Daryo | Rasmiy kanal
448K subscribers
117K photos
5.1K videos
7 files
98.5K links
“Daryo” saytining rasmiy kanali

English — @daryo_eng
Русский — @daryo_russian
Kirill — @daryo_kirill
Tezkor — @daryo_live
Sport — @daryo_sport24
Lifestyle — @daryo_lotin

Tahririyat — @daryoga_murojaatbot
Reklama — +998 90 185 02 32
Download Telegram
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasidagi top 10 hamkor davlatlar ma’lum qilindi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yetti oyi mobaynida mamlakat jahonning 200 dan ortiq davlati bilan savdo aloqalarini olib borgan.

Batafsil — https://daryo.uz/26N47rwvR

👉 Obuna bo'ling — @daryo
Chorvoq suv omborida ota va uning ikki o‘g‘li cho‘kib ketdi

Ular katerda sayrga chiqqan va suvga tushish taqiqlangan hududga borib, himoya nimchasisiz suvga tushib cho‘kib ketgan. G‘avvoslar tomonidan jasadlarni qidirish ishlari olib borilmoqda.

Batafsil — https://daryo.uz/UW12NjwvR

👉 Obuna bo'ling — @daryo
Erta nikoh, 16 yoshga to‘lmaganlar homiladorligi haqida xabar bermaganlar jarimaga tortilishi mumkin

O‘zbekistonda bunday huquqbuzarliklar haqida xabar berishi shart bo‘lgan, ammo ichki ishlar organlari yoki “Inson” markazlariga xabar bermagan shaxslarga javobgarlik belgilash taklif etildi.

Batafsil — https://daryo.uz/cFfaSCQvg

👉 Obuna bo'ling — @daryo
Harbiy xizmatga layoqatsiz rossiyaliklar dronlarga qarshi kurashga jalb etilishi mumkin. Putin tashabbusni ma’qulladi

Rossiyada harbiy xizmatga yaroqsiz ahvolga tushganlar kelgusida Mudofaa vazirligi bilan istisno tariqasida shartnoma imzolashi mumkin. Ular frontga yuborilmaydi, balki mamlakat ichida strategik obyektlarni dronlar tahdididan himoyalash bilan shug‘ullanadi.

Batafsil — https://daryo.uz/JgC1vjwDg

👉 Obuna bo'ling — @daryo
Toshkentda maktab avtobuslariga ehtiyoj o‘rganilmoqda

Poytaxtda maktab avtobuslarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatini o‘rganish, ularga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash hamda zaruratdan kelib chiqib ushbu tizimni joriy etish masalasini ko‘rib chiqish maqsadida so‘rovnoma tashkil etildi.

Batafsil — https://daryo.uz/Zj9NpCQDg

👉 Obuna bo'ling — @daryo
Hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

“O‘zgidromet” prognozlariga ko‘ra, 7-sentyabr kuni harorat 38 darajagacha ko‘tarilishi mumkin. Yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Batafsil — https://daryo.uz/36FU2jQDg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Davlat mehnat inspeksiyasi dam olish kunlari xodimlariga majburan turli topshiriq berayotganlarni ogohlantirdi

Inspeksiya “Ijtimoiy reyestr”dagi fuqarolarni asossiz yoki majburan reyestrdan chiqarish holatlari kuzatilayotganiga ham munosabat bildirdi.

Batafsil — https://daryo.uz/vq8zxCwDg

👉 Obuna bo'ling — @daryo
Isroilning Livanga hujumlari oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi. Ular orasida 18 yoshli qiz ham bor

Zarbalar “Hizbulloh” uchirgan dronga javoban berilgani ta’kidlandi. Isroil Mudofaa vazirligi, shuningdek, armiya Livan janubidagi Ali al-Tahir strategik tepaligi ustidan operativ nazorat o‘rnatganini e’lon qildi.

Batafsil — https://daryo.uz/ZSLnpCwvR

👉 Obuna bo'ling — @daryo
Ipoteka kreditlari bo‘yicha fuqarolarga 1,1 trln so‘mdan ortiq subsidiya to‘lab berildi

O‘zbekistonda boshlang‘ich badal uchun ajratilgan subsidiyalardan foydalanish bo‘yicha hududlar orasida vodiy viloyatlari yetakchilik qildi.

Batafsil — https://daryo.uz/aJOfaCwvR

👉 Obuna bo'ling — @daryo
Ozodlik flotiliyasi to‘xtamoqchi emas. Ko‘ngillilarning navbatdagi guruhi G‘azoga suzadi

Ular Yevropaning qator davlatlarida to‘xtab, gumanitar yordam to‘plashni va Falastin tarafdorlarining turli tadbirlarini o‘tkazishni reja qilgan. Flotiliya oktyabr oyiga borib G‘azoga langar tashlashga urinib ko‘radi. Bu safargi missiyada Greta Tunbergning ishtiroki noma’lum.

Batafsil — https://daryo.uz/VjMgyjQvg

👉 Obuna bo'ling — @daryo
O‘zbekistonda Xitoy kompaniyasi hamkorligida binolarni yerning issiqligi bilan isitish texnologiyasi joriy etilishi mumkin

Xitoyda qo‘llanayotgan yig‘ma qurilish standartlari va texnik talablarini o‘rganish, ilg‘or texnologiyalar orqali qurilish samaradorligini oshirish hamda qurilish jarayonlarining ekologik ta’sirini kamaytirish masalalari ham muhokama qilindi.

Batafsil — https://daryo.uz/jIjuQCwDg

👉 Obuna bo'ling — @daryo
“Markaziy Osiyoda shu turdagi birinchi raqamli majmua”—Saida Mirziyoyeva Zamonaviy sanʼat markazi haqida

Prezident administratsiyasi rahbari markaz ochilishida ishtirok etib, undagi imkoniyatlar haqida fikr bildirdi.

Batafsil — https://daryo.uz/27dmzqQvR

👉 Obuna bo'ling — @daryo
“Urushga kirgan birinchi kunimdayoq dron hujumiga uchradik”. Rossiya armiyasiga yollangan namanganlik yigit 2 yilga qamaldi

Jazoni o‘tash davrida muassasaga kelgan harbiylar mahkumlarga Ukraina urushida qatnashish evaziga pul va Rossiya fuqaroligini taklif qilgan. Bunga rozi bo‘lmagan markaziy osiyolik mahkumlarni esa qamoqxona xodimlari qiynab, karserga joylashtirgan.

Batafsil — https://daryo.uz/CUr4hCwDg

👉 Obuna bo'ling — @daryo
NATO ilk bor AQSH ishtirokisiz harbiy mashg‘ulot o‘tkazdi

Bu yilgi mashg‘ulotlarda Germaniya harbiy-havo kuchlarining razvedka samolyotlari, Belgiya qiruvchi samolyotlari hamda Kanada harbiy kemalari ishtirok etdi.

Batafsil — https://daryo.uz/KaUHejQDg

👉 Obuna bo'ling — @daryo
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda Zamonaviy san’at markazining ochilish marosimi bo‘ldi

Ushbu dargohda ko‘rgazma zallari, kutubxona, konsept-stor, ta’lim maydonlari hamda uchrashuv va tadqiqotlar uchun mo‘ljallangan jamoat hududlari o‘rin olgan. Qamrovining bu qadar kengligi uni butun Markaziy Osiyo mintaqasida shu turdagi birinchi raqamli majmua darajasiga olib chiqmoqda.

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Oʻzbekiston sudlarida ko‘rilgan jinoyat ishlari soni olti oyda 29 foizga oshdi

Mamlakatda ogʻir jinoyatlar ulushi 18 foizga, oʻta ogʻirlari esa 19 foizga koʻpaygan. Eng koʻp jinoyat poytaxtda sodir etilgan.

Batafsil — https://daryo.uz/XaukW3QDg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
O‘zbekistonda Afg‘oniston hamkorligida yangi xalqaro aviakompaniya tashkil etilishi mumkin

Bu masala Kam Air kompaniyasi rahbari ishtirokida Farg‘ona viloyatida ko‘rib chiqildi. Loyihani amalga oshirish uchun mavjud imkoniyatlar, zarur infratuzilma va xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish jarayonlari muhokama qilindi.

Batafsil — https://daryo.uz/T3SDZqwDg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Yosh parlament a’zolarining XII global konferensiyasi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani e’tirof etildi

4–6 sentyabr kunlari Samarqand shahrida “Murakkab davrda inson huquqlari, adolat va inson qadr-qimmatini tiklash yo‘lida” mavzusida Parlamentlararo Ittifoq Yosh parlament a’zolarining XII global konferensiyasi yuqori saviyada o‘tkazildi.

Batafsil — senat.uz

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Germaniya raketasi ilk bor kosmosga chiqdi: Yevropa sun’iy yo‘ldoshlarni mustaqil uchirish poygasiga qo‘shilmoqda

Spectrum raketasi xususiy kompaniyaga tegishli bo‘lib, Norvegiyaning Arktikadagi kosmodromidan fazoga ko‘tarilgan. U o‘zi bilan 5 ta sun’iy yo‘ldoshni olib uchgan. Germaniya shu tariqa sun’iy yo‘ldoshlar uchirish borasida AQSHga bog‘liqlikdan qutulmoqchi.

Batafsil — https://daryo.uz/K388wCwvR

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
1
Avgustda propan 5,8 foizga, benzin 6,7 foizgacha qimmatlashdi — Statqoʻm

O‘tgan oyda O‘zbekistondagi oylik inflyatsiya darajasi 0,2 foizni, yillik narxlar oʻsishi esa 6,2 foizni tashkil etdi.

Batafsil — https://daryo.uz/4pz543wDg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Suriyani yirik hisobda mag‘lub etib, U-20 Osiyo Kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Ushbu turnir 2027-yilning 24-martidan 10-apreliga qadar Xitoyda o‘tkaziladi. Osiyo Kubogida yarim finalga yetib borgan jamoalar esa 2027-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionatida qatnashish huquqini qo‘lga kiritadi.

Batafsil — https://daryo.uz/23yUT3wvg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo