DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
30K subscribers
10.3K photos
1.57K videos
1 file
6.13K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.me/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
#Kadastr_agentligi #hudud_intervyu

🌍 YERNI ASRAGANNI- EL ASRAYDI.

🌟 Kadastr xizmatlarini ko'rsatish, yer va kadastr nazorat ishlarini olib borish yo'nalishlarida amalga oshirilgan ishlar va shunga o'xshash bir qancha savollarga O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i-Habibov Yashin Xayrullayevich javob berdi.

➡️ Hurmatli fuqarolar loyihamizning navbatdagi mehmoni 🌟Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i bo'ladi. Sizda Kadastr sohasiga oid savollaringiz bormi unda 📱Telegram messenjeri orqali @Kadastrga_murojaat akauntiga yuborishingiz mumkin.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🧡Mulohaza uchun 🧡

🌟 Davlat kadastrlari palatasi korrupsiyaga qarshi kurashga chorlaydi.

Yer bilan bog'liq korrupsiya va tamagirlik holatlariga duch kelsangiz huquqni muhofaza qilish organlariga yoki 1097 qisqa raqamiga murojaat qiling!

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
▪️Uchko'prikda sayyor qabul▪️ ⚡️ Ayni dam, Farg'ona viloyatining Uchko'prik tumanida Davlat kadastrlari palatasi raisining birinchi o'rinbosari Inamov Nozimjon Ravshanovich ishtirokida sayyor qabul bo'lib o'tmoqda. ◼️Sayyor qabul davomida kadastr faoliyatiga…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️OAV biz haqimizda▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi raisi oʻrinbosari boshchiligida kuni kecha Farg'ona viloyatining Uchko'prik tumanida oʻtkazilgan sayyor qabul davomida kadastr faoliyatiga tegishli masalalar bilan murojaat qilgan 30 dan ortiq fuqaro va tadbirkorlarning 13ta masalalari joyida echim topdi.

▶️ Uchrashuv haqida batafsil Fargʻona telekanaliningYangiliklar” informatsion dasturidagi lavhada.

#DavKadastrPalata #oav_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Davlat ro'yxatidan o'tgan obyektlar statistikasi▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi respublika bo'yicha ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma'lumotlarni taqdim etadi.

📆 Hisobot davri: 07-13-iyun, 2023-yil

◼️O'tgan vaqt oralig'ida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 7 868 tani tashkil etdi.

#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Geoinnovatsiya #xalqaro_uchrashuv

🟢Avval xabar berganimizdek 🇰🇷 Koreya Respublikasining 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi  Tijoriy hamkorlik masalalari bo‘yicha bo‘linmasi (KOTRA), Koreya Yer, infrastruktura va transport vazirligi hamda 🌟Kadastr agentligi "Geoinnovatsiya markazi" davlat unitar korxonasi hamkorligida “Drone Show” ilmiy-amaliy seminari bo'lib o'tmoqda.

🗣Ayni damda poytaxtimizning "Hilton" mehmonxonasida 🇰🇷 Koreya Respublikasining Koreya Yer, infrastruktura va transport vazirligi huzuridagi Koreya Aviatsiya xavfsizligi texnologiyalari instituti hamda 🌟Kadastr agentligi "Geoinnovatsiya markazi" DUK o'rtasida o'zaro tomonlarga manfaatdor bo'lgan sohalarda hamkorlikni yo'lga qo'yish maqsadida 🖋AHDLASHUV BAYONNOMASI imzolanmoqda.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️RASMIY MUNOSABAT▪️

Qaynota kelin mojarosida ham kadastr aybdormi?!

⚡️ Bugun "O‘zbekiston24" telekanali va ijtimoiy tarmoqlarda yoritilgan ma'lumot Xorazm viloyatining Xiva shahrida kadastr xodimining shaxsiy hayotiga oid masala bo‘lishiga qaramay, “Tashkilot xodimi pora bilan ushlandi” mavzusida talqin etilishi tashkilotni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qoralashdan boshqa narsa emas.

ANIQLIK KIRITAMIZ !

◼️ Joriy yilning 2-may kuni fuqaro K.X. IIV Xorazm viloyati Boshqarmasiga murojaat qilib, fuqaro Sh.X. undan muqaddam sotib olgan yer maydoni uchun pul mablag‘i (60 ming AQSh dollari) talab qilayotganini bildirgan. Murojaatga asosan IIB hamda DXX xodimlari tomonidan faol tadbir o‘tkazilib, so‘ralgan pul mablag‘ini arizachi tomonidan olib borilganda, Sh.X. ushbu mablag‘ni tanishi R. T. ga berib qo‘yishlarini telefon orqali aytgan. Shundan keyin tadbir davom ettirilib, Sh.X. aytgan shaxs tomonidan pul mablag‘ini qabul qilgan vaqtida IIB xodimlari tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan.

◼️Sh.X. bilan suxbat o‘tkazilganda, ushbu qurilishi tugallanmagan turar joy binosi ularning oilaviy mulki bo‘lsada, turmush o‘rtog‘ining akasi A.J. tomonidan ularni xabardor etmasdan fuqaro K. X. ga sotib yuborganligidan norozi bo‘lib kelganligini bildirgan. Shuningdek, yuqoridagi turar joy hujjatlarini bekor qilish yuzasidan kadastr hamda hokimiyat idoralariga murojaat qilganini, lekin hech qanday natija bo‘lmaganligini aytib o‘tgan.

❗️ Shu yerda alohida qayd etamiz, gumonlanib ushlangan fuqaro - Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmasi Xiva tumani filiali kadastr yig‘majildlarini tayyorlash sho‘basi kadastr muhandisi vazifasida haqiqatdan faoliyat yuritadi, ammo u talab qilgan pul mablag‘lari o‘zining shaxsiy mojarosidagi masala ekanligini yana bir bor ta’kidlaymiz.

👔 Korupsiyaviy holatlarni yoritishdan avval, ma’lumotlarni aniq qilib surishtirish va uni yoritishda to'g'ri talqin qilish - juda muhim. Zero, ko‘ngilsiz holatlarda nafaqat inson sha’ni- qadr qimmati, balki tashkilot nomi – unda esa minglab fuqarolarning ham qadri toptalishi mumkinligini unutmaslik juda muhim.

#DavKadastrPalata #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Huquqiy ma'lumot▪️

⚜️ Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish bo'yicha

Agar auksion g‘olibi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yer uchastkasi narxini bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatidan foydalanish istagini bildirsa, unga ko‘chirmani olgan kundan boshlab buyurtmachi bilan yozma shaklda shartnoma imzolash uchun 5 ish kunlik muddat beriladi.

⚖️ Bunda, auksion g‘olibi tomonidan shartnoma imzolanmasa va/yoki shartnoma imzolangandan so‘ng to‘lash rad etilsa (to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmasa) auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnoma, mulk huquqi uchun rasmiylashtirilgan davlat orderi o‘z kuchini yo‘qotgan hisoblanadi hamda bu haqida buyurtmachi o‘zining “YERELEKTRON” AATdagi kabineti orqali Davlat kadastrlar palatasini ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ko‘chirmani bekor qilishi to‘g‘risida hamda operatorni yer uchastkasini takroriy elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish bo‘yicha xabardor qiladi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Kadastrda bilimga e’tibor▪️

◼️ Xabaringiz bor, Davlat kadastrlari palatasi kitobxonlarni qo‘llab quvvatlash maqsadida barcha hududlardagi xodimlar uchun “Mutolaa soati”ni yo‘lga qo‘ygan. Bundan tashqari Markaziy apparat binosining har bir qavatida kitoblar burchagi tashkil qilinib, undagi kitoblar muntazam yangilanib borilmoqda.

📚 Kuni kecha esa, Kadastr agentligi Markaziy apparati va tizim xodimlari uchun katta yangilik bo‘lgan “Ma’naviyat va ma’rifat” xonasi hamda “Kadastr kutubxonasi”ning ochilish marosimi o‘tkazildi. Unda Kadastr agentligi direktorining o'rinbosarlari Allaberganov Atabek Validjanovich, Abdullayev Abdushukur Hamidovich hamda Ma’naviyat va ma’rifat markazidan mas'ullar qatnashishdi.

➡️ Ramziy lenta kesilib yig‘ilganlar ma’naviy hayotimizda muhim bo‘lgan milliy ornamentlar bilan bezatilgan Ma’naviyat xonasini hamda bir necha minglab sohaviy va badiiy adabiyotlarga boy bo‘lgan kutubxonani ko‘zdan kechirdilar. Qayd etish kerakki, tizimda faoliyat ko‘rsatuvchi barcha xodimlar kutubxonaga a’zolikni qo‘lga kiritishlari mumkin.

#DavKadastrPalata #kadastrda_kutubxona

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM