DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
38.5K subscribers
10K photos
1.52K videos
1 file
5.98K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.me/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
#Davlat_kadastrlari_palatasi #Markaziy_apparat #Hashar

Hashar elga yarashar.

O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yillik yubileyi munosabati bilan Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati hududida hashar ishlari boshlandi.

Ushbu Davlat kadastrlari palatasi hududini obodonlashtirish ishlarida markaziy apparat xodimlari faol ishtirok etishmoqda.
#Davlat_kadastrlari_palatasi #Hududiy_boshqarmalar #O_quv_seminari

Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalaridagi “Ko`chmas mulk-3” ma’lumotlar bazasida mas’ul mutaxassislarga 2021 yil 14 avgust kuni zoom platformasida o’quv kursi tashkil etildi.

Ushbu o'quv kursda “Ko`chmas mulk-3” ma’lumotlar bazasida noturar obyektlarga yer uchastkasini ajratish to`g`risidagi huquqiy hujjatlar sanasidan keyin kiritilgan hollarda ko`chmas mulk obyektida yangi holat yaratilib soliq to`lash majburiyati yuzaga kelgan sanasini kiritgan holda ma’lumotlarni yangilash hamda xonadonlarga uzviy bog`liq bo`lgan avtomashinalar turar joylarini belgilab kiritish haqida qo'shimcha ma'lumotlar berildi.
#Yer_solig_i #Soliq_to_lovchi #Yuridik_shaxslar

🔵Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan yuridik shaxslar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lovchilar deb e’tirof etiladi.

🏢Ko‘chmas mulk ijaraga berilgan taqdirda, ijaraga beruvchi soliq to‘lovchi deb e’tirof etiladi. Bunda moliyaviy ijara (lizing) shartnomasiga muvofiq moliyaviy ijaraga (lizing) berilgan (olingan) ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha ijaraga oluvchi (lizing oluvchi) soliq to‘lovchi deb e’tirof etiladi.

‼️Yer uchastkasidan bir nechta yuridik shaxs birgalikda foydalangan taqdirda, har bir yuridik shaxs yer uchastkasining foydalanilayotgan maydonidagi o‘z ulushi uchun soliq to‘lovchi deb e’tirof etiladi.

Asos
: O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksining 425-moddasi
Forwarded from Kadastr - Live
#ТАЪЗИЯ_БИЛДИРАМИЗ

Ҳамдардлик.

Ўзбекистон мусулмонлари идораси раиси, муфтий Усмонхон Темирхон ўғли Алимов ҳазратлари 71 ёшида оғир хасталикдан сўнг вафот этдилар.

Марҳумнинг оила аъзоларига Кадастр агентлиги жамоаси номидан чуқур ҳамдардлик билдирамиз.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_kadastrlari_palatasi #Hududiy_boshqarmalar #Andijon_viloyati #Shahrihon #Asаka

Shahrixon va Asaka tumanlarida 70 mingdan ziyod ko‘chmas mulk obyektlarga bo‘lgan huquqlar eʼtirof etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 13 avgust kungi “Andijon viloyatining Asaka hamda Shahrixon tumanlaridagi mavjud ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi 520-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida viloyatning Asaka hamda Shahrixon tumanlaridagi mavjud ko‘chmas mulklar qayta xatlovdan o‘tkazish ishlari boshlanmoqda. Shu munosabat bilan Davlat kadastrlari palatasi raisi Valiyev Moxir Kamolovich Andijon viloyatining yuqorida nomlari qayd etilgan tumanlarida mutaxassislarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishmoqda.
Ўзбекистон мусулмонлари идораси раиси, муфтий Усмонхон Алимов 15 август куни оғир хасталик туфайли вафот этди.
Президент Шавкат Мирзиёев таъзияли хонадонга ташриф буюриб, марҳумнинг оила аъзоларига ҳамдардлик билдирди.
Марҳумнинг ҳақига дуо ўқилди. Президентимиз муфтийнинг эзгу ишларини ёдга олди.

15 августа после тяжелой болезни скончался председатель Управления мусульман Узбекистана, муфтий Усмонхон Алимов.
Президент Шавкат Мирзиёев сегодня посетил дом покойного, выразил соболезнования его семье.
Было прочитано дуа за покойного. Президент вспомнил благие дела муфтия.

#Mirziyoyev #taziya #UzmonxonAlimov #hamdardlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Forwarded from Kadastr - Live
Энди уйимизнинг кадастр ҳужжати бор

Кадастр соҳасига оид аҳоли муаммоларини ўрганиш ва ҳал этиш, бу борада коррупцияга йўл қўймаслик мақсадида Кадастр агентлиги ҳамда Давлат кадастрлари палатаси Жиззах вилояти бошқармалари томонидан бир қатор ишлар амалга оширилмоқда.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 13 avgust kungi 520-sonli qarori muhokama etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 13 avgust kungi “Andijon viloyatining Asaka hamda Shahrixon tumanlaridagi mavjud ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi 520-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida viloyatning Asaka hamda Shahrixon tumanlaridagi mavjud ko‘chmas mulklar qayta xatlovdan o‘tkazish ishlarini tashkil etish yuzasidan viloyat hokimligida kengaytirilgan yig'ilish bo'lib o'tdi.

Mazkur yig'lishda Asaka hamda Shahrixon tumanlaridagi xatlov jarayonlarida ishtirok etadigan viloyatning barcha mutasaddi tashkilot rahbar va xodimlari ishtirok etib, ularga Davlat kadastrlari palatasi raisi hamda viloyat hokimining birinchi o'rinbosari tomonidan tegishli topshiriqlar berildi.