DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
30.3K subscribers
10.3K photos
1.57K videos
1 file
6.11K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.me/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
🔹Press tur davom etmoqda🔹

🔷 Press turda ishtirok etayotgan OAV vakillari, blogerlar, jurnalistlardan iborat ijodiy guruh havoning yog’ingarchiligi sabab qishloq xo’jaligi yerlari xatlovida qisqa fursat bo’lib kun tartibidagi keyingi manzilga yo’l oldilar.

🔷 Ular Davlat kadastrlari palatasida Yerlarni geopartalga joylashtirish bo’yicha ma’lumotlarga ega bo’ladilar.

#DavKadastrPalata #press_tur #xatlov #geoportal

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
🔹Davlat kadastrlari palatasida Press tur🔹

🔷 Davlat kadastrlari palatasiga yetib kelgan bir guruh ommaviy axborot vositalari vakillari Press turning navbatdagi manzilida Yer xatlovidan so‘ng bosqich bo‘yicha geopartalga kirgizish va yer fondi turlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

🔷 Press tur yer munosabatlaridagi qonunchilikdagi o‘zgarishlar davrida ayni muddao bo‘lganini qayd etgan jurnalistlarda savollar juda ko‘p bo‘ldi, javoblar mehmonlarda yana savollar tug‘dirdi.

🔷 Shu vaqtga qadar davom etgan press turning matbuot anjumani juda qizg‘in baxs munozaralarga boy o‘tdi. Bu haqda alohida tez orada videoreportajda yana ma’lumot beramiz...

#DavKadastrPalata #press_tur #xatlov #geoportal

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#tayinlov

DSQ Raisi Kadastr agentligining yangi direktorini tanishtirdi

Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev
Prezident qarori bilan Kadastr agentligi direktori lavozimiga tayinlangan Pulatov Farrux Jaxongirovichni jamoaga tanishtirdi.

Sh. Kudbiyev keyingi yillarda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy jahatdan rivojlantirishga qaratilgan islohotlarning asosiy yo‘nalishi hech bir sohada, jumladan soliq va kadastr sohasida korrupsiyaga o‘rin qoldirmaslikka qaratilganini taʼkidladi.

Shu jihatdan kadastr tizimini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish, birinchi rahbardan tortib oddiy xizmatchigacha korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabat bildirish ularning birinchi galdagi vazifasi bo‘lishi lozimligini qayd etdi.

F.Pulatovga Agentlikning ahil jamoasi bilan ulkan marralarni zabt etishini tiladi.

Prezidentimiz va xalqimiz ishonchini oqlashiga, tizimni takomillashtirishda munosib hissa qo‘shishiga ishonch bildirdi.

F.Pulatov Adliya katta maslahatchisi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
🔲O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 10 iyuldagi 186-son qaroriga ko'ra Yer uchastkalariga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bo'yicha ma'lumot.

#DavKadastrPalata #huquqiy_bilim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
▫️Effeсt.uz Press tur haqida▫️

🔘 "Yer hisobini yuritilishi - huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlari amalga oshirilishi, yer munosabatlari sohasidan ijtimoiy barqarorlikni o‘rnatishda, korrupsion holatlarni oldini olish, qonun ustuvorligini ta’minlashda shaffof tizim sifatida xizmat qiladi"
— deydi Davlat kadastrlari palatasi yer kadastrini yuritish bo‘limi boshlig‘i Faxriddin Niyozov Effeсt.uzga bergan intervyusida.

#DavKadastrPalata #Press_tur #oav_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
▫️Hududiy yangiliklar▫️

◻️ Fuqarolarning murojaatlari asosiy masala va uning hal etilishiga barcha sohalarda alohida e’tibor qaratilgan. Kadastr sohasida esa bu yo‘nalishga tizimli yondoshilgan. Hususan muntazam o‘tkaziladigan sayyor qabullar, fuqarolar bilan jonli muloqotlar fikrimiz dalilidir.

◻️ Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi jismoniy va yuridik shaxslarning kadastr sohasida yuzaga kelayotgan muammolarini o‘rganish va ularni hal qilish yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi.

◻️Jizzax viloyatining Zarbdor tumani aholisi uchun esa sayyor qabul joriy yilning 31 mart kuni soat 10:00 da o‘tkaziladi.

Eslatma:
Respublikamizning  barcha hududlarida bu kabi sayyor qabullar jadval asosida o‘tkazilib kelinmoqda.

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
▫️Yangi O‘zbekiston”- press tur haqida▫️

◻️ “Bugungi kunda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi mutaxassislari tomonidan nafaqat qishloq xo‘jaligi, balki barcha yer maydonlari hamda ko‘chmas mulk ob’ektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va maxsus geoportalga kiritish ishlari davom etyapti.

◻️ Davlat kadastrlari palatasida “Yerlarni xatlovdan o‘tkazish va geoportalga joylashtirish” jarayonlariga bag‘ishlangan press-tur davomida jurnalistlar bunga bevosita guvoh bo‘ldi.” -deydi “Yangi O‘zbekiston” gazetasining saytida berilgan maqolada.

#DavKadastrPalata #Press_tur #oav_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube