DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
30K subscribers
10.3K photos
1.57K videos
1 file
6.13K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.me/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
#hashar
“Hashar - elga yarashar” degan naql bilan ayni damda, Davalat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi hodimlari birdamlik bilan korxona hududi va uning atrofini obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlarini boshlab yuborishdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring! 👇🏻 👇🏻 👇🏻
Telegram | Facebook | Instagram
Forwarded from Kadastr - Live
#hashar_2020
Жорий йилда Наврўз умумхалқ байрамини муносиб нишонлашга тайёргарлик кўриш, ўзаро меҳр-оқибат ва ҳамжиҳатликни янада кучайтириш, жамоат жойларини ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш мақсадида Ҳукумат Фармойишига асосан 2020 йил 14-15 март кунлари мамлакатимизнинг барча ҳудудларида “Обод юрт” умумхалқ ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш хайрия ҳашари ўтказилмоқда. Умумхалқ хайрия хашари доирасида Давергеодезкадастр қўмитаси тизимидаги барча ҳудудий бошқармалар, корхона ва ташкилотларида ободонлаштириш ишлари олиб борилмоқда. (Фоторепортаж)
Forwarded from Kadastr - Live
#21ta_kadastr
Hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastri — hayvonot dunyosi obyektlari va ulardan foydalanish hajmlarini davlat tomonidan hisobga olish ma’lumotlariga asoslangan, ularning geografik tarqalishi, turlari tarkibi, soni, boshqa son va sifat tavsiflari, yashash muhiti, ulardan xo‘jalikda foydalanish va iqtisodiy baholash to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan muntazam yangilanadigan axborot tizimi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida tabiiy erkin sharoitda yashaydigan va davlat tomonidan hisobga olinadigan yovvoyi hayvonlar Hayvonot dunyosining davlat kadastri obyektlaridir.

Hayvonot dunyosining davlat kadastri Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi tomonidan yuritiladi.
(2019 yil holatiga)

Jami obyektlar soni: 250 ta
Shundan Davlat kadastrlari yagona tizimiga (DKYT) kiritilganlar soni: 250 tani tashkil etadi.
Forwarded from Kadastr - Live
#21ta_kadastr
Energetika obyektlari davlat kadastri (EODK) - bu еnergetika obyektlari, ularning jug`rofiy holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari hamda iqtisodiy bahosi to`g`risidagi yangilab boriladigan ishonchli ma’lumotlar tizimidir.
Faoliyat ko`rsatayotgan va qurilayotgan gidravlik hamda issiqlik еlektr stansiyalari, o`z ichiga yordamchi stansiyalarni oladigan еlektr tarmoqlari, "O`zbekеnergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibida jamlangan havo va kabel liniyalari hamda O`zbekiston Respublikasi hududida joylashgan, texnologik jarayonning yaxlitligi vositasida еnergiya tizimi bilan bog`langan boshqa еnergiya obyektlari EODK obyektlari hisoblanadi.

Energetika obyektlari davlat kadastri “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan yuritiladi.
(2019 yil holatiga)

Jami obyektlar soni: 4 192 ta
Shundan Davlat kadastrlari yagona tizimiga (DKYT) kiritilganlar soni: 4 192 tani tashkil etadi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ijtimoiy_rolik
Unutmang har birimizni uyda oilamiz kutmoqda! Yo’l harakati qoidalariga amal qilaylik! O’zimizni va o’zgalarni asraylik!
O'zbekistonda ilk bor Koronavirus aniqlanganligi haqida xabar tarqaldi

Манба: https://kun.uz/67507980
Forwarded from Kadastr - Live
#21ta_kadastr

FOYDALI QAZILMA KONLARI, BELGILARI VA TEXNOGEN MINERAL HOSILALAR DAVLAT KADASTRI.

Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi konlari, foydali qazilmalari nishonalari va texnogen hosilalarining davlat kadastrini hisobga olish ob'yektlari hisoblanadi:
-O‘zbekiston Respublikasi foydali qazilmalari zaxiralari davlat balansida hisobga olingan foydali qazilmalar zaxiralari mavjud bo‘lgan konlar;
-foydali qazilmalar konlari uchastkalari, agar ularning zaxiralari O‘zbekiston Respublikasining foydali qazilmalari zaxiralari davlat balansida alohida satr bilan hisobga olinsa;
-O‘zbekiston Respublikasining foydali qazilmalari zaxiralari davlat balansida hisobga olinmagan foydali qazilmalar zaxiralari mavjud bo‘lgan, lekin qidiruv (mufassal baholash) ishlari tugallanmagan konlar;
-foydali qazilmalar zaxiralari O‘zbekiston Respublikasi foydali qazilmalar zaxiralari davlat balansi hisobidan qandaydir sababga ko‘ra chiqarilgan konlar;
-iqtisodiy yoki texnik sabablarga ko‘ra zaxiralardan foydalanish vaqtincha to‘xtatilgan, kon korxonalari esa to‘xtatib qo‘yilgan konlar;
-tarkibida mineral xom ashyoning mana shunday turi bo‘yicha qazib olinayotgan konlarga sanoat talablariga javob beruvchi qimmatli komponentlar borligi jihatidan hech bo‘lmaganda bitta ruda jismi (qatlami) mavjudligi aniqlangan foydali qattiq qazilmalar nishonalari;
-tarkibidagi qimmatli komponentlar amaliy qiziqish tug‘diruvchi, shuningdek, atrof-muhitni ifloslantiruvchi va aholiga jiddiy xavf-xatar tug‘diruvchi kambag‘al rudalar ag‘darmalari, chiqindi omborlari va boshqa texnogen hosilalar.

Foydali qazilma konlari, belgilari va texnogen mineral hosilalar davlat kadastri Davlat Geologiya va mineral resurslar qo`mitasi tomonidan yuritiladi.
(2019 yil holatiga)

Jami obyektlar soni: 2434 ta
Shundan Davlat kadastrlari yagona tizimiga (DKYT) kiritilganlar soni: 2434 tani tashkil etadi

Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇

Telegram Instagram YouTube Facebook
Forwarded from Kadastr - Live
#21ta_kadastr
Davlat suv kadastri yagona davlat suv fondini tashkil etuvchi suv obyektlari, suv resurslari, suv rejimi, sifati va undan foydalanish haqidagi, shuningdek, suvdan foydalanuvchilar to‘g‘risidagi tartibga solingan, doimiy to‘ldirib boriladigan va zarurat bo‘lganda aniqlashtiriladigan ma'lumotlar to‘plamini ifodalaydi.
Davlat suv kadastri 3 guruhga taqsimlanadi.Yer osti suvlari; Yer usti suvlari; Suvdan foydalanish.

Yer osti suvlari kadastri Davlat geologiya va mineral resurslar qo'mitasi tomonidan,
Yer usti suvlari kadastri “Uzgidromet” markazi tomonidan,
Suvdan foydalanish kadastri Suv xo'jaligi vazirligi tomonidan yuritiladi.

Davlat suv kadastri
(2019 yil holatiga)

Jami obyektlar soni: 1870 ta
Shundan Davlat kadastrlari yagona tizimiga (DKYT) kiritilganlar soni: 1800 tani tashkil etadi
Forwarded from Kadastr - Live
#21ta_kadastr
Davlat o‘rmon kadastri O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan barcha o‘rmonlar, ularning geografik o‘rni, huquqiy rejimi, miqdoriy va sifat tavsiflari hamda iqtisodiy bahosi to‘g‘risidagi yangilab boriladigan ishonchli kadastr axboroti tizimidan iborat bo‘ladi.
Davlat o‘rmon kadastri o‘rmonga oid munosabatlarni tartibga solish, o‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ulardan oqilona foydalanish va ularni takroriy ko‘paytirish maqsadida manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni o‘rmon to‘g‘risidagi ma'lumotlar bilan ta'minlash uchun mo‘ljallangandir.

Davlat O'rmon kadastri O'rmon xo'jaligi davlat qo'mitasi tomonidan yuritiladi.
(2019 yil holatiga)

Jami obyektlar soni: 11 264 205 ta
Shundan Davlat kadastrlari yagona tizimiga (DKYT) kiritilganlar soni: 10 861 119 tani tashkil etadi