Daryo | Rasmiy kanal
453K subscribers
113K photos
4.8K videos
7 files
94.2K links
“Daryo” saytining rasmiy kanali

English — @daryo_eng
Русский — @daryo_russian
Kirill — @daryo_kirill
Tezkor — @daryo_live
Sport — @daryo_sport24
Lifestyle — @daryo_lotin

Tahririyat — @daryoga_murojaatbot
Reklama — +998 90 185 02 32
Download Telegram
Qozog‘iston va O‘zbekiston rahbarlari Ark qoʻrgʻoni, Poyi Kalon va Labi Hovuz ansambllarini ziyorat qildi

Oliy martabali mehmonga ushbu noyob yodgorliklarning tarixi, meʼmorchiligi hamda Sharq ilm-fani, madaniyati va shaharsozligi taraqqiyotida tutgan oʻrni haqida batafsil maʼlumot berildi.

Batafsil — https://daryo.uz/XouUFkhDg

👉 Obuna bo'ling — @daryo
16 ming marta ko‘rilgan: xonandalarni soliqqa tortish tizimiga oid qaror loyihasi muhokamasi yakunlandi

Mazkur loyiha jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan hujjatlar orasida eng ko‘p ko‘rilganlardan biri bo‘ldi. Loyiha yuzasidan 130 ta taklif va mulohaza kelib tushgan.

Batafsil — https://daryo.uz/_m17gkhvR

👉 Obuna bo'ling — @daryo
Qosim-Jo‘mart To‘qayevning O‘zbekistonga amaliy tashrifi yakunlandi

Tashrif doirasida Buxoroda oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Qozog‘iston rahbarini Shavkat Mirziyoyev kuzatib qo‘ydi.

Batafsil — https://daryo.uz/yergBk2Dg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
11-aprel kuni e’lon qilingan yangiliklar dayjesti:

• O‘zbekistonda yangi o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul tartibi tasdiqlandi

• Sun’iy intellekt odamlarning o‘rnini egallaganidan keyin nima bo‘ladi? OpenAI o‘z rejasini taqdim etdi

• Olmazorda xodimlarga daydi topishni buyurgan IIB amaldori ishdan olindi

• AQSH va Eron delegatsiyalari muzokaralar uchun Pokistonga yetib keldi

• Mahkum yigit qamoqxonada 20 kishiga IELTS’dan yuqori ball olishga yordam berdi

• Eron AQSH suvini uzib qo‘ymoqchi — The Washington Post

• 16 ming marta ko‘rilgan: xonandalarni soliqqa tortish tizimiga oid qaror loyihasi muhokamasi yakunlandi

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Iroqda yangi prezident saylandi

58 yoshli Nizar Omedi ko‘p bosqichli va murakkab ovoz berish jarayonidan so‘ng to‘rt yil muddatga mamlakat rahbari bo‘ldi.

Batafsil — https://daryo.uz/1KmHhkhvR

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Oʻzbekistonga shaxsiy ehtiyoj uchun BFQlarni bojsiz olib kirish meʼyorlari oʻzgartirildi

Endilikda fuqarolar 3 kilogacha boʻlgan 10 xil nomdagi biologik faol qoʻshimchalarni boj toʻlovlarsiz bojxonadan olib oʻtishlari mumkin boʻladi.

Batafsil — https://daryo.uz/P1xA-zhDg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
21 soatlik muzokara: AQSH va Eron kelishuvga erishmadi

Islomoboddagi uchrashuv muvaffaqiyatsiz yakunlandi, AQSH Eron uning shartlarini qabul qilmaganini ta’kidladi. Delegatsiya muzokara davomida Tramp bilan 10 martadan ortiq bogʻlandi. Tehron esa “haddan ortiq” talablar qo‘yilganini aytmoqda.

Batafsil — https://daryo.uz/cwtALm2Dg

👉 Obuna bo'ling — @daryo
“Hafta mavzusi”. “Husanov yoʻli” tasodifmi?

“Futbol — tentaklarning o‘yini” degan qarashdan “futbol — mehnat va bilim bilan yuzaga chiqadigan soha” degan tushunchaga qanday yetib keldik? Abduqodir Husanovning “Siti”dagi zafarlari ortida nafaqat uning mehnati, balki o‘zbek jamiyatida shakllangan tabiiy bir tizim turibdi. “Daryo” kolumnisti Qahramon Aslonov Husanovning “Manchester Siti”dagi zafarlari misolida o‘zbek futbolining yangi mentaliteti va o‘zbek oilalaridagi o‘zgargan qarashlar haqida fikr bildirdi.

Batafsil — https://daryo.uz/YyxHNk2Dg

👉 Obuna bo'ling — @daryo
Farg‘onada “hojatbaror” kredit kerak bo‘lganlar nomiga yashirincha 1 mlrd so‘m olgani aniqlandi

U odamlarga kredit olishga yordamlashish bahonasida firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Batafsil — https://daryo.uz/BWqELihvg

👉 Obuna bo'ling — @daryo
Toshkent shahri va viloyatidagi issiqxonalar Surxondaryoga ko‘chiriladi

Atrof-muhit va insonlar sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan issiqxona xo‘jaliklarini “Surxon-Agro” erkin iqtisodiy zonasiga ko‘chirishni rag‘batlantirish maqsadida imtiyozlar berilib, subsidiyalar ajratiladi.

Batafsil — https://daryo.uz/cyaQymhvg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
O‘zbekistonda hafta boshida harorat 32 darajagacha ko‘tariladi

Prognozlarga ko‘ra, 13-aprelda havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi.

Batafsil — https://daryo.uz/yPyZ9mhvR

👉 Obuna bo'ling — @daryo
“Barselona”ga muxlislik, Karuanaga qarshi murakkab partiya va burlish nuqtasi — Javohir Sindorov 11-turdan so‘ng nimalar dedi?

2026-yilgi FIDE Nomzodlar turniri peshqadami o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov Fabiano Karuanaga qarshi kechgan og‘ir uchrashuvdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Batafsil — https://daryo.uz/ECqL0m2vR

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
“Xodim oʻsha vaziyatda nima qilishni yaxshi bilardi”. IIV podpolkovnikning ishdan olinishi sabablarini ochiqladi

Ijtimoiy tarmoqlarda mast haydovchi ichki ishlar xodimini urgani va uning podpolkovnik akasi vaziyatga aralashishga uringani aks etgan video keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Husniddin Azizov podpolkovnik aynan nima uchun ishdan olingani va u o‘sha vaziyatda qaysi qonuniy talablarni qo‘pol ravishda buzgani haqida ma’lumot berdi.

Batafsil — https://daryo.uz/M34tHkhDg

👉 Obuna bo'ling — @daryo
Pokiston Saudiya Arabistoniga qiruvchi samolyotlar joʻnatdi

Qiruvchilar Eron Saudiya energetika infratuzilmasiga zarba bergani va bir kishi halok bo‘lganidan so‘ng yuborildi. Pokistonning oʻzi AQSH va Eron oʻrtasidagi urushni toʻxtatishga vositachilik qilmoqda.

Batafsil — https://daryo.uz/cZUB3ihvg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Ukraina Rossiyaga Pasxa sulhini uzaytirishni taklif qildi

Tomonlar 11-apreldan boshlab oʻt ochishni 1,5 kunga toʻxtatishga kelishib olgandi, ammo Rossiya va Ukraina bir-birini sulhni buzganlikda ayblamoqda.

Batafsil — https://daryo.uz/S4LYXm2Dg

👉 Obuna bo'ling — @daryo
O‘zbekistonda 3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Uning kuchi Quva, Shahrihon, Toshloq, Bo‘ston va Asaka tumanlarida 2-3 balldan sezildi.

Batafsil — https://daryo.uz/PwdVKWhDg

👉 Obuna bo'ling — @daryo
Orbanning taqdiri hal boʻladi: Vengriyada parlament saylovlari boshlandi

Saylovlarda jami beshta partiya ishtirok etmoqda. Biroq asosiy raqiblar ikkita. Mamlakatni 16 yildan beri boshqarib kelayotgan Viktor Orban muxolifatga yutqazishi mumkin.

Batafsil — https://daryo.uz/P9RBzW2vR

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
O‘zbekiston musulmonlari idorasi hajga borishda firibgarlardan ogoh bo‘lishga chaqirdi

Soʻnggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda haj ibodatini tashkil etishga oid turli reklama va eʼlonlar koʻpaygan bo‘lib, idora ularda safar, toʻlovlar va xizmatlar haqida asossiz hamda notoʻgʻri maʼlumotlar borligini bildirdi.

Batafsil — https://daryo.uz/a_cBvW2Dg

👉 Obuna bo'ling — @daryo
Chorvoq suv ombori yaqinida chiqindilar “qabristoni” yuzaga kelgani aniqlandi

Chiqindilarni boshqarish agentligi bunga munosabat bildirib, zarur texnikalar jalb qilinib, noqonuniy chiqindilar tozalanganini e’lon qildi.

Batafsil — https://daryo.uz/U57QmWhDR

👉 Obuna bo'ling — @daryo
Erdoʻgʻon: “Isroilning falastinliklarga nisbatan oʻlim jazosi Gitler siyosatidan farqlanmaydi”

Turkiya prezidenti terrorchilikda ayblangan falastinliklarni osish qarori aparteidga tengligini aytdi.

Batafsil — https://daryo.uz/AnM1FW2vR

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Oʻzbekistonliklar orasida pul jamgʻarmaydiganlar ulushi ortdi

Markaziy bank aholining qarz olish va pul jamgʻarishga boʻlgan moyilligini oʻrgandi. Mamlakatda pul yigʻmaydiganlar bilan birga kredit olishga ehtiyoji borlar ulushi ham ortgan.

Batafsil — https://daryo.uz/e7iaAZ2Dg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo