DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
37.4K subscribers
10.1K photos
1.52K videos
1 file
5.98K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.me/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
▫️“Нурлы жoлda kadastr▫️

🔲 Davlat kadastrlari palatasi mutasaddilari bilan tashkil etilgan intervyular jamlangan maqola ““Нурлы жoл” gazetasida chop etilgan.

🗞Qozoq tilidagi mazkur nashrning ushbu soni qozoq millatli yurtdoshlarimiz uchun kadastrga oid foydali ma’lumotlarni o‘zida jamlagani bilan ahamiyatlidir.

#DavKadastrPalata #oav_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
▫️Xodimning mehnat xavfsizligi▫️

⚪️ Soha - mutaxassislar bilan shakllanadi. Mutaxassislarga yaratilgan sharoitlar bilan bir qatorda ularning mehnat xavfsizligini ta’minlash, qolaversa ish joyidagi texnika xavfsizligi bo‘yicha bilimlarini oshirish oldindagi rejalarni biron to‘sqinliksiz amalga oshirishga zamin yaratadi.

⚪️ Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparatida bugun o‘tkazilgan seminar trening xodimlarning mehnat xavfsizligini ta’minlash, ish joyida texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilish hamda faoliyat davomida xodimga taaluqli tartib qoidalarga amal qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

#DavKadastrPalata #mehnat_хavfsizligi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔹12 avgust — Xalqaro yoshlar kuni🔹

🌱 1999 yil 17 dekabrda BMT Bosh Assambleyasi o‘zining 54/120-sonli rezolyusiyasi bilan Xalqaro yoshlar masalasi bilan shug‘ullanuvchi vazirlar konferensiyasining 12 avgustni Xalqaro yoshlar kuni deb e’lon qilish haqidagi tavsiyasini ma’qulladi.

🌱 Ushbu kunda jahon hamjamiyatining diqqat-e’tibori yoshlarga oid masalalarga yana bir bor qaratiladi.

🇺🇿Eslatib o‘tamiz, milliy qonunchiligimizga ko‘ra 30 iyun O‘zbekiston Respublikasida Yoshlar kuni etib belgilangan.

#DavKadastrPalata #xalqaro_yoshlar_kuni

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
▫️Davlat tiliga e’tibor▫️

⚜️ Barcha davlat idoralari va tashkilotlari singari Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasida ham Davlat tiliga bo‘lgan e’tibor alohida. Qayd etish muhimki, tizimda O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyishlari, Hukumat qarorlari va boshqa idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining ishlab chiqilishi lotin yozuviga asoslangan o‘zbek tilida bo‘lishi ta’minlangan. Bino peshtaxtalaridagi yozuvlar, ijtimoiy tarmoqlardagi barcha matnlar aynan Davlat tilida omma e’tiboriga taqdim etilmoqda.

⚜️ Shuningdek, Davlat kadastrlari palatasi tomonidan yuritib kelinayotgani geoaxborot tizimida shakllanayotgan ma’lumotlar tarkibini faqatgina lotin yozuviga asoslangan o‘zbek tilida amalga oshirish maqsadida Davlat kadastrlari yagona tizimiga berilayotgan ma’lumotlar lotin alifbosida shakllantirilmoqda.

#DavKadastrPalata #lotin_alifbosi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
Президент Шавкат Мирзиёев аҳоли ҳаёти ва саноат лойиҳалари билан танишиш мақсадида Бекобод шаҳрига келиб, Ўзбекистон металлургия комбинатида амалга оширилаётган янги лойиҳалар билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев для ознакомления с условиями жизни населения и работой объектов промышленности прибыл в город Бекабад, где были представлены новые проекты, реализуемые на Узбекском металлургическом комбинате.

#Mirziyoyev #safar #Bekobod #metallurgiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
▫️Aholi murojaatlari e'tiborda▫️

⚪️ Joylarda kadastr mutasaddilari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini tinglash maqsadida muntazam o'tkazilayotgan sayyor qabullar fuqarolarning soha bo'yicha yuzaga kelayotgan muammolariga yechim topilishida kutilgan natijani bermoqda.

▪️Davlat kadastrlari palatasining Qashqadaryo viloyati G'uzor tumanida sayyor qabul o'tkazildi. Unda kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va aholining kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolariga e'tibor qaratildi.

▪️ Xuddi shunday sayyor qabullar Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumani, Toshkent viloyatining Chirchiq tumani hamda Farg'ona viloyatining Buvayda tumanida bo'lib o'tdi.

▪️Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahri boshqarmasi tomonidan esa kecha va bugun sayyor qabullar o'tkazildi. Ya'ni poytaxtimizning Yunusobod hamda Uchtepa tumanlarida aholining muammolari o'rganildi.

🔊 Reja jadvalga binoan, navbatdagi sayyor qabullar Namangan viloyatining Yangiqo'rgon, Xorazm viloyatining Xiva tumanlarida ham o'tkazilishi ko'zda tutilgan.

#DavKadastrPalata #hududiylarda_sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube