Daryo | Rasmiy kanal
442K subscribers
112K photos
4.78K videos
7 files
93.8K links
“Daryo” saytining rasmiy kanali

English — @daryo_eng
Русский — @daryo_russian
Kirill — @daryo_kirill
Tezkor — @daryo_live
Sport — @daryo_sport24
Lifestyle — @daryo_lotin

Tahririyat — @daryoga_murojaatbot
Reklama — +998 90 185 02 32
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Isroilning Istanbuldagi konsulligiga qurolli hujum uyushtirildi

Hujum qilgan uch kishi zararsizlantirilgan, ularga qarshilik koʻrsatgan huquq-tartibot xodimlari yaralangan.

Batafsil — https://daryo.uz/X8KjoPpDR

👉 Obuna bo'ling — @daryo
O‘zbekistonda yangi — Jetour T1 va Soueast S06 krossoverlarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Batafsil — https://daryo.uz/jetourt1

Reklama
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“O‘zbekiston va AQSH munosabatlari yangi bosqichga chiqdi” — Saida Mirziyoyeva

Prezident administratsiyasi rahbari Amerika kompaniyalari sarmoyador emas, balki uzoq muddatli hamkor sifatida ko‘rilayotgani va real loyihalar ustida ishlash rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.

Batafsil — https://daryo.uz/sCX1PPpDR

👉 Obuna bo'ling — @daryo
“Tadbirkorlar jarimani to‘lash arzonga tushadi degan fikrda”. Senator ekologiyaga zarar yetkazayotganlar haqida

Senat qo‘mitasi raisi Anvar Tuychiyev ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklar uchun jarimalar miqdori kamligi jismoniy va yuridik shaxslarga ta’sir qilmayotgani, natijada ularda “jazosizlik tuyg‘usi” shakllanayotganini ta’kidladi.

Batafsil — https://daryo.uz/ni_INPpvR

👉 Obuna bo'ling — @daryo
O‘zbekistonda o‘quvchilari yutuqqa erishgan sport maktablariga 500 mln so‘mdan mukofot beriladi

Prezident rahbarligidagi yig‘ilishda sport to‘garaklari va murabbiylar faoliyatidagi kamchiliklar tanqid qilinib, tizimni natijaga yo‘naltirish vazifasi qo‘yildi.

Batafsil — https://daryo.uz/MQRNyPpDR

👉 Obuna bo'ling — @daryo
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent viloyatida bogʻcha bolasini haqorat qilib, urgan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi

Voqea Ohangaron shahridagi 10-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida sodir bo‘lgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgani ma‘lum bo‘ldi. “Qanday qilib shu bogʻchaga bolamizni yubora olamiz. Toʻgʻrisi, qoʻrqib qoldik”, deydi “Daryo” bilan suhbatlashgan onalardan biri.

Batafsil — https://daryo.uz/WEs_fPtDR

👉 Obuna bo'ling — @daryo
O‘zbekistondagi avtomobil yoʻllarida sunʼiy toʻsiqlar va notekisliklar yaratish taqiqlanadi

Senat ma’qullagan yangi tahrirdagi “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi qonunda katta yuk mashinalari yo‘llarda faqat maxsus ruxsatnoma bilan harakatlanishi ham ko‘zda tutilgan.

Batafsil — https://daryo.uz/3XnZZEtDg

👉 Obuna bo'ling — @daryo
1
Isroil Livan va Suriya chegarasidagi punktga zarba berishdan voz kechdi

Bunga Damashq va Bayrut rasmiylari tomonidan AQSHga qilingan murojaat turtki bo‘ldi.

Batafsil — https://daryo.uz/1eHlsEtvR

👉 Obuna bo'ling — @daryo
O‘zbekistonda 500 ming so‘mlik kupyura chiqarilishi rad etildi

Markaziy bank ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar feyk ekanini ma’lum qildi. Regulyator rasmiy manbalarni kuzatishni tavsiya qildi.

Batafsil — https://daryo.uz/brNcXEpDg

👉 Obuna bo'ling — @daryo
Prezident iqtisodchi Vyacheslav Golishev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Mutaxassis davlat boshqaruvi va ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni shakllantirishda faol ishtirok etgan. Marhumning xotirasi uning yaqinlari, hamkasblari va keng jamoatchilik qalbida saqlanib qolishi ta’kidlandi.

Batafsil — https://daryo.uz/qkYQrEpvR

👉 Obuna bo'ling — @daryo
AQSH Eronning Xarg oroliga 50 dan ortiq zarba berdi (video)

Tramp Islom Respublikasining butun bir sivilizatsiyasini yo‘q qilish bilan tahdid qildi.

Batafsil — https://daryo.uz/cbuirEpDR

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Uzum Bank Global Finance talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb topildi

Batafsil — https://daryo.uz/uzum-bank

Reklama
Mahallalarda sog‘lom turmushni targ‘ib qilganlarga 15 mln so‘mgacha mukofot beriladi

Mahallalarda sport natijadorligi endi aholining salomatlik ko‘rsatkichi asosida baholanadi. Volontyorlar va mahalla raislariga pul mukofoti, trenerlarga esa ustama joriy etiladi.

Batafsil — https://daryo.uz/X-BPQPtvR

👉 Obuna bo'ling — @daryo
O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi vatandoshlarni ogohlantirdi

Hududdagi vaziyat keskinlashishi mumkinligi sabab fuqarolarga xavfsizlik choralariga qat’iy rioya qilish tavsiya etildi. Elchixona zarur holatlarda murojaat qilish uchun aloqa raqamlarini ham e’lon qildi.

Batafsil — https://daryo.uz/Y15kRytvR

👉 Obuna bo'ling — @daryo
O‘zbekistonda 74 foiz “dom”lar eskirgan — Senat renovatsiyaga oid yangi qonunni maʼqulladi

Qonunda mulkdor uyi o‘rniga quriladigan yangi binodan ulush olishi mumkinligi belgilandi. Hujjatga asosan, 2–3 qavatli uylar o‘rniga 7–9 qavatlilari quriladi. Renovatsiya uchun mulkdorlarning kamida 80 foizi rozilik berishi shart bo‘ladi. Dastlabki loyihada esa bu ko‘rsatkich 100 foiz edi.

Batafsil — https://daryo.uz/pvAZqEpvg

👉 Obuna bo'ling — @daryo
Shaxmat taxtasidagi “yangi qirol”: Javohir Sindorov qanday qilib dunyo shaxmatini lol qoldirmoqda?

Batafsil — https://daryo.uz/4Qk7TDtvg

👉 Obuna bo'ling — @daryo
JSST G‘azodan bemorlarni evakuatsiya qilishni to‘xtatdi

Qaror Isroil harbiylarining BMT xodimiga qarata o‘t ochishi va uning halok bo‘lishi ortidan qabul qilindi.

Batafsil — https://daryo.uz/OYOv3EpDR

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Rossiya droni Ukrainadagi yo‘lovchi avtobusga kelib urildi: qurbonlar bor (foto)

Hujum paytida avtobus bekatga yaqinlashib kelayotgan bo‘lgan, shu sababli ham transport ichidagi, ham bekatdagi odamlar jabrlangan.

Batafsil — https://daryo.uz/evzo-PpDg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Saudiya Arabistonida qolib ketgan o‘zbekistonlik ziyoratchilar masalasiga izoh berildi

170 dan ortiq ziyoratchining ortga qayta olmayotgani noqonuniy tashkilotchilar orqali safarga chiqqani bilan izohlandi. Ularni vatanga qaytarish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

Batafsil — https://daryo.uz/e6l8IypvR

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
“U xuddi poyezddek uradi”: Abduqodir Husanov qanday qilib “Manchester Siti” muxlislarining yangi qahramoniga aylandi?

“Manchester Siti” Angliya Liga kubogi finalida “Arsenal”ni mag‘lub etganidan bir necha soat o‘tgach, jamoa muxlislari Londonning Ueston vokzalidan Manchesterga qaytuvchi poyezdga chiqishdi. Hamma bir nomni — g‘alaba golini urgan Niko O’Reyllini emas, balki mutlaqo boshqa futbolchi Abduqodir Husanovni muhokama qilardi.

Batafsil — https://daryo.uz/dOsytEpvR

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Saida Mirziyoyeva Vashingtonda AQSH davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi

Biznes-nonushtada ikki davlat o‘rtasidagi investitsiya va iqtisodiy hamkorlik kengayayotgani muhokama qilindi hamda bunda AQSH tomonining hissasi yuqori baholandi.

Batafsil — https://daryo.uz/LDYd5spDR

👉 Obuna bo'ling — @daryo