17 subscribers
38 photos
16 videos
2 files
139 links
Download Telegram
🤔 Siz haqiqiy IT mutaxassisi, talaba yoki dasturchimisiz?

🚀 21-22 avgust kunlari “World AI & Data Challenge” data-xakatonida onlayn tarzda ishtirok eting va nimalarga qodirligingizni koʻrsating!

💰 Tanlovning umumiy mukofot jamgʻarmasi 5,5 million rublni, 1-oʻrin uchun pul mukofoti esa 1 million rublni tashkil etadi! Eng yaxshi loyihalar butun dunyo boʻylab tatbiq etiladi!

Tanlovda siz quyidagilarni amalga oshirishingiz mumkin:
📌 har xil masalalarni yechish uchun farazlaringizni sinab ko'ring;
📌 minimal hayotiy mahsulotingizni (MVP) yakunlash;
📌 axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassislardan bilim olish;
📌 oʻxshash fikrlaydigan odamlarni topish.

Siz oʻz mamlakatingiz kelajagini oʻzgartirishingiz mumkin! “World AI & Data Challenge”da ishtirok eting!

🔖 Roʻyxatdan oʻtish uchun havola: https://leader-id.ru/events/216501

Xakaton haqida batafsil: https://clck.ru/WQJkd

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ
No comment☺️

Kanalga ulanish 👇👉@DasturlashMasalalar
Maqsad va unga yo'l qanday bo'ladi?

Maqsadga borish - bu huddi kompyuter o’yinidek. Ammo kompyuterda o’yin o’ynab, u yerdagi qahramoningizni kuchaytirgandan ko’ra, real hayotda o’zingizni huddi shunday kuchaytiring!

Kanalga ulanish 👇👉@DasturlashMasalalar
Odob

Бир киши 48 йил аввалги бошланғич синф ўқитувчисини хиёбонда кўриб қолиб, хижолатлик билан ёнига бориб: "Устоз, мени танидингизми?" деди.
— Йўқ, таниёлмадим,- деди кекса муаллим.
— Мен бошланғич синфдаги ўқувчингиз фалончи бўламан. Устоз, синфдош ўртоғимизнинг соати йўқолганди. Мен олгандим. Сиз "ҳамма жойидан турсин ва қўлларини тахтага тирасин, тинтув қиламан" дедингиз. Мен уялдим ва қаттиқ қўрқдим. Сиз ва ўртоқларимнинг юзига қандай қарайман, деб ўйлаганим сари баданимдан муздай тер қуйиларди. Шу пайт сиз яна бир буйруқ бердингиз: "Энди ҳамма кўзларини юмсин!"
Сафнинг ўртароқларида эдим. Тинтув навбати менга келди. Соатни индамай чўнтагимдан олдингиз ва тинтувни сафдаги сўнги болагача излаштирдингиз. Кейин бизни ўрнимизга ўтқазиб, менга ҳам, бошқаларга ҳам ҳеч нарса демасдан соатни эгасига қайтардингиз.

Улғайганим сари бу ишингиз қалбимда каттариб бораверди. Устоз, мен ҳозир олтмиш ёшдаман. Бу ҳаётдаги энг катта сабоқни ўша куни сиздан олгандим. Ҳар гал эслаганимда бир сесканиб кетардим ва ўзимни сиздан қолган марҳамат ва бағрикенглик бағрида ҳис этардим. Ўзингдан, виждонингдан уялиб яшаш азоб, ундан-да даҳшатли азоб эса уялаётганингни бошқалар ҳам билиши, уларни ҳар кўрганингда хижолат бўлишинг ундан ҳам даҳшатли азоб.

Устоз, сиз менга ҳаммадан уялиб яшаш азобини раво кўрмадингиз. Бу азобни ҳис қилганимда унута олармидим, билмайман тўғриси. Лекин мени уялтирмаганингизни ҳеч қачон унутмадим, устоз!

Кекса ўқитувчи ўриндиқда ёнма-ён ўтирган собиқ ўқувчисига ўгирилиб қаради:
— У воқеани эртаси куниёқ унутиб юборгандим. Ҳозир сен айтанганингда эсладим.
Сизларга кўзларингизни юминг деганимда мен ҳам кўзларимни юмгандим. Шу ёшдаги ҳар бир бола қўл уриши мумкин бўлган янглишга қўл урган ўқувчимга нисбатан кўнглимда ёмон ўй тушмасин дегандим. У сенмидинг? Билмасдим...

•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•

@Muhammadali_Eshonqulov
Forwarded from Ismoilmirzo | Personal blog (Ismoilmirzo | Programmer)
Sizlarga bugun(29-iyul Payshanba) 20:00da ovozli chat 🎤 bo'lishini ma'lum qilmoqchimiz.

Mavzusi: "Dasturlashni o'rganishni qanday boshlash, qayerda o'rganish, qanday qilib yaxshi dasturchi bo'lish haqida mohirlardan tavsiyalar hamda mohirdev.uz haqida"

Ovozli chatda mehmon bo'lib Malayziyadagi Sains Islam Universityda kiberxavfsizlik bo'yichq o'qituvchi, mohirdev.uz asoschisi, AI expert, xullas kuchli IT'shnik Anvar Narzullayev(@sariqdev) qatnashadilar.

Ovozli chat vaqti: ⌚️ 29- iyul (Payshanba) 20:00 da

P.S: U kishidan foydali maslahat olmoqchi bo'lganlar hoziroq budilnikni tayyorlab qo'ying

📌 Diqqat ovozli chat @ismoilmirzo kanalida bo'lib o'tadi.
Forwarded from hujayra.uz
O'tgan yilgi bir vebinarimda ilm ostonasiga qadam qo'yayotganlarga maslahatlar bergandim...

Bugun nima bo'di-yu, 2-3 yil avval mendan maslahat so'rab yozgan bakalavrni bitirgan, magistraturaga kirgan yoshlar bilan yozishmalarimizni qayta o'qib chiqdim. Asosan "nima mavzuda ilmiy ish qilay?", "qaysi sohaga magistraturaga kiray?" kabi savollarni berishgan ekan. Barchalariga deyarli bir xilda "o'zingiz qiziqqan soha/mavzuni tanlang. Undan keyin maqsadni aniqlashtiring" degan ekanman.

Afsus, gaplashganlarimning 90 foizi o'shanda qanday bo'lsa hozir ham xuddi shunday holatda qolibdi. Na ilmda o'sish bo'lgan, na boshqada. Shundaylari borki, o'zi o'qiyotgan/ishlayotgan soha bo'yicha elementar narsalardan xabarsiz.

Buning hammasi maqsadning yo'qligidan. Ilm ostonasida turgan aziz uka-singillarim, yana o'sha gap, hammasidan avval maqsadni aniqlab olmas ekansiz, 10 yildan keyin ham o'sha turgan joyingizda turaverasiz, siljish bo'lmaydi.

O'sha vebinarda rasmdagi eshak haqida aytib berganlarimni eslang...

@hujayrauz
Assalom aleykum qadri baland kanal a'zolari
Ajoyib yangilik frontend bo'yicha bepul kurs utmoqchiman qushilmoqchila
guruhga qo'shilib olasizlar

Link --https://t.me/joinchat/OSD00M1eQFJhOGMy
Forwarded from ККРаб Работа🦀
Pullik videodarslar.

Shunday qilib, uzoq o'ylab, ushbu oy vaqtimni Blender bo'yicha pullik videodarslik chiqarishga bag'ishlamoqchiman. O'ylab ko'rsam, shu yo'l bilan ham mundayroq pul ishlab olaman, ham ko'pchilikka foydasi tegar ekan))

Hozirda 3D modellashtirish bo'yicha videokurslar juda qimmat, 100-150 dollar atrofida. (Balki arzonlari ham bordir, xabarim yo'q) Men esa, 20 dollardan taklif qilib, ko'proq auditoriyani qurshab olmoqchiman. Albatta, bu 20 dollar bilan professional modelyer bo'lib ketmaysiz, birinchi videokursni boshlang'ich daraja (beginner)ga olib chiqishga bag'ishlasam, ikkinchisini o'rta daraja (intermediate)ga bag'ishlayman. Shunday qilib, 20 doldirdan 40 doldir bo'ladi🤓.

Profi darajasini va'da qilolmayman, bunisi uchun kechirasizlar, lekin nasib qilsa, shu ikkala kursdan keyin o'z parvozingizni boshlab, bilmaganlaringizni oson o'rgana olish darajasiga chiqib olasizlar.

Demak, bu ikki kursda biz 3D modellashtirish haqida tushuncha, obyektlar yaratish va tahrirlash, modellashtirish, teksturalar, animatsiya, moshn-grafika kabi bir qancha bilimlarni egallaymiz.

Shuningdek, videokurs sotib olganlar uchun alohida guruh ochilib, u guruhda o'rganuvchilar bir-birlari bilan fikr almashishlari, o'z ishlarini bir-biriga maqtanishlari mumkin bo'ladi. Shuningdek, u guruhda a'zolar so'ragan biror funksiyani o'sha guruhdagilarni ba'ri uchun tushuntirib berib boraman, ya'ni, "life-time support" bo'ladi))

Albatta, bu videokursni olmasdan, youtubedagi turli kanallardagi bepul darsliklardan yoki pullik kurslarni sotib olsangiz ham bo'ladi. Men ham o'sha pullik kurslardan o'rganganman, har xolda) Lekin men o'sha 10dan ortiq pullik kurslarni o'rganib chiqqan odam sifatida, ularni umumiylashtirib tushuntirib borishim mumkin bo'ladi))

Xullas, shunaqa gaplar. Agar oldindan sotib olmoqchilar bo'lsa, oldindan sotib olganlarga 20 foiz chegirma qilib beraman, keyingi kurs uchun esa 35 foiz chegirma olishadi)) Kurs tayyor bo'lishi bilan chegirma qilib berish to'xtaydi. Shunday ekan, shoshilinoradi))

Videokurs nasib qilsa, shu oy o'rtalariga tayyor bo'ladi. Qo'shimcha savollarni izohda yoki shaxsiy xabarda yozishingiz mumkin.

@TheAliBlog
Facebook, Whatsapp, Instagram va Messenger da uzilishlar kuzatilmoqda.
Forwarded from Haydarov Akbar's Blog
🔥 Assalomu alaykum Xayrli kech!
Bugun ulashmoqchi bo'lgan botimni bir oy o'ylab va bir oy avval boshlagandim va yaqinda tugatdim🤓 @kerakli_linklar_bot Bot o'zimga ma'qul keldi xuddi ko'nglimdagidek chiqdi Alhamdulillah

Lekin haligacha qanaqadir g'oylar keladi va shularni tugatmasam ko'nglim joyiga tushmay botni har kuni bir necha marotaba o'zgartiryapman...

lekin man tufayli kimningdir mushkuli yengillashsa shuni o'zi kifoya sizga ham botda foydalanib ko'rishni maslahat beraman zora sizga ham foydasi tegsa😊

https://t.me/HaydarovAkbar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Facebook endi Meta. Ijtimoiy tarmoq nomi o'zgarmaydi, faqat kompaniya. Endi asosiy urg'u AR va VR texnologiyalarga beriladi.

VR (virtual reality) - odamlar virtual dunyoga kiradi.
AR (augmented reality) - Virtual obyektlar real hayotga kiradi.


"Facebook" kompaniyasi nomini o'zgartirdi. Bugundan boshlab endi u "Facebook" emas, balki "Meta". Nomning o'zgarishiga asosiy sabab - kompaniya bir qator bir-biriga bog'liq virtual dunyo mahsulotlari ustida ishlamoqda, deb tushuntirdi kompaniya rahbari Mark Zukerberg.

"Bizning tizim kelasi 10 yil ichida mobil internet o'rnini egallaydi", - deya da'vo qildi u.

Aytmoqchiki, 10 yildan keyin telefoningizda internet bilan bog'liq nima ish qilsangiz, deyarli hammasi "Meta" bilan bog'liq bo'ladi.

"Meta"ning asosiy xizmati - "Facebook" o'z nomini saqlab qoladi. Demak, amalda nomning o'zgarishi sizning "Facebook"dagi faoliyatingizga hech qanday ta'sir o'tkazmaydi
— Dasturlash osonmi?
😭
​​Dunyoda IT sohasining rivojlanishini koʻrib, bizda ham barcha sharoitlarga ega, zamonaviy IT markazlar boʻlishini doim orzu qilardim. Yaqinda mana shunday zamonaviy “Astrum” IT akademiyasi Toshkent viloyatida oʻz faoliyatini boshladi. Bu akademiya 42-maktab gʻoyasi ruhida tashkil topgani haqida yozgandim. Bunday akademiyaning faoliyat boshlashi insonni xursand qiladi.

Bizga koʻpchilik iqtidorli, biroq moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelayotgan yoshlar ushbu akademiyada oʻqish uchun murojaat qilishdi. Biz jamoamiz va “Astrum” IT akademiyasi bilan kelishgan holda ularga grant ajratib, imkon berishga qaror qildik. Mikrokreditbank va “Yoshlar-kelajagimiz” jamgʻarmasi ham bu tashabbusni toʻliq qoʻllab-quvvatladi.

Aynan shu maqsadda 1 500 000 000 soʻm mablagʻ ajratib, 100 nafar yoshlarning har biriga oʻqish uchun 15 million soʻmgacha grant berishni koʻzda tutuvchi yangi loyihani “Metsenat” bilan hamkorlikda e’lon qilamiz. Mazkur imkoniyatdan foydalanish uchun @yoshlargrant_bot Telegram boti orqali roʻyxatdan oʻtish lozim. Roʻyxatdan oʻtish 14-noyabr kuni yakunlanadi.

Ishonchim komilki, bu akademiyada oʻqigan yigit-qizlarimiz kun kelib, dunyo miqyosidagi yirik loyihalarni amalga oshiradigan, oʻzlaridan iz qoldiradigan yetuk kadrlar boʻlib yetishishadi.

@alisher_sadullaev
Eng og'riqli mavzu men uchun Orol bo'lgan! Buni ko’rib og'zim lang ochilib qoldi! Butun bir boshli davlatni qurityapsizlar! Alloh oldida ertaga javob berasizlar!

P.s. Suratda Milliy bogʻning oʻzgarishi aks etgan.

👉 @abdusattor