DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
30K subscribers
10.3K photos
1.57K videos
1 file
6.13K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.me/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Самарқанд шаҳрида Бутунжаҳон туризм ташкилоти Бош Ассамблеясининг 25-сессияси очилиш маросимида иштирок этди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в церемонии открытия 25-й сессии Генеральной Ассамблеи Всемирной туристской организации в городе Самарканде.

#Mirziyoyev #sessiya #YNVTO #turizm

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot

💠 Yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

mulk qilib berish (realizatsiya qilish) — qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq, shu jumladan yakka tartibda uy-joy qurish hamda uy-joyni obodonlashtirish, tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun elektron onlayn-auksion vositasida;

doimiy foydalanishga berish — Yer Kodeksining 20-moddasida nazarda tutilgan hollarda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan;

ijaraga berish — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan, shuningdek ochiq elektron tanlov va elektron onlayn-auksion vositasida.

Egalikdagi, foydalanishdagi, ijaradagi va mulk qilib berilgan yer uchastkasini berish (realizatsiya qilish) ushbu Kodeksda belgilangan tartibda faqat shu yer uchastkasi belgilangan tartibda olib qo‘yilganidan (sotib olinganidan) va davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin amalga oshiriladi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hududlarda nazorat ishlari

🌟 Tizimni yanada takomillashtirish, ishni sifatli tashkil qilish hamda aholiga xizmat ko'rsatish darajasini rivojlantirish yuzasidan Davlat kadastrlari palatasida ko'plab ishlar amalga oshirilmoqda.

💠 Kuni kecha, Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati tomonidan Farg'ona hamda Namangan viloyatlarida o'rganish ishlari olib borildi. Hududlarning tuman filiallarida ishlarning tashkil etilishi holatlari tahlil etildi.

▶️ Batafsil videorolikda👆

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xalqaro standardlarni joriy qilish yo'lida ilk qadam

🌟 Davlat kadastrlari palatasida “ISO 9001 – Sifat menejmenti tizimi" va “ISO 37001 – Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimlari" xalqaro standartlari asosida ish faoliyatini tashkil qilish va yuritish, mehnat samaradorligini oshirish, ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilash, korrupsiya illatlarining oldini olishda yangi mexanizmlarni ishlab chiqish va joriy qilish maqsadida bir qancha vazifalar belgilangan.

◼️Bugun esa ushbu integratsiyalashgan boshqaruv tizimini joriy qilish bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda o‘tkazilgan tanlov natijalari bo‘yicha tashqi maslahatchi sifatida shartnoma tuzilgan “ALFAKON SYSTEMS” MChJ bilan tashkilotning 1-uchrashuvi bo'lib o'tdi. Yig'ilishda Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari A.Suyunov, MCHJ rahbari hamda ishchi guruh a'zolari ishtirok etishdi. Mazkur yig'ilishda tuzilgan ishchi guruh a'zolarining vazifalari, ushbu standardlar bo'yicha qo'yilgan talablar va ularni bajarish bo'yicha asosiy vazifalar belgilab olindi.

◼️Davlat kadastrlari palatasida integratsiyalashgan boshqaruv tizimi joriy qilinib, sertifikatni qo'lga kiritish orqali fuqarolarga ko'rsatiladigan xizmatlarning sifatini oshirish, muammoli shikoyatlarni keskin kamaytirish hamda korrupsiya holatlarini oldini olishga erishish ko'zda tutilgan.

#DavKadastrPalata #ISO

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Auksionga taqdim etilgan yer uchastkalari statistikasi

🌟 Davlat kadastrlari palatasi tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun respublika miqyosida yer uchastkalarini elektron onlayn auksionga taqdim etish bo'yicha haftalik statistikani havola etadi:

📆 Hisobot davri: 10-16-oktabr, 2023-yil

📁 Jami: 100 tа

🗣 e-auksion.uz - elektron onlayn auksionda qatnashing va shaffof, ochiq yo'l bilan yer uchastkalarini sotib oling!

#DavKadastrPalata #auksion #info

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xususiy mulkni “E-auksion shop” platformasi orqali sotish tartibi tasdiqlandi

◼️Hukumat qarori bilan (540-son, 16.10.2023 y.) Xususiy mulkdorlar buyurtmasi asosida ularning mulklarini soddalashtirilgan tartib va muddatlarda “E-auksion shop” elektron savdo do‘koni orqali sotish va ijaraga berish bo‘yicha savdolar o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

◼️Xususiy mulkdorlar buyurtmasiga asosan ularning mulklari “E-auksion shop” elektron savdo do‘konida quyidagi usullarda sotiladi:

- narxni oshirib borish tamoyili asosida;
- e’lon qilingan narxda sotish orqali.

👉🏻 Batafsil

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat ro'yxatidan o'tgan obyektlar statistikasi

🌟Davlat kadastrlari palatasi respublika bo'yicha ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma'lumotlarni taqdim etadi.

📆 Hisobot davri: 11-17-oktabr, 2023-yil

◼️O'tgan vaqt oralig'ida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 6 875 tani tashkil etdi.

#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

@Dkpuz_bot - javob beradi

✉️  SAVOL: Ko'chma savdo do'konlari uchun kadastr pasporti tayyorlashni qanday shartlari bor?

✍️JAVOB: 

O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 83-moddasiga ko'ra, mol-mulk fuqarolik huquqlari obyekti sifatida ko‘chmas mulkka va ko‘char mulkka bo‘linadi. Ko‘chmas mulk jumlasiga kirmaydigan mol-mulk ko‘char mulk hisoblanadi. Ko‘char mulkka kadastr pasporti berilmaydi va unga bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish talab etilmaydi,

Qonunchilikka ko'ra, ko‘chma savdo joyini ijaraga olish huquqi “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali elektron onlayn-auksionda sotiladi. Bunda elektron onlayn-auksion g‘olibiga ko‘chma savdo joyini ko‘pi bilan 36 oygacha ijaraga beriladi, ko‘chma savdoning “K-SAVDO” avtomatlashtirilgan axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma yer uchastkasi ijarasi shartnomasiga tenglashtiriladi.

****

👉 @Dkpuz_bot 👈  yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga  mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📝 Kartografik monitoring — joyning holatini kartografik jihatdan o‘rganish maqsadida yer yuzasini uzluksiz kuzatish tizimi.

#DavKadastrPalata #kadastr_atamalari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Korrupsiyaga qarshi kurashda

🌟Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalarida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo'yicha profilaktik tadbirlar o'tkazib kelinmoqda.

◼️Ushbu davra suhbatlarida xodimlarni o‘z xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarishi, huquqbuzarliklarni oldini olish, turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishning ayanchli holatlariga toqnash kelmaslikka chorlash maqsadlari ko'zlangan. Mazkur hafta ushbu mavzudagi davra suhbatlari quyidagi hududiy boshqarmalarida o‘tkazildi:

▫️Samarqand viloyati
▫️Sirdaryo viloyati
▫️Farg'ona viloyati

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM