DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
30K subscribers
10.3K photos
1.57K videos
1 file
6.13K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.me/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat ro'yxatidan o'tgan obyektlar statistikasi

🌟 Davlat kadastrlari palatasi respublika bo'yicha ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma'lumotlarni taqdim etadi.

📆 Hisobot davri: 6-12 - sentabr, 2023-yil

◼️O'tgan vaqt oralig'ida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 8 064 tani tashkil etdi.

#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot

👨‍💻 Ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning malakasi har 3 yilda kamida bir marta oshiriladi. Malaka oshirish kurslari ko‘p bilan yetmish ikki soatni tashkil etadi.

🔹 Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning reyestrini yuritadi.

📃 Reyestrda ro‘yxatdan o‘tkazuvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, lavozimi, ma’lumoti, mutaxassisligi, mehnat staji, malakasini oshirgan va attestatsiyadan o‘tgan vaqti hamda boshqa zarur ma’lumotlar aks ettiriladi.

◼️Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ reyestrdagi ma’lumotlarga asosan ro‘yxatdan o‘tkazuvchining malaka oshirish muddati kelishidan o‘n besh kun oldin uning malakasini oshirish bo‘yicha markazga murojaat qiladi.

Markaz ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning murojaatini kelib tushgan kundan boshlab besh kun ichida ko‘rib chiqadi va ro‘yxatdan o‘tkazuvchini malaka oshirish kursiga qabul qiladi yoki qabul qilishni rad etadi hamda bu haqda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organni xabardor qiladi. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ taqdim qilgan ma’lumotlar to‘liq bo‘lmaganda yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etgan taqdirda, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning murojaati rad etiladi. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning murojaatini boshqa asoslarga ko‘ra rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟 Xabaringiz bor, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi fuqarolarning hujjatsiz uy-joylariga mulk huquqi e’tirof etilishi yuzasidan Prezidentning 119-son Farmoni qabul qilingan.

📃 Mazkur Farmonning ijrosi yuzasidan hududlarda tegishli Shtablar tashkil qilinib ishlar jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Xatlov ishlarini sifatli va tezkor yakunlash, uy-joylarni inventarizatsiyadan o‘tkazish maqsadida tizimdan yana qo‘shimcha xodimlar jalb qilinmoqda.

💠 Kuni kecha, hududda o‘tkazilgan yig‘ilish bajarilgan ishlar tahlili va oldindagi rejalarga bag‘ishlandi. Davlat kadastrlari palatasi raisi o‘rinbosari R.Nishanov, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i A. Raxmatov boshchiligida o‘tgan uchrashuvda xatlov ishlariga jalb qilingan xodimlarga belgilangan vazifalarni bajarishda ishonchni suiiste’mol qilmaslik va korruopsion holatlar yuzaga kelmasligi uchun ishni to‘g‘ri tashkil qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr pasporti shakllantirish statistikasi

🌟 Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari tomonidan shakllantirilgan kadastr pasportlari mazkur videoinfografikada berilgan.

📆 Hisobot davri: 7- 13- sentabr, 2023 yil

📊 Jami kelib tushgan: 16 575 ta
Shakllantirilgan: 5 438 ta

#DavKadastrPalata #kadastr_pasporti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿Kadastrda yangi tayinlovlar

⭐️🌟 Kadastr agentligi direktorining tegishli buyrug'iga binoan Davlat kadastrlari palatasining bir qator tuman, shahar filiallariga yangi rahbarlar tayinlandi.

🇺🇿Shukurxonov Shuxrat Dilshod o'g'li - Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi Nurafshon shahar filiali boshlig'i lavozimiga;

🇺🇿Artigaliyev Rustam Sabirjanovich - Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi Yangiyo'l shahar filiali boshlig'i lavozimiga;

🇺🇿Xoldorov Otabek Karim o'g'li - Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi Toshkent tumani filiali boshlig'i lavozimiga;

🇺🇿Abidov Aziz Xamidullayevich - Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi Zangiota tumani filiali boshlig'i lavozimiga tayinlandi.

#DavKadastrPalata #tayinlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DIQQAT E’LON!

▶️ Hurmatli Toshkent shahar Yunusobod tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🌟 Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari Abdulaziz Yunusov hamda poytaxtning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

📆 Sayyor qabul kuni: 2023-yil, 20-sentabr, soat 11:00 da

⬇️Manzil: Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasi, 112-uyda joylashgan TATUning akademik litseyi binosi.


📱 Qabulga yozilish uchun (71) 231-68-52 (ichki 212) va (71) 235-44-69 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
IJTIMOIY SO'ROVNOMA.

KADASTR XIZMATLARIDAN FOYDALANISHDA QANDAY IMTIYOZLAR MAVJUD?

🎞 Yuqoridagi savol bilan yurtdoshlarimizga yuzlandik.

Batafsil ma'lumotlarni va to'liq javobni video orqali bilib olishingiz mumkin.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr muhandisining malaka imtihonlari

🇺🇿Xabaringiz bor, Hukumatning 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qarorigadagi “Ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning” ma'muriy reglamentiga muvofiq  kadastr muhandisiga qo‘yilgan talablarga talabgorning mos kelishini tekshirish maqsadida komissiya tomonidan bir necha bosqichda malaka imtihonilari o'tkazilmoqda.

💠 Bugun ham,  Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasida malaka imtihoniga kelgan 40 nafar talabgorlar  test sinovlari  ko‘rinishida malakala imtihonlarini topshirishmoqda.

#DavKadastrPalata #malaka_shahodatnomasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy bilimlarni oshiramiz

🌟 Kuni kecha, Davlat kadastrlari palatasida navbatdagi huquqiy bilimlar soati tashkil etildi. Unda, Hukumatning "Ko'chmas mulkni bo'lish va uning yangi chegaralarini belgilash bo'yicha davlat xizmatlari ko'rsatishning Ma'muriy reglamenti" to'g'risidagi 424-son qarori hamda Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vaqtida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish masalalari bo'yicha nizom sharhi tinglandi.

📃 Ko‘chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi, bo'lim boshlig'i I.Rahimov mazkur qarorning mazmun-mohiyati hamda uning ijrosi yuzasidan yig'ilganlarga atroflicha ma'lumot berdi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_savodxonlik

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
☺️☺️☺️☺️☺️
Murojaatlar tahlili

📃 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2023 yil 12-15 - sentabr kunlari jami 1 353 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida ko'radigan bo'lsak:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 32
Andijon viloyati - 29
Buxoro viloyati - 100
Samarqand viloyati - 73
Sirdaryo viloyati - 47
Surxondaryo viloyati - 114
Qashqadaryo viloyati - 156
Toshkent shahar - 173
Toshkent viloyati - 184
Navoiy viloyati - 28
Namangan viloyati - 26
Xorazm viloyati - 130
Jizzax viloyati - 65
Farg‘ona viloyati - 95
🌟 Davlat kadastrlari palatasi - 101

📊 Yuqoridagi infografikada siz - murojaatlarning yo‘nalishi va ularning ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar #haftalik_natijalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hududlarda ijro intizomi holatiga e’tibor

◼️ Joriy yil, 14-15 - sentabr kunlari Davlat kadastrlari palatasi raisi M.K.Valiyev hududlarda olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Sirdaryo va Jizzax viloyatlarining bir necha tuman, shahar filiallarini ko‘zdan kechirdi.

🌟 Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati rahbariyati va hududiy boshqarmalarning qator mutasaddilari bilan birgalikda chekka tumanlarda bo‘lishib, ishlarning tashkil etilishi va asosan xodimlarda ijro intizomi holatiga alohida e’tibor qaratdi. Arxiv hujjatlari, kadastr pasporti va uni ro'yxatdan o‘tkazish masalalari, UzKAD dasturiga davlat obyektlarini kiritish va murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha qator yo‘nalishlarni o‘rganish yuzasidan xodimlar bilan uchrashdi. Bundan tashqari rahbariyat tumanlarda ish sur’atini o‘rganish barobarida xodimlarga yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

◼️ Hududiy filiallarda bo‘lib qaytgandan so‘ng, palata raisi boshchiligida Zoom platformasi orqali kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda asosiy masala bo‘lgan ijro intizomiga e’tibor qaratilib, tizimda korrupsiya holatlarining oldini olish kabi mavzular tahlil etildi. O‘tgan 8 oy davomida qilingan ishlar bo‘yicha hisobotlar tinglanib, ilg‘orlar e’tirof etildi. Natijadorligi orqada bo‘lgan ayrim xodimlarga nisbatan intizomiy jazo chorasi - hayfsan e’lon qilinib, bir qancha xodimlarga ogohlantirish berildi.

#DavKadastrPalata #info #ijro_intizomi #rais_yig_ilishi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM