Daryo | Rasmiy kanal
439K subscribers
112K photos
4.78K videos
7 files
93.8K links
“Daryo” saytining rasmiy kanali

English — @daryo_eng
Русский — @daryo_russian
Kirill — @daryo_kirill
Tezkor — @daryo_live
Sport — @daryo_sport24
Lifestyle — @daryo_lotin

Tahririyat — @daryoga_murojaatbot
Reklama — +998 90 185 02 32
Download Telegram
Prezident iqtisodchi Vyacheslav Golishev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Mutaxassis davlat boshqaruvi va ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni shakllantirishda faol ishtirok etgan. Marhumning xotirasi uning yaqinlari, hamkasblari va keng jamoatchilik qalbida saqlanib qolishi ta’kidlandi.

Batafsil — https://daryo.uz/qkYQrEpvR

👉 Obuna bo'ling — @daryo
AQSH Eronning Xarg oroliga 50 dan ortiq zarba berdi (video)

Tramp Islom Respublikasining butun bir sivilizatsiyasini yo‘q qilish bilan tahdid qildi.

Batafsil — https://daryo.uz/cbuirEpDR

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Uzum Bank Global Finance talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb topildi

Batafsil — https://daryo.uz/uzum-bank

Reklama
Mahallalarda sog‘lom turmushni targ‘ib qilganlarga 15 mln so‘mgacha mukofot beriladi

Mahallalarda sport natijadorligi endi aholining salomatlik ko‘rsatkichi asosida baholanadi. Volontyorlar va mahalla raislariga pul mukofoti, trenerlarga esa ustama joriy etiladi.

Batafsil — https://daryo.uz/X-BPQPtvR

👉 Obuna bo'ling — @daryo
O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi vatandoshlarni ogohlantirdi

Hududdagi vaziyat keskinlashishi mumkinligi sabab fuqarolarga xavfsizlik choralariga qat’iy rioya qilish tavsiya etildi. Elchixona zarur holatlarda murojaat qilish uchun aloqa raqamlarini ham e’lon qildi.

Batafsil — https://daryo.uz/Y15kRytvR

👉 Obuna bo'ling — @daryo
O‘zbekistonda 74 foiz “dom”lar eskirgan — Senat renovatsiyaga oid yangi qonunni maʼqulladi

Qonunda mulkdor uyi o‘rniga quriladigan yangi binodan ulush olishi mumkinligi belgilandi. Hujjatga asosan, 2–3 qavatli uylar o‘rniga 7–9 qavatlilari quriladi. Renovatsiya uchun mulkdorlarning kamida 80 foizi rozilik berishi shart bo‘ladi. Dastlabki loyihada esa bu ko‘rsatkich 100 foiz edi.

Batafsil — https://daryo.uz/pvAZqEpvg

👉 Obuna bo'ling — @daryo
Shaxmat taxtasidagi “yangi qirol”: Javohir Sindorov qanday qilib dunyo shaxmatini lol qoldirmoqda?

Batafsil — https://daryo.uz/4Qk7TDtvg

👉 Obuna bo'ling — @daryo
JSST G‘azodan bemorlarni evakuatsiya qilishni to‘xtatdi

Qaror Isroil harbiylarining BMT xodimiga qarata o‘t ochishi va uning halok bo‘lishi ortidan qabul qilindi.

Batafsil — https://daryo.uz/OYOv3EpDR

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Rossiya droni Ukrainadagi yo‘lovchi avtobusga kelib urildi: qurbonlar bor (foto)

Hujum paytida avtobus bekatga yaqinlashib kelayotgan bo‘lgan, shu sababli ham transport ichidagi, ham bekatdagi odamlar jabrlangan.

Batafsil — https://daryo.uz/evzo-PpDg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Saudiya Arabistonida qolib ketgan o‘zbekistonlik ziyoratchilar masalasiga izoh berildi

170 dan ortiq ziyoratchining ortga qayta olmayotgani noqonuniy tashkilotchilar orqali safarga chiqqani bilan izohlandi. Ularni vatanga qaytarish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

Batafsil — https://daryo.uz/e6l8IypvR

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
“U xuddi poyezddek uradi”: Abduqodir Husanov qanday qilib “Manchester Siti” muxlislarining yangi qahramoniga aylandi?

“Manchester Siti” Angliya Liga kubogi finalida “Arsenal”ni mag‘lub etganidan bir necha soat o‘tgach, jamoa muxlislari Londonning Ueston vokzalidan Manchesterga qaytuvchi poyezdga chiqishdi. Hamma bir nomni — g‘alaba golini urgan Niko O’Reyllini emas, balki mutlaqo boshqa futbolchi Abduqodir Husanovni muhokama qilardi.

Batafsil — https://daryo.uz/dOsytEpvR

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Saida Mirziyoyeva Vashingtonda AQSH davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi

Biznes-nonushtada ikki davlat o‘rtasidagi investitsiya va iqtisodiy hamkorlik kengayayotgani muhokama qilindi hamda bunda AQSH tomonining hissasi yuqori baholandi.

Batafsil — https://daryo.uz/LDYd5spDR

👉 Obuna bo'ling — @daryo
7-aprel kuni e’lon qilingan yangiliklar dayjesti:

• Oʻzbekistonda doimiy aholi soni 38,4 milliondan oshdi

• O‘zbekistonda harbiy xizmatchilarning pensiya miqdori oshirilishi mumkin

• Qo‘riqlash departamenti xodimlariga jarima solish vakolati beriladi

• Oʻzbekiston jahon iqtisodiy erkinlik reytingida 86-oʻrinni egalladi

• DXX Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari 50 ming dollar bilan ushlanganini tasdiqladi

• O‘zbekistondagi avtomobil yoʻllarida sunʼiy toʻsiqlar va notekisliklar yaratish taqiqlanadi

• O‘zbekistonda 500 ming so‘mlik kupyura chiqarilishi rad etildi

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
YCHL. “Bavariya” mehmonda “Real”ni mag‘lub etdi, “Arsenal” safarda “Sporting”dan ustun keldi

UEFA Chempionlar Ligasida 1/4 final bosqichining markaziy uchrashuvi yakunlandi.

Batafsil — https://daryo.uz/Rb4V-stvR

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Ruhiy salomatlik va sun’iy intellekt: har beshinchi germaniyalik mamlakatni tark etishni rejalashtirmoqda

Germaniyada 29 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida tadqiqot o‘tkazildi. Bir qator sabablarga ko‘ra, 21 foiz respondentlar yaxshi hayot izlab vatanini tashlab ketmoqchiligini bildirdi.

Batafsil — https://daryo.uz/PBf3OypvR

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
AQSH va Eron ikki haftaga o‘t ochishni to‘xtatdi

Kelishuvga asosan Eron Hormuz bo‘g‘ozi orqali kemalar qatnoviga to‘sqinlik qilmaydi. Sulhga Pokiston vositachiligida erishildi, Tramp bu urushni butunlay yakunlashga yo‘l ochishini aytmoqda.

Batafsil — https://daryo.uz/2kWHd8tDR

👉 Obuna bo'ling — @daryo
O‘zbekistonda “havodan” 2 mlrd so‘m QQS olishga erishganlar ushlandi

DXX qalbaki hujjatlar orqali qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish sxemasini fosh etdi. Muqaddam sudlangan shaxslar bu xizmat evaziga 340 mln so‘mni o‘zaro taqsimlab olishlari kerak bo‘lgan.

Batafsil — https://daryo.uz/G4eyD8tvg

👉 Obuna bo'ling — @daryo
Saida Mirziyoyeva AQSHda Ben Blek bilan uchrashuv o‘tkazdi

U АQSH Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC) bosh direktori bo‘lib, uchrashuvda yirik loyihalar portfeli muhokama qilindi.

Batafsil — https://daryo.uz/6_nvt8pvR

👉 Obuna bo'ling — @daryo
“Yuragingiz urayotgan bo‘lsa, sizni topamiz”: Eronda urib tushirilgan F-15 uchuvchisi qaysi vosita bilan topildi?

Maxfiy texnologiya uzoq masofali kvant magnitometriyasi yordamida inson yurak urishining elektromagnit izini aniqlaydi. So‘ngra sun’iy intellekt dasturi ushbu ma’lumotlarni umumiy shovqinlardan ajratib oladi.

Batafsil — https://daryo.uz/Mkf1pspDg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Samarqanddagi maktabda ayol 1-sinf o‘quvchilariga zo‘ravonlik qildi

Sinfdoshlar o‘zaro janjallashib qolgani uchun ulardan birining onasi maktabga kelib, o‘quvchilar oldida janjal ko‘tarib, o‘g‘li bilan urishgan ikki bolani ta’qib etib, urib, haqorat qilgan.

Batafsil — https://daryo.uz/pk_Cc8pDR

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Astronavtlar Yerdan rekord masofada uzoqlashib, Oyning teskari tomonini suratga oldi (foto)

“Artemida-2” astronavtlari Yer bilan aloqani 40 daqiqaga yo‘qotdi. Tramp ularni tarixiy missiya bilan tabrikladi. Astronavtlar Oy relyefi va Quyosh tutilishini suratga muhrladi.

Batafsil — https://daryo.uz/SY59tUtvR

👉 Obuna bo‘ling — @daryo