DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
37.4K subscribers
10.1K photos
1.52K videos
1 file
5.98K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.me/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
Forwarded from Huquqiy axborot | Lex.uz
#Президент_қарори

“Электрон онлайн-аукционни ўтказиш тартибини соддалаштириш, унинг шаффофлигини ошириш ҳамда иштирокчилар ҳуқуқларининг ишончли ҳимоясини кафолатлаш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент қарори қабул қилинди

Қарорга кўра, 2021 йил 1 сентябрдан “E-auksion” электрон савдо платформасидаги электрон онлайн-аукционлар тартиб-таомилларининг ягона тартиби жорий этилади.

🔰 Бунда:

иштирокчиларга, шу жумладан чет эл фуқароларига аукционда қатнашиш учун электрон рақамли имзо калити сертификати масофадан туриб, Давлат активларини бошқариш агентлигининг “Электрон онлайн-аукционларни ташкил этиш маркази” давлат унитар корхонаси томонидан бепул тақдим қилинади;

объектларни аукционга чиқариш учун тўланадиган йиғим бекор қилинади;

аукцион ўтказиш тўғрисидаги хабар у ўтказиладиган кундан 30 кун олдин эълон қилинади.

Ҳужжатнинг расмий тўлиқ матни:
👉 https://lex.uz/docs/5525718
#Ta_ziya

Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati va jamoasi ustozimiz, Respublika oliy taʼlim kengashi raisi, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti rektori, iqtisod fanlari doktori, professor Umurzakov O‘ktam Pardayevich vafoti munosabati bilan marhumning qarindosh va yaqinlariga chuqur taʼziya izhor etadi.

Umurzakov O‘ktam Pardayevich o‘z bilim va mehnatlari, xalq uchun xizmati bilan soha va yurtimiz rivojiga munosib xissa qo‘shgan edi. Ustozimiz xotirasi yodimizda abadiy qoladi.
Forwarded from Kadastr - Live
#Qonun #Fazoviy_malumotlar #Kadastr

“Фазовий маълумотлар тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Қонуни кучга киргандан сўнг (3 ойдан кейин) эришиладиган натижалар:

🔹 ягона координаталар тизимидан ва фазовий маълумотлардан фойдаланиб Ўзбекистон Республикасининг ягона фазовий маълумотлар базаси яратилади;

🔹 20 дан ортиқ вазирлик ва идоралар ўртасида автоматлаштирилган ахборот алмашиш тизими йўлга қўйилади;

🔹 ер ажратиш масалалари ҳамда табиий ресурслар, ижтимоий-иқтисодий ва бошқа ишлаб чиқариш объектлари ҳисобини юритишнинг шаффоф механизмлари яратилади;

ДАВОМИНИ БУ ЕРДА ЎҚИНГ
Forwarded from Kadastr - Live
#Kadastr #Geoportal

🌏 Бугунга қадар Геопорталга умумий киритилган ер участкалари сони85 685 та бўлиб, уларнинг ҳужжат бўйича ер майдони4 882 459 гектарни, амалдаги ер майдони эса – 5 076 705 гектарни ташкил этади.

📝 Давлат рўйхатидан ўтказилган фермер хўжаликлари сони 66 306 тани ташкил этади ва уларнинг ҳужжат бўйича умумий майдони3 890 916 гектарни, амалдаги умумий ер майдони эса3 866 399 гектарни ташкил этиши маълум бўлди.


Telegram Instagram YouTube Facebook
#Murojaatlar #Yer_ajratish_masalalari

Kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha jami 1048 ta muammolar aniqlangan bo'lib, ulardan:

🔹Yer ajratish masalalari bo'yicha - 673 ta

🔹Xususiy mulkni himoya qilish masalasi bo'yicha-112 ta

🔹Xususiylashtirish va bino ajratish bo'yicha-114 ta

🔹Boshqa yo'nalishda - 149 ta

Yer ajratish masalasidagi aksariyat murojaatlarni mazmuni – bepul, to‘g‘ridan-to‘g‘ri, davlat-sherikchilik asosida (shuningdek: tadbirkorlik, fermer xo‘jaligi, dehqon xo‘jaligi, kompensatsiya, chorvachilik, asalarichilik, baliqchilik va boshqa sohalar uchun) yer so‘rab yo‘llangan murojaatlar bo‘lib, yer ajratish tartibi yuzasidan murojaat egalariga tushuntirish berilmoqda.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 8 iyundagi PF-6243-son Farmoni
#Huquqiy_asoslar #Yer_ajratish

Yer uchastkalarini xususiy sektorga mulk huquqi bilan berish tartibi kuchga kiradi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6243-son farmoniga asosan 2021 yil 1 avgustdan boshlab yer uchastkalari xususiy sektorga — mulk va ijara huquqi asosida, davlat tashkilotlariga — doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladi.

Hokimlar va mahalliy kengashlarning yer uchastkalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri ajratish, foydalanishga berish, kelgusida ajratish uchun zaxiralash, biriktirish, obodonlashtirish uchun berish yoki yerlarni boshqacha yo‘l bilan tasarruf qilish, sug‘oriladigan yerlarni sug‘orilmaydigan yoki boshqa yer toifasiga, sug‘orilmaydigan qishloq xo‘jaligi yerlarini boshqa yer toifasiga o‘tkazish va ular yuzasidan qaror, farmoyish yoki boshqa turdagi hujjat qabul qilish huquqi bekor qilinadi.
#Infografika #Statistik_ma_lumotlar #Toshkent_viloyati

Toshkent viloyati pasport ko'rsatkichlari

🔹Toshkent viloyati yer maydoni - 1 522 609 (ga)

🔹Qishloq xo‘jaligi yerlar - 773 642 (ga)

🔹Aholi punktlarining yerlari - 37 967 (ga)

🔹Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa yerlar - 83 904 (ga)

🔹Tarixiy-madaniy yerlar - 1 983 (ga)

🔹O‘rmon fondi - 589 254 (ga)

🔹Suv fondi - 17 864 (ga)

🔹 Zaxira yerlar - 17 995 (ga)


Davlat kadastrlari palatasining rasmiy sahifalari
👇👇👇

Telegram | Facebook | Instagram
Forwarded from Kadastr - Live
#Kadastr #geofazoviy

Республикамизнинг ягона фазовий маълумотлар базаси яратилади.

🌐 Фазовий маълумотлар — фазовий объектлар тўғрисидаги, уларнинг жойлашуви, шакли, хоссалари хақидаги маълумотларни ўз ичига олади. Оддий қилиб айтганда, навигация хариталари, геопорталлар, интернет веб-сервисларнинг маълумотлар базаси фазовий маълумотлардан ташкил топади. Бунда, аэро ва космик суратлар, дронлардан олинган маълумотлар, хариталарда кўрсатилган ер, бино-иншоот, йўллар, дарёлар, қувурлар ва улар тўғрисидаги қўшимча маълумотлар фазовий маълумотларнинг таркибий қисми ҳисобланади.

Telegram Instagram YouTube Facebook
#Yer_solig_i #Soliq_to_lovchi #Jismoniy_shaxslar

🔵Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan yoki etmagan holdagi dehqon xo‘jaliklari jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ini soliq to‘lovchilari deb e’tirof etiladi.

‼️Uy-joy, yashash uchun mo‘ljallanmagan imoratlar va inshootlar meros bo‘yicha o‘tishi bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi o‘tgan yer uchastkalari uchun yer solig‘i meros qoldiruvchining soliq majburiyatlarini inobatga olgan holda merosxo‘rlardan undiriladi.

Asos
: O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksining 433-moddasi
#Kadastr #xizmatlar #kadastr_hujjati #qonunchilik

📝KO‘CHMAS MULK OBYEKTIGA KADASTR PASPORTI QUYIDAGI HOLLARDA RASMIYLASHTIRILADI YOKI QAYTA RASMIYLASHTIRILADI


🔰ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda yoki yer uchastkasi alohida bo‘linganda (bunda ikki qismga alohida kadastr pasporti shakllantiriladi);

🔰qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari xususiylashtirilgandan so‘ng ularning bir qismiga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tganda;

🔰o‘z yer uchastkasida tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirmasdan qurilgan bino va inshootlar mavjud bo‘lganda

(O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 2-sentabr sanasidagi 535-son qarori)


Davlat kadastrlari palatasining rasmiy sahifalari 👇👇👇

Telegram | Facebook | Instagram
#Huquqiy_asoslar #Aktual_savollar

Ikkita yonma yon hovlini bitta uy qilish uchun qanday yo‘l tutsak bo‘ladi? Avval hujjatlarni rasmiylashtirib keyin qurilish boshlashim kerakmi yoki bu ahamiyatsizmi?

Ikkata yonma-yon yakka tartibdagi turar joy obyektini birlashtirish yoki kayta kurish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 maydagi 370-son qaroriga bilan tasdiqlangan Nizom asosida amalga oshiriladi. Bunda obyektni ruxsatnomasiz qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish taqiqlanadi. Ruxsatnoma olish uchun ariza beruvchi Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida elektron tarzda amalga oshiriladi.
Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент шаҳридаги 21-Меҳрибонлик уйида яратилган шароитлар билан танишди.
Меҳрибонлик уйлари ва махсус мактаб-интернатларни фан, санъат ва спорт ташкилотлари билан боғлаб, тарбияланувчиларнинг қобилиятини ривожлантириш муҳимлиги таъкидланди. Мутасаддиларга тегишли кўрсатмалар берилди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с условиями в доме Мехрибонлик №21 в городе Ташкенте.
Подчеркнута важность развития способностей детей путем взаимодействия детских домов и специальных школ-интернатов с научными, художественными и спортивными организациями.
Ответственным лицам даны соответствующие указания.

#Mirziyoyev #tanishuv #Меhribonlik #bolalar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Davlat_kadastrlari_palatasi #Hududiy_boshqarmalar #Jizzax_viloyati

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 23-iyul kuni aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida Davlat kadastrlari palatasi raisi Moxir Valiyev boshchiligida Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasida tashkilotda aholi murojaatlari bilan ishlash masalalari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, targ‘ibot va tashviqot ishlarini yetarli darajada olib borilmayotganligi ko‘rsatib o‘tilib, Palata raisi tomonidan yig'ilish Ishtirokchilariga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.