Daryo | Rasmiy kanal
455K subscribers
112K photos
4.79K videos
7 files
94K links
“Daryo” saytining rasmiy kanali

English — @daryo_eng
Русский — @daryo_russian
Kirill — @daryo_kirill
Tezkor — @daryo_live
Sport — @daryo_sport24
Lifestyle — @daryo_lotin

Tahririyat — @daryoga_murojaatbot
Reklama — +998 90 185 02 32
Download Telegram
“Xodim oʻsha vaziyatda nima qilishni yaxshi bilardi”. IIV podpolkovnikning ishdan olinishi sabablarini ochiqladi

Ijtimoiy tarmoqlarda mast haydovchi ichki ishlar xodimini urgani va uning podpolkovnik akasi vaziyatga aralashishga uringani aks etgan video keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Husniddin Azizov podpolkovnik aynan nima uchun ishdan olingani va u o‘sha vaziyatda qaysi qonuniy talablarni qo‘pol ravishda buzgani haqida ma’lumot berdi.

Batafsil — https://daryo.uz/M34tHkhDg

👉 Obuna bo'ling — @daryo
Pokiston Saudiya Arabistoniga qiruvchi samolyotlar joʻnatdi

Qiruvchilar Eron Saudiya energetika infratuzilmasiga zarba bergani va bir kishi halok bo‘lganidan so‘ng yuborildi. Pokistonning oʻzi AQSH va Eron oʻrtasidagi urushni toʻxtatishga vositachilik qilmoqda.

Batafsil — https://daryo.uz/cZUB3ihvg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Ukraina Rossiyaga Pasxa sulhini uzaytirishni taklif qildi

Tomonlar 11-apreldan boshlab oʻt ochishni 1,5 kunga toʻxtatishga kelishib olgandi, ammo Rossiya va Ukraina bir-birini sulhni buzganlikda ayblamoqda.

Batafsil — https://daryo.uz/S4LYXm2Dg

👉 Obuna bo'ling — @daryo
O‘zbekistonda 3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Uning kuchi Quva, Shahrihon, Toshloq, Bo‘ston va Asaka tumanlarida 2-3 balldan sezildi.

Batafsil — https://daryo.uz/PwdVKWhDg

👉 Obuna bo'ling — @daryo
Orbanning taqdiri hal boʻladi: Vengriyada parlament saylovlari boshlandi

Saylovlarda jami beshta partiya ishtirok etmoqda. Biroq asosiy raqiblar ikkita. Mamlakatni 16 yildan beri boshqarib kelayotgan Viktor Orban muxolifatga yutqazishi mumkin.

Batafsil — https://daryo.uz/P9RBzW2vR

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
O‘zbekiston musulmonlari idorasi hajga borishda firibgarlardan ogoh bo‘lishga chaqirdi

Soʻnggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda haj ibodatini tashkil etishga oid turli reklama va eʼlonlar koʻpaygan bo‘lib, idora ularda safar, toʻlovlar va xizmatlar haqida asossiz hamda notoʻgʻri maʼlumotlar borligini bildirdi.

Batafsil — https://daryo.uz/a_cBvW2Dg

👉 Obuna bo'ling — @daryo
Chorvoq suv ombori yaqinida chiqindilar “qabristoni” yuzaga kelgani aniqlandi

Chiqindilarni boshqarish agentligi bunga munosabat bildirib, zarur texnikalar jalb qilinib, noqonuniy chiqindilar tozalanganini e’lon qildi.

Batafsil — https://daryo.uz/U57QmWhDR

👉 Obuna bo'ling — @daryo
Erdoʻgʻon: “Isroilning falastinliklarga nisbatan oʻlim jazosi Gitler siyosatidan farqlanmaydi”

Turkiya prezidenti terrorchilikda ayblangan falastinliklarni osish qarori aparteidga tengligini aytdi.

Batafsil — https://daryo.uz/AnM1FW2vR

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Oʻzbekistonliklar orasida pul jamgʻarmaydiganlar ulushi ortdi

Markaziy bank aholining qarz olish va pul jamgʻarishga boʻlgan moyilligini oʻrgandi. Mamlakatda pul yigʻmaydiganlar bilan birga kredit olishga ehtiyoji borlar ulushi ham ortgan.

Batafsil — https://daryo.uz/e7iaAZ2Dg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
AQSHda soxta hamshira 4400 dan ortiq bemorni davoladi

Ayol ismi bir xil hamshiraning litsenziyasidan foydalanib ishga kirgan va hatto lavozimi ham oshirilgan. Sud yetti oylik tergovdan so‘ng unga hukm chiqardi.

Batafsil — https://daryo.uz/rfWSIWhDg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Nomzodlar turniri. Javohir Sindorov Nakamura bilan durang o‘ynadi. Girining mag‘lubiyati muddatidan avval g‘oliblikni taqdim etadi

Kiprda o‘tkazilayotgan shaxmat bo‘yicha 2026-yilgi Nomzodlar turniri o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov uchun muvaffaqiyatli davom etmoqda.

Batafsil — https://daryo.uz/nKtd_W2DR

👉 Obuna bo'ling — @daryo
Mossad Eron yadro dasturining “miyalari”ni qanday yo‘q qilgan?

Isroil uzoq yillardan beri Eron yadro dasturini asosiy tahdid deb biladi. Tel-Aviv nazarida muammo faqat obyektlarda emas, balki dastur ortida turgan olimlarda bo‘lgani uchun ularga qarshi bir necha bor maxfiy operatsiyalar o‘tkazilgan. Daryo ushbu operatsiyalar va nishonga olingan eronlik olimlar haqida hikoya qiladi.

Batafsil — https://daryo.uz/EOWhzZ2DR

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Tramp AQSH va Eron muzokaralari natijasiz tugagach, Hormuz bo‘g‘ozini blokada qilishga buyruq berdi

AQSH prezidentining yozishicha, blokada yaqin orada boshlanadi va unga boshqa davlatlar ham qo'shiladi.

Batafsil — https://daryo.uz/By4v8W2vg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Putin va Pezeshkiyon Islomoboddagi AQSH–Eron muzokaralarini muhokama qildi

Kremlga ko‘ra, Vladimir Putin Yaqin Sharqdagi mojaroni siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal qilishda vositachi bo‘lishga tayyorligini bildirgan.

Batafsil — https://daryo.uz/UtaKLWhvR

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
APL. Husanov to‘liq o‘ynagan markaziy bahsda “Manchester Siti” “Chelsi”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, to‘liq harakat qildi.

Batafsil — https://daryo.uz/BsIYWMhDR

👉 Obuna bo'ling — @daryo
Niderlandiya Tesla’ning avtopilot funksiyasiga ruxsat berdi

Niderlandiya Yevropa Ittifoqida avtomobillarda bunday texnologiyani ochiq tarzda qo‘llashga ruxsat bergan birinchi davlat bo‘ldi.

Batafsil — https://daryo.uz/YuHzNWhDR

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Eng yaxshilardan biri. Abduqodir Husanovning “Chelsi”ga qarshi o‘yini qanday baholandi?

O‘zbekistonlik himoyachi to‘liq o‘ynagan bahsda “Manchester Siti” safarda “Chelsi”ni yirik hisobda mag‘lub etdi.

Batafsil — https://daryo.uz/fIw1nGhvg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
12-aprel kuni e’lon qilingan yangiliklar dayjesti:

Toshkent shahri va viloyatidagi issiqxonalar Surxondaryoga ko‘chiriladi

21 soatlik muzokara: AQSH va Eron kelishuvga erishmadi

Oʻzbekistonliklar orasida pul jamgʻarmaydiganlar ulushi ortdi

Ukraina Rossiyaga Pasxa sulhini uzaytirishni taklif qildi

Orbanning taqdiri hal boʻladi: Vengriyada parlament saylovlari boshlandi

“Xodim oʻsha vaziyatda nima qilishni yaxshi bilardi”. IIV podpolkovnikning ishdan olinishi sabablarini ochiqladi

Erdoʻgʻon: “Isroilning falastinliklarga nisbatan oʻlim jazosi Gitler siyosatidan farqlanmaydi”

Nomzodlar turniri. Javohir Sindorov Nakamura bilan durang o‘ynadi. Girining mag‘lubiyati muddatidan avval g‘oliblikni taqdim etadi

Eng yaxshilardan biri. Abduqodir Husanovning “Chelsi”ga qarshi o‘yini qanday baholandi?

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Janubiy Koreya Yaqin Sharqdagi urush tufayli Qozog‘istondan neft xarid qilmoqchi

Janubiy Koreya energiya resurslari importiga deyarli to‘liq qaram bo‘lib, neft xaridining qariyb 70 foizi Yaqin Sharq hissasiga to‘g‘ri keladi.

Batafsil — https://daryo.uz/j_9a-Z2vg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Orbanning partiyasi saylovda yutqazdi. Vengriya bosh vaziri o‘zgaradi

Parlament saylovlarida muxolifatdagi “Tisa” partiyasi yetakchilik qilmoqda. Vengriyani 16 yil davomida boshqarib kelgan Viktor Orban Putinning Yevropadagi asosiy hamkorlaridan edi. Tramp ham uni saylovlarda faol qo‘llab-quvvatlagan.

Batafsil — https://daryo.uz/hLhDnn2DR

👉 Obuna bo'ling — @daryo
Taʼlimni xorijiy tilda olgan talabalar uchun magistraturada til sertifikati talabi bekor qilinadi

Prezidentning yangi farmonida oliy taʼlimni takomillashtirishga oid qator vazifalar belgilandi.

Batafsil — https://daryo.uz/hKZZSM2DR

👉 Obuna bo'ling — @daryo