DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
30K subscribers
10.3K photos
1.57K videos
1 file
6.13K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.me/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Obodlik ostonadan boshlanadi


🌿 Xalqimizda azaldan tozalik va orastalikka, obodonchilik ishlariga alohida eʼtibor qaratilgan. 🌟Davlat kadastrlari palatasi raisining buyrug'iga asosan yaqinlashib kelayotgan "Qurbon hayiti" bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko'rish maqsadida o'zaro mehr oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, joylarni obodonlashtirish, ko'kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish topshirig'i berilgan.

📃Ushbu topshiriqning ijrosi yuzasidan Markaziy apparat va hududiy boshqarmalar xodimlari bugungi hasharda faol ishtirok etib, bino atroflarini obodonlashtirish, daraxtlarni oqlash va ko'chat ekish ishlarini amalga oshirdilar.

☯️ Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalaridagi ushbu tashabbus jarayonlari bilan tanishing:

▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi
▫️Qashqadaryo viloyati
▫️Sirdaryo viloyati
▫️Surxondaryo viloyati
▫️Farg'ona viloyati
▫️Xorazm viloyati
▫️Toshkent shahar
▫️Jizzax viloyati
▫️Samarqand viloyati
▫️Toshkent viloyati
▫️Buxoro viloyati
▫️Namangan viloyati
▫️Navoiy viloyati

#DavKadastrPalata #hashar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

9-iyun — Xalqaro arxivlar kuni


Tarixning tilsiz ko‘zgusi - sohalar tarixi arxivdir.

📜Dunyoda har bir mamlakatning o‘z milliy arxivi bor. Aslida u butun soha tarixini qamrab oluvchi bebaho manbaa. Respublikamizda esa rasman arxivga bundan yuz yil oldin asos solingan va u bugungacha Markaziy Osiyodagi yagona arxiv agentligi hisoblanadi.

🌟 Davlat kadastrlari palatasi tizimida 206ta arxiv xonalari mavjud bo'lib, ularda 244 nafar arxivariuslar faolyat ko'rsatishadi. Kadastr faoliyati esa aynan arxiv xujjatlar bilan chambarchas bog'liqdir. Tizimdagi mazkur yo'nalishni raqamlashtirish bo'yicha ko'pgina ishlar amalga oshirilib, yangi qadamlar qo'yilgan.

💐 Davlat kadastrlari palatasi jamoasida faoliyat yurituvchi arxiv ishi xodimlarini hamda mamlakatimizdagi barcha arxivariuslarni bugungi kasb bayramlari bilan muborakbod etib, ularga mustahkam sog‘lik, faoliyatlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz.

#DavKadastrPalata #arxiv

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Arxivlar –tarix ko‘zgusi

🎫 Arxivlar – davlatning tarixini oʻzida mujassam etgan hujjatli asosga tayangan yirik axborot manbayidir, shu sabab “Arxivlar –tarix ko‘zgusi” deya e’tirof etiladi. Bugun Davlat kadastrlari palatasida faoliyat yurtiayotgan va bayramlarini nishonlayotgan arxiv ishi xodimlarini kasblari haqida o‘zlaridan so‘raymiz. 👆

🌟 💐 Davlat kadastrlari palatasi jamoasida faoliyat yurituvchi arxiv ishi xodimlarini hamda mamlakatimizdagi barcha arxivariuslarni bugungi kasb bayramlari bilan muborakbod etib, ularga mustahkam sog‘lik, faoliyatlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz.

#DavKadastrPalata #arxiv

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

Davlat kadastrlari palatasi ramzi qonuniy ro‘yxatdan o‘tkazildi
!

🇺🇿 Oʻzbekiston Republikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasi qarori bilan Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining logotipi qonuniy tasdiqlandi va tovar belgisi hamda xizmat koʻrsatish belgisiga doir guvohnoma rasman taqdim etildi.

🌟 Ramzimiz qanday ma’nolarni anglatishi haqida batafsil ushbu videoda tomosha qiling. 👆

▶️ E’lonni yaqinlaringizga tarqatib qo‘yishingizni tavsiya etamiz.

#DavKadastrPalata #DKP_logosi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat
kadastrlari palatasiga kelib tushgan aholi murojaatlari statistikasi

⭐️🌟Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi faoliyati xizmat ko'rsatish bilan bog'liq bo'lgani sababli, tashkilotda aholi murojaatlari bilan ishlashga alohida e'tibor qaratilgan.

📊 Ushbu infografika orqali 2024-yil 1-iyun holatiga ko'ra, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kelib tushgan murojaatlar haqida batafsil ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

📲 Kadastr xizmatlari bilan bog'liq murojaatlaringiz bo'lsa, (71) 207 00 03 yagona aloqa markazi telefon raqamiga qo'ng'iroq qiling yoki @Dkpuz_bot telegram boti orqali murojaat qiling.

#DavKadastrPalata #murojaatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastrda yangi tayinlovlar

⭐️🌟Kadastr agentligi direktorining tegishli buyrug'iga binoan, Davlat kadastrlari palatasining bir qator tuman, shahar filiallariga yangi rahbarlar tayinlandi:

🇺🇿 Israilov Shamsiddin Mirkamalovich - Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi Bo'ka tumani filiali boshlig'i lavozimiga;

🇺🇿Tagabayev Shavkat Taxtamuratovich - Davlat kadastrlari palatasi  Toshkent viloyati boshqarmasi Quyichirchiq tumani filiali boshlig'i lavozimiga;

🇺🇿Abdiyev Shoxinur Quvvataliyevich - Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasi Norin tumani filiali boshlig'i lavozimiga;

🇺🇿Sultonov Asqarjon Adxamovich - Davlat kadastrlari palatasi Farg'ona viloyati boshqarmasi Quvasoy shahar filiali boshlig'i lavozimiga;

🇺🇿Meliyev Mirali Mengaliyevich - Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Termiz shahar filiali boshlig'i lavozimiga;

🇺🇿Xasanov Farxod Safarovich - Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Sariosiyo tumani filiali boshlig'i lavozimiga;

🇺🇿Djumanov Ulugbek Toshpulatovich - Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi Yangiyer shahar filiali boshlig'i lavozimiga tayinlandi.

#DavKadastrPalata #tayinlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😂😁〽️🔸

Hududiy faoliyatimiz OAV nigohida

⭐️🌟 Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari tomonidan o'tgan bir hafta davomida tashqi OAV larga  chiqishlar mazmuni bilan tanishishingiz mumkin:

🫥 Kadastr sohasiga oid qonunchilikdagi yangiliklar, hududlarda olib borilayotgan yer nazorati tadbirlari va aholi o'rtasida olib borilayotgan tushuntirish ishlari to'g'risida:

◽️Qaraqalpaqstan MTRK telekanalida;
◽️"Mahalla" telekanalida;
◽️Qashqadaryo MTRK telekanalida;
◽️Nurafshon TV telekanalida;
◽️Andijon MTRK telekanalida;

◼️Davlat kadastrlari palatasining asosiy faoliyat yo'nalishlariga doir yangiliklar:

◽️Jizzax.uz rasmiy telegram kanalida;
◽️"Jizzax ovozi" gazetasi ijtimoiy tarmoqlarida;
◽️Zarnews.uz ijtimoiy tarmoqlarida;

◼️Namanganda 63-xalqaro "Gullar festivali" doirasida bo'lib o'tgan dron-shou tafsilotlari "Milliy TV" telekanalida;

◼️Tuman filiallarida arxiv hujjatlarini raqamlashtirish ishlari to'g'risida FM 103.6 "Oltin Zamin" radiosida yoritildi.

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida energiya resurslaridan samarali foydalanish hamda energetika sohasi obyektlari kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

◼️Qayd etilishicha, o‘tgan yili elektr va gazni tejash bo‘yicha tumanbay dasturlar qabul qilindi. Xonadonlar va ijtimoiy obyektlarda o‘rnatilgan birgina quyosh kollektorlari hisobiga 20 million kilovatt tejalmoqda. Sanoat korxonalari ham “yashil energiya” manbalarini joriy qilmoqda.

◼️ Joriy yilda 580 ta maktab, 169 ta bog‘chaning energiya samaradorligini oshirish rejalashtirilgan. Mutasaddilarga 1 mingta ijtimoiy obyektni kuz-qish mavsumiga tayyorlash topshirildi. Jumladan, 251 ta shifoxona, 292 ta bog‘cha, 393 ta maktab va internat tamirlanadi.

◼️ Har bir hokimga 1 tadan tumanni tanlab, elektr va gaz tejash bo‘yicha namuna qilish topshirildi. Ushbu tumanlarda bu yil 750 million kilovatt elektr va 550 million kub metr gaz iqtisod qilinishiga erishish muhimligi ta’kidlandi.

◼️ Yig‘ilishda bundan buyon ilg‘or tajriba asosida soha va tarmoqlarda energiya samaradorlikni baholash bo‘yicha yangicha tizim amal qilishi belgilandi.

◼️ Endilikda elektromobilni xonadonda quvvatlashni rag‘batlantiradigan tungi tarif joriy qilinadi. Quvvatlash uskunasiga hisoblagich o‘rnatgan aholiga tungi vaqtda quvvatlaganlik uchun arzon tarif qo‘llanadi.

◼️ Respublikamizdagi 39 mingga yaqin ko‘p qavatli uyga 819 ta boshqaruv kompaniyasi xizmat ko‘rsatmoqda.

◼️ Boshqaruv kompaniyalari aholi va kommunal tashkilot o‘rtasida “ko‘prik” bo‘lishi kerakligi qayd etildi. Bundan buyon ikki yildan oshmagan uylarda, ya’ni kafolat muddatida muammo chiqsa, pudratchi bilan birga ularni bartaraf qilishga mas’ul bo‘lishi belgilandi.

◼️ Uy-joy kommunal soha mutasaddilariga “aholi – boshqaruv kompaniyasi – kommunal tashkilot va pudratchi” zanjirini yaratish topshirildi.

◼️ Bu yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha har bir mahalladagi haqiqiy ahvol o‘rganildi, tumanlar kesimida dastur ishlab chiqildi.

◼️ Yil boshidan viloyatlarda 250 ta avariyaviy o‘chish bois ayrim joylardagi iste’molchilarga elektr barqaror yetkazilmagani ta’kidlandi. Chunki ba’zi ko‘p qavatli uylardagi elektr qutilar va undagi simlar muddatini o‘tab bo‘lgan.

#Prezident #DavKadastrPalata

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida energiya resurslaridan samarali foydalanish hamda energetika sohasi obyektlari kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. ◼️Qayd…
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

◼️Yig‘ilishda elektr energiyasini ishlab chiqarishni ko‘paytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

◼️ Issiqlik elektr stansiyalari barqaror ishlashi, aholi va ijtimoiy soha ehtiyojlari uchun joriy yilda ko‘mir qazib chiqarishni yanada ko‘paytirish va bu borada 8 million tonnalik ko‘rsatkichga intilish zarurligi qayd etildi.

◼️ Hozirda qator mahallalarda gaz bosimi past, yo‘qotishlar yuqori ekani qayd etildi. Bu mahallalardagi xonadonlarning gaz ta’minotini uch bosqichli tizimdan ikki bosqichliga o‘tkazish rejalashtirilgan.

◼️ Kuz-qish mavsumida aholini issiqlik va ichimlik suvi bilan kafolatli ta’minlash uchun qozonxona, qozon va issiqlik tarmoqlarini yaxshilash, suv tarmoqlari va nasoslarni ta’mirlash vazifalari belgilab olindi.

#Prezident #DavKadastrPalata

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM