DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
42.8K subscribers
9.88K photos
1.5K videos
1 file
5.89K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.me/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
▪️Ma’naviyatimizda buyuk siymolar o‘rni▪️

⚜️ Bugun so’z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi hamda adabiyot va sheʼriyatda oʻziga xos oʻrin egallagan adib, shoir va yirik davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bag’ishlab Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi tomonidan "Ma'naviyatimizda buyuk siymolar o'rni" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

⭐️ Kadastr agentligi direktori o'rinbosari Mirsaid Mirmaksudov boshchiligida bo'lib o'tgan tadbirda O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi, O'zbek adabiy til me'yorlari va davlat tilida ish yuritish markazi hamda O'zbek tilini rivojlantirish jamg'armasi vakillar qatnashib Navoiy va Boburning hayoti va ularning o'zbek tili rivojiga qo'shgan hissasi haqida so'z yuritdilar.

◼️Davlat tilida ish yuritishga oid chop etilgan bir necha kitoblar taqdimotidan so‘ng, mehmonlarga tizim rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #xalqaro_aloqalar

🌍 Fazoviy ma'lumotlar infratuzilmasi bo'yicha Evrosiyo tashabbusi (Eurasia SDI) ishtirokchi davlatlari va tashkiliy qo‘mita a’zolarining 2023-yildagi ilk onlayn formatdagi uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Uchrashuvdan ko’zlangan maqsad 2023-yilda tashkiliy qo’mitaning faoliyati va kelgusi rejalarini muhokama qilish hamda 2023-2024yillarda Fazoviy ma'lumotlar infratuzilmasi bo'yicha “Evrosiyo SDI” konferensiyasini o’tkazish bo’yicha mezbon davlatlarni aniqlash muhokamasi hisoblanadi.

Ma’lumot uchun: Fazoviy ma'lumotlar infratuzilmasi bo'yicha Evrosiyo tashabbusining doimiy a’zolari 🇰🇷Koreya Respublikasi, 🇧🇾Belarus Respublikasi, 🇰🇿Qozog’iston Respublikasi, 🇰🇬Qirg’iziston Respublikasi, 🇹🇯Tojikiston Respublikasi, 🇲🇳Mo‘g’uliston va 🇺🇿O’zbekiston Respublikasi hisoblanib, tashabbusning asosiy maqsadi Koreyaning rivojlanayotgan davlatlar bilan geoaxborot tizimlari va fazoviy ma’lumotlarni rivojlantirishda bilimlar transferi va tajriba almashishdan iborat.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Bilimli yoshlar - kadastr kelajagi▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi yetakchi mutaхassisi Yunusov Begench Mavlanberdiyevich – “Aholi punkti yerlari hisobi uslubini geoaxborot texnologiyalari asosida takomillashtirish (Jizzax viloyati misolida)” mavzusidagi – “Yer tuzish, kadastr va yer monitoringi” ixtisosligida texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qildi.

📃 Mazkur ilmiy daraja bilan hamkasbimizni Davlat kadastrlari palatasi jamoasi nomidan chin dildan muborakbod etamiz.

#DavKadastrPalata #ilmiy_daraja

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️OAV biz haqimizda▪️

◼️Xabaringiz bor, 9-fevral kuni Samarqand viloyatining Payariq tumanida Davlat kadastrlari palatasi raisining o'rinbosari Suyunov Ahmadjon boshchiligida sayyor qabul o'tkazilgandi.

◼️Samarqand MTRK telekanalining "Kun xabarlari" dasturida yig'ilgan tuman fuqarolarining masalalari qay tarzda ko'rib chiqilayotgani haqida batafsil ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

➡️ Bundan tashqari, ushbu sayyor qabul "Payariqliklar" hamda Payariq tumani hokimligi rasmiy telegram kanallarida ham yoritildi.

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев ижтимоий соҳаларга масъул раҳбарларни қабул қилди.

Президент Шавкат Мирзиёев принял руководителей, ответственных за социальные сферы.

#Mirziyoyev #yigilish #ijtimoiysoha #vazirliklar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
⚜️ Bugun, 14-fevral O'zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga 540 yil to‘ldi.

🔤Yod etmas emish kishini mehnatda kishi,
Shod etmas emish ko'ngulni g'urbatda kishi.
Ko'nglum bu g'ariblikda shod o'lmadi hech,
G'urbatda sevunmas emish, albatta, kishi.

Zahiriddin Muhammad Bobur

#DavKadastrPalata #muhim_sanalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▪️Ma’naviy yetuklik sari▪️

📚Buyuk siymolarimizning nodir misralari hamon ona tilimizda, qalbimizda yashab kelmoqda. Shuningdek, kadastr mutaxassislari ham nafaqat soha doirasida, balki Navoiy va Boburxonlikda ham anchagina bilim va tushunchaga egadirlar.

🌟 Davlat kadastrlari palatasida xodimlar uchun kitobxonlik yaxshi tashkil qilingan hamda bu mutaxassislarning dunyoqarash va fikrlashini yanada o'sishiga xizmat qilmoqda.

#DavKadastrPalata #ma_naviy_yetuklik_sari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Auksionga chiqarilgan yer uchastkalari▪️

🪩 Respublikamizning barcha hududlari bo‘yicha 2023 yil 7-10-fevral kunlari auksion savdolariga taqdim etilgan 309 ta yer uchastkalarining statistik ma’lumotlari bilan tanishing.

👍 Davlat kadastrlari palatasi taqdim etgan ma'lumotlar asosida e-auksion.uz da qatnashing va shaffof, ochiq yo'l bilan yer uchastkalarini sotib oling!

#DavKadastrPalata #auksion #info

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐 YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_maslahatchi

⭐️Kadastr maslahatchi rubrikasi.

⁉️ Dehqon xo‘jaligi tashkil etish uchun qayerga murojaat qilinadi va qancha yer maydoni beriladi?

🗣Mazkur savolga javobni videoda olishingiz mumkin.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️@Dkpuz_bot - javob beradi▪️

📧 SAVOL:. Bundan 5-6 yil avval otamga tegishli yerni amakim o'zboshimchalik bilan nomiga o'tkazib olgan ekan, bunda otamdan hech qanaqa rozilik yoki imzo ham so'ralmagan. Endi amakim yer meniki chunki soliq to'layabman deb turib olgan. Shu masalada amaliy yordam berishingizni so'rayman.

✍️ JAVOB: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi “Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1060-sonli qaroriga asosan, O‘zbekiston SSRning Yer kodeksi amal qilgan davrda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining olingan yer uchastkalariga bo‘lgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat arxivlari tomonidan tasdiqlangan hujjatlari asos bo‘ladi, shuningdek, davlat arxivlari saqlovida mavjud bo‘lmagan yoki ularni topish imkoni qolmagan taqdirda, o‘rnatilgan tartibda tuman fuqarolik sudiga murojaat qilishingiz maqsadga muvofiq.

************

👉 @Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐 YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
▪️Tomdi tumanida sayyor qabul▪️ 🌟 Ayni damda , Davlat kadastrlari palatasi raisining o'rinbosari Ravshan Nishonov va viloyatning tizim mutasaddilari ishtirokida Navoiy viloyatining Tomdi tumanida jismoniy va yuridik shaxslarning kadastr sohasidagi muammolarini…
▪️OAV biz haqimizda▪️

◼️ Xabar berganimizdek, Davlat kadastrlari palatasi raisi o‘rinbosari Ravshan Nishonovning Navoiy viloyatining Tomdi tumanida bo‘lib, jismoniy va yuridik shaxslarning kadastr sohasidagi muammolarini o‘rganish maqsadida sayyor qabuli o‘tkazilgandi.

◼️Unda 23 nafar fuqaro va tadbirkorlarning kadastr sohasiga oid murojaat hamda muammolari tinglanib, tizimga oid qonunchilikdagi yangilik, o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

👉 Batafsil Uza.uz ma’lumotlarida.

#DavKadastrPalata #oav_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐 YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM