Daryo | Rasmiy kanal
432K subscribers
112K photos
4.77K videos
7 files
93.7K links
“Daryo” saytining rasmiy kanali

English — @daryo_eng
Русский — @daryo_russian
Kirill — @daryo_kirill
Tezkor — @daryo_live
Sport — @daryo_sport24
Lifestyle — @daryo_lotin

Tahririyat — @daryoga_murojaatbot
Reklama — +998 90 185 02 32
Download Telegram
Shimoliy Koreya ketma-ket ballistik raketalar uchirdi

Raketalar uchirilganidan 10 daqiqa o‘tib, dengizga tushgan. KXDR 2026-yil hisobidan to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi ballistik raketa sinovlarini amalga oshirdi.

Batafsil — https://daryo.uz/mfwPnwtDg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
“Bizda AES qurilishiga qarshilar koʻp” — Ochilboy Ramatov

Bosh vazir o‘rinbosari hozir O‘zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatlari yetarli ekanini aytdi. Ammo kelajakda talab oshishi kutilayotgani uchun AES quriladi.

Batafsil — https://daryo.uz/lASONwtvg

👉 Obuna bo'ling — @daryo
O‘zbekistonda deputatlarga “Mening bog‘im” loyihalarida g‘olibni belgilash vakolati berildi

Endilikda “Ochiq byudjet”da g‘olib bo‘lmagan kamida bitta “Mening bog‘im” loyihasi deputatlar tomonidan qo‘shimcha ravishda g‘olib deb e’lon qilinadi. Loyihalarni hududning ekologik holatidan kelib chiqib shakllantirish tartibi joriy etiladi.

Batafsil — https://daryo.uz/TKakDwpDg

👉 Obuna bo'ling — @daryo
Shimoliy Koreya chegarasida xitoylik tadbirkorlarga mobil telefondan erkin foydalanishga ruxsat berildi — Daily NK

KXDR ilgari mamlakat hududida Xitoy telefonlaridan foydalanishni taqiqlab kelgandi. Endilikda investitsiya jalb qilish uchun taqiq olib tashlangani aytilmoqda.

Batafsil — https://daryo.uz/ETHhgwpDR

👉 Obuna bo'ling — @daryo
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
U Birinchi jahon urushida teatr qo‘ygan. Hamza uy-muzeyidan reportaj

O‘zbek maorifi, adabiyoti va teatri rivojiga ulkan hissa qo‘shgan Hamza Hakimzoda Niyoziyning tug‘ilib, voyaga yetgan Qo‘qon shahridagi uy hozirgacha asl holda saqlanib, 60 yildan buyon muzey sifatida xizmat qilmoqda. “Daryo” muxbiri muzeyda bo‘lib, Hamza bilan bog‘liq 100 yil avvalgi voqealar haqida reportaj tayyorladi.

👉 Obuna bo'ling — @daryo
Uyga toʻlov qilganlarga qurilishdagi muammolar sabab 24,4 mlrd soʻm qaytarildi — Raqobat qoʻmitasi

Ayrim fuqarolar quruvchi korxonalar “dom”larni sifatsiz, kechiktirib topshirgani boʻyicha murojaat qilgan.

Batafsil — https://daryo.uz/fCS6DQpDg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
KIWI POST — o‘z mobil ilovasiga ega Gruziyaning yetkazib berish xizmati endi O‘zbekiston bozorida faoliyat boshladi

Batafsil — https://daryo.uz/5XcZmxcDg

Reklama
“Livan sabab AQSH va Eron kelishuvi barbod bo‘lishi mumkin” — “Hizbulloh”

Guruh vakili sulh Livan frontini ham qamrab olishi kerakligini, aks holda mintaqa, jumladan, Eron bunga javob qaytarishini ma’lum qildi.

Batafsil — https://daryo.uz/Iat1SQtDR

👉 Obuna bo'ling — @daryo
Real Sanjikka oid jinoyat ishi sudga oshirildi

Jinoyat ishi 10-aprel kuni birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqiladi. Unga bir nechta moddalar, jumladan, firibgarlik, tahdid va giyohvandlik bilan bog‘liq ayblovlar qo‘yilgan.

Batafsil — https://daryo.uz/vm45bQtvg

👉 Obuna bo'ling — @daryo
Palantir — asrimizning eng sirli kompaniyasi hamda uning uzun qo‘llari haqida

So‘nggi yillarda tildan tushmayotgan Palantir — asli “Uzuklar hukmdori” trilogiyasidagi kelajakni ko‘ruvchi sehrli toshning nomi. Ammo bir kompaniya borki, algoritmlar va sun’iy idrok kuchi bilan buni reallikka aylantirmoqda. Uning ilk homiysi ham, mijozi ham AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi hisoblanadi. Kompaniya, shuningdek , G‘azo va Ukraina mojarolarida ham harbiylar uchun raqamli yordamchi vazifasini bajaradi. Palantir qanday tashkil etilgani, xavfsizlik va biznes doiralariga qanday kirib borgani va uning atrofidagi siyosiy mashmashalar — “Daryo” materialida.

Batafsil — https://daryo.uz/rp8hB8pvg

👉 Obuna bo'ling — @daryo
Senatning 14-yalpi majlisida “Shaharsozlik renovatsiyasi to‘g‘risida”gi qonun ma’qullandi

Unga koʻra, renovatsiya jarayonida mulkdorlarga yetkazilgan noqulayliklar uchun kompensatsiya miqdorining o‘n ikki foizi miqdorida bir martalik pul mablag‘lari berilishi belgilanmoqda.

Batafsil — https://senat.uz/plenary-sessions/post-4832

👉 Obuna bo'ling — @daryo
Toshkent viloyati kambag‘allik va ishsizlikdan xoli hududga aylantiriladi

Prezident rahbarligidagi yig‘ilishda hududda ishsizlikni kamaytirish ustuvor vazifa etib belgilandi, buning uchun joriy yilda 883 ta mahallani to‘liq qamrab olish va 84,7 ming aholini ish bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda.

Batafsil — https://daryo.uz/QwG0EQtDg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Telefon raqami o‘zganing nomida bo‘lsa, bank ilovasi ishlamay qoladimi? Markaziy bank izoh berdi

Regulyator yangi tartib faqat 22-apreldan keyin ro‘yxatdan o‘tadiganlarga taalluqli bo‘lishini ma’lum qildi.

Batafsil — https://daryo.uz/AwaKswpDR

👉 Obuna bo'ling — @daryo
Nomzodlar turniri. Javohir Sindorov germaniyalik shaxmatchiga qarshi ikkinchi bahsda ham durang qayd etdi

O‘zbekistonlik grossmeyster musobaqaning 9-turida germaniyalik Matias Blubaum bilan durang o‘ynadi.

Batafsil — https://daryo.uz/L7LYsQpvg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Toshkent viloyatiga 2026-yilda 6,2 mlrd dollar investitsiya jalb qilinadi

Prezident rahbarligidagi yig‘ilishda tumanlar salohiyati sun’iy intellekt yordamida tahlil qilinib, sanoat, investitsiya va eksport bo‘yicha yangi imkoniyatlar aniqlanishi belgilandi.

Batafsil — https://daryo.uz/k-BZQwpDR

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
AQSH urush vaziri Eron ustidan g‘alaba qozonilganini aytdi

Pit Hegset Pentagon umumiy jangovar qudratining 10 foizidan ham kamrog‘ini ishga solgan holda 40 kunga yetmasdan dunyodagi eng yirik armiyalardan birini parchalab tashlaganini ma’lum qildi.

Batafsil — https://daryo.uz/HRQvxwpvg

👉 Obuna bo'ling — @daryo
“Jazolovchi tizimdan — aholiga xizmat koʻrsatuvchi tizimga”. Prezident jamoat xavfsizligi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Jamoat xavfsizligi tizimini jazolovchi yondashuvdan aholiga xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirish, profilaktika inspektorlari vakolatlarini kengaytirish va sohani raqamlashtirish taklif etildi.

Batafsil — https://daryo.uz/71qbXQtvg

👉 Obuna bo'ling — @daryo
8-aprel kuni e’lon qilingan yangiliklar dayjesti:

• O‘zbekiston Yaqin Sharqda o‘t ochishni to‘liq to‘xtatish va sulh o‘rnatilishi eʼlon qilinganini olqishladi

• Umid Shodiyev O‘zbekistonning BAAdagi elchisi bo‘ldi

• Netanyaxu AQSH va Eron sulhi Livanga aloqador emasligini aytdi

• Mansabdor shaxsning qonunga xilof qarori sabab yetkazilgan zararni qoblash tartibi belgilandi

• “Bizda AES qurilishiga qarshilar koʻp” — Ochilboy Ramatov

• Nomzodlar turniri. Javohir Sindorov germaniyalik shaxmatchiga qarshi ikkinchi bahsda ham durang qayd etdi

• Telefon raqami o‘zganing nomida bo‘lsa, bank ilovasi ishlamay qoladimi? Markaziy bank izoh berdi

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
YCHL. “Atletiko” safarda “Barselona”ni mag‘lub etdi, “PSJ” o‘z maydonida “Liverpul”dan ustun keldi

UEFA Chempionlar Ligasida 1/4 final bosqichining ikkita markaziy uchrashuvi yakunlandi.

Batafsil — https://daryo.uz/FOIdVltDR

👉 Obuna bo'ling — @daryo
Fransiya qurollanish va yadroviy tiyib turish salohiyatini oshirish uchun 39 mlrd dollar ajratadi

“Xalqaro geosiyosiy muvozanatning keskin, shafqatsiz o‘zgarishi bizni yanada qat’iy va tezroq harakat qilishga majbur etmoqda”, dedi mudofaa vaziri.

Batafsil — https://daryo.uz/_UCIpQpDR

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Sifatsiz o‘t o‘chirgichlar muammosi: FVV yaroqli uskuna tanlash bo‘yicha tavsiyalar berdi

Ayrim o‘t o‘chirgichlarda soxta indikatorlar qo‘llangani sabab ular favqulodda holatda ishlamasligi mumkin. Fuqarolarga uskuna tanlashda uning og‘irligi, manometri va sertifikatlariga e’tibor berish tavsiya qilindi.

Batafsil — https://daryo.uz/q6zVCwtDR

👉 Obuna bo'ling — @daryo