DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
38.8K subscribers
10K photos
1.52K videos
1 file
5.97K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.me/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
▪️Huquqiy ma'lumot▪️

💰 Quyidagi hollarda manzilni belgilash uchun to‘lov undirilmaydi:

▫️ ko‘chmas mulk joylashgan ma’muriy — hududiy birlik o‘zgarganda;
▫️ ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda, obyektning qolgan qismiga eski manzili berilganda;
▫️ ko‘chaning nomi o‘zgarishi bilan ushbu ko‘chada joylashgan barcha ko‘chmas mulklarning manziliga o‘zgartirish kiritilganda;
▫️ nomsiz ko‘chalarga nom berilishi bilan ushbu ko‘chada joylashgan barcha ko‘chmas mulklarning manzili belgilanganda va manziliga o‘zgartirish kiritilganda;
▫️ qonunchilik hujjatlariga muvofiq aholi punktlarining nomlanishi va chegaralari o‘zgarganda, shu jumladan, bir hududdan boshqa hududga o‘tkazilganda (turar yoki noturar ko‘chmas mulk obyektida rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish mavjud bo‘lgan hollar bundan mustasno).

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️DKPning jamoatchilik bilan aloqalari▪️

🌟 Jamoatchilik bilan aloqalar har bir sohada yangilanish, o‘zgarishlarga yetaklovchi yo‘l sanaladi. Shu sabab har bir tanqidiy, tahliliy fikrlarga to‘g‘ri yondashgan holda Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati hamda hududiy boshqarmalarining axborot xizmatlari ularni o‘rganib, zaruriy choralarni ko‘rishda davom etadi.

📊 Mazkur ma'lumotlar - Davlat kadastrlari palatasining Markaziy apparati va hududiy boshqarmalariga kelib tushgan murojaatlarga matbuot xizmatlarining rasmiy munosabatlari tahlili bo'yicha.

#DavKadastrPalata #oav_biz_haqimizda #axborot_hisoboti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️Matbuot anjumanidan▪️

◼️ Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi mutasaddilari ishtirokida “O'zbekiston Respublikasida yer hisobining yuritilishi hamda ko'chmas mulkka oid qonunchilikdagi yangiliklar” mavzusidagi matbuot anjumani.

🗣 Savol: Biz bilamiz ikkita viloyatning ikkita tumanida sinov tariqasida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu hisob-kitoblar palataning hisobi bilan birlashtirilyaptimi?

👔Javobni Davlat kadastrlari palatasi Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish boshqarmasi boshlig‘i Sanjar Abdurazzoqov bergan.

#DavKadastrPalata #matbuot_anjumani

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #unese #xalqaro_uchrashuv

🇺🇳 BMT Yevropa Iqtisodiy Komissiyasining (UNECE) Yer boshqaruvi bo‘yicha ishchi guruhi (WPLA) byurosi kotibiyati taklifiga binoan, joriy yilning 4–5-aprel sanasida 👍Kadastr agentligi direktori F. Pulatov boshchiligidagi delegatsiya Yer boshqaruvi bo‘yicha ishchi guruhning 13-sessiyasida ishtirok etdi.

➡️Sessiya – UNECEga aʼzo davlatlarda hal etilishi kerak bo‘lgan masalalar, yer boshqaruvi va kadastr idoralari strategiyalari, UNECE mintaqasida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar himoyalanishi, yer boshqaruvida xavfsizlik va geofazoviy maʼlumotlar yo‘nalishidagi tajribalar bilan tanishish, yer va ko‘chmas mulk boshqaruvi siyosatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish masalalariga bag‘ishlandi.

🗣 Sessiyaning xalqaro tajriba almashish blokida:

Bolqon davlatlari va O‘zbekistonda huquqni belgilovchi hujjatlari mavjud bo‘lmagan bino va inshootlarni rasmiylashtirish bo‘yicha tajriba almashildi. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan yer va ko‘chmas mulk munosabatlari borasidagi islohotlar, qonuniy asoslar bilan tanishtirildi.

yer boshqaruvida raqamli transformatsiya va maʼlumotlar xavfsizligi masalalari ko‘rib chiqildi.

‼️Maʼlumot uchun: UNECE WPLA tadqiqotlariga ko‘ra rivojlanayotgan dunyoda shahar aholisining qariyb 33 foizi noqonuniy qurilishga mansub aholi punktlarida istiqomat qiladi va UNECEga aʼzo 20 ta mamlakatda ushbu ko‘rsatkich 50 million aholi soniga teng.

Shuningdek, tashrif doirasida BMTning Yer boshqaruvi bo‘yicha ishchi guruh, O‘rmonlar, yer va uy-joy bo‘limi, Xalqaro geodezistlar federatsiyasi vakillari, Yevropa va MDH davlatlarining yer, geodeziya, kadastr va qurilish sohalari bo‘yicha masʼul idora rahbarlari, akademik davra vakillari bilan o‘zaro muloqot va uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️1-chorak davomida 130 855 ta kadastr pasporti shakllantirilgan▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi ko‘chmas mulkning kadastr pasportini shakllantirish yuzasidan 2023 yil 1-chorak davomida respublika bo‘yicha kelib tushgan arizalar va tayyorlangan kadastr pasportlari to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni mazkur infografika orqali ko‘rishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #kadastr_pasporti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live #Kadastr
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️

🎤MATBUOT ANJUMANI🎤

🟢Ayni damda, O‘zbekiston Milliy matbuot markazida 🌟Kadastr agentligi hamda 💫Davlat kadastrlari palatasi Farg'ona viloyati boshqarmalari boshliqlari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tmoqda.

🗣Mavzu: “Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Farg'ona viloyat boshqarmalari tomonidan 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2023-yilda bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar to'g'risida".

🌐 Mazkur matbuot tadbirini 🌟Kadastr agentligining YouTube kanali orqali jonli kuzatishingiz mumkin.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Matbuot anjumanidan▪️

◼️Farg'ona viloyatida qishloq xo‘jaligi yerlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish (“UZKAD”) bo‘yicha:

🫥 2022-yil holatiga ko'ra, 72 038 ta fermer va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalarining 370 970 gektar yer uchastkalari (yer turi, konturlari, chegarasi va huquq egalari haqidagi barcha ma’lumotlar) onlayn geoportal orqali Milliy geografik axborot tizimiga to‘liq kiritildi, bunda:

▪️ 296 947 gektar ijaradagi fermer xo‘jaliklari;
▪️ 4 932 gektar yordamchi xo‘jaliklari;
▪️ 1 159 gektar ilmiy-tekshirish muassalari va o‘quv yurtlari;
▪️ 28 432 gektar tashkilot va korxonalari;
▪️ 760 gektar dehqon xo‘jaliklari;
▪️ 31 245 gektar qishloq xo‘jaligi zaxira yer maydonlari dasturga kiritilgan.

Mazkur yer uchastkalari Milliy geografik axborot tizimida to‘liq davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Mirzaxmedov Ravshan
Davlat kadastrlari palatasi Farg'ona viloyati boshqarmasi boshlig'i

#DavKadastrPalata #matbuot_anjumani #Farg_ona_viloyati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📆 08.04.2023
💫 Mohi Ramazonning saharlik va iftorlik vaqtlarini biz bilan bilib boring!

Muqaddas oyning bugun 17 - kuni

☀️ Saharlik vaqti – 04:34
🌛 Iftorlik vaqti – 18:57

#DavKadastrPalata #RamazonMuborak

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔹Murojaatlar tahlili🔹

🌟 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2023 yil 31-mart- 7-aprel kunlari jami 1 405 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida ko'radigan bo'lsak:

▫️Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 54
▫️Andijon viloyati - 56
▫️Buxoro viloyati - 98
▫️Samarqand viloyati - 127
▫️Sirdaryo viloyati - 41
▫️Surxondaryo viloyati - 185
▫️Qashqadaryo viloyati - 157
▫️Toshkent shahar - 178
▫️Toshkent viloyati - 174
▫️Navoiy viloyati - 8
▫️Namangan viloyati - 40
▫️Xorazm viloyati - 102
▫️Jizzax viloyati - 81
▫️ Farg‘ona viloyati - 81
◽️Davlat kadastrlari palatasi - 23

Yuqoridagi infografikada siz - murojaatlarning yo‘nalishi va ularning ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar #haftalik_natijalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Yangi qurilgan bino uchun soliq▪️

📉 Tadbirkorlar yangi qurilgan ko‘p qavatli ishlab chiqarish binolari, 2023-yil 1-yanvardan keyin foydalanishga topshirilgan binolar yuzasidan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha hisoblangan summani quyidagi pasaytiruvchi koeffitsientni qo‘llagan holda, bino foydalanishga topshirilgan oydan boshlab 3 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga to‘laydi:

3 qavatli binoga – 0,9;
4 qavatli binoga – 0,8,;
5 qavatli binoga – 0,7;
6 qavatli binoga – 0,6;
7 va undan yuqori qavatli binoga – 0,5.

🛄 Bundan respublikaning shaharlari, shuningdek, Toshkent viloyatining Zangiota, Qibray va Toshkent tumanlarida joylashgan binolar mustasno.

#DavKadastrPalata #soliq_ma_lumotlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📆 09.04.2023
💫 Mohi Ramazonning saharlik va iftorlik vaqtlarini biz bilan bilib boring!

Muqaddas oyning bugun 18 - kuni

☀️ Saharlik vaqti – 04:32
🌛 Iftorlik vaqti – 18:58

#DavKadastrPalata #RamazonMuborak

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️9-aprel - Amir Temur tavalludining 687 yilligi▪️

⚜️ Bugun buyuk davlat arbobi va sarkarda, yirik markazlashgan davlat va mashhur sulola asoschisi, ilmu-fan namoyandalarining homiysi Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun.

🏹 Buyuk sarkarda 1336-yilning 9-aprelida Kesh yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida da tug'ilgan. Amir Temur - dunyo tarixida juda katta nom qoldira olgan buyuk sarkarda, O‘rta asrlarning eng mashhur afsonaviy qo‘mondoni, ulkan imperiya asoschisi, Temuriylar sulolasining bosh bo‘g‘ini, kuchli strateteg va siyosatchi, hayotida davomida biror marta bo‘lsa ham raqibga yengilmagan buyuk inson, bir necha asarlar muallifi hisoblanadi.

📝 Eng taniqli asari bo'lmish, "Temur tuzuklari"da davlat tizimi, davlatdagi turli lavozimlarning vazifasi, undagi turli toifalar va ularga munosabat, davlatni boshqarishga asos bo‘lgan qoidalar, qo‘shinlarning tuzilishi, tartibi, uni boshqarish kabi masalalar bayoni yurtimiz ravnaqiga bugungacha hissa qo'shib kelmoqda.

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #xizmatlar

💻 Yer uchastkasini uydan chiqmasdan turib xususiylashtirishingiz mumkin

📆 Onlayn ariza topshirishga 4 daqiqa, javobni olishga esa 5 kun kifoya qiladi

o‘zingizga tegishli ko‘chmas mulk – yer uchastkalarini (ko‘p qavatli uylar bundan mustasno) my.gov.uz portali orqali onlayn xususiylashtirishingiz mumkin. (agar bino kadastrdan o‘tmagan bo‘lsa, yer xususiylashtirilmaydi)

Jismoniy shaxslardan hech qanday hujjat talab etilmaydi

🧑‍💻Yuridik shaxslardan: yuridik shaxsning yer uchastkasini sotib olish to‘g‘risidagi qarori so‘raladi.

Ushbu qulaylikdan foydalanish uchun my.gov.uz portaliga kirib:

🅰️ tegishli xizmatni tanlanadi
🅰️ bo‘sh katakka kadastr raqamini yoziladi
🅰️ o‘ziningiz haqingizdagi ma’lumotlarni tekshirasiz va to‘ldirasiz
🅰️ yakunida to‘lovni amalga oshiriladi

⭕️Bunda:

🪙Arizani ko‘rib chiqish uchun – 27 000 so‘m (0.09 БҲМ)
💰Yer uchastkasini xususiylashtirish uchun differensial to‘lov undiriladi

➡️ Xizmatdan foydalanish

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⌛️ “Davlat kadastrlari palatasi hafta davomida” dasturi 3-9-aprel kunlarida tizimda ro‘y bergan muhim yangiliklar haqida xabar beradi.

#DavKadastrPalata #hafta_davomida #daydjest

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM