DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
11K subscribers
9.37K photos
1.4K videos
5.59K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.me/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
▫️Ozodalik kuni▫️

◻️Ulug‘ kunlar arafasida, Hukumat farmoyishiga (199–F, 26.04.2022 y.) ko'ra, “Mahalla obodligi – yurt farovonligi” obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hashari o‘tkazish maqsadida bugun barcha yurtdoshlarimiz hasharga chiqishgan.

◻️Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati vakillari ham palata binosi atroflarini tozalash, bino ustki va ichki ko‘rinishini ozodalashda faol qatnashmoqdalar.

#DavKadastrPalata #hashar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
▫️Hududlarda qaror mohiyati tushuntirilmoqda▫️

⚪️ Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati vakillari ushbu hafta davomida bir necha hududlarda bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining «Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi 71-sonli qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida mas’ul tegishli idora va tashkilotlar bilan birgalikda uchrashuvlar tashkil qilishdi.

⚪️ O'tkazilgan seminar-treninglar hududiy boshqarmalar kesimida:

▫️Xorazm viloyati
▫️Surxondaryo viloyati
▫️Qashqadaryo viloyati
▫️Andijon viloyati
▫️Samarqand viloyati

⚪️ Seminar trening orqali qaror ijrosi doirasida ishlab chiqilgan "YERELEKTRON" avtomatlashtirilgan axborot tizimiga ulangan vakolatli organlar mas'ul xodimlarining ko'nikmalari yanada oshirilmoqda.

#DavKadastrPalata #hududlarda_seminarlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
🇺🇿 TAYINLOV

Toyirov Amriddin Xayriddinovich –Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.

Amriddin Xayriddinovch - 1981 yil Buxoro viloyati, Jondor tumanida tug‘ilgan. 2005 yil Buxoro davlat universitetini tamomlagan.

Tayinlovga qadar, Buxoro viloyati hokimligida Sho'ba mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.

#DavKadastrPalata #tashkiliy_masalalar #tayinlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
▫️Ozodalik kuni hududlarda▫️

🔘 Respublikamizning barcha hududlarida tizim vakillari o‘z hududlarini ozodalash va ko'kalamzorlashtirish maqsadida umumxalq hasharida faol qatnashdilar.

🔘 Atrof tartibga keltirilib, obodonlashtirilayotgan ko‘chalarimizni ko‘rib, hamjihatlikda gap katta ekanligini anglaysiz.

🔘Bugungi hamjihatlikdagi tozalik kuni haqida batafsil:

🌱 Surxondaryo viloyati
🌱 Jizzax viloyati
🌱 Andijon viloyati
🌱 Toshkent shahar
🌱 Xorazm viloyati
🌱 Qashqadaryo viloyati
🌱 Farg'ona viloyati
🌱 Qoraqalpog'iston Respublikasi
🌱 Sirdaryo viloyati
🌱 Buxoro viloyati
🌱 Namangan viloyati
🌱 Navoiy viloyati
🌱 Samarqand viloyati

#DavKadastrPalata #hashar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
Рамазон ҳайитини нишонлаш тўғрисида

Ўзбекистон Республикаси Президентининг қ а р о р и


📍 http://uza.uz/posts/369140

🔻 ЎзАнинг телеграм каналларини кузатиб боринг

Ўзбекча | O`zbekcha | Русская | Илм-фан | Тезкор
🗓 01.05.2022
🌙
Mohi Ramazonning saharlik va iftorlik vaqtlarini biz bilan bilib boring!

Muqaddas oyning bugun 30 kuni

☀️Saharlik vaqti – 03:54
🌛Iftorlik vaqti – 19:22

#DavKadastrPalata #RamazonMuborak

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebok | Instagram | You Tube
🟦 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2022 yil 25-29 aprel kunlarida jami 2 421 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida ko'radigan bo'lsak:

▫️Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 31
▫️Andijon viloyati - 115
▫️Buxoro viloyati - 206
▫️Samarqand viloyati - 30
▫️Sirdaryo viloyati - 60
▫️Surxondaryo viloyati - 231
▫️Qashqadaryo viloyati - 147
▫️Toshkent shahar - 533
▫️Toshkent viloyati - 417
▫️Navoiy viloyati - 28
▫️Namangan viloyati - 135
▫️Xorazm viloyati - 135
▫️Jizzax viloyati - 203
▫️ Farg‘ona viloyati - 110
◽️Davlat kadastrlari palatasi -40

🟩 Yuqoridagi infografikada siz - murojaatlarning yo‘nalishi va ularning ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar #haftalik_natijalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🕑Davlat kadastrlari palatasi hafta davomida” dasturi 25 –30 aprel kunlarida tizimda ro‘y bergan muhim yangiliklar haqida xabar beradi.

#DavKadastrPalata #hafta_davomida #daydjest

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
Ўзбекистон халқига Рамазон ҳайити табриги

Поздравление народу Узбекистана с праздником Рамазан хайит

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌙 Ramazon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!

#DavKadastrPalata #ramazon_hayiti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
Aziz yurtdoshlar!

🇺🇿 Sizlarni, butun xalqimizni mehr-oqibat, ezgulik va saxovat ayyomi – muborak Iyd al-Fitr-Ramazon hayiti bilan samimiy tabriklaymiz.

🌙 Bu qutlug‘ bayramda hammamizni avvalo shunday fayzli va barokatli kunlarga yetkazgani uchun Yaratganga shukronalar aytamiz. Yurtdoshlarimizning shu muborak oyda qilgan ibodatlari, ezgu niyatlari ijobat bo‘lsin!

🌙 O‘z diniy qadriyatlarimizni ulug‘lab, e’zozlab yashashga barcha imkoniyatlar yaratilgan Davlatimizda – yoshlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash yurtimiz taraqqiyotiga qo‘shadigan asosiy hissamizdir.

Zamin uzra ushbu muqaddas ayyomni tantana qiladigan barcha mo‘min musulmonlarni Ramazon hayiti bilan yana bir bor tabriklaymiz. Vatanimiz, xonadonlarimizda tinchlik, ahillik, fayzu baraka bardavom bo‘lsin!

Davlat kadastrlari palatasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
Davlat kadastrlari palatasi o‘z telegram kanalida berilgan ma’lumotlar asosida tayyorlangan test savollarini taqdim etadi.

SAMARQAND VILOYATI HUDUDI QANCHA?
Anonymous Quiz
44%
2 111,3 gektar
31%
1 872,1 gektar
14%
1 766,3 gektar
11%
1 677,3 gektar
📧SAVOL: Assalomu alaykum. Savolim bor edi. Ko‘p qavatli uylarga tutash yerlarni temir panjaralar bilan у́rab olish qonuniy xisoblanadimi?

🧾JAVOB: Ko‘p qavatli uylardagi yerlar umumiy foydalanish yerlari bo‘lib ushbu yer maydonlari hukumat qarorlari va boshqa qonunchiliklar asosida ko‘p qavatli xonadonlardagi fuqarolarga xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar tasarrufiga aholi roziligi bilan beriladi. Har qanday o‘zgarish va qayta qurishlar Vazirlar Mahkamasining 370-son qarori talablari asosida Arxitektorlar tomonidan tasdiqlangan loyihaga ko‘ra amalga oshiriladi. Siz yuqorida qayd etgan temir panjaralar loyihaga ko‘ra o‘rnatilgan taqdirda belgilangan qonunchiliklar asosida rasmiylashtirish ishlarini amalga oshirish mumkin bo‘ladi.

👉 @Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент шаҳрида янги транспорт иншооти билан танишди.
Унинг қурилиши 2020 йил августда бошланган эди. Лойиҳа доирасида 6,5 километр узунликдаги 6 тасмали автомобиль йўли, 6 та кўприк қурилди. Янги қурилган йўл соатига 12 мингтагача автотранспортни ўтказиш қуватига эга.
Давлатимиз раҳбари шу ерда нуронийлар, жамоатчилик фаоллари билан суҳбатлашди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с новыми объектами транспортной инфраструктуры в Ташкенте.
Строительство началось в августе 2020 года. В рамках проекта возведены шестиполосная автомобильная дорога протяженностью 6,5 километров и развязка с 6 съездами. Дорога имеет пропускную способность до 12 тысяч автомобилей в час.
Здесь же глава государства побеседовал с представителями старшего поколения, общественными деятелями.

#Mirziyoyev #tanishuv #transport #infratuzilma

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
▫️Yurtimiz sarhadlari▫️

🌐 Xorazm viloyati va uning shahar hamda tumanlari hududi qancha?

Xorazm viloyatining umumiy maydoni — 60,8 ming kv,km

1. Bog'ot tumani - 4,45 ming kv,km.
2. Gurlan tumani - 4,47 ming kv,km.
3. Qo'shko'pir tumani - 5,39 ming kv,km.
4. Urganch tumani - 4,46 ming kv,km.
5. Tuproqqal'a tumani - 16,07 ming kv,km.
6. Xazorasp tumani - 4,55 ming kv,km.
7. Xonqa tumani - 4,32 ming kv,km.
8. Xiva tumani - 4,32 ming kv,km.
9. Shovot tumani - 4,55 ming kv,km.
10. Yangiariq tumani - 4,02 ming kv,km.
11. Yangibozor tumani - 3,55 ming kv,km.
12. Urganch shahar - 0,28 ming kv,km.
13. Xiva shahar - 0,34 ming kv,km.

#DavKadastrPalata #yurtimiz_sarhadlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube