DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
11.1K subscribers
9.6K photos
1.43K videos
5.72K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.me/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Aholi murojaatlari tahlili


Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi faoliyati xizmat ko'rsatish bilan bog'liq bo'lgani sababli, tashkilotda aholi murojaatlari bilan ishlashga alohida e'tibor qaratilgan.

🌐 Tadbirkorlar va fuqarolarning murojaatlari soni esa kundan kunga oshib bormoqda. O'z navbatida bu ko'rsatkichlar aholining kadastr faoliyatidan boxabarligi va o'z mol-mulkiga befarq emasligini ko'rsatadi.

📊 Yuqoridagi infografika orqali Siz 2023-2024-yillar yanvar oyidagi murojaatlar soni va solishtirmasi bilan tanishishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr pasporti shakllantirish statistikasi

🌟 Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari tomonidan shakllantirilgan kadastr pasportlari mazkur infografikada berilgan.

🏪Hisobot davri: 9-15-fevral, 2024-yil

📁 Jami kelib tushgan: 14 062 ta
       Shakllantirilgan: 4 626 ta

Izoh: Mazkur hisobotda qabul qilingan arizalar faqat ish kunlarida ko‘rib chiqilishini ma’lum qilamiz.

#DavKadastrPalata #kadastr_pasporti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Haftalik murojaatlar tahlili

🌟 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2024 yil  12-16-fevral kunlari  jami  1 488 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida videoinfografika orqali tomosha qilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar #haftalik_natijalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🏪  “Davlat kadastrlari palatasi hafta davomida” dasturi 12-18 - fevral kunlarida tizimda ro‘y bergan muhim yangiliklar haqida xabar beradi.

#DavKadastrPalata #hafta_davomida #daydjest

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DIQQAT E’LON!

▶️ Hurmatli Surxondaryo viloyati, Denov tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

◼️Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi raisining birinchi o'rinbosari Nozimjon Inamov hamda viloyatning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

🗓 Sayyor qabul kuni: 2024-yil, 22-fevral, soat 10:00 da

📍 Manzil: Surxondaryo viloyati, Denov tumani, Vodiy mahallasi, Oltin vodiy ko‘chasi, 36-uy, Madaniyat binosi.

📃 Qabulga yozilish uchun +998 99 445 91 91 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

"Biznesga litsenziyasiz kirish" maxsus rejimi joriy etiladi


🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-yanvardagi “Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–8-son Farmoni qabul qilingan edi.

◼️Mazkur infografika orqali tadbirkorlarga yaratilayotgan qulayliklar, litsenziyalash va ruxsat berish to'g'risida bir qancha ma'lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😂😁〽️🔸

Hududiy faoliyatimiz OAV nigohida

🌟 Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari tomonidan o'tgan bir hafta davomida tashqi OAV larga  chiqishlar mazmuni bilan tanishishingiz mumkin:

◼️Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan o'tkazilgan matbuot anjumani haqida:

▫️"Erkin Qaraqalpaqstan" gazetasida:
▫️"Jaslar TV" telekanalida;
▫️"Janaliqlar" informatsion dasturida;
▫️"Xabar" informatsion dasturida;

◼️Davlat kadastrlari palatasida davlat xizmatlarini ko'rsatish mavzusida:

▫️"Yangi Sirdaryo" gazetasida;
▫️"Ashiq mikrafon" ko'rsatuvida;

◼️Jizzax viloyatida o'tkazilgan korrupsiyaga qarshi kurash mavzusidagi yig'ilish Jizzax radiokanalida yoritildi.

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

@Dkpuz_bot - javob beradi

SAVOL: Ko'p qavatli uydan kvartira sotib oldim. Kadastr ro'yxatidan o'tkazishni 47 kv. metrli uyni ham 100 kv. metrli uyni ham narxi bir xil to'lanar ekan, shu to'g'rimi?

✍️ JAVOB: Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qaroriga ko'ra, Jismoniy shaxslarning umumiy maydoni 100 kv. m gacha bo'lgan turarjoy ko'chmas mulk obyektlari va davlat reyestridan ko'chirmalarga BHM ning 1.25 baravari miqdorida to'lov undiriladi. Shu sababdan, 100 kv. m gacha o'lchovda bo'lgan uylarga bir xil to'lov amalga oshirilgan.

************

👉 @Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев ҳудудларда иқтисодий ўсишни таъминлаш, паст қувватда ишлаётган корхоналарни қўллаб-қувватлашга оид таклифлар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по обеспечению экономического роста в регионах, поддержке предприятий, работающих с неполной мощностью.

#Mirziyoyev #taqdimot #iqtisodiyot #sanoat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

1 km kv yer maydoniga to‘g‘ri keladigan aholi soni

🤯 O‘zbekistonda 1 km kv yer maydoniga qancha aholi soni to‘g‘ri keladi?

📊 Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda 1 km kv yer maydoniga o‘rtacha 82 nafar doimiy aholi soni to‘g‘ri keladi.

Bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda o‘rtacha 1,8 kishiga ortgan (2023 yil 1 yanvar holatiga 1 kv km ga 80,2 kishi).

2024-yilning 1 yanvar holatiga respublikamizning doimiy aholisi 36,8 mln kishini tashkil etmoqda.

🏙 Shahar joylarda – 18 768,5 ming kishi
🏠 Qishloq joylarda – 18 031,3 ming kishi

#DavKadastrPalata #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yosh kadastrchi

🇺🇿 Respublikamizda “2024 yil – Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilingani munosabati bilan Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarma va tuman, shahar filiallaridagi namunali yoshlar faoliyatini yoritish maqsadida "Yosh kadastrchi" loyihasi yo'lga qo'yildi.

🫥 Bunda hududiy boshqarma va tuman, shahar filiallarida ishlayotgan eng faol va namunali yosh kadastrchilarning faoliyati yoritib boriladi.

🌐 Mazkur videorolikda Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi Nukus shahar filialida ish olib borayotgan "Yosh kadastrchi" faoliyati yoritilgan.

#DavKadastrPalata #yosh_kadastrchi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 Ayni dam, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi xizmatlar qamrovini yanada kengaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

◼️ Ma’lumki, o‘tgan yil iyun oyida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etilgan edi. O‘tgan davrda 10 dan ortiq davlatning tajribasi chuqur o‘rganildi, ijtimoiy xizmat bo‘yicha mutaxassis-ekspertlar bilan hamkorlikda sohaning ahvoli o‘rganildi.

◼️ Davlatimiz rahbari sohadagi ba’zi kamchiliklarni sanar ekan, 20 dan ziyod idoraning ijtimoiy himoya borasidagi faoliyati hujjatlarda puxta o‘ylanmasdan, betartib belgilanganini ko‘rsatib o‘tdi.

◼️ Nogironligi bo‘lgan shaxslarni tibbiy va ijtimoiy reabilitatsiya qilish, kasbga o‘rgatish orqali to‘laqonli hayotga qaytarishga e’tibor sustlashib ketgani tanqid qilindi. Nogironligi bo‘lgan shaxslarni tibbiy va ijtimoiy reabilitatsiya qilish, kasbga o‘rgatish orqali to‘laqonli hayotga qaytarishga e’tibor sustlashib ketgani tanqid qilindi.

◼️ Prezident bu sohada umumiy yondashuv o‘zini oqlamagani, har bir oila va inson taqdiriga alohida professional yondashish lozimligini qayd etib, ustuvor yo‘nalishlarni belgilab berdi.

◼️ Raqamlashtirish hisobiga, o‘rnidan tura olmaydigan, o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz 2 ming kishiga yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.

◼️ Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, xizmatlar ko‘rsatish jarayonlarini soddalashtirish va tezlashtirish maqsadida:
- ehtiyojmand toifani belgilash bo‘yicha mezonlar ishlab chiqiladi va aynan qanday yordamga muhtojlik borligi aniq belgilab beriladi.

◼️Davlatimiz rahbari hokimlar va sektor rahbarlari mahallada o‘tkazayotgan qabullar ham o‘zgarishi kerakligi, qabullarda mahalla “yettiligi” ko‘targan eng og‘ir masalalarning yechimi bo‘lishi lozimligini ta’kidladi.

#DavKadastrPalata #Prezident

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿 Ayni dam, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi xizmatlar qamrovini yanada kengaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda. ◼️ Ma’lumki, o‘tgan yil iyun oyida Ijtimoiy…
◼️Yig‘ilishda “Muruvvat” uylari va Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlarida ijtimoiy xizmatlarni mobil va kunduzgi qatnov shaklida ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish topshirildi.

◼️ 1-oktabrdan aholiga ko‘rsatiladigan barcha ijtimoiy yordamlarni “ijtimoiy karta” orqali moliyalashtirishni joriy etiladi.

◼️ O‘zbekiston 2021-yilda Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaga qo‘shilgani tarixiy voqea bo‘ldi va undagi majburiyatlarni bajarish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

◼️ Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga olgan korxona va tashkilotlar uchun bir qator imtiyozlar yaratilgan. Lekin, 500 mingdan ortiq korxona va tashkilotning bor-yo‘g‘i 43 mingtasida nogironligi bo‘lgan shaxslar ishlaydi.

◼️ Yig‘ilishda protez ishlab chiqarish 90-yillar texnologiyasiga asoslangani, ularni haqiqiy muhtojlarga yetkazib berish tizimi ham to‘g‘ri tashkil etilmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

◼️ Tumanlardagi davolash o‘rinlarining 5 foizi nogironligi bo‘lganlarni reabilitatsiya qilishga ajratilishi, tuman markaziy shifoxonalarida tibbiy reabilitatsiya xonalari tashkil etilishi belgilandi.

◼️ Shuningdek, bino va inshootlarni qurish loyihaci nogironligi bo‘lganlar uchun qulay muhit yaratilganligi bo‘yicha ham majburiy ekspertizadan o‘tkaziladi.

◼️ Nogironligi bo‘lgan sayyohlar uchun qulay infratuzilma yaratish bo‘yicha “to‘siqsiz turizm” dasturi tasdiqlangan.

◼️Xodimlarining 50 foizida nogironlik bo‘lgan tadbirkorlarga davlat buyurtmachilari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish imkoniyati beriladi.

◼️ Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida monomarkazlarda nogironligi bo‘lganlar ta’lim olishi uchun qulay muhit va zarur infratuzilmani yaratib, ularga stipendiya to‘lash tartibini joriy qilish topshirildi.

#DavKadastrPalata #Prezident

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM