DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
30K subscribers
10.3K photos
1.57K videos
1 file
6.13K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.me/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев пойтахтимизнинг Олмазор туманидаги “Inno” инновацион ўқув-ишлаб чиқариш технопаркига ташриф буюриб муҳандислик таълими бўйича таклифлар ҳамда илғор ишланмалар билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил инновационный учебно-производственный технопарк "Inno" в Алмазарском районе столицы, где ознакомился с предложениями по развитию инженерного образования и передовыми разработками.

#Mirziyoyev #tanishuv #muhandislik #texnopark

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида муҳандислик соҳаларида кадрлар тайёрлаш ва олий таълим муассасалари фаолиятини янада такомиллаштириш масалалари юзасидан видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по вопросам подготовки инженерных кадров и совершенствования деятельности высших учебных заведений.

#Mirziyoyev #videoselektor #oliytalim #muhandislik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DIQQAT E’LON!

▶️ Hurmatli Navoiy viloyati, Xatirchi tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🌟 Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati hamda viloyatning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

🗓 Sayyor qabul kuni: 2024-yil, 25-iyun, soat 15:00 da

📍 Manzil: Navoiy viloyati, Xatirchi tumani, Paraxun MFY, Mustaqillik ko'chasi, 34-uy. Xatirchi tumani hokimligi binosi.

📃 Qabulga yozilish uchun +998 79 224 27 38 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hududiy
mutaxassislar uchun o'quv seminari

🌟 Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati mutaxassislari tomonidan "Yer uchastkasi va mulkka bo‘lgan huquqlarni belgilash" tartiblari bo'yicha o‘quv seminari o‘tkazildi.

🫥 Zoom platformasi orqali respublikamizning barcha viloyatlaridan qatnashgan kadastr mutaxassislari mazkur yo‘nalishdagi qonunchilikdagi o‘zgarishlar bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, onlayn yig‘ilish davomida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

◼️ Qayd etish kerakki, bu kabi huquqiy bilim soatlari tizimda muntazam ravishda tashkil etib kelinmoqda.

#DavKadastrPalata #o_quv_seminari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlar eʼtirof etilmoqda 

🌏 Ayni damda, Senatning ellik uchinchi yalpi majlisida “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi.

◼️Taʼkidlanganidek, ushbu Qonunning maqsadi o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

◼️Qonun bilan yer uchastkasi va unda qurilgan imoratga bo‘lgan huquqni, shuningdek yakka tartibdagi uy-joy qurilgan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga ijara huquqini eʼtirof etishning aniq tartiblari belgilanmoqda.

◼️O‘z navbatida, senatorlar Qonunning mazmun-mohiyatiga ham alohida to‘xtalib, huquqlarni eʼtirof etish borasida tegishli asoslar belgilanayotganligini aytib o‘tdi.

◼️Jumladan, ortiqcha egallangan yer uchastkasiga, bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududida joylashgan turar joylar egallagan yer uchastkasiga, kichik sanoat zonalari hududidagi yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini eʼtirof etish asoslari belgilanmoqda.

◼️Bundan tashqari, Qonunga o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga taalluqli maʼlumotlar va hujjatlar avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali bosqichlarda kiritilishi nazarda tutilmoqda.

◼️Muhokama davomida senatorlar tomonidan Qonunning qabul qilinishi fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining o‘zboshimchalik bilan egallab olgan yer uchastkalariga nisbatan ijara huquqini hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqi eʼtirof etilishiga va bu orqali aholining ijtimoiy, iqtisodiy hamda ushbu bino va inshootlarni kommunal tarmoqlarga ulash bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammolarining hal etilishiga imkon berishi taʼkidlandi.

Muhokama yakunida mazkur Qonun senatorlar tomonidan ma'qullandi.

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hududiy yangiliklar

⭐️🌟Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Davlat yer kadastrini yuritish boshqarmasi mutaxassislari tomonidan hududiy boshqarmalarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 578-sonli qarori Nizomi talablari asosida ish yuritish, Yer hisobini raqamlashtirish borasida 8 ta yer fondi toifalari va uning kichik toifalari hamda "Uzkad" axborot tizimiga kiritilayotgan ko‘chmas mulk obyektlarini yer fondi va uning kichik toifalarini to‘g‘ri belgilash yuzasidan Yer hisobini yuritishga mas’ul mutaxassislarga tavsiya va ko’nikmalar berish maqsadida amaliy seminar-yig‘ilishlari o’tkazilmoqda.

◼️Seminarlar Surxondaryo viloyati va Qoraqalpog'iston Respublikasi hududiy boshqarmalarda yoritildi.

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Paxtaobod tumanidagi xatlov yakunlariga ko'ra


🖥 Xabaringiz bor, Kadastr agentligi direktorining Andijon viloyati Paxtaobod tumani misolida yer hisobotlarni to‘g‘ri aks ettirish masalasini o‘rganish chora-tadbirlari to‘g‘risida buyrug‘i qabul qilingan. Mazkur buyruqqa asosan ishchi guruh shakllantirilib, tumanda tahliliy xatlov ishlari olib borilayotgan edi.

🌟 Davlat kadastrlari palatasi mas’ullari shu hafta Andijonning Paxtaobod tumanida bo‘lib, u yerda olib borilgan xatlov ishlari misolida viloyatning barcha tuman va shaharlarida ishlarni tashkil etish yuzasidan uchrashuv o'tkazdilar. Mutasaddilar tomonidan bolajak xatlov davomida ahamiyat berilishi kerak bo'lgan jihatlarga to'htalib o'tildi, masalalar yuzasidan ko'rsatmalar berildi.

▶️ Batafsil videoda

#DavKadastrPalata #xatlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Haftalik murojaatlar tahlili

🌟 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2024 yil  17-21- iyun kunlari  jami  1 373 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida videoinfografika orqali tomosha qilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar #haftalik_natijalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM