DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
30.4K subscribers
10.3K photos
1.57K videos
1 file
6.1K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.me/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
Президент техник жиҳатдан тартибга солиш, стандартлаштириш, сертификатлаш ва метрологияга оид тақдимот билан танишди.
Санитария-эпидемиологик хулоса олинадиган маҳсулотлар рўйхатини мақбуллаштириш, қўшимча мувофиқлик сертификати талабини бекор қилиш бўйича топшириқ берилди.
Халқаро талаблар билан уйғунлашмаган 11 мингта миллий стандарт ўрнига халқаро стандартларни қабул қилиш муҳимлиги таъкидланди.

Президент ознакомился с презентацией о мерах по совершенствованию технического регулирования, стандартизации, сертификации и метрологии.
Поручено оптимизировать перечень продукции, подлежащей санитарно-эпидемиологической экспертизе, рассмотреть вопрос об отмене дополнительного требования о наличии сертификата соответствия.
Подчеркнута важность принятия международных стандартов взамен 11 тысяч национальных стандартов, негармонизированных с международными требованиями.

#Mirziyoyev #taqdimot #standartlashtirish #sertifikatlashtirish

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Raqamlashtirish #Dasturiy_ta_minot #Qishloq_xo_jaligi_yerlari

‼️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 sentabrdagi 6061-son Farmoniga muvofiq:

🔰yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning vujudga kelishi, o‘zgarishi;

🔰boshqa shaxsga o‘tishi;

🔰cheklanishi va bekor bo‘lishini nazarda tutuvchi qarorlar;

🔰auksion va tanlov bayonnomalari;

🔰notarial tasdiqlangan bitimlar hamda boshqa hujjatlar
O‘zbekiston Respublikasi Milliy geografik axborot tizimida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin kuchga kirishi belgilangan.

🔹Fermer xo‘jaligi foydalanishdagi yer maydonlari to‘g‘risidagi maʼlumotlar yagona plotformada jamlanadi.

🔹Bunda ekin yer maydonlarining umumiy hajmi, yer turlari va foydalanish maqsadi shuningdek huquqiy maqomi hamda boshqa maʼlumotlar koordinatalar asosida elektron xaritalarda aks etadi.
#Raqamlashtirish #Dasturiy_ta_minot

2021 yil 18 may holatiga Respublika bo‘yicha 37 571 ta yer uchastkalari haqidagi grafik maʼlumotlar ArcGIS dasutriga kiritildi hamda 1 463 tasi Yangi umumlashgan tizim orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi yerdan foydalanuvchilarning yer maydonlarini davlat ro‘yxatidan o'tkazilganlar soni viloyatlar kesimida:

🔹Andijon viloyati- 329 ta
🔹Buxoro viloyati- 47 ta
🔹Farg‘ona viloyati- 38 ta
🔹Jizzax viloyati- 7 ta
🔹Qoraqalpog‘iston Respublikasi- 99 ta
🔹Qashqadaryo viloyati- 120 ta
🔹Xorazm viloyati- 533 ta
🔹Namangan viloyati- 41 ta
🔹Navoiy viloyati- 14 ta
🔹Samarqand viloyati- 52 ta
🔹Sirdaryo viloyati- 12 ta
🔹Surxondaryo viloyati- 49 ta
🔹Toshkent viloyati- 122 ta
Forwarded from Kadastr - Live
Айни дамда Тошкент вилояти, Бўстонлиқ туманида Кадастр агентлиги Директорининг биринчи ўринбосари A.Аллаберганов иштирокида юридик ва жисмоний шахсларнинг кадастр соҳасида юзага келаётган муаммоларини ҳал қилиш мақсадида сайёр қабул ўтказилмоқда.

Telegram Instagram YouTube Facebook
#Yer_solig_i #Soliq_to_lovchi #Jismoniy_shaxslar

🔵Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan yoki etmagan holdagi dehqon xo‘jaliklari jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ini soliq to‘lovchilari deb e’tirof etiladi.

‼️Uy-joy, yashash uchun mo‘ljallanmagan imoratlar va inshootlar meros bo‘yicha o‘tishi bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi o‘tgan yer uchastkalari uchun yer solig‘i meros qoldiruvchining soliq majburiyatlarini inobatga olgan holda merosxo‘rlardan undiriladi.

Asos
: O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksining 433-moddasi
#Huquqiy_asoslar #Vazirlar_mahkamasi_qarori

🔵Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2014-yil 10-iyul sanasidagi 186-son qaroriga o’zgartirishlar kiritish to‘g‘risida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 18-may sanasida 306-son qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorga asosan KO'CHMAS MULK OBYEKTLARINING DAVLAT KADASTRI SOHASIDA QATOR DAVLAT XIZMATLARI NARXLARI ARZONLASHDI.
#Huquqiy_asoslar #Xizmatlar #Vazirlar_mahkamasi_qarori

🏢 KO‘CHMAS MULK OBYEKTIGA BO‘LGAN HUQUQLAR VA ULAR BO‘YICHA TUZILGAN BITIMLARNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH BO'YICHA YANGI XIZMATLAR JORIY ETILDI.

📝
Jismoniy shaxslarning qishloq xo‘jaligi uchun berilgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va davlat reyestridan ko‘chirmalar berish.

💳Xizmat narxi-
Bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari

📝Yuridik shaxslarga qishloq xo‘jaligi uchun berilgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va davlat reyestridan ko‘chirmalar berish.

💳Xizmat narxi-
Bazaviy hisoblash miqdorining 2,5 baravari
Forwarded from TOSHKENT SHAHAR KADASTR
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #texnik #anons

Кадастр муҳандиси – унинг бир куни қандай ўтади ?

🏠Аҳоли ҳонадонларига ташриф...

📐Ўлчовда адашмаслик...

🙅Соҳанинг машаққатлари...

☝️Тўлиқ репортаж – тез кунда!
Ижтимоий тармоқлар орқали кузатиб боринг👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Kadastr - Live
#кадастр_агентлиги

🇺🇿 Вазирлар Маҳкамасининг “Давлат кадастри соҳасида давлат хизматлари нархларини белгилашда табақалаштирилган ёндашув тартибини такомиллаштириш тўғрисида”ги қарорига ўзгартиришлар киритилди.

Қарорга мувофиқ, давлат кадастри соҳасидаги давлат хизматлари нархлари ўзгартирилди.

Эски ва янги нархлар таққосламаси билан ИНФОГРАФИКАДА танишинг.

Telegram Instagram YouTube Facebook
#Yer_solig_i #Soliq_to_lovchi #Yuridik_shaxslar

🔵Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan yuridik shaxslar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lovchilar deb e’tirof etiladi.

🏢Ko‘chmas mulk ijaraga berilgan taqdirda, ijaraga beruvchi soliq to‘lovchi deb e’tirof etiladi. Bunda moliyaviy ijara (lizing) shartnomasiga muvofiq moliyaviy ijaraga (lizing) berilgan (olingan) ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha ijaraga oluvchi (lizing oluvchi) soliq to‘lovchi deb e’tirof etiladi.

‼️Yer uchastkasidan bir nechta yuridik shaxs birgalikda foydalangan taqdirda, har bir yuridik shaxs yer uchastkasining foydalanilayotgan maydonidagi o‘z ulushi uchun soliq to‘lovchi deb e’tirof etiladi.

Asos
: O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksining 425-moddasi
Forwarded from Kadastr - Live
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#кадастр_агентлиги

🇺🇿 Вазирлар Маҳкамасининг “Давлат кадастри соҳасида давлат хизматлари нархларини белгилашда табақалаштирилган ёндашув тартибини такомиллаштириш тўғрисида”ги қарорига киритилган ўзгартиришлар Узрепорт лавҳасида.
#Farg_ona_viloyati #xatlov #bino_inshoot #yer_uchastkari #infografika

🏘Farg'ona viloyatida yer maydonlari va bino inshootlarni yalpi xatlovdan o‘tkazish ishlari bo'yicha ma'lumot.

(2021 yil 19 may holatiga)
#Xizmatlar

🏢 Davlat kadastrlari palatasi tomonidan ko'rsatiladigan davlat xizmatlari.

🏠QURILISHI (REKONSTRUKSIYASI) TUGALLANGAN BINO VA INSHOOTLARNI FOYDALANISHGA QABUL QILISH (YAKKA TARTIBDAGI UY-JOY QURISH OBYEKTI UCHUN)

Davlat kadastrlari palatasining rasmiy sahifalari 👇👇👇

Telegram | Facebook | Instagram
#Yer_solig_i #Soliq_to_lovchi #Yuridik_shaxslar

🔵Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yuridik shaxslarda bo‘lgan yer uchastkalari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ining soliq solish obyektidir.

🏢Quyidagi yer uchastkalari soliq solish obyekti sifatida hisoblanmaydi:

🔹 notijorat tashkilotlari tomonidan notijorat faoliyati doirasida foydalaniladigan yerlar;

🔹aholi punktlarining, bog‘dorchilik, uzumchilik yoki polizchilik shirkatlarining umumiy foydalanishdagi yerlari;

🔹umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari egallagan yerlar;

🔹aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlar;

🔹davlat qo‘riqxonalarining, kompleks buyurtma qo‘riqxonalarining, tabiat bog‘larining, davlat tabiat yodgorliklarining, buyurtma qo‘riqxonalarning, tabiiy pitomniklarning, davlat biosfera rezervatlarining, milliy bog‘larning yerlari;

🔹suv fondi yerlari;

🔹zaxira yerlar.

Asos: O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksining 426-moddasi
Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев Олий Евроосиё иқтисодий кенгашининг видеоанжуман шаклидаги йиғилишида иштирок этди.
Тадбир кун тартибидан иқтисодиётнинг турли тармоқларида амалий ҳамкорлик қилиш ҳамда ЕОИИ фаолиятини такомиллаштиришга доир долзарб масалалар ўрин олди.
Давлатимиз раҳбари ўз нутқида ҳал этилиши ўзаро мувофиқлашган ёндашувларни талаб этувчи энг муҳим вазифаларга алоҳида тўхталди.

Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев принял участие в заседании Высшего Евразийского экономического совета в формате видеоконференции.
В повестку дня мероприятия вошли актуальные вопросы практического сотрудничества в различных отраслях экономики, а также совершенствования деятельности ЕАЭС.
В своем выступлении глава нашего государства отдельно остановился на наиболее важных задачах, решение которых требует скоординированных подходов.

#Mirziyoyev #sammit #EOII #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter