DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29K subscribers
10.6K photos
1.65K videos
1 file
6.3K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.me/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr muhandisining malaka imtihonlari

🫥 Xabaringiz bor, Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi binosida kadastr muhandisiga qo‘yilgan talablarga mos kelishini tekshirish maqsadida komissiya tomonidan malaka imtihonilari o'tkazib kelinmoqda.

🌟 Davlat kadastrlari palatasida kuni kecha navbatdagi malaka imtihoniga kelgan 40 nafar talabgorlar test sinovlari ko'rinishida malaka imtihonlarini topshirishdi. Malaka imtihonlari kunning 4 vaqtida o'tkazildi va jarayonlar palataning You Tube kanalida jonli ravishda translyatsiya qilindi.

#DavKadastrPalata #malaka_shahodatnomasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🗺Gapiradigan xarita

🌟Kadastr agentligining Kartografiya ilmiy ishlab chiqarish korxonasi tomonidan maktab va bog'cha bolalari uchun ko'plab ma'lumotlarni o'z ichiga jamlagan xarita ishlab chiqarildi.

▶️Batafsil "MY5" telekanalining "Markaziy studiya" teleloyihasida.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Shaxrixon tumanida sayyor qabul


⚡️ Ayni damda, Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari R.Nishanov va viloyatning tizim mutasaddilari ishtirokida Andijon viloyati, Shaxrixon tumanida sayyor qabul o'tkazilmoqda.

Qabul avvalida mutasaddilar tizimda qonunchilikka kiritilgan o'zgarishlar va yangiliklar bilan yig'ilganlarni tanishtirdi.

◼️Sayyor qabulda fuqaro va tadbirkorlar o'zlarini uzoq yillardan beri qiynab kelayotgan kadastrga oid masalalari yuzasidan murojaat qilmoqdalar. Palata raisi o'rinbosari tomonidan shu paytgacha 20 dan oshiq murojaatlar ko'rib chiqilib, tegishlicha tushuntirishlar berildi.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabul

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев металлургия корхоналарини ривожлантириш чора-тадбирлари бўйича тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о мерах по развитию металлургических предприятий.

#Mirziyoyev #taqdimot #sanoat #metallurgiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot


🫥 Qonun bilan viloyat sudlari va ularga tenglashtirilgan sudlar tomonidan apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rilgan ishlarni mazkur sudlarda taftish tartibida ko‘rish bosqichi joriy etildi.

◼️Apellyatsiya va kassatsiya instansiyalari sudlari tomonidan ishlarni yangidan ko'rish uchun birinchi instansiya sudlariga yuborish tartibi bekor qilindi hamda ularning zimmasiga ish bo‘yicha yakuniy qaror chiqarish mas’uliyati yuklatildi.

◼️Ishni taftish instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda, shuningdek ishni yuqori instansiya sudida taftish tartibida qayta ko‘rishda ishtirok eta olmaydi.

👉 Batafsil: https://uzdkp.uz/uz/huquqiy-malumot-119/

Asos: O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ–888-son Qonuni, 25.12.2023-y

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Milliy yer hisoboti ishlari


🌟 Davlat kadastrlari palatasi rahbariyatining topshirig‘iga ko‘ra, joylarda 2024-yil 1 yanvar holatiga Milliy yer hisobotini to'liq yakunlash, tahlil qilish, yakuniy hisobotlarni arxivlash ishlari boshlangan. Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparatida ana shu ishlar tahliliga bag‘ishlangan onlayn yig‘ilishlar hududlardagi mutasaddilar ishtirokida muntazam tashkil etilmoqda.

Unda, Yer hisobotini yurituvchi mutaxassislariga Vazirlar Mahkamasining 578-sonli qarori mazmun mohiyati bo'yicha tushuntirish ishlari olib borildi, qaror ilovasidagi belgilangan jadvallarni tanlov asosida 1 ta tuman va 1 ta shahar misolida shakllantirish topshirig'i berildi.

◼️ Shuningdek, qishloq xo‘jaligi zaxirasidagi foydalanilmay turgan yerlarni tahlil qilish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yuzasidan hokimlik qarorlari qabul qilinish hamda “Uzkad” dasturidagi rollari bo‘yicha muddatida o‘z xulosalarini Yer fondi, uning kichik toifalari bo'yicha to'g'ri belgilash yuzasidan korsatmalar berildi.

◼️Qayd etish muhimki, Respublikamizning har bir hududida mazkur yo‘nalish bo‘yicha ishlar jadallik bilan olib borilmoqda:

▫️ Surxondaryo viloyati
▫️ Toshkent viloyati
▫️ Jizzax viloyati
▫️ Navoiy viloyati
▫️ Qoraqalpog'iston Respublikasi

#DavKadastrPalata #milliy_yer_hisoboti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
☝🏻2024 йилга мўлжалланган Давлат дастури лойиҳаси кенг жамоатчилик муҳокамаси учун www.uzbekistan2030.uz сайтига жойлаштирилди.

Лойиҳа жорий йилнинг 9 февраль кунига қадар кенг жамоатчилик ва экспертлик муҳокамаларидан ўтказилади.

Лойиҳа бўйича ўз фикрингизни билдиринг!

💻 Жамоатчилик муҳокамасида фаол иштирок этинг!

🫵🏻 Сизнинг фикрингиз муҳим!
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xalqaro sertifikat talablari doirasida


📃 Xabaringiz bor, 2023-yil so‘nggida Davlat kadastrlari palatasi ikki yo‘nalishda ISO sertifikatlarini qo‘lga kiritgandi. Mazkur halqaro sertifikatga doimo munosib bo‘lish uchun muntazam amaliy va tahliliy ishlar olib borilmoqda.

🌟 Kuni kecha, Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparatida ushbu xalqaro sertifikatlar talablari doirasida «ISO 9001:2015 Talablari bo‘yicha sifat menedjmenti tizimining tahlili” mavzusida o‘quv seminarlari boshlandi.

Ushbu seminarda markaziy apparatning boshqarma va bo‘lim rahbarlari va mutasaddilar ishtirok etib, xujjatlar yuritishda, xizmat sifatini yuqori darajada ushlab turishda nimalarga ahamiyatli bo‘lish lozimligi bo'yicha va yana shu kabi bir qancha mavzularda ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

#DavKadastrPalata #ISO #o_quv_seminari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM