DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
30.4K subscribers
10.3K photos
1.57K videos
1 file
6.11K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.me/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Sayyor qabullarimiz OAV nigohida


🌟Kuni-kecha, poytaxtimizning Yashnobod tumanida Davlat kadastrlari palatasi rais o'rinbosari R.Nishanov boshchiligida o'tkazilgan sayyor qabulda fuqarolarning sohaga oid murojaatlari o'rganilgani haqida xabar bergan edik.

◼️Mazkur qabul tafsilotlariga oid batafsil ma'lumotlar "Renessans" telekanalining "Ovoza" informatsion dasturida efirga namoyish etildi.

Shuningdek quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda:

▫️UzA maqolasida;
▫️"Hurfikr.uz" telegram kanalida;
▫️"Nazorat.uz" telegram kanalida;
▫️"Ochun.uz" telegram kanalida yoritildi.

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🤯Uyimni oldida bo'sh yer bor va uni qanday qilib qonuniylashtirsam bo'ladi?

🌟 Davlat kadastrlari palatasi bo'lim boshlig'i – Sanjar Abdurazzoqov: Ko'p qavatli uylarga tutash hududlarda qurilish qilish yoki xususiylashtirish mumkin emas.

▶️ 👉 Batafsil videoda

▶️ "Zo‘r TV" telekanalining "O‘zimizda" tok-shousida Kadastr sohasiga oid yangiliklar borasida mutaxassislar ma'lumotlar berishdi.

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😀😃😄😆😊

937-qonun haqida bilishingiz muhim


🗓 2024-yil 8-noyabrdan kuchga kiruvchi "O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi O'RQ-937-sonli Qonun haqida bilishingiz muhim boʻlgan alohida jihatlar qisqa maʼlumotlarimizda berib boramiz.

👉 Qiziqqanlarga tarqating va bizni kuzatib boring!

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😀😃😄😆😊

937-qonun haqida bilishingiz muhim


🗓 2024-yil 8-noyabrdan kuchga kiruvchi "O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi O'RQ-937-sonli Qonun haqida bilishingiz muhim boʻlgan alohida jihatlar qisqa maʼlumotlarimizda berib boramiz.

👉 Qiziqqanlarga tarqating va bizni kuzatib boring!

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat
kadastrlari palatasiga kelib tushgan murojaatlar statistikasi

⭐️🌟Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi faoliyati xizmat ko'rsatish bilan bog'liq bo'lgani sababli, tashkilotda aholi murojaatlari bilan ishlashga alohida e'tibor qaratilgan.

📊 Ushbu infografika orqali 2024-yil yanvar-oktabr oylarida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kelib tushgan murojaatlar haqida batafsil ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #murojaatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat kadastrini baholash yuzasidan seminar


🇺🇿 Bugun Davlat kadastrlari palatasida Rossiya federatsiyasi Davlat ro'yxatidan o'tkazish, kadastr va kartografiya Federal xizmati - Rosreyestr mutaxassislari tomonidan Markaziy apparat hamda Toshkent shahri va viloyat boshqarmalari xodimlari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Unda Davlat kadastrini baholashning tamoyillari, professional yondashuvlari va usullari, baholash natijalari to'g'risida hisobot berish uchun qo'yiladigan talablar mavzularida suhbat olib borildi hamda tizimda joriy qilinayotgan yangi mexanizmlar borasida xorijiy mutaxassislar bilan fikrlar almashildi.

#DavKadastrPalata #halqaro_hamkorlik

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

XATLOV QAYSI MAHALLADA, QACHON O'TKAZILISHI MA'LUM QILINDI


⭐️🌟 Avval xabar berganimizdek, Kadastr agentligida oʻtkazilgan matbuot anjumanida “E'TIROF” AAT dasturi taqdimotidan soʻng, O'RQ - 937-son qonuniga muvofiq respublikamizning barcha hududlarida mahalla kesimida bosqichma-bosqich oʻtkaziladigan xatlovlar reja-grafigi ham eʻlon qilindi.

▶️ Hurmatli yurtdoshlar Siz ham oʻz mahallangiz reja-grafikka asosan xatlovdan qachon oʻtkazilishini bilishni istasangiz Kadastr.uz sayti orqali aniqlashingiz mumkin.

👉 Qiziqqanlarga tarqating va bizni kuzatib boring!

#DavKadastrPalata #xatlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ko'chmas mulk obyektlari statistikasi

📊 Davlat kadastrlari palatasi respublikamizdagi jami ko'chmas mulk obyektlari statistikasini taqdim etadi.

🗓 Hisobot davri: 2024-yil 1-noyabr holatiga ko'ra.

#DavKadastrPalata #DKP_statistikasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🫥 Xabaringiz bor, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi mutaxassislari tomonidan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari hamda tuman-shahar bo'lim va filiallari xodimlari uchun profilaktik tadbirlar muntazam ravishda tashkil etilmoqda.

◼️Xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish, korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi, poraxo‘rlik va firibgarlik kabi jinoyatlar yuzaga kelishini oldini olish maqsadida o'tkazilgan tadbirlar o'tgan bir hafta davomida quyidagi hududiy boshqarmalarda yoritildi:

▫️Jizzax viloyati 1,
2, 3, 4
▫️Namangan viloyati 1, 2, 3, 4
▫️Surxondaryo viloyati 1, 2, 3
▫️Sirdaryo viloyati 1, 2, 3
▫️Buxoro viloyati 1, 2
▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi 1, 2
▫️Qashqadaryo viloyati
▫️Farg'ona viloyati
▫️Toshkent viloyati
▫️Xorazm viloyati
▫️Samarqand viloyati
▫️Andijon viloyati

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🟦🟦🟦

Ariza berilishi talab etilmaydi


Ariza berilishi talab etilmaydigan, oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish boʻyicha tadbiq etilgan qonun haqida aniq va toʻliq maʼlumotlarga ega boʻlishni istasangiz muzkur videoni tomosha qiling! 👆

🌏 Qonuning toʻliq matni: https://lex.uz/docs/7049383

❗️Yodda tuting, qonun 2024-yil, 08-noyabrdan kuchaga kiradi.

🌐 https://www.youtube.com/watch?v=gAActsA-T9I

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

ISHONCH VA UMIDLARINI BOG'LOVCHI KO'PRIK


Assalomu alaykum hurmatli hamkasblar!
Bugun 2024 yil, 8-noyabr!

🗓 Bu kun tarixga "O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuni kuchga kirgan kun sifatida muhrlandi.

🇺🇿Bu kun necha yillardan buyon vatandoshlarimizni qiynab kelayotgan ulkan muammolaridan biriga bosqichma-bosqich barham berilishining muqaddimasidir.

⭐️🌟Mazkur sharafli, shuning bilan birga mashaqqatli faoliyatni ya'ni yurtimiz bo'ylab xatlov jarayonlarini boshlash arafasida ekanmiz, barchangizga kuch-quvvat, metin iroda, sabr-toqat, shijoat va g'ayrat tilab qolaman. Tashkilotimizdagi har bir xodimning, ayniqsa, kadastr muhandislari va topograflarning amalga oshirajak har bir zahmatli ishlari, mehnatlari biz uchun qadrlidir!

Zero, mazkur muhim hodisada vatanimiz va yurtdoshlarimiz orasida ularning ishonch va umidlarini bog'lovchi ko'prik vazifasini bajarish aynan bizning zimmamizdagi burchimizdir.

🇺🇿 Ishonch bilan ayta olamanki, sizdek o'z kasbiga sadoqatli hamkasblarimiz bor ekan, yurtboshimiz, davlatimiz va xalqimizning bizga bildirayotgan yuksak ishonchlarini albatta yorug' yuz bilan oqlaymiz!

➡️ Shunday bo'lsada, har biringizdan yana bir bor o'z vazifalaringizni xalqimizni rozi qilish yo'lida halol, pok va vijdonan hamda sidqidildan bajarishingizni so'rab qolaman!

Hurmat ila
Davlat kadastrlari palatasi raisi M.K.Valiyev


#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O'RQ-937-son qonuni kuchga kirdi
!!!

⚡️ Bugundan O'zbekiston Respublikasining "O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi 937-sonli Qonuni kuchga kirdi hamda Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida yurtimiz bo'ylab xatlov jarayonlari boshlandi.

Shu munosabat bilan Davlat kadastrlari palatasi axborot xizmati mazkur video orqali fuqarolarimizning davlat organlariga murojaat qilishlari shart emasligi hamda firibgarlarga aldanib qolmasliklari haqida ogohlantiradi.

#DavKadastrPalata #937_qonun

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

XATLOV BOSHLANGAN MAHALLALAR JADVALI

⭐️ Kadastr agentligining tasdiqlangan reja-grafigi asosida O'zbekiston Respublikasining "O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi 937-sonli Qonuniga binoan xatlov ishlari boshlangan.

🌟 Mazkur videoinfografika orqali 2024-yil, 8-noyabrdan respublika boʻyicha xatlov ishlari tuman/shaharlarning qayshi mahallalarida boshlangani toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

▶️ Siz ham oʻz mahallangiz reja-grafikka asosan xatlovdan qachon oʻtkazilishini bilishni istasangiz Kadastr.uz sayti orqali aniqlashingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #xatlov2024

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

XATLOV QANDAY BOSHLANDI?!

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasining "O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi 937-sonli Qonuni kuchga kirdi hamda Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida kuni kecha yurtimiz bo'ylab xatlov ishlari boshlandi.

🌟 Davlat kadastrlari palatasi xodimlari ishtirokidagi xatlov jarayonlari bilan hududiy telegram kanallarimiz orqali kuzatib boring:

🇺🇿 Qoraqalpog'iston Respublikasi
🇺🇿 Surxondaryo viloyati

🇺🇿 Farg'ona viloyati
🇺🇿 Toshkent viloyati
🇺🇿 Xorazm viloyati
🇺🇿 Qashqadaryo viloyati
🇺🇿 Sirdaryo viloyati
🇺🇿 Andijon viloyati

#DavKadastrPalata #xatlov2024

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Respublikamiz ko'chalari haqida ma'lumot

🌟 Davlat kadastrlari palatasi tomonidan respublikamizdagi binolar, inshootlar, manzillarni raqamlashtirish ya'ni Davlat reyestriga kiritilishi barobarida ko'chalarning ham hisobi yuritiladi.

◼️ Mazkur infografika orqali Respublikamiz bo'yicha tuman shaharlardagi ko'chalar soni va ularning Davlat reyestriga kiritilishi tahlili bilan tanishishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #ko_chalar #dkp_statistikasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😀😃😄😆😊

Huquqlarni e'tirof etish bosqichlari va to'lovlari

Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish uchun quyidagi miqdorlarda bir martalik to‘lov undiriladi:

▪️Toshkent shahrida — BHMning 5 baravari miqdorida;
▪️ Nukus shahrida va viloyatlar markazlarida — BHMning 3 baravari miqdorida;
▪️viloyatlar bo‘ysunuvidagi boshqa shaharlarda — BHMning 2 baravari miqdorida;
▪️ boshqa aholi punktlarida — BHMning 1 baravari miqdorida.

😮 Bir martalik to‘lovni to‘lashdan quyidagilar ozod etiladi:

🫥 bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida bir martalik yig‘imni to‘liq to‘lagan shaxslar;
🫥 I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar.

🫥 “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan shaxslardan bir martalik to‘lov ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan to‘lovning 50 foizi miqdorida undiriladi.


▫️ Asos: 🇺🇿O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi O'RQ-937-sonli Qonuni

#DavKadastrPalata #937_qonun

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O‘zbekistonda 11-noyabr - kasaba uyushmalari kuni


🇺🇿 Yurtimizda 2020-yil 23-noyabrdagi “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kunini belgilash to‘g‘risida”gi 648-sonli qonuniga muvofiq, 11-noyabr mamlakatimizda kasaba uyushmalarining rasmiy kuni sifatida belgilanib, nishonlab kelinmoqda.

🇺🇿 O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi 34,5 mingdan ortiq boshlang‘ich tashkilotni o‘z ichiga olgan 14 tarmoq kasaba uyushmasi tarkibida 5,5 million a’zoni, jumladan, 2,6 million nafar xotin-qizlar va 2 million nafardan ortiq 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni birlashtirgan.

👍 Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati Kasaba uyushmasi qo'mitasi tomonidan xodimlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va manfaatlarini himoya qilish, qulay va xavfsiz mehnat sharoitlarini ta'minlash, ularning madaniy xordiq olishlariga imkon yaratish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida turli madaniy hamda sport tadbirlari doimiy ravishda o'tkazib borilmoqda.

🇺🇿Davlat kadastrlari palatasi jamoasi barcha kasaba uyushmalari xodimlari, faollari hamda a'zolarini samimiy muborakbod etadi hamda xonadonlaringizdan hech qachon tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka, baxt va omad arimasligini tilaydi!

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat ro'yxatidan o'tgan obyektlar statistikasi

📊 Davlat kadastrlari palatasi Respublika bo'yicha ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma'lumotlarni taqdim etadi.

📆 Hisobot davri: 2024-yil, yanvar- oktabr oyi

▫️ O'tgan o'tgan davr mobainida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 805 650 tani tashkil etdi.

Izoh: Mazkur hisobotda qabul qilingan arizalar faqat ish kunlarida ko‘rib chiqilishini ma’lum qilamiz.

#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Soliq to'lamagan yer uchun ham huquq e'tirof etiladimi?

🇺🇿 "Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida"gi Qonunining (O'RQ-937-son, 05.08.2024-y.) mazmun-mohiyati bo'yicha ma'lumotlar batafsil videoda.

▶️ "Sevimli" telekanalining "Yangi hayot" ijtimoiy-siyosiy tok-shousida ushbu Qonun yuzasidan ma'lumotlar soha mutahassislari tomonidan taqdim etildi.

#DavKadastrPalata #937_qonun

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🟦🟦🟦🟦

Xalqaro sportda kadastrchilar


⭐️🌟 Kadastr agentligi, Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi xodimi Qodirov Oybek Zarip o'g'li Abu Dabida o'tkazilgan "AJP WORLD CHAMPIONSHIP 2024" xalqaro musobaqasida "JIU-JITSU" bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi a'zosi sifatida ishtirok etdi.

🥇Joriy yilning 10-noyabrida Oybek Qodirov "JIU-JITSU"sport turi bo'yicha erkaklar havaskor ko'k kamar sohiblari o'rtasida 3 200 ball bilan kumush medal sohibi bo'ldi, hamda dunyo miqyosida 64-o'rinni, O'rta Osiyoda 24-o'rinni va O'zbekistonda 1-o'rinni egalladi.

🌟Davlat kadastrlari palatasi Oybek Qodirovni mazkur g'alaba bilan samimiy qutlaydi hamda kelajakda bundanda yuqori marralarni zabt etib, xalqaro musobaqalarda Respublikamiz sha'nini munosib himoya qilishda davom etishida omad va zafarlar tilab qoladi.

#DavKadastrPalata #yoshlar #xush_xabar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM