ko‘lamli ishlar yuzasidan ma’lumotlar yig'ilgan ommaviy axborot vositalari vakillariga taqdim etildi.

💠 Xuddi shunday matbuot anjumani jurnalist va blogerlar ishtirokida Samarqand viloyati boshqarmasida ham o'tkazilmoqda. Unda boshqarma tomonidan 2022-yilning 1-yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berilmoqda.

#DavKadastrPalata #matbuot_anjumani

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi muddati 1 avgustgacha uzaytirildi

⚜️ Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi umumxalq muhokamasining muddatini 1 avgustgacha uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

⚜️ Qonun loyihasida taklif etilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar Konstitutsiyaning 60 dan ortiq moddasini qamrab oladi. Unda inson qadrini ulug‘lash, aholi farovonligini ta’minlash, iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish kabi ko‘plab normalar belgilanmoqda.


#DavKadastrPalata #konstitutsiya

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▫️Korrupsiya - taraqqiyot dushmani▫️

🔘 Har qanday yo'nalish va sohani tubdan rivojlantirishda korrupsiyaga qarshi immunitetni shakllantirishdan lozimdir. Bunda insonning tarbiyasi, oilasidagi muhit katta ahamiyatga ega.

📹 Mazkur videorolik orqali ana shu fikrlar olg‘a surilgan.

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
🔹Kadastr tizimidagi o‘zgarishlar ortiqcha “yugur-yugur”larga chek qo‘ymoqda🔹

🇺🇿Yangi O‘zbekiston” ijtimoiy-siyosiy nashri saytida bugun e’lon qilingan mazkur sarlavhada Davlat kadastrlari palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Nozimjon Inamov sohadagi yangiliklar, o‘tgan davrda aholiga yaratilayotgan qulayliklar bo‘yicha qilingan ishlar haqida batafsil ma’lumot beradi.

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
▫️Huquqiy savodxonlik oyligi▫️

🔲 Bugun Davlat kadastrlari palatasida, “Huquqiy savodxonlik oyligi” doirasida Markaziy apparatning Birinchi bo‘limi yo‘nalishiga oid huquqiy dars soati tashkil etildi.

🔲 Unda, bo‘limning vazifalari, qonuniy talablardan kelib chiqqan holda yo‘nalishni tashkil etish talablari tahlil etildi. Shuningdek, qonunchilikda bo‘limga oid yangi chiqqan qarorlar ishtirokchilarga tanishtirildi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_dars

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube