DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
30K subscribers
10.3K photos
1.57K videos
1 file
6.13K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.me/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkiy davlatlar tashkiloti sammitidagi ishtiroki

🇺🇿 Prezidentimiz kengash yig'ilishida Falastin-Isroil muammosining yagona va eng adolatli yechimi, Global logistika zanjirlari va transport yo‘laklarini rivojlantirish va diversifikatsiya qilish, yagona tranzit tarmog‘ini shakllantirish masalalari, afg‘on xalqiga insonparvarlik yordami ko‘rsatishni susaytirmaslikka, bu yurtdagi o‘tkir ijtimoiy muammolarni hal etishga qaratilgan aniq mexanizmlarni ishlab chiqish masalalarida nutq so'zladi va o'z takliflarini bildirdi.

◼️Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Prezidenti turkiy xalqlar birdamligini, ularning buyuk o‘tmishi va boy madaniyatini, azaliy qadriyatlarini ifoda etadigan Turkiy dunyo xartiyasini ishlab chiqishni taklif etdi.

◼️Turkiy davlatlar tashkiloti Davlatlar rahbarlari kengashi yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga turkiy xalqlar oilasining birligini mustahkamlashga, turkiy mamlakatlarning manfaatlari va qarashlarini xalqaro maydonda faol ilgari surishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun yuksak mukofot – “Turkiy dunyoning oliy ordeni”ni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

◼️Shuning bilan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun Ostona shahriga amaliy tashrifini yakunladi va Toshkentga jo‘nab ketdi.

Batafsil: https://president.uz/uz/lists/view/6832

#DavKadastrPalata #Prezident

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ayolga e'tibor – kelajakka e'tibor

⭐️🌟Bugun Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi tashabbusi bilan Xorazm viloyatida kadastr sohasidagi xotin-qizlarning  bilim va tajribalarini yanada oshirish, ish tizimida va oiladagi o‘rnini yanada yaxshilash maqsadida “Oila muqaddas dargoh” mavzusida navbatdagi hududiy seminar tashkil etildi.

🌐 Seminarda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati mas'ullari bilan birgalikda hududiy Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i, psixolog va huquqshunos ishtirok etib, Xorazm viloyatida tizimda xotin-qizlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, ularni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan amalga oshiralayotgan tadbirlar, oilada va ish faoliyatida ma'naviy-axloqiy muhitini yanada yaxshilash mavzularida suhbatlashildi.

🌐 Seminardan so'ng, viloyat tizim xotin-qizlari uchun sayyor qabul o'tkazildi. Qabulda sohada faoliyat yuritayotgan ayollarimiz muammolari yaqindan o'rganilib, ularga huquqiy yechimlar berildi hamda ayrim murojaatlarga vakolat va imkoniyat doirasida ko'maklashishga kelishildi.

🕌 Tadbir so'nggida sohada uzoq yillar davomida faoliyat yurtib kelayotgan xotin-qizlar tashkilotchilar tomonidan taqdirlanganlaridan so'ng, birgalikda ko'hna Xiva shahridagi madaniy meros obyektlari va ziyoratgohlariga sayohat qilindi.

#DavKadastrPalata #xotin_qizlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Murojaatlar tahlili

🌟 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2023 yil oktabr oyida jami 5 537 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida ko'radigan bo'lsak:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 100
Andijon viloyati - 195
Buxoro viloyati - 379
Samarqand viloyati - 354
Sirdaryo viloyati - 172
Surxondaryo viloyati - 622
Qashqadaryo viloyati - 581
Toshkent shahar - 783
Toshkent viloyati - 784
Navoiy viloyati - 137
Namangan viloyati - 96
Xorazm viloyati - 434
Jizzax viloyati - 224
Farg‘ona viloyati - 291
◼️ Davlat kadastrlari palatasi - 385

📊 Yuqoridagi infografikada siz - murojaatlarning yo‘nalishi va ularning ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar #haftalik_natijalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy savodxonlik soati


🌟 Kuni kecha, Davlat kadastrlari palatasida reja jadvalga muvofiq, navbatdagi huquqiy targ'ibot soati bo'lib o'tdi. Markaziy apparat hamda ZOOM platformasi orqali ishtirok etayotgan hududiy boshqarmalar xodimlari ishtirokidagi bugungi yig'ilish Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-avgustdagi "Geografik obyektlarga nom berish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida" gi 386-son qarori izohiga bag'ishlandi.

◼️ Yig'ilishda ushbu qarorning mazmun-mohiyati, kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalar haqida Davlat kadastrlari palatasi Geografik obyektlar nomlari ekspertizasi bo'limi mutaxassisi D.Qodirov xodimlarga tushunchalar berdi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_savodxonlik

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DKP hafta ichida

🏪 Hududlarda noyabr oyida o'tkazilishi rejalashtirilgan onlayn audio muloqotlar.

🏪 Oktabr oyida Davlat ekspertizasidan o'tkazilgan geografik obyekt nomlari.

🏪 Davlat kadastrlari palatasining jamoatchilik bilan aloqalari.

🏪 Hududiy faoliyatimiz OAV nigohida.

🏪 Auksionga taqdim etilgan yer uchastkalari, davlat ro'yxatidan o'tkazish, kadastr pasportini shakllantirish hamda murojaatlar bo'yicha oylik statistikalar.

🏪 Qoraqalpog'iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida tizim xotin-qizlari uchun seminar hamda sayyor qabul tashkillashtirildi.

🏪 Hududlarda korrupsiyaga qarshi o'tkazilgan tadbirlar.

🏪 Hududlarda sayyor qabullar.

🏪 Davlat kadastrlari palatasida navbatdagi huquqiy targ'ibot soati o'tkazildi.

#DavKadastrPalata #hafta_davomida #daydjest

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot

💸 Ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish

👨‍💻 Ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish o‘quv dasturlari va rejalari Toshkent geodeziya va kartografiya kolleji Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi  tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bilan birgalikda ishlab chiqiladi.

🖥 Malaka oshirish o‘quv dasturlari va rejalari ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning asosiy faoliyat yo‘nalishlariga muvofiq bo‘lishi kerak. Kurslarni tamomlangandan so‘ng ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar markaz tomonidan test shaklida sinovdan o‘tkaziladi. Malaka oshirish kurslarida o‘tilgan o‘quv dasturlari va rejalari asosida 50 tadan iborat test tuziladi hamda ularni tuzishda boshqa manbalardan foydalanish ta'qiqlanadi.

🏪 Ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarga test sinovlarini topshirish uchun bir soat vaqt beriladi.

➡️ Test sinovlari natijasiga ko‘ra 56 foizdan yuqori ball to‘plagan ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar test sinovidan o‘tgan hisoblanadi hamda ularga ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchining malaka oshirish kurslarida o‘qiganligi to‘g‘risida sertifikat beriladi. Test sinovlaridan o‘ta olmagan yoki malaka oshirish kurslaridan chetlatilgan ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar 6 oy davomida malaka oshirish kurslarida qayta o‘qitiladi. Bunda malaka oshirish bilan bog‘liq xarajatlar ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O‘zbekiston - 2030 strategiyasi

🇺🇿 «O‘zbekiston - 2030» strategiyasida 2023 yilga mo‘ljallangan 100 ta maqsadlardan biri - 60- maqsadda hududlarni kompleks rivojlantirish rejalashtirilgan.

#DavKadastrPalata #strategiya

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😂😁〽️🔸

Hududiy faoliyatimiz OAV nigohida

🌟 Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari tomonidan o'tgan bir hafta davomida tashqi OAV larga  chiqishlar mazmuni bilan tanishishingiz mumkin:

◼️Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati ishtirokida hududlarda o'tkazilgan sayyor qabullar haqida:

▫️Asrnews.uz maqolasida;
▫️Qashqadaryo MTRK telekanalida;

◼️ Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalarining asosiy faoliyatlari doirasida amalga oshirilgan ishlar haqida:

▫️"Yangi Farg'ona" gazetasida;
▫️Surxondaryo MTRK telekanalida;
▫️Jizzax radiokanalida;
▫️Farg'ona radiosida;
▫️UzA maqolasida;

◼️ Hududiy boshqarmаda korrupsiyaga qarshi o'tkazilgan tadbirl haqida Post Jizzax telegram kanalida;

◼️ Farg'ona viloyatida o'tkazilgan matbuot anjumani tafsilotlari haqida Farg'ona MTRK telekanalida;

◼️ Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida tizim xotin-qizlari uchun o'tkazilgan seminar va sayyor qabullar haqida batafsil Xorazm MTRK telekanalining Xorazm24 informatsion dasturida yoritildi.

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM