Daryo | Rasmiy kanal
406K subscribers
112K photos
4.77K videos
7 files
93.6K links
“Daryo” saytining rasmiy kanali

English — @daryo_eng
Русский — @daryo_russian
Kirill — @daryo_kirill
Tezkor — @daryo_live
Sport — @daryo_sport24
Lifestyle — @daryo_lotin

Tahririyat — @daryoga_murojaatbot
Reklama — +998 90 185 02 32
Download Telegram
Polsha sobiq prezidenti pensiyasidan norozilik bildirdi

Prezidentlik nafaqasi amaldagi davlat rahbari maoshining 75 foizini tashkil etadi. Lex Valensa mamlakatni “kambag‘al“ deb atadi.

Batafsil — https://daryo.uz/rKIHWHhvR

👉 Obuna bo'ling — @daryo
O‘zbekistonda dorilarni ham onlayn buyurtma qilish imkoni yaratiladi

Bunda har bir dorixonada onlayn buyurtmalarni tarqatish punkti bo‘lishi kutilmoqda. Kuryerlar maxsus haroratni talab qiluvchi dorilarni termokonteynerlarda tashiydi.

Batafsil — https://daryo.uz/sasO0Nhvg

👉 Obuna bo'ling — @daryo
“Meni hayratga soldi”: Qozog‘iston prezidenti Buxoroga tashrifi haqida iliq fikr bildirdi

Qosim-Jo‘mart To‘qayev Shavkat Mirziyoyevga yo‘llagan maktubida Buxorodagi bir kunlik muzokaralar uzoq muddatli siyosiy samarasi jihatidan rasmiy tashrifdan aslo qolishmasligini aytdi.

Batafsil — https://daryo.uz/i-I-bNhvR

👉 Obuna bo'ling — @daryo
“O‘pirilib tushgan yo‘lni qayta tiklashga turkiyalik mutaxassislar jalb etilgan” — “O‘zavtoyo‘l”

Temur Malik ko‘chasidagi mazkur obyekt boʻyicha tiklash va mustahkamlash ishlari davlat byudjeti, jumladan, Toshkent shahar hokimligi mablagʻi hisobidan emas, balki pudratchi tashkilotning oʻz hisobidan amalga oshirilish nazarda tutilgan.

Batafsil — https://daryo.uz/MDGshHhDg

👉 Obuna bo'ling — @daryo
Central Asian University 2026-yilda qabul kvotalarini qisqartirib, tanlovni kuchaytirmoqda

Batafsil — https://daryo.uz/cau

Reklama
O‘zbekistonda dollar rasmiy kursi ko‘tarildi

Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 15-aprelda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.

Batafsil — https://daryo.uz/nVt9BH2Dg

👉 Obuna bo'ling — @daryo
O‘zbekistonda qurilish va unga yondosh sohalarda 3,5 mln kishi ishlamoqda

Prezident rahbarligidagi yig‘ilishda 2025-yilda qurilish ishlari hajmi 314 trillion so‘mga yetgani ma’lum qilindi.

Batafsil — https://daryo.uz/-eJHPNhDg

👉 Obuna bo'ling — @daryo
Prezident viloyat hokimlariga 2 oyda bosh rejani amalga oshirish dasturini ishlab chiqishni topshirdi

Urbanizatsiya iqtisodiy o‘sishning muhim omili ekani ta’kidlanib, infratuzilma rejalari aniq belgilanmagani tanqid qilindi. Hokimlarga bosh rejani amalga oshirish bo‘yicha kompleks dasturlar ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.

Batafsil — https://daryo.uz/GiXGQNhvg

👉 Obuna bo'ling — @daryo
AQSH va Eron shu hafta muzokaralarni qayta boshlashi mumkin — Reuters

Delegatsiyalar 17 yoki 19-aprel kunlari uchrashishi mumkin, ammo aniq sana hozircha belgilanmagani aytilmoqda.

Batafsil — https://daryo.uz/yoaZBNhDg

👉 Obuna bo'ling — @daryo
“El-yurt umidi” stipendiati bo‘lgan yigit AQSHda vafot etdi

U Stony Brook universiteti 4-bosqichi talabasi bo‘lgan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, marhumni vatanga olib kelish masalasi nazoratga olingan.

Batafsil — https://daryo.uz/ty6v_HhvR

👉 Obuna bo'ling — @daryo
O‘zbekistonda shikastlangan avtoraqamni endi onlayn almashtirish mumkin

Ariza topshirishda shikastlangan davlat raqami fotosuratini ilova qilish talab etiladi. Xizmat narxi bir juft raqam uchun 1 mln 854 so‘m etib belgilangan.

Batafsil — https://daryo.uz/XgBgrHhvR

👉 Obuna bo'ling — @daryo
Kim kambek qila oladi? YCHL chorak finali javob o‘yinlari haqida

Bugun va ertaga Chempionlar Ligasida chorak final javob o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Dastlabki o‘yinlarning uchtasi mehmonlar g‘alabasi bilan tugagan bo‘lsa-da, hali biror juftlikda butunlay intriganing o‘lganini aytish qiyin. “Daryo” kolumnisti Qahramon Aslonov musobaqaning chorak final bosqichi javob uchrashuvlari oldidan jamoalarning imkoniyatini baholadi.

Batafsil — https://daryo.uz/aGsaJN2Dg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
O‘zbekistonda 2025-yilda korrupsiya holati haqida xabar berganlarga qancha pul to‘langani ochiqlandi

Pul mukofotidan tashqari uch nafar fuqaroga jami 1 mln 200 ming soʻmlik esdalik sovgʻalari ham topshirilgan, 25 nafar shaxs tashakkurnoma bilan taqdirlangan.

Batafsil — https://daryo.uz/54j3uNhDg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
O‘zbekistonda shaharsozlik qoidalarini qo‘pol buzganlik uchun moliyaviy sanksiya joriy etiladi

1-iyundan davlat buyurtmachilari faoliyati KPI’ga bog‘lanib, xodimlar oyligi 3 baravar oshiriladi. Davlat buyurtmasi asosida qurilgan aksar obyektlar kuzatuv kameralari bilan nazorat qilinadi.

Batafsil — https://daryo.uz/D84JRDhvg

👉 Obuna bo'ling — @daryo
AQSH Erondan uranni boyitishni butunlay emas, 20 yilga to‘xtatishni so‘radi — WSJ

Shu paytgacha Vashington Tehrondan uranni boyitishdan butunlay voz kechishni so‘ragani aytilayotgandi.

Batafsil — https://daryo.uz/Rw46rN2vR

👉 Obuna bo'ling — @daryo
“Eron Italiyani ikki daqiqa ichida yo‘q qilib yuborgan bo‘lardi” — Tramp Jorja Melonini tanqid qildi

Italiya bosh vaziri Trampni Rim papasi haqidagi fikrlari uchun qoraladi. O‘z navbatida, AQSH prezidenti u va uning mamlakatini Eron yadroviy tahdididan ogohlantirdi.

Batafsil — https://daryo.uz/Mc9TzDhDR

👉 Obuna bo'ling — @daryo
Tarixiy natija! Javohir Sindorov — FIDE Nomzodlar turniri g‘olibi

O‘zbekistonlik grossmeyster eng yaqin ta’qibchisi, niderlandiyalik Anish Giri bilan durang o‘ynadi va musobaqa yakuniga bir tur qolganda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Batafsil — https://daryo.uz/oNSCjHhDg

👉 Obuna bo'ling — @daryo
2
Oʻzbekistonda 2026-yilgi iqtisodiy oʻsish 6,8 foiz bo‘lishi kutilmoqda — Xalqaro valyuta jamg‘armasi

Mamlakat yalpi ichki mahsuloti tarixda ilk bor 178 mlrd dollarga yetib, aholi jon boshiga 4,5 ming dollardan oshishi mumkin.

Batafsil — https://daryo.uz/_Pr9gD2Dg

👉 Obuna bo'ling — @daryo
Surxondaryoda 35 yoshli ayol erini pichoqlab o‘ldirdi

Marhumning onasi keliniga nisbatan jazoni yengillashtirishni so‘ragan. Sud uni 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qildi.

Batafsil — https://daryo.uz/_Wxr4D2DR

👉 Obuna bo'ling — @daryo
Prezident neft-gaz tarmogʻida ishlab chiqarish barqarorligini taʼminlash bo‘yicha topshiriq berdi

Quduqlarni ishga tushirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish ishlari muhokama qilindi. Shuningdek, geologiya-qidiruvni kengaytirish va moliyaviy samaradorlikni oshirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Batafsil — https://daryo.uz/FlOpNDhDg

👉 Obuna bo'ling — @daryo
Nomzodlar turniri. Bibisora Assaubayeva muhim g‘alaba evaziga chempionlik uchun imkoniyatni saqlab qoldi

Kiprda o‘tkazilayotgan shaxmat bo‘yicha 2026-yilgi Nomzodlar turniri qozog‘istonlik grossmeyster uchun muvaffaqiyatli davom etmoqda.

Batafsil — https://daryo.uz/GELRID2vR

👉 Obuna bo'ling — @daryo